CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
AXBOROT-KUTUBXONA XIZMATIDA FORUMLARNI TASHKIL ETISH.
Mannonov Yusup Otaxonovich
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Kutubxona-
axborot faoliyati fakulteti, Kutubxona-axborot faoliyati kafedrasi
katta o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14032607
ARTICLE INFO
Received: 27th October 2024 Accepted:29th October 2024 Published:30th October 2024
KEYWORDS virtual ma'lumot, virtual kutubxona, elektron kutubxona, forum, portal.
ABSTRACT
Ushbu maqolada virtual ma'lumot xizmati, virtual kutubxona, elektron kutubxona, Axborot-kutubxona xizmatida forumlarni tashkil etish usul va vositalari tahlili, forumlarning turlari, forumlarda ishtirok etish tartibi haqida fikr - mulohazalar bayon etilgan.
Xar bir sohaga yangi axborot texnologiyalarni kirib kelishi, shu sohani rivojlanishida mihim rol o'ynamoqda. Keyingi paytda Virtual dunyo, Virtual olam, Virtual do'st kabi so'zlar paydo bo'ldi. Virtual so'zining ma'onosi bu tasavvur qilishdir. Ayniqsa Axborot-kutubxona faoliyatida Virtual kutubxonalarning tashkil etilishi XXI-asr axborot texnologiyalari asrining yutuqlaridan biri hisoblanadi. Virtual kutubxona bu odatdagi kutubxonaning abstrakt ko'rinishidir. Bu kutubxonada kitoblar, jurnallari va ro'znomalar kitob javonlarda emas, balki kompyuter xotirasiga joylangan bo'ladi. Bu kompyuterda yoki kompyuterning maxsus qurilmalarida raqamli formatda saqlanadigan ma'lumotlarning to'plamidir.
Axborotni raqamli (ya'ni kompyuterda o'qiladigan) formatga aylantirish jarayoni raqamlashtirish deb nomlanadi. Yakuniy natija ob'ekt, tasvir, ovoz, hujjat yoki signalning (odatda analog signal) diskret nuqtalar yoki namunalar to'plamini tavsiflovchi bir qator raqamlarni yaratish orqali tasviridir.
Yakuniy mahsulot raqamli tasvir yoki aniqrog'i, ob'ekt uchun raqamli tasvir va signal uchun raqamli shakl sifatida tanilgan.
Virtual kutubxona (Virtual library) - ikki va undan ortiq elektron kutubxonalar tizimlarini kommunikatsiya vositalari yordamida birlashtirib, axborot-moslik jihatdan assotsiativ aloqalar o'rnatilgan va foydalanuvchilarni axborot manbalari bilan ta'minlaydigan elektron kutubxonalarning tarmoqdagi majmuiga aytiladi
Elektron kutubxonalar - bu ma'lum tartibga keltirilgan raqamli hujjatlar to'plami bo'lib, veb-sayt ko'rinishida bo'ladi. Virtual kutubxonalar - an'anaviy kutubxona xizmatlarining axborot-kommunikatsion texnologiyalari yordamida kengaytirilishi va yaxshilanishining ramziy nomlanishidir.
Volume 1, Issue 14, October 2024
Page 136
Elektron kutubxona (electronic library) - avtomatlashtirilgan kutubxonaning maxsuli bo'lib, u klassifikatsiyalash va axborotlarni kodlashtirishning yagona tizimiga asoslangan bo'lib, kutubxonaning elektron katalogi, annotatsiyalar va to'liq matnli ma'lumotlar bazalari majmuidan iborat bo'ladi. Axborot-kutubxona markazining elektron kutubxonasi - axborot tizimi bo'lib, u ma'lum bir qoidalar asosida tizimlashtirilgan va tartiblashtirilgan elektron hujjatlar fondiga (elektron katalog, to'liq matnli va multimediali ma'lumotlar bazalari va boshqalar) hamda axborotlarni saqlash, ishlov berish, qidirish va uzatish imkoniyatiga ega bo'lgan dasturiy kompleksga ega bo'ladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini sohaga kirib kelishi foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishda virtual usullardan foydalanishni taqazo qilmoqda, zerro masofaviy xuzmatlar bugungi kun talabidir.
Axborot-kutubxonalarda shunday xizmatlardan biri forumlani tashkil qilish bo'lib, uning o'ziga xos xususiyatlari, talablari mavjud.
Web-forum - bu internet muloqoti uchun sayt (yoki to'g'ri keladigan dasturiy ta'minot) yoki web - sahifadir.
Forum (tadbir) - bu birgalikdagi belgilar uchun o'tkaziladigan, tadbir yoki qandaydir yetarli darajadagi ahamiyatli muammolarni yechimi.
Web-forum - web-sayt foydalanuvchilari muloqotini tashkil qilish uchun web-ilovalar sinfidir.
"Forum" termini chiquvchi tushuncha mazmuniga to'g'ri keladi. Forumlarning tarkibi quyidagi vositalar yoki usullar bo'lishi mumkin: Konsepsiya, tuzilishi, axborotlarni taqdim etish, kirish huquqi va xulq-atvor qoidalari, ichki servislar, texnologiya, forumlar servisi, tarixi, eslatma, havola.
O'zbekiston Milliy forumlardan eng ommabopi bu - Uforum.uz milliy forumi hisoblanib, bunda Respublikamizning axborot texnologiyalari, ta'lim, madaniyat, moliya, sog'liqni saqlash sohalarida hamda davlat sektori va elektron hukumat tuzilmasida ro'y berayotgan masalalar muhokamasini o'z ichiga oladi.
Forumning ishlash mohiyati foydalanuvchilar tomonidan o'zlarining mavzulari va ularning keyingi muhokamasini, shu mavzular ichidagi xabarlar joylashuvi posting yo'llari orqali yaratilishini o'z ichiga oladi.
Alohida olingan mavzu mazmunan o'zida tematik atalgan kitobni ko'rsatadi. Foydalanuvchilar e'lon qilingan mavzularni izohlashi, u bo'yicha savollar berishi va javoblar olishi, hamda o'zlari boshqa forum foydalanuvchilariga savollar berishi va ularga maslahatlar berishi mumkin. Mavzu ichida shuningdek, agar moderator imkon bersa, so'rovlar uyushtirilishi mumkin. Savol va javoblar forum ishtirokchilari singari Internet tarmog'ining boshqa foydalanuvchilariga, ya'ni sayt manzilini bilib kirganlaga foydali bo'lishi mumkin. Forumlar tematikasi hamma hayotiy sferalarni qamrab olgan holda turli tuman bo'lishi mumkin yoki, forum egalari yoki, uning administratsiyasi tomonidan yoki, ishtirokchilar kontingentiga bog'liq bo'ladi. Bunda forumlar maxsuslashtirilgan, qandaydir musiqiy janrga bag'ishlangan, hamda chuqur maxsuslashtirilgan, qandaydir musiqiy guruhga yoki bajaruvchiga bag'ishlangan va maxsuslashtirilmagan bu vaziyatda foydalanuvchilar o'zlariga qiziqarli mavzularni o'zlari tanlashadi. Forumlar qandaydir saytga bog'liqliksiz avtonom mavjud bo'lgani kabi, web - portallar qismi bo'lishi ham mumkin.
Tashkil qilish metodi bo'yicha mavzular to'plami forumlari dinamik mavzular ro'yxati bilan va doimiy mavzular ro'yxati bilan bo'ladi. Dinamik mavzular ro'yxati bilan forumlarda qatnashuvchilar forum tematikasi doirasida yangi mavzularni yaratishi mumkin. Xabarlarning o'zi odatda: muallif, mavzu, xabar tarkibi, sana va vaqt ko'rinishiga ega. Bu xabarlar va unga berilgan hamma javoblar quyidagi izohlar bilan tarmoqni (nomi odatda daraxtsimon forumlarda qabul qilingan) yoki mavzuni (shuningdek, nusxalar ishlatiladi "topic", «top» inglizchadan topic, «tred» inglizchadan "thread") tashkil qiladi. Forumlarning 3 ta asosiy strukturasi mavjud: - Daraxtsimon;
- Jadvalli;
- Universal (yoki gibridli).
Daraxtsimon - bu forumlar, qat'iy iyerarxiyani tashkil qiluvchi xabarlar. Ya'ni bahsni juda aniq olib borish mumkin - javob yo'llaganda siz har doim kimga javob berayotganingizni ko'rsatasiz va mavzu ichidagi hamma xabarlar shunday tarzda iyerarxiyani tashkil qiladi. Bunday ko'rinishdagi forumlarning yahshi tomoni shundaki, siz aniq kim - kim bilan muloqot qilyapti, kim - kimga savol berdi va kim javob berganini kuzatishingiz mumkin. Bir vaqtning o'zida bunday xabar strukturasi qatnashuvchiga qiziq bo'lmagan tarmoqni shunchaki e'tiborsiz qoldirish imkonini beradi. Kamchiligi esa, xabarlarni ko'rish uchun har safar "daraxt" dagi uning sarlavhasiga bosish kerak, bu esa noqulay va ko'p vaqt talab qiladi, bundan tashqari agar foydalanuvchi tarmoqni e'tiborsiz qolirishga qaror qilgan bo'lsa, muhim xabarlarni ko'rmay qolish xavfi oshadi.
Jadvalli - bu forumlarda, forum qatnashchilari javoblari iyerarxiyasi tashkil topadi. Mavzulardagi hamma xabarlar lentalarni taqdim qiladi, shuning uchun bunday forumlarni lentali deb ham nomlashadi. Kim kimga javob berayotganini aniqlash uchun maxsus qurilmalar ishlatiladi: sitatalar keltirish, muallifga murojaat qilish va hokazo. Jadvalli forumlarning yaxshi tomonlariga muloqotni, yuqori darajali mashxurlikni aytish mumkin. Bir marta istalgan mavzuni bosishingiz bilan sizga shu mavzu bo'yicha hamma xabarlarni ko'rsatib beradi (agar ular ko'p bo'lsa, ular betlar bo'yicha ajratiladi). Mavzuning mashxurligini aniqlash juda oson, buning uchun xabarlar va ko'rishlar hisoblagichi mavjud. Bunday forumlarning kamchiligi tomoni xabarlarning doimiy boshqarilishi, ya'ni ularning vazifalari aynan o'sha yerda joylashganligiga mos kelishi hisoblanadi. Aks holda mavzular flud yoki fleymga o'sadi, ya'ni mavzu o'ziga taaluqli bo'lmagan xabarlar bilan to'lishi. Shuning uchun bunday forumlar, mavzularda xabarlarni boshqaruvchi- moderatorlarsiz bo'lmaydi. Universalli - bu forumlar, o'zida jadvalli va daraxtsimon yaxshilarini yig'ishga intiluvchi yokida foydalanuvchilarning o'ziga forum strukturasini tanlashga imkon beruvchi, jadvallidan daraxtsimonga va teskarisi o'tuvchi. Yaxshi tomoni: bunday forumlar bilan demokratik ishlash
- yoqtirgan ish rejimini tashlash mumkin. Kamchiligi: Ishlashning qiyinligi, ba'zan umuman yangi foydalanuvchida paydo bo'ladi.
Axborot - kutubxonalarda forum tashkil qilishda foydalanuvchilar guruhlari va ularning imkoniyatlarini ham o'ziga xos xususiyatlari mavjud ya'ni:
1. Forum administrator - forumni o'z hisobidan ochgan inson.
2. Supermoderator - forum tartibiga mas'ul shaxslar (Forum administratoriga yordam beradi). Mavzularni o'chirish, o'zgartirish, foydalanuvchilarni ogohlantirish va moderatorlar ustidan nazorat qilish huquqiga egadir.
3. Moderatorlar - forum tartibiga mas'ul shaxslar (Forum administratoriga yordam beradi). Mavzularni o'chirish, o'zgartirish va o'z bo'limlarida foydalanuvchilarni ogohlantirish, huquqiga ega shaxs.
4. Foydalanuvchilar - o'z profillarini to'g'ri to'ldirgan insonlar. Mavzu ochish, o'z xabarlariga qo'shimcha qilish, fayllarni yuklash va yuklab olish huquqiga ega shaxslar.
Forum tashkilotchilarining portaldagi vazifalari va huquqlari quyidagilardan iborat: Administrator assistentining vazifalari va huquqlari:
- Portal administratori adminningyordamchisi.
- Portal va forumning barcha ma'suliyatini o'z bo'yniga olish.
- Portal xodimlariga vazifalar yuklash.
- Portal va forumda barcha xodimlar ustidan nazorat o'rnatish va ularni ishga tayinlash xamda ishdan olish xuquqi.
- Portal xodimlari yoki foydalanuvchilari qoida buzganliklari uchun, ularga kerakli choralarni qo'llash xuquqi.
- Portalni rivoji uchun chora-tadbirlarni qo'llash.
Volume 1, Issue 14, October 2024
Page 138
Forum administratorining vazifalari va huquqlari:
- Forum ustidan adolatli boshqarish va forumni o'z zimmasiga olish.
- Forum xodimlari ustidan nazorat o'rnatish va ularga vazifalar topshirish xuquqi.
- Forumni rivojlantirish uchun chora-tadbirlar qo'llash vazifasi.
- Forum xodimlariga bo'limlarni taqsimlash xuquqi. Portai kuzatuvchisining vazifalari va huquqlari:
- Portai bo'limlarini va izoh moderatorlarini ish faoliyatini kuzatish.
- Portalning (Forumdan tashqari) barcha bo'limlarni kuchli nazorat o'rnatish.
- Portaldagi xar qanday va'ziyatda portal administratori yoki administrator assistent bilan o'zaro maslaxat qilish.
Forum moderatorining vazifalari va huquqlari:
- Forumda ajratilgan bo'limlarda qoldirilgan tartibsiz yoki xayosiz xabarlarni nazorat qilish.
- Forumdan ajratilgan bo'limlarni reytingini oshirish va qiziqarli qilish choralarini qo'llash.
- Forum bo'limlarida qoida buzarliklar ro'y bersa darxol Forum Administratoriga murojat etib, dalillarni shikoyat va arizalarda qoldirish.
Komment moderatorining vazifalari va huquqlari:
- Portalning (Forumdan tashqari) barcha loyihalarida foydalanuvchilar tarafidan qoldirilgan izohlarni ma'nosiga qarab tekshirish.
- Agarda tartibsiz yoki hayosiz yoki qayta-qayta qoldirilgan bo'lsa darxol o'chirib yuborishlik. Super user'ning vazifalari va huquqlari;
- Portal va forumda faol qatnashish va portalga hamda forumga sog'iqligini ko'rsatish.
- Portal va forumda rivojlanishi uchun o'z xissalarini qo'shish.
Internet forumlari alohida yo'nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo'lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlarga meditsina, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o'yinlari va transport vositalariga bag'ishlangan forumlar misol bo'ladi. Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo'ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa ixtiyoriy mavzuni o'rtaga tashlash mumkin.
Axborot-kutubxona xizmatida forumlarda ishtirok etish uchun uni tartib qoyidalariga riyoya qilish zarur:
-forumdan ro'yxatdan o'tish. Forum qoidalariga va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya qilish shart;
- forumdan ro'yxatdan o'tishda rasmiy shaxslar login uchun o'zlarining xaqiqiy ma'lumotlarini ism sharifi, shuningdek ish joyi va lavozim xam majburiy shartlarga kiradi;
- ma'lumotlarni kiritish bilan birga foydalanuvchi profil uchun avatar sifatida surat xam taqdim etishi lozim;
- ma'lumotlarini oshkor qilishni istamagan foydalanuvchilar esa o'zlari ma'qul deb topganlarni tanlashlari mumkin;
- tsenzuraga oid so'zlashuv, xaqorat, fleym, offtop, spam va reklama ta'qiqlanadi;
- insonlar shaxsiyatiga tegadigan, O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi va qonunlariga zid muhokamalar, resurslarga ishoratlar, fayllar va tasvirlar nashr qilish ta'qiqlanadi. Yuqoridagi berilgan fikrlarni inobatga olish, Axborot-kutubxona xizmatida forumlarni samarali tashkil etishning garovi hisoblanadi.
Bir so'z bilan aytganda Axborot - kutubxona mutaxassislar bugungi kun talabi, foydalanuvchilarning hohish - istaklari, axborotga bo'lgan qiziqishlari,ularga samarali xizmat qilish yo'llarini eng ilg'or usullaridan foydalanishlari lozim. "Yangi O'zbekiston" strategiyasini amalga oshitishda o'z xissalarini qo'shishlari lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Karimov U. F., Rahmatullaev M.A. Korporativ kutubxona-axbrot tizimlari va tarmoqlari. (Monografiya).-Toshkent.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2008.-168 b.
2. Karimov U. F., Rahmatullaev M.A., Muxamadiev A.Sh., Atajanov J. Korporativ axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi (KARMAT). Uslubiy qo'llanma. .-Toshkent.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2008.-35 b.
3. Karimov U. F., Rahmatullaev M.A., Muhamadiev A.Sh., Atajanov J., Savochkin M.P. Korporativ-axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi. Uslubiy qo'llanma. Toshkent Davlat yuridik instituti nashriyoti. Toshkent.: 2009.- 79 b.
4. Karimov U.F., Rahmatullaev M.A. Elektron kutubxona: yaratish texnologiyasi va resurslaridan foydalanish / U.F. Karimov, M.A. Rahmatullaev; mas'ul muxarrir A.O. Umarov .-Toshkent.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.- 2010.- 136 b.
5. Karimov U. va boshq. Avtomatlashtirilgan kutubxona: O'quv qo'llanma /U.Karimov, M.A. Rahmatullaev, A.O. Umarov, A.Sh. Muhammadiev. - T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2003. - 266 b.
Internet saytlari:
1. www.ziyonet.uz
2.www.google.uz
3.www.natlib.uz
4. www. kitob