7. Q.M. Inoyatov, M.A. Mamajonov. "Avtomobil yo'llarida harakatni xavfsiz tashkil etishda sun'iy inshootlarning roli" uzacademia scientific-methodical journal republican number 3 on the subject "Increasing the innovative activity of youth, improving the spirituality and achievements in science" collection of materials august 31, 2020 part 12 pages 539-541 <ISSN (E) -2181-1334>
8. Ergashev M., Mamajonov M., Kholmirzayev M. Automation and modulation of highways in gis software //Теория и практика современной науки. - 2020. - №. 5. - С. 9-14.
9. Dadaxodjayev, A., Mamajonov, M., Ergashev, M., & Mamajonov, M. (2020). Creating a road database using gis software. Интернаука, (43-2), 30-32.
10. M.A. Mamajonov, M.F. Xolmirzayev. "Geodesic work in the process of design to ensure traffic safety on roads" электронное научно-практическое периодическое издание "Экономика и социум" №3(82) (март, 2021). http://www.iupr.ru УДК 004.02:004.5:004.9 ISSN 2225-1545.
11. Makhmudov Omadjon, Mamajonov Murodjon, Kholmirzayev Mirzohid, Inayatov Qahramon "Design a smart pedestrian crossing" электронное научно-практическое периодическое издание "Экономика и социум" №6(85) (июня, 2021). http://www.iupr.ru УДК 004.02:004.5:004.9 ISSN 2225-1545.
12. Dadaxodjayev A., Mamaj onov M., Ergashv, M., & Mamajonov, M. (2020). Automated drawing of roads in credo complex program. Экономика и социум, (11), 1673-1676.
13. Мамажонов, Муроджон, Мирзохид Холмирзаев, and Маъруфжон Мамаджонов. "Avtomobil yo'llarini loyihalashda geodezik ishlar." Общество и инновации 2.9/S (2021): 224-228.
14. Mutalibov I.Q. Avtomobil yo'llarida sementobeton qoplamalarni ahamiyati.-"UzACADEMIA" ilmiy-metodik jurnali, 2020.
15. Inoyatov.Q. Sementbeton qoplamali yo'llarda portland sementning ahamiyati.-"UzACADEMIA" ilmiy-metodik jurnali, 2020.
16. Mukhammadyusuf Ergashev, Murodjon Mamajonov, Mirzokhid Kholmirzayev "Automation and modulation of highways in gis software", журнал "Теория и практика современной науки" №5(59) 2020.
UDK: 625.721
AVTOMOBIL YO'LLARINI QURISHDA ATROF-MUXITNI KO'KALAMZORLASHTIRISH
Mahmudov S. T.
Annotatsiya. Maqolada avtomobil yo'llarini qurish jarayonida atrof-muxit ekologiyasiga zarar yetkazmaslik, qurilish ishlari olib boriladigan hududdagi o'simlik va daraxt ko'chatlarini saqlab qolish, yangi daraxt ko'chatlarini o'tqazish, obodonlashtirish to'g'risida yoritib o'tilgan.
Аннотация. В статье рассказывается, как предотвратить нанесение ущерба окружающей среде при строительстве дорог, сохранении растений и деревьев на территории, где ведутся строительные работы, посадке новых деревьев, озеленении.
Annotation: The article describes how to prevent damage to the environment during the construction of roads, the preservation of plants and trees in the area where the construction work is carried out, the planting of new trees, landscaping.
Kalit so'zlar: yo'l qurilishi, atrof-muxit, takomillashtirish, innovatsion usullar, manzarali daraxtlar, ekologiya, antropogen, zararli gazlar.
Ключевые слова: строительство дорог, окружающая среда, благоустройство, инновационные методы, декоративные деревья, экология, антропогенные, вредные газы.
Keywords: road construction, environment, landscaping, innovative methods, ornamental trees, ecology, man-made, harmful gases.
Kirish.
Har yili biosferaga 30 milliard tonnagacha barcha turdagi qattiq va suyuq chiqindilar kiradi. Havoning asosiy tarkibiy qismlari argon, karbonat angidrid va suv bug'laridan tashqari kislorod (21%) va azot (78%). Qo'shimcha CO2 chiqarib, uning havodagi ulushini oshiradi, bu odamlar uchun zaharli hisoblanadi.
Antropik sabablarga kelsak, avtotransport harakati va sanoat faoliyati natijasida gaz chiqindilari ajralib turadi. Transport vositalaridan chiqayotgan zararli is-gazlar, sanoat chiqindilari va ekotizimning buzilishi yildan-yilga havoning ifloslanishiga olib kelyapti. Oqibatda, onkologik, nafas respirator va yurak-qon tomir kasalliklarining ko'lami ortib bormoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2020y qarorida binolar va inshootlar, shu jumladan, yo'llar va muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash yoki buzish ishlarida (keyingi o'rinlarda - qurilish ishlari) hosil bo'ladigan qurilish chiqindilari birinchi navbatda takroriy foydalanish, qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga yo'naltiriladi [1].
Asosiy qism.
Avtomobil yo'llari - mamlakatning turli hududlarida joylashgan va turli landshaft, gidrogeologik va iqlim sharoitida qurilgan ko'plab tuzilmalarni o'z ichiga olgan eng murakkab muhandislik majmuasidir. Avtomobil yo'llarini qurish va ta'mirlash murakkab jarayon. Ko'p kuch va mablag' talab qiladi. Yo'llarni qurishda qishloq xo'jaligi, o'rmon xo'jaligi va kommunal yerlar begonalashtiriladi, tabiiy tuproqlar, tosh materiallar katta hajmda ishlatiladi, ma'lum darajada bo'ronli suvlarning yer usti oqimi, daryolar rejimi va turar-joy binolarining me'moriy tuzilishi o'zgartiriladi [2,3].
1-rasm. Qurilish jarayonlaridagi atrof-muhitga zarar
Bu jarayonlarda albatta inson kuch mehnati va texnika-texnologiyalardan maksimal darajada foydalaniladi. Bu jarayonlarda texnika-texnologiyalardan chiqayotgan zararli gazlar atrof-muhitda yashovchi insonlar va u yerdagi ishchilar salomatligiga sezilarli darajada ziyon yetkazadi [5]. Qolaversa qurilish ishlari olib borilayotgan hududlarda mavjud bo'lgan ko'plab o'simlik va daraxt ko'chatlarini buzib tashlash, ushbu daraxt va o'simliklarni yoqib yuborish holatlari ham mavjud. Bunyodkorlik loyihalarida, keyinchalik ishlab chiqarish loyihasi,
"Qurilishni tashkil qilish" loyihasi uchun, prognozlash loyihasi (PPR) prognozlash bosqichida ekologik himoya qilish ko'zda tutilgan[4]. Yuqoridagi loyihalarga qo'yiladigan asosiy talablar tabiatning xavfsizligini, landshaft, tuproq qatlamini saqlab qolishdan iborat. Maqsad qurilish obyektlari atrofidagi ekologik muhitni yaxshilash. Qurilish jarayonlari olib borilayotgan davrda qurilish bilan parallel ravishda atrof-muhit landshaft va kislorod miqdorini yaxshilashga xizmat qiluvchi daraxt ko'chatlarini o'tqazish kerak. Bir dona archa ko'chati havoni ko'plab miqdordagi kislorod bilan ta'minlaydi. Shunday ekan bu turdagi daraxt ko'chatlari mi qdorini sonini oshirib, ko'paytirish kerak. Afsuski yon atrofimizga e'tibor bilan qarasak daraxt ko'chatlarini o'tqazishdan ko'ra ularni kesib tashlash holati ko'paymoqda [6].
Xulosa
Bugungi kunda respublikamiz bo'yicha bino-inshootlar qurilishi, yo'l qurilishi va ta'mirlash jarayonlarida ko'plab yangi turdagi o'g'ir texnika-texnologiyalardan foydalanilmoqda. Bu texnologiyalarni ish ko'lami, ish unumdorligi juda yuqori darajada. Ishchilar uchun ham katta ko'makchi vazifasini bajarib beradi. Ish sur'atini oshishi, tezlashishi, qurilayotgan obyektni vaqtida topshirish imkonini yaratadi. Barchasi albatta yaxshi, lekin ular orqali atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdori ko'p. Ayniqsa bu jrayonlar aholi ko'p hududlarda amalga oshirilayotgani, u yerda yashovchi insonlar salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatyapti. Yosh bolalarda nafas qisilishi, ko'z kasalliklarini ortib borishiga olib kelmoqda. Biz avvallari yevropa davlatlarida bo'layotgan zamonaviy o'zgarishlarni ko'rib havas qilar edik. Lekin u yerdagi ob-havo ma'lumotlaidan xabardor bo'lganimizda, tabiiy ofatlarni ortib borishi, ekologik muhitni buzilishi oqibatida ekanligini bilamiz. Shuning uchun qurilish jarayonida ko'kalamzorlashtirish ishlariga alohida jiddiy yondashishimiz zarur. Ko'kalamzorlashtirish ishlarini to'gri yo'lga qo'ysak.
-ta'mirlash jarayonida insonlarning toza havodan nafas olishlarini ta'minlaymiz, -atrof-muhit go'zalligiga erishamiz,
-havoning ifloslanishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kasalliklarni oldini olgan bo'lamiz,
-eng muhimi keljakdagi eko muhit yaxshilanishiga xissa qo'shgan bo'lamiz.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog'liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori 29.09.2020y.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyo yev 2 oktyabr kunidagi yig'ilishidan.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi "Yo'l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4545-sonli qarori
4. Saydazimov Nosirjon, Mutalibov Ibroxim, Qo'ysinaliyev Nuriddin, O'ktamov Sardor "Improving the elasticity of cement-concrete roads", https://www.modern-j.ru/11-65-2020 "Теория и практика современной науки" №11(65) 2020.
5. Saydazimov Nosirjon, Qo'ysinaliyev Nuriddin, Mutalibov Ibroxim, Maxmudov Sirojiddin "Research of methods of repair of cement concrete pavels", https://www.iupr.ru/11 -78-2020 "Экономика и социум" №11(78) 2020.
6. Inoyatov Qahramon, Mutalibov Ibroxim "Problems encountered in the laying of cement concrete pavements", https://www.iupr.ru/6-85-2021 "Экономика и социум" №6(85) 2021.