UDK 629.113
AVTOMOBIL YO'LLARINI MUSTAHKAMLIGINI OSHIRISHDA GEOSETKA MAHSULOTLARINI QO'LLANILISH USULLARI.
Nurxonov Davronbek Xursand o'g'li NamMQI. stajyor-o'qituvchi, [email protected],(977755569)
Axmadjonov Muhammadali Azimjon o'g'li NamMQI, stajyor-o'qituvchi, [email protected],( 941532525)
Anotatsiya. Ushbu maqolada avtomobil yo'llarini mustahkamligini oshirishda geosetkadan foydalanish, geosetka haqida malumot, qurilish ishlarida geosetkaning ishlatilishi va tadqiq qilinishi kabi masalalar yoritilgan.
Аннотация. В данной статье освещены такие вопросы, как использование георешеток для повышения прочности автомобильных дорог, информация о георешетках, применение и исследование георешеток в строительных работах.
Abstract. This article covers issues such as the use of geogrids to improve the strength of highways, information about geogrids, the use and research of geogrids in construction works.
Kalit so'zlar: geosetka, yo'l poltnosi, geoserlali politelin, bazalt.
Ключевые слова: георешетка, автодорожный мост, путепровод, базальт.
Key words: geogrid, road bridge, overpass, basalt.
KIRISH
Respublika yo'l xo'jaligini davlat tomonidan boshqarish tizimida raqobat muhitini shakllantirish va tarmoqqa investitsiyalar jalb etilishiga to'sqinlik qilayotgan qator muammolar va kamchiliklar mavjud. Yo'l xo'jaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, nazorat va xo'jalik funktsiyalarini aniq chegaralash, monopoliyadan chiqarish, xususiy sektor korxonalarini jalb qilish va investitsion jozibadorlikni oshirish hisobiga sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, yo'l qurilishiga innovatsiyalarni keng joriy etish maqsadida, shuningdek, 2021-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, 2019-yil 9-dekabr sanasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi yo'l xo'jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni hamda "Yo'l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori qabul qilindi. Albatta yo'l qurilish ishlari mamlakatning rivojlanishida kata o'rin egallaydi. Bu borada yo'llarni asfatbeton yoki sementbeton qoplamalar bilan qurish tanlovlari bo'ladi. [1.2]
Asosiy qism
Sementbeton qoplama qanchalik mustahkam bo'lmasin yo'l qurilayotgan yerning geologiyasi murakkab bo'lsa u qoplama ham samaris hisoblanadi. Bu borada asfaltbeton va sementbeton qoplamalarni ishlash muddatini oshirish, ularni murakkab iqlim sharoitlarida ham qura olish uchun yangi texnologiya bu geosetkadir. Geosetkalar malum bir moddadan tayyorlanga xuddi uy qurgandagi beton qorishmasi ichidagi karkas armaturaday vazifalarni bajaradi. Asosan noqulay va murakkab joylarda qo'llanilishi yo'l shu joydan o'tganda defekt hosil bo'ladi [3].
Agar yo'llarni xuddi shunday muhitda qurish kerak bo'lsa va u uzoq muddat qizmat qilishi kerak bo'lsa, aynan shahar joylarda estakada kabi suniy inshootlardan ham foydalaniladi.
Ammo estaka qurish ishlari ancha qimmat bo'lagani uchun, eng samara usul geosetkadan foydalanishdir. [4]
Geosetka yo'lning botqoqlik, kartsli, cho'kuvchi va dovonli hududlarida, serpantinalarda foydalaniladi. To'g'ri agar yo'l poyi yaxshi ishlov berilsa uning o'zi ham yaxshi ishlaydi. Afsuski, yo'llar faqat to'g'ri, tekis va grunti mustahkam joylarda qurilmaydi. Masofadan yutish, manzilga tezroq yetish uchun yo'llar har xil murakkabliklardan o'tadi va shu yerlarda quriladi. Geosetka yo'l poyini qurishda ishlatilib yo'lning umrini uzaytirishda katta yordam beradi. [5].
1-rasm. Avtomobil yo'llarida kuzatilishi mumkin bo'lgan nuqsonlar.
Qo'llanilish usullari:Geosetkalardan foydalangan holda, pastki qatlamining qalinligi kamayishi va qoplamaning ishlash muddati uzaytirilishi mumkin. Ammo, geosetkalar egiluvchan yo'llar uchun foyda keltirishi mumkin, hozirgi kunda geosetkaning samaradorligiga ta'sir qiluvchi omillar bo'yicha aniq tahlil mavjud emas. Ushbu omillar geosetkaning qattiqligi, geosetkaning ochilishi va qovurg'a shakli, diafragma va qovurg'a o'lchamlari, geosetkaning joylashishi chuqurligi, issiq aralash asfalt qalinligi, tayanch agregati sifati, qattiqlik qalinligi va pastki qavatning qattiqligi bo'lishi mumkin. Yo'llar qurilishida mashhur va keng qo'llaniladigan material [6].
Geosetka bilan va geosetka qoplamasiz qoplamani taqqoslash
Geosetkalar faqat suyuqlik oqimining o'z tekisligidan o'tishiga imkon beradi va tuproq zarralarining boshqa qatlamlarga o'tishini oldini oladi. Qoplama tizimida qolgan suvning oldini olishga yordam beradi. Ushbu gidravlik va gaz to'sig'i gorizontal yo'nalishda oqim va harakatni cheklashi va minimallashtirishi mumkin. Geosetkaning so'nggi asosiy vazifasi - mustahkamlash. Geosetkalar rivojlangan qisish kuchlari orqali tuproq-geosetka kompozisiyani barqarorlashtirish qobiliyatini beradi. [7]
Qatlam
Saralash
Drenaj
2-rasm Qatlamlar bo'yicha geosetka qo'llanilishi
Geosetkaning kiritilishi polipropilen yoki polietilendan tayyorlangan geosetkalar asosan geotexnik qurilishda mustahkamlash sifatida ishlatiladigan eng keng qo'llaniladigan geosetkalardan biridir. Geosetka materiallarining aksariyati ikki o'lchovli formatda bo'lib, ular bir yuzada mustahkamlashni ta'minlay oladi. Ular o'z navbatida ikki yo'nalishda va uchta yo'nalishda kuch beradi. [8]
Turli shakldagi diafragma ularning xususiyatlaridagi farqlarni keltirib chiqaradi. Ikki tomonlama geosetkalar to'rtburchaklar teshikka ega[9]. Qisqa muddatli va o'rtacha dinamik yuklarga nisbatan yuqori qarshilik va uzoq umr ko'rish tufayli u butun dunyoda mashhurdir. Ikkala yo'nalishda kuch bir xil emas, chunki ikki yo'nalishda geosetka qovurg'alari uchun uzunlik teng emas [10]. Geosetka uchun diafragma shakli uchburchak bo'lib, bu qurilishda eng barqaror va keng qo'llaniladigan shakl hisoblanadi[11].
3-rasm. Avtomobil yo'llari mustahkamligini oshirish uchun geosetka qo'llanilishi
Geosetka xom ashyosi basalt, polat, plastikdan bo'lishi mumkin. Albatta bu qurish sharoiti va texnologiyasiga bog'liq. Asfat qoplamali yo'llar 10-15 yilgacha ishlasha ushbu geosetka bilan uning ishlash umri agar asfalt qoplama sifatli bo'lsa 20-25 yilgacha uzayadi. Xuddi shu bilan sement qoplamali yo'llar 50 yilgacha xizmat qilsa ushbu geosetka yordamida
uning ham xizmat qilish muddati ancha uzayadi. Albatta bu yerda qoplama sifati va qurish texnologiyasining sifatliligi ham juda muhim[12].
Xulosa qismi: Murakkab iqlim sharoitilarida avtomobil yo'llarini ekspluatatsiya qilishda uchrayotgan muammolarni yechimini topish yoki ularning yengillatish maqsadi maxalliy xom-ashyolar asosida olingan geosetkadan foydalanib qurilgan asfaltbeton qoplamali avtomobil yo'llarini texnik ekspluatatsion ko'rsatkichlarini tadqiqotlashda asfaltobeton qoplamalarini ishlash mudatlarini uzaytirish tadbirlarini ishlab chiqish asosiy maqsad qilib olindi.Avtomobil yo'llari - transport vositalarini uzluksiz va xavfsiz xarakatlarni va boshqa asosiy ta'minlashi lozim bo'lgan ko'rsatgichlar aniqlandi. Ta'minashi lozim bo'lgan ko'rsatgichlarni ushlab turish uchun ekspluatatsiya jarayonida saqlash ishlaridagi kompleks ishlari o'rganildi.
Avtomobil yo'llarini qulay, ishonchli qilib qurishda biz yo'lchi zamon bilan ham nafas bo'lishimiz va rivojlangan mamlakatlar yo'lchi muhandislaridan o'rnak olishimiz kerak. Chunki ular katta oylik maoshlar uchun emas balki mamlakatining riviji va taraqqiyoti uchun sidqidildan halol ishlab obro olmoqda. Biz yo'lchilar ham astoydil vijdonan mamlakat taqdirini o'ylab yo'l loyihalash, qurish va ekspluatatsiya ishlarini sidqidildan bajarsak, bizni yo'llar ham ravon va chidamli bo'ladi. Bu o'rinda chet el tajribalaridan qo'llasak, ularni avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekpuluatatsiya ishlariga tadbiq etsak, biz rivojlanayotgan emas balki rivojlangan davlatlar orasida bo'lamiz. Buning uchun tinmay mehnat qilib yo'llarimizni chidamli va uzoq muddatlarga yaraydigan qilib qurishimiz va shu o'rinda geosetka kabi innovatsion g'oyalarni qo'llashimiz darkor. Zero yo'llar bu davlatning qon tomiridir. Davlatning gullab yashnashi uchun yo'llar gullab yashnashi kerak.
ADABYOTLAR
1. Maxkamov Dilshod Ismatillayevich, Xabibullayev Alimardon Hidoyatillayevich, Qoysinaliyev Nuriddin Zafarali Ogli, Nurxonov Davronbek Xursand Ogli Композицион асфальтобетон материалларни ишлаб чикишда махаллий ва иккиламчи хом ашёлар асосида органоминерал ингредиентлар куллаш оркали физик кимёвий хусусиятларни тадки; этиш // Механика и технология. 2022. №8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/kompozitsion-asfaltobeton-materiallarni-ishlab-chi-ishda-mahalliy-va-ikkilamchi-hom-ashyolar-asosida-organomineral-ingredientlar (дата обращения: 02.03.2023).
2. Nurxonov D. et al. AVTOMABIL YO'LLARI XIZMAT MUDDATINI UZAYTIRISH UCHUN MAXALLIY XOM ASHYOLAR ASOSIDA OLINGAN "GEOSETKA" NI QO'LLANILISH JARAYONI //Academic research in educational sciences. -2021. - Т. 2. - №. 11. - С. 62-68.
3. Davronbek Nurxonov, Nosirjon Saydazimov, Islom Mamadaliyev, Davronbek Xamdamov AVTOMABIL YO'LLARI XIZMAT MUDDATINI UZAYTIRISH UCHUN MAXALLIY XOM ASHYOLAR ASOSIDA OLINGAN "GEOSETKA'NI QO'LLANILISH JARAYONI // Academic research in educational sciences. 2021. №11. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/avtomabil-yo-llari-xizmat-muddatini-uzaytirish-uchun-maxalliy-xom-ashyolar-asosida-olingan-geosetka-ni-qo-llanilish-jarayoni (дата обращения: 24.11.2021).
4. Nurxonov D. X., Vafaqulov V. B. FEATURES OF PROTECTION OF MOUNTAIN ROADS FROM AVALANCHES AND AVALANCHES //Экономика и социум. - 2022. - №. 6-1 (97). - С. 212-216.
5. Davronbek N., Davronbek X. Geosetka materiallarini tayyorlash texnologiyasi //Innovation in the modern education system a collection scientific works of the International scientific conference"(25th February, 2021)-Washington, USA:" CESS. - 2021. - С. 137.
6. Ismatillaevich M. D. et al. Analysis of laying asphalt concrete mixtures and new modern installation method //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 11. - С. 1164-1171.[2]
7. Nurhonov D., Dexqonaliyev M. USE OF GEOGRID TECHNOLOGY IN THE CONSTRUCTION AND OPERATION OF MODERN HIGHWAYS //Экономика и социум. -2021. - №. 4-1 (83). - С. 257-260.
8. Nurxonov Davronbek, Mamajonov Murodjon, Mahkamov Dilshod "Avtomobil yo'llarini qurishda geosetkadan foydalanish" uzacademia scientific-methodical journal republican number 4 on the subject "Increasing the innovative activity of youth, improving the spirituality and achievements in science" collection of materials september 30, 2020 part 9 pages 152-154 //ISSN (E)-2181-1334. - 2020. URL: www.academiascience.uz
9. Nurxonov Davronbek, Dexqonov Abror Geosetkani yotqizish texnologiyasini tahlil qilish // The 21st Century Skills for Professional Activity, (3). pages 83-84 URL: www.scientificprogress.uz
10. Д.И.Махкамов, КМИноятов, М.А.Абдуразаков, Д.Х.Нурхонов. АВТОМОБИЛ ЙУЛЛАРИНИ КУРИШДА МАХАЛЛИЙ ВА ИККИЛАМЧИ ХОМ АШЁЛАРДАН ОРГАНИКБОГЛОВЧИ СИФАТИДА ФОЙДАЛАНИШ // КОМПОЗИЦИОННЫЕ МАТЕРИАЛЫ. 2019. №3 URL: https://www.researchgate.net/profile/Khaydar-Yunusov/publication/337977576 biosoluble composite polymer film for ophthalmology/links /5df8d6814585159aa48332f3/biosoluble-composite-polymer-film-for-ophthalmology.pdf
11. Махкамов Д.И., Хабибуллаев А.Х., Абдуразаков М.А., Нурхонов Д.Х. ССЛЕДОВАНИЕ ВЛИЯНИЯ МЕХАНОАКТИВИРОВАННЫХ ПРИРОДНЫХ МИНЕРАЛЬНЫХ ИНГРЕДИЕНТОВ НА СВОЙСТВА КОМПОЗИЦИЙ ДЛЯ АСФАЛЬТОБЕТОННЫХ ПОКРЫТИЙ // Экономика и социум. 2021. №11-2 (90). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ssledovanie-vliyaniya-mehanoaktivirovannyh-prirodnyh-mineralnyh-ingredientov-na-svoystva-kompozitsiy-dlya-asfaltobetonnyh-pokrytiy (дата обращения: 02.03.2023).
12. Xabibullayev Alimardon Hidoyatillayevich, Qo'ysinaliyev Nuriddin Zafarali O'gli, A'Zamov Rahmatali Rohatali O'g'Li, Abduqaxxorov Xusniddin Abdusalom O'g'Li Yo'l to'shamalarida paydo bo'ladigan deformatsiyalarni o'rganish va uni yechimlari // Механика и технология. 2022. №9. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/yol-toshamalarida-paydo-boladigan-deformatsiyalarni-organish-va-uni-yechimlari (дата обращения: 02.03.2023).