Научная статья на тему 'AVTOMOBIL YO‘LLARI QOPLAMASI TISHLASHISH SIFATINI ZAMONAVIY DYNATEST 1295 QURILMASI YORDAMIDA BAHOLASH'

AVTOMOBIL YO‘LLARI QOPLAMASI TISHLASHISH SIFATINI ZAMONAVIY DYNATEST 1295 QURILMASI YORDAMIDA BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
87
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yo‘l qoplamasi teksturasi / tishlashish sifati / ishqalanish soni / trim kalibrlash / platforma kalibrlash / tormozlanishning yuqori qiymati (TYQ) / tekstura to‘lqin uzunligi. / pavement texture / grip quality / friction coefficient / trim calibration / platform calibration / peak braking value (PBV) / texture wavelength.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Yunusov Abduvokhid Gafurovich, Malikov Mukhammad Ahmad Ogli, Kurbonov Salohiddin Ziyadullayevich

Avtomobil yo‘llarida yuqori darajadagi harakat xavfsziligini ta’minlash, yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali yo‘l qoplamasini monitoring qilish hamda qoplama tishlashish sifatini mavjud uslublar va qurilmalar talablarini hisobga olgan holda baholash hozirgi kunda juda ham dolzarb. Ushbu maqolada hozirda rivojlangan mamlakatlarda yoʻl qoplamalarining tishlashish sifatini oʻlchashda qoʻllanilayotgan Dynatest 1295 zamonaviy sinov qurilmasi tavsiflari koʻrib chiqildi. Hozirgi vaqtda ushbu ko‘rsatkichni yuqori aniqlikda o‘lchash va baholash yo‘l qoplamalari diagnostikasi sohasida dolzarb masala hisoblanadi. Asosiy maqsad qurilmani kalibrovka qilish, aniqlangan ma’lumotlarni qayta ishlash, qurilmaning afzalliklarini va kamchiliklarini tahlil qilish va tishlashish sifatini baholash. Tishlashish sifatini baholash uslubini takomillashtirish, yangi xorijiy uslublarni tadbiq qilish va olingan natijalar tahlili yo‘llarning xizmat qilish muddatini oshishi va transport xarajatlarini kamayishini ta’minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASSESSMENT OF THE GRINDING QUALITY OF MOTORWAY SURFACES USING THE MODERN DYNATEST 1295 DEVICE

Ensuring a high level of traffic safety on roads, monitoring the condition of the road surface through the use of new technologies and assessing the quality of friction to the surface, taking into account the requirements of existing methods and devices, are very relevant today. This article examines the characteristics of the state-of-the-art Dynatest 1295 test device, which is currently used to measure the quality of road surface skid resistance in developed countries. Currently, measuring and assessing this indicator with high accuracy is an urgent task in the field of road pavement diagnostics. The main goal is to calibrate the device, process the detected data, analyze the advantages and disadvantages of the device, and evaluate the friction quality of the road surface. Improving the method for assessing the quality of friction, using new foreign techniques and analyzing the results obtained will increase the service life of roads and reduce transportation costs.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBIL YO‘LLARI QOPLAMASI TISHLASHISH SIFATINI ZAMONAVIY DYNATEST 1295 QURILMASI YORDAMIDA BAHOLASH»

UDC: 625. 7/8

AVTOMOBIL YO'LLARI QOPLAMASI TISHLASHISH SIFATINI ZAMONAVIY DYNATEST 1295 QURILMASI YORDAMIDA BAHOLASH

Yunusov Abduvokhid Gafurovich Dotsent, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti. https://orcid.org/0000-0002-5569-4172.

abduvokhid.Yunusov@gmail.com. 998909609770.

Malikov Mukhammad Ahmad ogli Toshkent davlat transport universiteti, tayanch doktoranti.

https://orcid.org/0000-0002-2175-6240, malikovmukhammad@gmail.com. 998939558844.

Kurbonov Salohiddin Ziyadullayevich Avtomobil yo'llari ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasi sinov laboratoriya boshlig'i.

12251987@mail.ru, 998909892939.

Annotatsiya: Avtomobil yo'llarida yuqori darajadagi harakat xavfsziligini ta'minlash, yangi texnologiyalarni qo'llash orqali yo'l qoplamasini monitoring qilish hamda qoplama tishlashish sifatini mavjud uslublar va qurilmalar talablarini hisobga olgan holda baholash hozirgi kunda juda ham dolzarb. Ushbu maqolada hozirda rivojlangan mamlakatlarda yo'l qoplamalarining tishlashish sifatini o'lchashda qo'llanilayotgan Dynatest 1295 zamonaviy sinov qurilmasi tavsiflari ko'rib chiqildi. Hozirgi vaqtda ushbu ko'rsatkichni yuqori aniqlikda o'lchas h va baholash yo'l qoplamalari diagnostikasi sohasida dolzarb masala hisoblanadi. Asosiy maqsad qurilmani kalibrovka qilish, aniqlangan ma'lumotlarni qayta ishlash, qurilmaning afzalliklarini va kamchiliklarini tahlil qilish va tishlashish sifatini baholash. Tishlashish sifatini baholash uslubini takomillashtirish, yangi xorijiy uslublarni tadbiq qilish va olingan natijalar tahlili yo'llarning xizmat qilish muddatini oshishi va transport xarajatlarini kamayishini ta'minlaydi.

Аннотация: Обеспечение высокого уровня безопасности движения на автомобильных дорогах, контроль состояния дорожного покрытия за счет использования новых технологий и оценка качества сцепления с поверхностью с учетом требований существующих методов и устройств сегодня весьма актуальны. В данной статье рассмотрены характеристики современного испытательного устройства Dynatest 1295, которое в настоящее время используется для измерения качества сцепления дорожных покрытий в развитых странах. В настоящее время измерение и оценка этого показателя с высокой точностью является актуальной задачей в области диагностики дорожных покрытий. Основная цель - откалибровать прибор, обработать обнаруженные данные, проанализировать преимущества и недостатки прибора, оценить качества сцепления дорожнога покрытия. Совершенствование метода оценки качества сцепления, применение новых зарубежных методик и анализ полученных результатов позволят увеличить срок службы дорог и снизить транспортные расходы.

Abstract: Ensuring a high level of traffic safety on roads, monitoring the condition of the road surface through the use of new technologies and assessing the quality of friction to the surface, taking into account the requirements of existing methods and devices, are very relevant today. This article examines the characteristics of the state-of-the-art Dynatest 1295 test device, which is currently used to measure the quality of road surface skid resistance in developed countries. Currently, measuring and assessing this indicator with high accuracy is an urgent task in the field of road pavement diagnostics. The main goal is to calibrate the device, process the detected data, analyze the advantages and disadvantages of the device, and evaluate the friction

quality of the road surface. Improving the method for assessing the quality of friction, using new foreign techniques and analyzing the results obtained will increase the service life of roads and reduce transportation costs.

Kalit so'zlar: Yo'l qoplamasi teksturasi, tishlashish sifati, ishqalanish soni, trim kalibrlash, platforma kalibrlash, tormozlanishning yuqori qiymati (TYQ), tekstura to'lqin uzunligi.

Ключевые слова: текстура покрытия, качество сцепления, коэффициент трения, калибровка трима, калибровка платформы, пиковое значение торможения (ПЗТ), длина волны текстуры.

Key words: pavement texture, grip quality, friction coefficient, trim calibration, platform calibration, peak braking value (PBV), texture wavelength.

Kirish: Yo'l qoplamasining teksturasi, tishlashish sifati, avtomobil g'ildiragi shinasi va qoplama orasidagi ta'sir natijasida hosil bo'lgan shovqin darajasi, transport vositasi sirpanishga qarshiligi, shinaning yemirilishi kabi omillarni tavsiflaydi.

Avtomobil yo'lining yo'l qoplamasi bilan tishlashish koeffitsiyenti bu sinov uskunasi va yo'l qoplamasining yo'l qoplamasi bo'ylab sinov maydonida maksimal urinma kuchning sinov uskunasi va yo'l qoplamasiga urinishidagi normal reaksiyasi orqali ifodalanadigan ko'rsatkich [1].

Yo'l kengashlari bo'yicha doimiy xalqaro kengash (PIARC) tomonidan ishlab chiqilgan turli to'lqin uzunlikdagi qoplama yuzasi xususiyatlariga asoslangan yuza teksturasining kategoriyalari 1-rasmda keltirilgan. Yo'l qoplamasi yuzasining teksturasi uning o'lchamlariga asosan quyidagi to'rtta turni o'z ichiga oladi mikrotekstura (to' lqin uzunligi 0,5 mm gacha), makrotekstura (0,5 dan 50 mm gacha), megatekstura (50 dan 500 mm gacha) va noravonlik (to'lqin uzunligi 500 mm dan katta) kiradi [2].

1-rasm. Tekstura tavsiflari (Yo'l kengashlari bo'yicha doimiy xalqaro kengash PIARC) va

ularning qoplama yuzasi xususiyatlariga ta'siri

Tekstura yo'l harakati xavfsizligi va qulayligining ko'plab jihatlariga ta'sir qiladi. 1-rasmda qoplamaning ushbu xususiyatlariga ta'sir qiluvchi tekstura diapazonlari ko'rsatilgan.

Material va metodlar: Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida avtomobil yo'llari qoplamasining tishlashish sifatini baholashda quyidagi uslublardan va qurilmalardan keng foydalaniladi. Bular teksturaga asoslangan hajmli "Qumli dog'" usuli, portativ PPK-MADI (IKS-M) qurilmalari va avtotrasport vositasiga mahkamlangan (g'ildirakning blokirovka qilinishi orqali aniqlanadigan) "TRASSA PKRS-2U" mobil laboratoriya qurilmalaridir.

Tishlashish sifatini yuqorida nomi qayd etilgan qurilmalar amaldagi me'yoriy hujjatlar GOST 30413-1996, 33078-2014 ga asosan o'lchash ishlari rejalashtiriladi va olib boriladi. IQN 05-2011, SHNQ 3.06.03-2008ga asosan yo'l qoplamasining tishlashish sifati baholanadi

[1,3,4,5].

Avtomobil yo'llari qo'mitasi Jahon banki bilan hamkorlikda Daniyaning Dynatest kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Dynatest 1295 mobil laboratoriya qurilmasi O'zbekiston avtomobil yo'llari tarmog'ini transport-ekpluatatsion ko'rsatkichlarini o'lchash va baholah uchun taqdim etildi[6].

Tadqiqot natijalari: Yo'l transport hodisalarining sodir bo'lishi va xavflilik darajasi qoplamaning tishlashish sifatiga bog'liq [7]. Rivojlangan mamlakatlarda g'ildirak blokirovka sinovi qurilmasi sirpanish qarshiligini o'lchashning eng keng tarqalgan usuli hisoblanadi [8]. Blokirovka qilingan g'ildirak sinovining odatiy o'lchov tizimi unga bir yoki bir nechta sinov g'ildiraklari yoki avtomobil tirkamasining bir qismi sifatida kiritilgan sinov vositasini o'z ichiga oladi. Bunda shaklli yoki silliq shinalardan foydalanish mumkin. Shaklli shinalar yo'l qoplamasidagi mikrotekstura o'zgarishlariga, silliq shinalar esa qoplama makroteksturasiga ma'lumotlarini aniqlashda ko'proq samarali hisoblanadi [9].

Blokirovkalangan g'ildirak sinovi qurilmasidagi asboblar sinov shinalari va qoplama orasidagi ishqalanish kuchini o'lchaydi va natijani tishlashish soni (skid number) sifatida taqdim qiladi. Blokirovkalangan g'ildirak sinovi sirpanish qarshiligini tishlashish koeffitsienti yoki sirpanishlar soni sifatida o'lchaydi. Blokirovkalangan g'ildirakda harakat qiluvchi kuchlarning umumiy ifodalanishi quyidagi 2-rasmda ko'rsatib o'tilgan. G'ildirakning pastki qismidagi tekis gorizontal chiziq yo'l qoplamasi yuzasini ifodalaydi. G'ildirakning o'rtasiga yo'naltirilgan vertikal belgi "G'ildirakka tushadigan yuk, L" g'ildirak markazidan o'ngga yo'naltirilgan gorizontal chiziq "Harakat yo'nalishi" deb belgilangan. Yo'l qoplamasi ostida chap tomonga yo'naltirilgan gorizontal chiziq "Ishqalanish kuchi, F'ni ifodalaydi.

2-rasm. Blokirovkalangan(tormozlanishga doir) sinov g'ildiragiga ta'sir qiluvchi kuchlar.

Tishlashish koeffitsienti formulasi.

SN - sirpanishlar soni (Skid number) SN = 100/ (2)

Amerika Davlat avtomobil yo'llari va transport boshqarmasi assotsiatsiyasi (AASHTO) ASTM E501 sinov uchun standart shaklli shinalarga, ASTM E524 standarti esa silliq shinalarga bo'lgan talabni belgilaydi. Ana shunday mobil laboratoriya qurilmalardan biri Ford F350 avtomobilida yig'ilgan Dynatest 1295 mobil laboratoriya qurilmasi yo'l qoplamasining tishlashish sifatini baholash uchun mo'ljallangan (3-rasm). Avtomobil kerakli sinov tezligiga keltiriladi va nam qoplama yuzasini hosil qilish uchun sinov shinasidan oldin suv purkaladi. Sinov shinasining tormoz tizimi sinov shinasini blokirovkalash uchun ishga tushiriladi [10,11].

Harakat yo'nalishi

Ishqalanish kuchî. F

Standart blokirovkalangan g'ildirak sinovi AASHTO T 242, mukammal turdagi qoplamali yo'llarning tishlashish xususiyatlarini sinovdan o'tkazishning standart usuli yoki ASTM E274, to'liq o'lchov yordamida mukammal turdagi qoplamali yo'llarning sirpanish qarshiligini sinovdan o'tkazishning standart usuli bo'yicha amalga oshirilishi mumkin [12,13].

3-rasm. "Dynatest 1295 pavement friction tester" mobil qurilmasining umumiy ko'rinishi

Dynatest 1295 mobil sinov qurilmasi blokirovkalangan g'ildirakning quruq holatda tormozlanishning yuqori qiymati (TYQ) va nam qoplamada ishqalanishlar soni aniqlash orqali qoplamaning tishlashish sifatini o'lchash uchun ishlab chiqilgan. "TYQ" test tanlovidan ishqalanish ma'lumotlarini olish uchun foydalanish mumkin emas. "TYQ" testi, birinchi navbatda, ishqalanishning eng yuqori ma'lumotlari kerak bo'lganda qo'llaniladi. Dynatest 1295 qurilmasi 20-70 mil/soat (32-112 km/soat) tezlikda dinamik tishlashish sonini FN(t) xisoblash uchun ishlab chiqilgan. Kompyuterlashtirilgan 1295 to'liq asbob-uskunalar bilan jihozlangan tirkama mashinasi va o'qga o'rnatilgan bir yoki ikkita M1270 ikki o'qli kuch ko'rsatkichlaridan foydalanadigan ikki g'ildirakli treylerdan iborat. Dynatest 1295 qurilmasi Windows dasturi operatorga tishlashish tajribasini o'tkazish, ma'lumotlarini kiritish, sozlamalarini sozlash, tizimni kalibrlash va tizim diagnostikasini amalga oshirish imkonini beradi.

Qurilma bort kompyuteri real vaqt rejimida ikki o'qli kuch ko'rsatkichidan FN(t) dinamik sirpanishlar sonini hisoblab chiqadi va noutbukning sinov ekranida tishlashish va tezlik qiymatlari chizig'ini ko'rsatadi. Qo'shimcha dasturiy ta'minot imkoniyatlariga tizimni avtomatik kalibrlash, to'liq tizim diagnostikasi va sozlanishi sinov davri vaqtini (ASTM E274 me'yoriy hujjat doirasida) o'z ichiga oladi.

Yo'l qoplamasida tishlashish sinovi ikkita usuldan biri yordamida amalga oshiriladi. Bu usullar uzluksiz yuqori tishlashish sinovi (Continuous Peak Friction Test) va g'ildirakning blokirovka holatidagi tishlashish sinovi (Locked Wheel Friction Test). 1295 qoplama tishlashish sinov qurilmasi g'ildirakning blokirovka holatidagi tishlashish sinovi (Locked Wheel Friction Test) usulidan foydalanadi.

Birinchidan, operator sinov quruq yoki nam qoplamada bo'lishini tanlaydi. Keyinchalik, ikki g'ildirakli treyler sinov maydoniga yetib borishdan oldin tezlikni me'yoriy qiymatiga keltiriladi. O'ng yoki chap sinov g'ildiragidagi tormoz g'ildirak blokirovkalanishidan oldin qo'llaniladi. Sinov mashinasi doimiy o'zgarmas tezlikda (+/- 1 MPH) ushlab turilganda, g'ildirak oldindan dasturlashtirilgan chegarada blokirovkaga erishishi kerak. G'ildirak tormozlanishining tortishish kuchi, avtomobil tezligi va boshqa barcha kerakli parametrlar sinov siklida tormoz birinchi marta qo'llanilganda qayd etiladi. Sinov g'ildiragi blokirovkadan chiqarilgunga qadar bu parametrlar yozilishi davom etadi. Blokirovka holatidagi g'ildirakning ishqalanish va yuqori tormozlanishning qiymati kuchlari kompyuter tomonidan har bir aniq sinov uchun hisoblab chiqiladi. Sinov natijalari noutbukda ham grafik, ham raqamli ko'rinishda ko'rsatiladi va qattiq diskda saqlanadi.

O'lchov ishlari amalga oshirilayotganda ASTM E274 me'yoriy hujjatiga asosan

qoplamaga suv sepish boshlanganidan taxminan 0,5 soniya o'tgach, g'ildirakni to'liq blokirovkalash uchun sinov g'ildiragining tormozi qo'llanilishi kerak. Ma'lumotlarni o'rtacha qiymatini o'lchash vaqti davomida sinov qurilmasi g'ildiragi blokirovkalangan bo'lishi kerak. O'lchov ma'lumotlari 1-3 sekund vaqt oralig'ida yozib olinishi kerak. G'ildirakni blokirovkadan chiqarilgandan (tormoz bo'shatilgandan) so'ng suv yetkazib berish to'xtatilishi mumkin.

Blokirovkalangan(tormozlash) g'ildirak sinovi sirpanish qarshiligini ishqalanish (tishlashish) koeffitsienti yoki sirpanishlar soni sifatida o'lchaydi. 2 -rasmda ko'rsatilganidek, L -interfeysga perpendikulyar yuk. Qurilma sinov g'ildiragi blokirovkalangandan so'ng, yo'l yuzasi va blokirovkalangan g'ildirakning interfeysida ishqalanish kuchi (F) sodir bo'ladi. Kundalik ishlatish tartibi quyidagicha:

1. Sinov tirkamasi qurilmasining aniqligini ta'minlash uchun ba'zi mexanik tekshiruvlar talab qilinadi. Shinalarning haddan tashqari eskirishiga yo'l qo'ymaslik uchun avtomashinaning shinalari bosimini har kuni tekshirish tavsiya etiladi.

2. Har sinov oldidan tirkama shinalarini tekshirish kerak. Har bir sinov tajribasidan oldin normal harakat tezligida kamida 5 milya (10 km) yo'l bosib, shinalarni ishchi holatga keltirish(qizdiri sh).

3. Tirkama aniq texnik xizmat ko'rsatish uchun to'g'ri tortuvchi avtomobilga to'g'ri o'rnatish lozim(foydalanish qo'llanmasida ko'rsatilganidek).

4. Har kuni avtomobil va tirkamadan suyuqlikning sizib chiqmasligi vizual tekshiriladi.

5. Suv idishi uning hajmiga qadar to'ldirilishi mumkin. Avval suv idishining suv chiqadigan qismi yopilganligini tekshirib keyin suv to'ldirish mumkin.

6. DYNATEST 1295 tizimini har safar quvvat o'chirilganda kalibrlash kerak. Kalibrlashni tekis yuzada, tortuvchi mashina to'xtab turgan holatda va oyog'ingiz tormozdan uzilgan holda bajarilishi shart. Barcha quvvat tizimi yoqilgan bo'lishi kerak (AC va DC). Kalibrlashdan 15 daqiqa oldin tizimni ishchi holatga keltirish kerak.

Qurilma orqali olingan turli ko'rsatkichlar va natijalarni ekranda tavsiflanishi quyida berilgan (4-rasm).

Sinov sozlamalari/Hujjat nomi (Test Setup/File Name) (Yuqori chap tomonda): Sinov sozlamalarini tanlash uchun ochiladigan menyu. Yangi sinov sozlamalarini tahrirlash va yaratish sozlamalar sahifasida amalga oshirilishi mumkin. "Friction file" nomini "Fayl nomi" maydonini bosish orqali tahrirlash mumkin.

Suv darajasi (Water Level) (yuqori o'ng tomonda): Bu sozlamalarga asosan qurilmadagi suv darajasini gallon yoki litrda ko'rsatadi.

GPS: Bu foydalanuvchiga sinov qurilmasinning joylashuvini ko'rsatadi. Tezlik (Speed): bu avtomobilning joriy tezlik qiymati o'lchovidir. Masofa (Distance): Bu sinov jarayonida bosib o'tilgan sinov masofasini ko'rsatadi. "Distance" oynasida masofani o'lchash interferometrini (DMI) ishga tushirish/o'chirish tugmas i ham mavjud

4-rasm. Qurilma orqali olingan natijalar tavsiflari

Ishqalanishlar soni (SN) (O'rtacha) (Skid Number (SN) (Avg): Bu sinov uchun o'rtacha "Ishqalanishlar soni" (SN) qiymati o'lchovidir.

Suv tizimini yoqish/o'chirish (Water On/Off): Suv tizimini holatini ko'rsatadi.

Tormozlar tizimini yoqish/o'chirish (Brakes On/Off): Sinov tormozining faollashuv holatini (activation status) ko'rsatadi.

Havo tizimini yoqish/o'chirish (Air On/Off): Havo kompressorining holatini ko'rsatadi.

Sinov sozlamalari: (grafikning yuqori qismi) (Test settings: (Just above graph): Bu masofani o'lchash qurilmasini (DMI) ishga tushirish sozlamalarini, sinov turini, grafik uchun sinov g'ildiragini tanlashni, sinovni boshlash va to'xtatishni, o'lchov qiymati ko'rsatkichini, sinov jarayoni va sinovda paytida suv sepish holatini ko'rsatadi.

Grafikdagi ma'lumotlar (Data on the graph): Grafik ma'lumotlar "Ishqalanishlar soni" (skid number) yoki tormozlanishning yuqori qiymati (PBC), avtomobil tezligi (vehicle speed), sinov g'ildirak tezligi (wheel speed), tortishish kuchi (traction), yuk (load), oqim (flow) va % sirpanish (slip) natijalarini ko'rsatadi.

Mobil laboratoriya qurilmasini kalibrlash

Kalibrlash tizim ko'rsatkichlari (datchiklari), harorat sensori va masofani o'lchash tizimini o'z ichiga oladi.

Kuch ko'rsatkichlarini (datchiklari) kalibrovkalash (Force Transducer Calibration): O'lchov tizimi aniq tishlashish o'lchovlarini taqdim etishi uchun kuchni aniq kalibrlash talab qilinadi. Kuch ko'rsatkichlari (datchiklari) tortish kuchi va yuk o'qidagi kuchni o'lchash uchun ishlatiladi (5-rasm).

Tishlashish SN = F/L ishqalanish kuchi (F) yuk (L) sifatida hisoblanadi.

To'g'ri kalibrlashni amalga oshirish uchun sinov avtomashinasi va tirkama tekis holatda bo'lishi kerak. Kalibrlash jarayoni tizim kompyuterida kuch o'lchovlarini o'z ichiga oladi.

Kalibrlashning ikki xil turi mavjud:

- kalibrlashning birinchi turi "Trim kalibrlash" deb ataladi, u har bir sinov sessiyasidan oldin amalga oshiriladi. Ushbu kalibrlash odatda 30 soniya davom etadi.

- kalibrlashning ikkinchi turi "Platforma kalibrlash" deb ataladi. Bu odatda yillik yoki yarim yillik oraliqda amalga oshiriladigan uzoq muddatli kalibrlashdir. Ushbu kalibrlash yuqoridagi "Kalibrlash turi 1" da tavsiflangan "Trim kalibrlash" da ishlatiladigan tortish kuchi, yuk va kalibrlash vazni qiymatlarini aniqlash uchun ishlatiladi. Ushbu kalibrlash bir necha soat ichida amalga oshiriladi va havo yordamida ko'taruvchi platforma va kalibratorni talab qiladi.

Tadqiqot natijalari tahlili: Dynatest 1295 mobil sinov qurilmasida Toshkent shahrida

yo'l qoplamasini tishlashish sifatini aniqlash uchun sinov tajriba o'tkazildi. Bunda Toshkent Katta Halqa Avtomobil yo'lining (TKAD) "Chaqiqtosh mastikali asfaltobeton qorishmasi"si yotqizilgan (93m uzunlikda, 14.7m kenglikda) yo'l bo'lagida tajriba-sinov ishlari Dynatest 1295 qo'llanmasiga asosan olib borildi. Qoplamaning o'rtacha "Ishqalanishlar soni" qiymati SN=35.49 ekanligi o'lchandi. Yuqoridagi ikkinchi SN = 100/ formulaga asosan qoplamaning

a) G'ildirakdagi kuch va yukni kalibrlash

b) Suv sarfini o'lchagich va suv idishidagi suvning darajasini kalibrlash

c) Temperaturani kalibrlash

d) Masofa/tezlikni kalibrlash

5-rasm. Mobil laboratoriya qurilmasini kalibrlash

tishlashish koeffisienti 0,35ga tengligi hisoblandi (6-rasm) [4]. Tishlashish koeffitsientining o'lchangan qiymatlariga asosan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tamirlash turini belgilanadi. Ushbu yo'l qoplamasining tishlashish koeffitsienti me'yorda ekanligi aniqlangandan so'ng mavsumiy saqlash ishlari reja bo'yicha davom ettirilishi tavsiya etildi. Yo'llarda transport-ekspluatatsion ko'rsatkichlarni diagnostika qilish yo'llarning xizmat muddati oshishiga, harakat xavfsizligi ta'minlanishiga, sarf-xarajatlar kamayishiga olib keladi.

6-rasm. Dynatest 1295 qurilmasi orqali olingan natijalar tavsiflari

Blokirovkalangan g'ildirak sinovi qurilmasining afzalliklari quyidagilardan iborat: - Tizimlar foydalanuvchilarga qulay va nisbatan sodda;

- Sinov ko'p vaqt talab qilmaydi;

- Qurilma magistral yo'llarda harakatlanganda avtomobilllarga yaqin tezlikda o'lchov ishlarini amalga oshiradi;

- Harakat tasmalarini yopish shart emas.

Blokirovkalangan g'ildirak sinovi qurilmasining kamchiliklari quyidagilardan iborat:

- Diagnostika faqat yo'lning to'g'ri bo'laklarida qo'llanilishi mumkin (egri yo'l bo'laklari, T-tutashmalar yoki aylanma harakat orqali tashkil qilingan yo'l bo'laklarida o'lchov ishlari samara bermaydi [8].

- Uslub namunaga asoslangan sinov jarayonidir. 40 mil/soat (65 km/soat) tezlikda qurilma taxminan 60 fut (18 m) yo'lning o'rtacha sirpanish qarshiligini aniqlaydi. Yo'l tarmog'ida qoplama yuzasi bo'ylab ishqalanish(tishlashish) xususiyatlari o'zgarib turadi; Shunday qilib, sinov yo'lning ma'lum bir aniq nuqtasi uchun o'tkazilmasligi mumkin.

- Ishqalanishga qarshilik faqat sinov tezligi bilan tavsiflanadi. Ishqalanishga qarshiligi va tezlik o'rtasidagi bog'liqlik yo'lning bir xil bo'laklari uchun turli tezliklarda takroriy o'lchovlar bilan aniqlanishi kerak [14].

- Sinov faqat 100 foizli ishqalanishga qarshilik nisbati bo'yicha sirpanish qarshiligini o'lchaydi.

Xulosalar: Jahonda avtomobil yo'llari qoplamalari tishlashish sifatini baholash uslubini takomillashtirishga qaratilgan resurs-tejamkorlik, atrof-muhit muhofazasi hamda yo'l infratuzilmasi barqarorligi yo'nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Yuqorida imkoniyatlari tahlil qilingan qurilmani O'zbekiston avtomobil yo'llari tarmog'inining tishlashish sifatini baholash bo'yicha maqsadli qurilma sifatida e'tirof etsak bo'l adi. Ushbu Dynatest 1295 mobil sinov qurilmasi tishlashish sifatini shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko'chalari, umumiy foydalanishdagi va xo'jalik avtomobil yo'llarida 30-110 km/soat tezlikda minimum 100 metr oraliq masofalarda o'lchaydi va baholaydi. O'zbekistondagi mavjud muqobil "TRASSA mobil laboratoriyasi balansidagi PKRS-2U" qurilmasi 60±2 km/soat tezlikda minimum 300 metr oraliq masofalarda o'lchaydi va baholaydi. Dynatest 1295 qurilmasi qoplamaning tishlashish sifatini shahar ko'chalari va ichki xo'jalik avtomobil yo'llarida minimal 30 km/soat tezlikda va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 110 km/soat tezlikda o'lchashi va baholashi qurilmaning muqobilidan ustunligini asoslab beradi.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarida AQSh, Germaniya, Daniya, Yaponiya va boshqa davlatlarda avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish, ekspluatatsiya davrida qoplama tishlashish sifatini o'lchashning yangi usullarini ishlab chiqish, mavjud baholash uslublarini takomillashtirish, yo'llarning xizmat qilish muddatini oshishi va transport xarajatlarini kamayishi ilmiy asoslanib kelinmoqda bu yuqorida ko'rib chiqilgan masalalarning dolzarbligini yanada yuqori darajaga ko'taradi.

ADABIYOTLAR

1. ST (GOST) 33078-2014. Automobile roads of general use. Methods for measuring the adhesion of a coated car wheel. https://docs.cntd.ru

2. Hall, J.W., et al. (2009) Guide for Pavement Friction. National Cooperative Highway Research Program, Transportation Research Board of the National Academies. https://doi.org/10.17226/23038

3. ST (GOST) 30413-1996. Automobile roads. Method for determining the friction coefficient of wheel vehicle with road pavement. https://docs.cntd.ru

4. Urban Planning Norms and Regulations of Republic of Uzbekistan 3.06.03-2021. https://mc.uz/gradostroitelnye-normy/

5. Rules for diagnostics and assessment of the condition of automobile roads. IQN 052011. УДК 625.76.004.58. https://mc.uz/gradostroitelnye-normy/National

6. O'zbekistonga yo'l sifatini aniqlaydigan maxsus avto texnikalar keltirildi. https://kun.uz/uz/news/2023/09/13/ozbekistonga-yol-sifatini-aniqlaydigan-maxsus-avto-

texnikalar-keltirildi

7. Beketov, A., Khalimova, Sh. (2023). Impact of roughness and friction properties of road surface of urban streets on the traffic safety. Komunikacie, 25(3). DOI: 10.26552/com.C.2023.051.

8. National Academies of Sciences, Engineering, and Medicine. (2009). Guide for Pavement Friction, The National Academies Press, Washington, DC. Available online: https://doi.org/10.17226/23038, last accessed March 3, 2019.

9. American Association of State Highway and Transportation Officials. (1996). Standard Specification for Rib-tread Standard Tire for Special-Purpose Pavement Frictional-Property Tests, AASHTO M 261, American Association of State Highway and Transportation Officials, Washington, DC.

10. ASTM E501-08. (2015). "Standard Specification for Standard Rib Tire for Pavement Skid-Resistance Tests." Book of Standards 04.03, ASTM International, West Conshohocken, PA.

11. ASTM E524-08. (2015). "Standard Specification for Standard Smooth Tire for Pavement Skid-Resistance Tests." Book of Standards 04.03, ASTM International, West Conshohocken, PA.

12. American Association of State Highway and Transportation Officials. (1996). Standard Method of Test for Frictional Properties of Paved Surfaces Using a Full-Scale Tire, AASHTO T 242, American Association of State Highway and Transportation Officials, Washington, DC.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. ASTM E274. (2015). "Standard Test Method for Skid Resistance of Paved Surfaces Using a Full-Scale Tire." Book of Standards 04.03, ASTM International, West Conshohocken, PA.

14. Saito, K., Horiguchi, T., Kasahara, A., Abe, H., Henry, J. (1996). "Development of Portable Tester for Measuring Skid Resistance and Its Speed Dependency on Pavement Surfaces." Transportation Research Record, 1536, pp. 45-51, Transportation Research Board, Washington, DC.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.