Научная статья на тему 'Qumli gruntli yo‘l ko‘tarmalarining hisobiy ko‘rsatkichlarini belgilash bo‘yicha amaliy va ilmiy tadqiqotlar'

Qumli gruntli yo‘l ko‘tarmalarining hisobiy ko‘rsatkichlarini belgilash bo‘yicha amaliy va ilmiy tadqiqotlar Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
114
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil yo‘llari / yo‘l poyi / yo‘l poyi ko‘tarmasi / qumli gruntlar / chang va gil miqdori / va h.o. / автомобильные дороги / основание дороги / отметка основания дороги / песчаные грунты / пылеглинистость и др.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — D.A. Kayumov, I.I. Ro‘Ziev

Respublikamizda hozirgi kunda transport-kommunikatsiya tizimlarini, jumladan, avtomobil yo‘llarini loyihalash, yo‘l poyini loyihalash va qurish jarayonida qumli gruntlarni qurilishdagi salbiy xususiyatlari sifatida standart zichlashtirish bo‘yicha qulay namlikdan ortiqcha namlikda mustahkamlikning birdan kamayishi yuzaga kelishini hisobga olish masalalari va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida ish sifatini yanada takomillashtirishga alohida eʻtibor qaratilmoqda. Shuningdek, yo‘l poyi qatlamlarining mexanik ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosida uning mustahkamligini oshirish, transport vositalaridan tushadigan yuklamani hisobga olib, yangi transport magistrallarini qurish va ularni ekspluatatsiya qilish davrida qayta taʻmirlash muddatini qisqartiruvchi usullarini takomillashtirish dolzarb masalalar hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Practical and scientific studies on determining the calculation parameters of road elevations with sandy soil

В настоящее время при проектировании транспортных и коммуникационных систем, в том числе автомобильных дорог, проектировании и устройстве дорожных одежд остро стоят проблемы учета резкого снижения прочности от благоприятной влажности до избыточной при нормативном уплотнении песчаных грунтов как отрицательных характеристик. в строительстве, и особое внимание уделяется дальнейшему повышению качества работ в процессе эксплуатации. Также актуальными вопросами являются улучшение механических свойств слоев дорожного полотна, повышение их прочности с учетом нагрузки от транспортных средств, совершенствование методов сокращения сроков ремонта при строительстве новых транспортных магистралей и их эксплуатации.

Текст научной работы на тему «Qumli gruntli yo‘l ko‘tarmalarining hisobiy ko‘rsatkichlarini belgilash bo‘yicha amaliy va ilmiy tadqiqotlar»

КУРИЛИШ АДАБИЁТЛАР

1. Хамидов А.И. Бетон коришмасини тайёрлашнинг айрим масалалари. Наманган вилояти 50-йиллигига багишланган НСТИ XII илмий-амалий конференцияси материаллари. Наманган, 1991 йил.

2. Хамидов А.И., Эшматов Р. Курик-иссик иклимда бетон сифатин яхшилаш муаммолари. Кадрлар тайёрлаш миллий дастурини амалга ошириш вазифаларини бажаришга багишланган магистирантлар -инг 4-илмий-амалий конференцияси материаллари. Наманган, 2004 йил.

3. Хамидов А.И., Ахмадиёров У. Яхлит бетон сифатини оширишда кимёвий кушилмалар урни. Кадрлар тайёрлаш миллий дастурини амалга ошириш вазифаларини бажаришга багишланган магистирант- ларинг 5-илмий-амалий конференцияси материаллари. Наманган, 2005 йил

4. Хамидов А.И., Одилжонов А. Бетон сифатини яхшилашда пластификатловчи кушимчалар ахдмияти. "Инвестицияларни диверси-фикациялаш асосида саноат корхоналари самарадорли-гини ошириш" мавзусида Республика микёсида илмий-амалий конференция матери-аллари туплами. Наманган шах,ри. 7-8 июн 2019 йил.

5. <img src="https://stroidvor.rn/wp-content/uploads/2021/03/logo-300x75-1 - l.png" width=M300M height="75" а11=мСтройДворм>

QUMLI GRUNTLI YO'L KO'TARMALARINING HISOBIY KO'RSATKICHLARINI BELGILASH BO'YICHA AMALIY VA ILMIY TADQIQOTLAR

D.A. Kayumov

Toshkent davlat transport universiteti, dots. (PhD)

I.I. Ro'ziev

Toshkent davlat transport universiteti, magistr

Annotatsiya: Respublikamizda hozirgi kunda transport-kommunikatsiya tizimlarini, jumladan, avtomobil yo'llarini loyihalash, yo'l poyini loyihalash va qurish jarayonida qumli gruntlarni qurilishdagi salbiy xususiyatlari sifatida standart zichlashtirish bo'yicha qulay namlikdan ortiqcha namlikda mustahkamlikning birdan kamayishi yuzaga kelishini hisobga olish masalalari va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida ish sifatini yanada takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek, yo'l poyi qatlamlarining mexanik ko'rsatkichlarini yaxshilash asosida uning mustahkamligini oshirish, transport vositalaridan tushadigan yuklamani hisobga olib, yangi transport magistrallarini qurish va ularni ekspluatatsiya qilish davrida qayta ta'mirlash muddatini qisqartiruvchi usullarini takomillashtirish dolzarb masalalar hisoblanadi.

Аннотация: В настоящее время при проектировании транспортных и коммуникационных систем, в том числе автомобильных дорог, проектировании и устройстве дорожных одежд остро стоят проблемы учета резкого снижения прочности от благоприятной влажности до избыточной при нормативном уплотнении песчаных грунтов как отрицательных характеристик. в строительстве, и особое внимание уделяется дальнейшему повышению качества работ в процессе эксплуатации. Также актуальными вопросами являются улучшение механических свойств слоев дорожного полотна, повышение их прочности с учетом нагрузки от транспортных средств, совершенствование методов сокращения сроков ремонта при строительстве новых транспортных магистралей и их эксплуатации.

КУРИЛИШ ВА ТАЪЛИМ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, №2 (4) 23

Annotation: Currently, in the design of transport and communication systems, including highways, the design and construction of road pavements, the problems of taking into account the sudden decrease in strength from favorable humidity to excess humidity on standard densification of sandy soils as negative characteristics in construction, and special attention is paid to further improvement of the quality of work in the exploitation processes. Also, improving the mechanical properties of roadbed layers, increasing their strength, taking into account the load from vehicles, and improving the methods of reducing the period of repair during the construction of new transport highways and their operation are urgent issues.

Kalit so'zlar: avtomobil yo'llari, yo'l poyi, yo'l poyi ko'tarmasi, qumli gruntlar, chang va gil miqdori, va h.o.

Keywords: highways, road base, road base elevation, sandy soils, dust and clay content,

etc.

Ключевые слова: автомобильные дороги, основание дороги, отметка основания дороги, песчаные грунты, пылеглинистость и др.

Bugungi kunda avtomobil yo'llarini loyihalash va qurishda qumli gruntlardan iborat yo'l poyining hisobiy ko'rsatkichlari to'g'risidagi muammolar natijasida cho'lli hududlarda avtomobil yo'llarini buzilishi kuzatilmoqda. Bu muammoni hal qilish uchun dunyoning har xil mamlakatlari shu jumladan, Avstraliya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Meksika, Misr, Pokiston, Hindiston, Xitoy, Eron, Qozog'iston, O'zbekiston, Rossiya, shuningdek, Yevropaning bir qator davlatlarida harakat qilinmoqda.

Jahonda avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida yo'l poyidagi gruntlarni mustahkamlik ko'rsatkichlarini asoslash bo'yicha maqsadli ilmiy izlanishlarni olib borish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada, mavjud avtomobil yo'l poyidagi qumli gruntlarning konstruktiv yechimini ishlab chiqish va hisobiy tavsiflarini aniqlashtirish, ularni belgilash uchun mavjud usullarni takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda amaldagi ShNK 2.05.02-07 ni 33-jadvaliga asosan avtomobil yo'llarining ishchi qatlam gruntlarining, jumladan, qumli gruntlarning zichlashish koeffitsiyenti chuqirlik bo'yicha 0,95 - 0,98 oralig'ida berilgan [1].

1-jadva

Yo'l poyi elementlari Qatlamning qoplama Yo'l to'shamasi turlari bo'yicha tuproqning eng kichik zichlanish koeffisenti

yuzasiga mukammal Yengillashtirilgan va o'tuvchi

nisbatan yo'l-iqlim mintaqalari

joylashish chuqurligi, m I II,IV III I II,IV III

Ichki Nyt+0,4 gacha 0,95-0,96 1,0-1,02 0,98-1,0 0,95- 0,98-1,0 0,96-

qatlam Nyt+0,4-1,5 0,95-0,96 0,98-1,0 0,960,98 0,96 0,950,98 0,960,98 0,98 0,96

Ko'tarmani 1,5-6,0 0,95 0,96 0,94 0,95 0,94 0,94

ng suv bosmaydiga

n qismi

Ko'tarmani 1,5-6,0 0,95 0,98- 0,97 0,95 0,98 0,98

ng suv bosadigan 1,00

qismi

КУРИЛИШ ВА ТАЪЛИМ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, №2 (4)

1 ^YPHHHffl [I 1

O'ymaning mavsumiy muzlash satxidan pastdagi ishchi qatlami 1,2 gacha 0.95 0.95 0.95 0.95

Shu bilan birgalikda MQN 44-2008 va MQN 46-2008 kabi me'yoriy hujjatlarda, xususan, qumli gruntlardan iborat ko'tarmalarning yo'l to'shamalarining tuzilmalarini loyihalashda foydalaniladigan hisobiy ko'rsatkichlar: elastiklik moduli, bog'lanish kuchi va ichki ishqalanish kuchi keltirilgan [2].

2-jadval

Qumli gruntlar Tuproq xususiyatlarini belgilash G'ovaklik koeffitsienti E ga teng bo'lgan tuproq xususiyatlari

1 103 104 105 106

Chansimon-grunt zarrali yirik qum 0% 35 0,004 33 0,003 32 0,003 31 0,003 29 0,003

5% 34 0,005 31 0,004 36 0,004 29 0,003 28 0,003

Chansimon-grunt zarrali o'rtacha qum 0% 32 0,004 30 0,004 30 0,003 28 0,003 27 0,002

5% 33 0,005 30 0,004 29 0,003 28 0,003 26 0,002

Chansimon-grunt zarrali mayda qum 0% 31 0,003 28 0,003 27 0,002 26 0,002 25 0,002

5% 31 0,005 27 0,004 26 0,004 25 0,004 24 0,003

8% 31 0,006 27 0,005 26 0,004 25 0,003 23 0,002

Ammo yuqorida keltirilgan me'yoriy hujjatlarda ko'rsatilgan hisobiy ko'rsatkichlar qiymati zichlashish koeffitsiyentining qaysi qiymatiga to'g'ri kelishi takidlanmagan. Bu o'z navbatida loyihachilar tomonidan qumli gruntlarda yo'l to'shamasini loyihalashda bir qator noaniqliklarni yuzaga keltirmoqda. Ya'ni qumli gruntlardan foydalanib yo'l poyi qurilganda yo'l to'shamasining xizmat muddatidan avval buzilishiga olib keladi. Shuning uchun yo'l poyi qumli gruntlari uchun hisobiy ko'rsatkichlarni ularning zichlashish koeffitsiyentiga bog'liqligini o'rganish va ularni belgilash to'g'risida yo'riqnoma ishlab chiqish hozirgi vaqtning dolzarb vazifalaridan biri deb hisoblanadi. Bu vazifani Surxondaryo viloyati avtomobil yo'llari misolida yechishga harakat qilindi.

KyPHHHffl BA TAL^HM HHMHH ^YPHAHH, 2023, №2 (4) 25

L

KYPH^Hrn

Yo'l poyi ko'tarmalarining ishchi qatlam gruntlari, birinchi galda, harakatlanuvchi yuk ostida kuchlangan holatda va suv-issiqlik tartibi ta'sirida bo'ladi. Respublikamizning qumli gruntlar keng tarqalgan hududlarida QMQ 2.01.01-07 [6] ga asosan, muzlashning maksimal chuqurligi 0,5 - 0,6 m dan, yo'l to'shamasi qalinligidan deyarli oshmaydi. Shuning uchun amaldagi yo'l poyi ishchi qatlami muzlamaydi va ko'tarma yon qiyaligining yuqori qatlamida grunt muzlasa ham, namlikning qishki tarqalishi ro'y bermaydi.

Tabiiy iqlim omilining asosiy ta'siri uning tegishlicha namlanish manbasi bo'lgandagi davriy namlanishi va qurishidan iboratdir. Odatda, atmosfera yog'inlari, yuza va yer osti suvlari namlanish manbai hisoblanadi.

Shuni ta'kidlash lozimki, O. A. Syapich [5] turli manbalardan har xil fazadagi namlikning yo'l poyiga kirishini o'rganib, balandligi 1,2 m gacha bo'lgan yo'l poyining namlanishida umumiy namlikning 26% gacha qismi infiltratsiya, 74% gacha qismi (50% suv bug'lari, 24% suyuq holdagi namlik) grunt suvlari ishtirokida bo'ladi, degan xulosaga keldi. Bunda qoplama yuzasidan 0,55 m va undan ortiq chuqurlikda atmosfera yog'inlari amalda yo'l poyining namlanishiga ta'sir ko'rsatmaydi.

Shunday qilib, yo'l poyi suv tartibi bo'yicha tadqiqotlar tahlili sug'oriladigan tumanlarda ishchi qatlamning asosiy namlanish manbayi sug'orish tartibi bilan bog'liq, degan xulosaga olib keladi.

Ishchi qatlamdagi qumli gruntlar ko'pchimaydi. Sababi qumli gruntlarda suv o'tkazuvchanlik yaxshi bo'lganligi sababli o'zida suvni juda kam miqdorda qabul qiladi.

Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, O'zbekiston sharoitida qumli gruntli avtomobil yo'l ko'tarmasining hisobiy ko'rsatkichlarini belgilash uchun 1-rasmda keltirilgan chizma taklif etiladi.

i

1- Qumdan qurilgan ko'tarma; 2 - bog'langan gruntdan himoya mustahkamlash ; 3 - yo'l poyi asosi; 4- qoplama; R - qiyalik radiusi.

1-rasm. Yo'l poyi ko'tarmasining konstruktiv yechim - hisobiy chizmasi

1-rasmda berilgan chizmada faol ishchi qatlam chegarasi avtomobil yo'lining yo'l to'shamasi tuzilmasi yuzasidan ma'lum chuqurlikda va grunt suvlari sathidan ma'lum balandlikda joylashgan. Grunt suvlari sathi vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin, bunda kapillyar gardish (kapillyar diametri) yuzasi ham o'zgarib turadi.

Qumli gruntlarning tarkibini o'rganish uchun I-IV toifali ("4R-100b Termiz-Gulhovuz-Jarqo'rg'on yo'lining 10-kmlari", "4R-23m Namuna-Limonariya-Kaptarxona yo'lining 4-kmlari") yo'llardan namunalar olindi va granulometrik tarkibi aniqlandi.

Qumli gruntlarning hisobiy ko'rsatkichlari: maksimal zichligi, optimal namligi, elastiklik moduli, ichki ishqalanish burchagi, bog'lanish kuchi, shuningdek, granulometrik tarkibini aniqlash bo'yicha laboratoriya ishlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining «Gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi va geofizika» kafedrasi va O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tasarrufidagi avtomobil yo'llari ilmiy tadqiqot institutining laboratoriya sharoitida o'tkazildi.

¥

KYPHHHffl BA TALHHM HHMHH ^YPHAHH, 2023, №2 (4)

Tadqiqot uslubi har xil qumli gruntlarning zichlik normalariga kapillyar namlanishi ta'sirini aniqlash, balandligi 10 sm va diametri 9,5 sm bo'lgan alohida halqalardan tashkil topgan metall kolonkalarda olib borildi.

Tayyorlangan qumli grunt metall silindrga balandligining taxminan 1/3 qismigacha to'kildi va 30 sm balandlikdan tushayotgan 2,5 kg li tosh bilan zichlandi. Zichlash 3 qatlamda bajarildi, bunda har bir qatlam zichlashga mo'ljallangan zarbalar umumiy sonining 1/3 miqdorida tosh zarbasi bilan zichlandi (qumli gruntlar uchun-120 ta)

Metall silindr zichlangan grunt bilan to'lgandan keyin avalgi silindirga mahkamlandi.

Grunt ustunining uzluksizligi ta'minlanishi uchun keyingi qatlamni zichlashdan oldin, oldingi qatlamning qalinligi 0,5 sm gacha qalinligi yumshatiladi. Shu tariqa 1,00; 0,98; 0,96 va 0,94 zichlikda o'tkazilgan tajribalar uchun tegishli zarbalar soni bilan qavatma -qavat zichlash ishlari olib borildi.

Kolonkada shu tarizda zichlangan gruntlar pastki taglari bilan suvli idishga solindi. Namlash to'rsimon ostki qism orqali bajarildi. Kolonka tubining teshiklarini diametri 1 mm ga teng bo'ldi. Kolonkadagi gruntlar yuvilib ketmasligi uchun to'rsimon ostki qismga qog'oz filtr o'rnatildi.

Qumli gruntlarning granulometrik tarkibi elak va pipetka yordamida dastlabki yuvish bilan aniqlandi, dispergator sifatida geksametafosfat natriy qo'llandi. Ularning xossalarini aniqlash amaldagi standart sinov usullariga binoan bajarildi. Natijalari 1-jadvalda keltirildi.

3-jadval

Tadqiqot o'tkazilayotgan gruntning granulometrik tarkibi

Elakda qolgan qum qoldig'i, gramm GOST 8735-88 va GOST 873693 asosan grunt nomi

Elakning o'lchami 2,5 1,25 0,63 0,315 0,16

1 4,95 6,90 627,5 240,5 74,01 Katta yiriklikdagi qumlar

2 0,04 0,21 1,87 16,04 576,60 Mayda qumlar

Granulometrik tarkibi aniqlangan qumli gruntlarning maksimal zichligi va qulay namligini "Soyuzdornii zichlashtirish" asbobida aniqladik (2- rasm)

2-rasm. Yo'l poyidan olingan qumli gruntlar namunasi yordamida standart zichligini aniqlash jarayoni:

KyPHHHffl BA TAL^HM HHMHH ^yPHAHH, 2023, №2 (4) 27

Qumli gruntni "Soyuzdornii zichlashtirish" asbobida zichlash;

GOST 22733-16 bo'yicha o'tkazilgan tajribalarning natijalari 1 va 2-grafiklarda keltirilgan.

1- grafik

"4R-100b Termiz-Gulxovuz-Jarqurg'on yo'lining 10-km lari"

X 1,565 Standart zichlik

1,56

1,555

1,55

1,545

1,54 0

0,5 1 1,5 2 2,5 3 W%

2-grafik

"4R-23m Namuna-Limanariya-Kaptarxona yo'lining 4-km lari"

£ Standart zichlashtirishdagi zichligi

1,64 1,63 1,62 1,61 1,6 1,59 1,58 1,57 1,56

0 12 3 4

W%

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, qumli gruntlardan qurilgan avtomobil yo'llarining yaroqlilik muddati uzoqroq bo'ladi. Ishchi qatlamdagi qumli gruntlar ko'pchimaydi. Bunga sabab qumli gruntlarga ularning granulometrik tarkibiga qarab suv o'tkazish qobilyati juda yaxshi bo'ladi. Laboratoriya ishlaridan olingan natijalardan ham ko'rinib turibdiki, bizning I-IV toifali ("4R-100b Termiz-Gulhovuz-Jarqo'rg'on yo'lining 10-kmlari", "4R-23m Namuna-

^УРИЛИШ ВА ТАЪЛИМ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, №2 (4)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Limonariya-Kaptarxona yo'lining 4-kmlari") yo'llarimizdan olingan qumli grunt natijalari o'rtacha yirik va mayda qumlar tarkibiga kirishini aniqladik. Ushbu qumli gruntning standart zichligi natijalarini yuqoridagi jadvallardan ko'rishimiz mumkin.

Yuqoridagi ma'lumotlardan quydagilarni xulosa qilishimiz mumkin:

1. Laboratoriya sharoitida qumli gruntlarning hisobiy ko'rsatkichlarini aniqlash uchun mavjud namuna tayyorlash uslubi takomillashtirildi, tadqiqotlar rejalashtirildi, tajribalar natijalarining ishonchliligi aniqlandi. Tadqiqotlarning xatolik darajasi 5% kam bo'ldi.

2. Laboratoriya sharoitida qumli gruntlar hisobiy ko'rsatkichlarining ularning zichligi, namligi, chang va gil zarralar miqdoriga bog'liqligi o'rganildi. Umumiy holatda chang va gil zarralar miqdori ortishi qumli grunt hisobiy ko'rsatkichlarining kamayishiga olib keladi.

3. Laboratoriya sharoitida o'tkazilgan tadqiqotlar qayta ishlandi va ular asosida empirik regressiya tenglamalari taklif qilindi. Bu tenglamalar yordamida qumli gruntlarning hisobiy ko'rsatkichlariga namlik, zichlashtirish koeffitsienti va chang, gil zarralar miqdorining qaysi biri ko'proq ta'sir qilishi aniqlandi.

ADABIYOTLAR

1. Климатические и физико-геологические данное для проектирования

2. Уточнение норм проектирования и конструкций земляного полотна автомобильных дорог.

3. ГОСТ 8735-88 Песок для строительных работ.

4. ГОСТ 8736-2014 Песок для строительных работ

5. Л.Н.Бабушкин - Орошаемые районы Туркманистан отличаются многообразием почвенных климатических условий

6. Saliyev Erkinbay, Yuldashova Dilnoza "Qizilqum Tabiiy Geografik O Lkasining Tabiiy Boyliklaridan Oqilona Foydalanish Masalalari", Scientific Journal Impact Factor 2021-yil, 5-7 betlar.

7. ГОСТ 25100-11. Грунты. Классификация. - Ташкент: Гос. Комитет РУз по архитектуре и строительству. Ташкент. 2011. 60 с

8. ГОСТ 5180-2015 Грунты. Методы лабораторного определения физических характеристик. М., Изд. Стандартов. 1984.

МЕТОДИКА ОПРЕДЕЛЕНИЯ ФИЗИКО-МЕХАНИЧЕСКИХ СВОЙСТВ ПОЛУЧЕННЫХ КОМПОЗИЦИОННЫХ ЛАКОКРАСОЧНЫХ МАТЕРИАЛОВ И

ПОКРЫТИЙ НА ИХ ОСНОВЕ

Хатамкулов Бекзод Искандарбек угли НамИСИ, b.nurmuhammad90@gmail.com +998930505070

Болтамуротов Жонибек Хикматилло угли НамИСИ boltamurotoYjonibek@gmail.com +998930505070

Aннотация: Исследование разрушения однонаправленных композиционных материалов показывает, что поперечные трещины зарождаются преимущественно в областях наиболее плотной упаковки волокон и растут по границе раздела матрица/волокно. Микротрещины часто зарождаются перед магистральной трещиной путем отслоения волокон в областях максимальных радиальных растягивающих напряжений в матрице.

Ключевые слова: Композицион, материал, трещины, полимер, физико-

КУРИЛИШ ВА ТАЪЛИМ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, №2 (4) 29

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.