Научная статья на тему 'AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO’LOVCHI TASHISH XIZMATINI TASHKIL ETISHNING XORIJ TAJRIBALARI'

AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO’LOVCHI TASHISH XIZMATINI TASHKIL ETISHNING XORIJ TAJRIBALARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
419
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yo’lovchi avtomobil transporti / mablag’ / Yevropa Ittifoqi / Легковой автомобильный транспорт / фонды / Европейский союз.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Yuldasheva, S.A., Ravshanov, M.N., Isroilov, Sh.A.

Avtomobil transportida yo’lovchi tashish xizmatini tashkil etish haqida tadqiqot olib borish mobaynida yo’lovchi avtomobil transporti (YAT) sohasida xorijda amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan holatlar ko’rib chiqilgan, tahlil qilingan, xorij tajribasidan foydalanib tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ОРГАНИЗАЦИИ ПАССАЖИРСКИХ ПЕРЕВОЗОК НА АВТОМОБИЛЬНОМ ТРАНСПОРТЕ

В ходе исследований по организации пассажирских перевозок на автомобильном транспорте были рассмотрены, проанализированы кейсы, реализованные и реализуемые за рубежом в сфере пассажирских автомобильных перевозок (ЯАТ), и разработаны рекомендации с использованием зарубежного опыта.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO’LOVCHI TASHISH XIZMATINI TASHKIL ETISHNING XORIJ TAJRIBALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO'LOVCHI TASHISH XIZMATINI TASHKIL ETISHNING XORIJ TAJRIBALARI

Avtomobil transportida yo 'lovchi tashish xizmatini tashkil etish haqida tadqiqot olib borish mobaynida yo 'lovchi avtomobil transporti (YAT) sohasida xorijda amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan holatlar ko 'rib chiqilgan, tahlil qilingan, xorij tajribasidan foydalanib tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Yo'lovchi avtomobil transporti, mablag', Yevropa Ittifoqi

В ходе исследований по организации пассажирских перевозок на автомобильном транспорте были рассмотрены, проанализированы кейсы, реализованные и реализуемые за рубежом в сфере пассажирских автомобильных перевозок (ЯАТ), и разработаны рекомендации с использованием зарубежного опыта.

Ключевые слова: Легковой автомобильный транспорт, фонды, Европейский союз.

Yo'lovchi avtomobil transporti (YAT) faoliyati bilan bog'liq muammolarni tadqiq etish jarayonida bu masalalarning xorij mamlakatlarda qay darajada dolzarbligi, hamda ularni hal etish yo'lidagi mavjud tajribalarning tahlili ushbu bitiruv malakaviy ishi tadqiqot maqsadlaridan kelib chiqib o'ta muhimdir. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda yo'lovchi avtomobil transportiga baho mexanizmi ta'sir etuvchi an'anaviy ob'yekt deb qaralmaydi. Odatda u yoki bu yo'lovchi avtomobil transporti firmalari biror Shahar yoki hududda tanho o'zlari faoliyat ko'rsatsada, kira haqi (tarif) davlat tomonidan belgilanadi. Shuning uchun yo'lovchi avtomobil transporti firmalari ko'rgan ziyonni mablag' bilan ta'minlashda davlat ko'maklashadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ayrim mamlakatlarda YAT ziyonini kimlar (davlat, hudud, yoki mahalliy hokimiyat) qancha hissada mablag' bilan ta'minlashi qonun bilan belgilanib qo'yilgan. Bu hissa darajasi YAT ni ishlatish ahamiyatiga (umumdavlat, hudud yoki

S.A.Yuldasheva M.N.Ravshanov Sh.A.Isroilov Toshkent davlat transport universiteti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mahalliy) qarab o'zgarib turadi. Masalan, Italiyada 1982 yilda milliy transport jamg'armasi tuzildi. Bu jamg'armaning asosiy maqsadi - YAT firmalarining bir me'yorda ishlashlari uchun ularni kredit bilan ta'minlashdan iborat. YAT ning ziyonini mablag' bilan ta'minlashda davlatning roli o'sib bormoqda. Avtomobil Vazirligi har uch yilda YAT foydalanish xarajatlarining belgilangan tarif bo'yicha tushgan tushumdan qoplanishi lozim bo;lgan foizini o'zgartirib turadi. Bu foiz Italiya shaharlarida 27%dan (Neapol) - 34%ini (Rim) tashkil etadi.

Germaniya YAT ziyonini mablag' bilan ta'minlashda davlat aralashuvining o'ziga xos xususiyati bor. YATda tashilgan yo'lovchilardan tushgan tushum o'z xarajatlarining 50% ni qoplaydi. Biroq davlat qonunlarida YAT ziyonini mablag' qoplashda Federal hukumatning to'g'ridan-to'g'ri aralashuvi ko'rsatilmagam bo'lsada, aholini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida tarifni amaldagidan past belgilanganligi asoslab berilsa, qonun bo'yicha oldindan kompensatsiya (tovon) tayinlanadi. Shuningdek, amaldagi qonunlar majmuasiga ko'ra nogironlar va ayrim ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar YATdan bepul foydalanish huquqiga ega. Davlat tomonidan berilgan bu imtiyozlar ziyonni qoplashda hukumat yo'lovchi avtomobil transporti firmalariga belgilangan foiz hajmida tovon to'laydi. Bu foiz hajmi yo'lovchi avtomobil transportining ahamiyati va geografik tutgan o'rniga qarab har yili o'zgarib turadi. Ziyonning qolgan qismini transport korxonalarining o'zlari qoplashi lozim. Biroq, YAT korxonalari mamlakatdagi ayrim soliqlardan imtiyozli ravishda foydalanadi, shuning bilan birga ular ziyonning ma'lum foizni mahalliy korxonalar mablag' bilan qoplashadi.

Irlandiyadagi "Divlin Vaz" kompaniyasi 1,2 mln aholi yashaydigan shaharga xizmat ko'rsatadi. Tashish tariflaridan tushadigan tushum foydalanish xarajatlarining 85% ni qoplaydi. Kompaniyaning qolgan ziyoni esa rasmiy tarzda ajratiladigan davalt mablag'lari bilan qoplanadi. Davlat yo'lovchi avtomobil transporti korxonalarining xarajatlari ustidan qattiq nazorat olib boradi, hamda ulardan qo'yilgan vazifalarning bajarilishini talab qiladi.

Amerika Qo'shma Shtatlarining yo'lovchi avtomobil transporti ziyonini mablag' bilan ta'minlash milliy muammo bo'lib qolmoqda. Yo'lovchilar tashishdan tushadigan tushum YATning foydalanish xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun u mahalliy, shtat va federal hokimiyatlar tomonidan ajratiladigan dotatsiyaga tayanib faoliyat ko'rsatmoqda. Ayrim shtatlarda YAT ziyonini mablag' bilan qoplashning qo'yidagi ko'rinishlaridan foydalanilmoqda.

a) 100 mingdan ortiq aholi yashaydigan shaharlarda YAT firmalari

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

xarajatlarining 40% ni o'zlari qolgan 60% ni esa shtat hokimiyati tomonidan ajratiladigan mablag' yordamida qoplanadi, agar YAT firmalari o'z xarajatlarining 40% dan kam qismining mablag' bilan qoplasa, unda shtat hokimiyati tomonidan ajratiladigan yordam 30% + 0,75 x (100 x xarajatning qoplanish darajasi)% ko'rinishida bo'ladi;

b) 100 mingdan kam aholi yashaydigan shaharlarda YAT firmalari o'z xarajatlarining 365 dan ortiqrog'ini o'zlari, 64% ni esa shtatlar tomonidan ajratiladigan mablag' hisobidan qoplanishi ko'zga tutilgan. Xuddi shuningdek firmalar o'z xarajatlarinig 40% dan kam qismini qoplasalar unda mablag' bilan ta'minlashda shtat hokimiyatining salmog'I quyidagi ko'rinishda bo'ladi 37% x 0,75 (100 x xarajatning qoplanish darajasi).

Shveytsariyada yo'lovchi avtomobil transporti korxonalarining ziyonini 1985-yilda qabul qilingan jamoat transporti qonun bo'yicha konfederatsiya va kontona hokimiyatlari birlashib mablag' bilan ta'minlamoqdalar. Shuni ta'kidlash lozimki, bu davlatda aholiga transport xizmati sifatini oshirishga katta e'tibor bilan qaraladi. Bu yo'lovchi avtomobil transporti to'g'risidagi federal qonunning II chi bandida aniq belgilangan, ya'ni "konfederatsiya va kontona hokimiyatlari aholiga transport xizmati ko'rsatish sifatini va madaniyatini oshirish, ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy shart-sharoitni yaxshilash maqsadida imtiyozli tarif belgilashni talab qilish huquqiga egadir. Transport korxonalari ziyonini qoplash esa mahalliy hokimiyat zimmasiga yuklatilgan".

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi (EI) transport siyosatiga ham avtomobil-yo'l majmuasida resurslardan oqilona foydalanish maqsadida tarmoqda raqobatdoshlikni oshirish va takomillashtirish yo'nalishi o'rin olgan.

1-jadval

Yo'lovchi avtomobil transporti xizmatlaridan foydalanish bo'yicha xorijiy davlatlarning o'ziga xos xususiyatlari

Davlat nomi O'ziga xos xususiyati

Italiya 1982-yilda milliy transport jamg'armasi tuzildi. Bu jamg'armaning asosiy maqsadi - yo'lovchi avtomobil transporti (YAT) firmalariningbir me'yorda ishlashlari uchun ularni kredit bilan ta'minlashdan iborat. Avtomobil Vazirligi har uch yilda YAT foydalanish xarajatlarining belgilangan tarif bo'yicha tushgan tushumdan qoplanishi lozim bo'lgan foizini o'zgartirib turadi. Bu foiz Italiya shaharlaridan 27% dan (Neapol) -34%ini (Rim) tashkil etadi.

Germaniya Amaldagi mamlakat qonunlar majmuasiga ko'ra nogironlar va ayrim ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar YATdan bepul foydalanish huquqiga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ega. Davalat tomonidan berilgan bu imtiyozlar ziyonni qoplashda hukumat YAT firmalariga belgilangan foiz hajmida tovon to'laydi.

Irlandiya "Divlin Vaz" kompaniyasi 1,2 mln aholi yashaydigan shaharga xiamt ko'rsatadi. Tashish tariflaridan tushadigan tushum foydalanish xarajatlarining 85% ni qoplaydi. Kompaniyaning qolgan ziyoni esa rasmiy tarzda ajratiladigan davlat mablag'lari bilan qoplanadi.

AQSH Ayrim shtatlarda YAT ziyonini mablag' bilan qoplashning quyidagi ko'rinishlaridan foydalanilmoqda: 1. 100 mingdan ortiq aholi yashaydigan shaharlarda YAT firmalari xarajatlarning 40% ni o'zlari qolgan 60% ni esa shtat hokimiyati tomonidan ajratiladigan mablag' yordamida qoplanadi; 2. 100 mingdan kam aholi yashaydigan shaharlarda YAT firmalari o'z xarajatlarining 36% dan ortiqrog'ini o'zlari, 64% ni esa shtatlar tomonidan ajratiladigan mablag' hisobidan qoplaishi ko'zda tutilgan.

Yaponiya Mamlakat avtomobil yo'llari tarmog'iga kiritilayotgan investitsiyalar jami xarajatlarning 60% foizdan ortig'ini tashkil qilishdir. Hozirgi kunda avtomagistrallar uzunligi 14 ming kilomertga yaqin bo;lib, Shahar avtobus liniyalari tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu yo'nalish o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

- yo'llarning sifatini oshirish va rivojlantirish;

- avtotransport tizimini takomillashtirish bo'yicha chora tadbirlarni, jumladan, logistika va boshqaruv sohalarini takomillashtirishni amalga oshirish;

- yagona chegaraviy va ijtimoiy me'yorlarni joriy etish (haydovchilarning mehnatini va dam olishini to'g'ri tashkil etish, haydovchilarni tayyorlashning umumiy dasturini tatbiq qilish);

- nazorat va jarima tizimlarini unifikatsiyalash (bir xillashtirish) va h.k.

XULOSA

Yuqorida nomlari sanam o'tilgan davlatlarning yo'lovchi avtomobil transporti xizmatlaridan foydalanish bo'yicha tajribalarini o'rganish mobaynida ularning o'ziga xos xususiyatlariga ham to'xtalib o'tish joizdir. Mazkur o'ziga xos xususiyatlar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.

Yaponiyada esa yo'l tarmog'ini kengaytirish va modernizatsiya qilish bo'yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Buni 1990-yillargacha bir kvadrat kilometrga to'g'ri keluvchi yo'l uzunligining Yaponiyada qisqaligi bilan izohlash mumkin. O'sha davrda Yaponiyadagi avtomagistrallar uzunligi 4368 kilometrni tashkil etardi. Taqqoslash uchun ushbu ko'rsatkich AQSHda 80ming kilometrdan ko'proq,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Germaniyada 8ming kilometrdam ko'proq, Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniyada 6 ming kilometrdan ko'proqni tashkil qilardi. Keyinchalik esa, so'nggi o'n yillikda, avtomobil yo'llari tarmog'ining uzunligi qariyb ikki baravarga oshdi. Buning sababi Yaponida avtomobil yo'llari tarmog'iga kiritilayotgan investitsiyalar jami xarajatlarining 60 foizdan ortig'ini tashkil qilishdir. Hozirgi kunda avtomagistrallar uzunligi 14 ming kilometrga yaqin bo'lib, Shahar avtobus liniyalari tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

REFERENCES

1. Arislanovna, Y., &Bakhtiyorvich, G. B. (2021). Marketing And Information Support In Public Sector. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 8(1), 940-947.

2. Arislanovna, Y. S., &Bakhtiyorvich, G. B. (2021). Using The Experience Of Developed Countries In Developing A Consortium Between Higher Education Institutions And Production. EuropeanJournalofMolecularandClinicalMedicine, 8(1), 819-826.

3. G'Iyosidinov, B. B. O. G. (2022). SHAHARLARDA YO 'LOVCHILARNI JAMOAT TRANSPORTI XIZMATIDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 177-188.

4. Ogli, G. B. B., &Buribayevich, E. O. (2022). Development of Logistics Processes in Transport Enterprises. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(3), 138-142.

5. Юлдашева, С. А., &Буриходжаева, М. С. (2022, September). ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ТАМОЖЕННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В РАЗВИТИИ МЕЖДУНАРОДНОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО СОТРУДНИЧЕСТВА.

In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS" (Vol. 1, No. 1, pp. 87-91).

6. Abdurakhmanov, O., Khashimova, N., &Yuldasheva, S. (2022, June). Improvement of mechanisms for generation of investment potential in order to ensure sustainable economic growth in Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030006). AIP Publishing LLC.

7. Yuldasheva, S. A., &Malenkikh, D. A. (2018). Unctad methodology in globalization of the direct investment market. Актуальные проблемы экономики и управления на предприятиях машиностроения, нефтяной и газовой

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

промышленности в условиях инновационно-ориентированной экономики, 1, 149-

8. Arislanovna, Y. S., &Nematjanovna, K. M. (2021). Specifics Of Corporate Governance In Road Transport. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 8027-8030.

9. Mukhitdinova, K., &Yuldasheva, S. DEVELOPMENT OF TRANSPORT AND LOGISTICS SERVICES MARKET.

10. Бобур Бахтиёрович Еиёсидинов, Боходир Корабоевич Корабаев, & Умархужа Рашидхужа Угли Курбонхужаев (2022). СОВРЕМЕННЫЙ ПОДХОД К ОРГАНИЗАЦИИ ПРОЦЕССА ГРУЗОПЕРЕВОЗОК. Academic research in educational sciences, 3 (10), 336-340.

154.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.