Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
AVTOMOBIL TRANSPORTI SOHASIDA RAQOBATDOSHLIKNING
O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
S.A.Yuldasheva B.B.G'iyosidinov O.B.Egamberdiyev
Toshkent davlat transport universiteti [email protected]
Avtomobil transporti korxonalari holatini baholash bo'yicha uslubiyoti tahlil qilingan, avtomobil transportini o'ziga xos xususyatlari keltirilgan, avtomobil transporti xizmati raqobatdoshligiga ta 'sir qiluvchi muhim omillar tizimlashtirilgan. Kalit so'zlar: raqobat, xizmat, avtomobil transporti, samara, taksi.
Проанализирована методика оценки состояния предприятий автомобильного транспорта, представлены специфические характеристики автомобильного транспорта, систематизированы важные факторы, влияющие на конкурентоспособность автотранспортных услуг.
Ключевые слова: конкуренция, сервис, автомобильный транспорт, эффективность, такси.
Transport tizimi mamlakat ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi bo'lib, uni rivojlantirish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda respublikamizda transport xizmatlarini ko'rsatishda adolatli raqobatga asoslangan avtomobil transporti faoliyatini yaxshilash, ushbu sektororga turli mulkchilik shaklidagi tashuvchilarni jalb etish maqsadida avtomobil transporti sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Avtomobil transporti faoliyatini tartibga solish, tarmoqning barqaror ishlashi hamda xavfsizlik darajasini oshirish bo'yicha bir qator meyotiy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Avtomobil transporti xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish va avtotransport xizmatlarini ko'rsatuvchi sub'yektlarning har biriga teng sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshirilayotgan oslohotlar tufayli ushbu xizmatdan deyarli barcha hududlar aholisi ham bahramand bo'lmoqda.
Respublikamizda avtomobil transporti sohasida bozor munosabatlari va raqobat muhitini yanada rivojlantirish, xususiy avtokorxonalar faoliyatini kengaytirish,
+99897 762-03-09
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
shuningdek, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, transport xizmatlari ko'rsatishda mijozlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Avtomobil transporti xizmatlari bozorida raqobatdoshlikning o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z borganda bevosita avtomobil transporti va unga xos bo'lgan xususiyatlar, raqobat va raqobatdoshlik hamda transport xizmatlari bozorida raqobatning ahamiyatini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Avtomobil transportining ishlab chiqarish tizimidagi ahamiyati qo'yidagi bir nech belgilar bilan aniqlanadi: mamlakat iqtisodiyotiga bilvocita ta'siri, transport mahsulotining tarmoqlararo ahamiyati, transport vositalaridan foydalanishda ijtimoy manfaatning ustuvorligi. Avtomobil transporti quyidagi o'ziga xos xususyatlar bilan tavsiflanadi:
- avtomobil transporti mahsulotini jamg'arish imkoniyatining yo'qligi qo'shimcha tashish qobilyatiga ega bo'lishni hamda avtomobil-yo'l tarmoqlarida o'tkazuvchanlik zaxiralarini shakllantirishni taqozo etadi;
- doimiy infratuzilmaviy inshootlarni nisbatan tez sur'atlarda barpo etish zaruriyati hamda ularning o'tkazuvchanlikqobiliyatidan uzoq muddat foydalanishni taqozo etadi;
- avtomobil-yo'l tarmoqlari uzoq muddatlarda barpo etiladi va yuqori kapital sarfini talab etadi;
- asosiy vositalardan uzoq muddat foydalaniladi va ularni to'ldirish manbalari cheklangan bo'ladi;
- avtomobil transporti rivojlantirish va transport ishi ko'rsatkichlari tabiiy omillarga bog'liq bo'ladi.
Avtomobil transporti xizmatlari bozorida raqobatdoshlik masalasini tadqiq etish, eng avvalo, uning o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanib, ular raqobat muhitining turfa xilligida namoyon bo'ladi. Avtomobil transporti xizmati raqobatdoshlik darajadisini baholash muayyan vaqtda ta'sir qiluvchi ko'p sonli omillar qatorining birgalikdagi ta'sirini hisobga olishni taqozo etadi. Ta'sir qiluvchi omillarni o'rganish va tahlil qilish avtomobil transporti xizmatining raqobatdoshlik darajasidagi yutuqlari yoki kamchiliklariga qanday ta'sir ko'rsatishini aniqlash imkonini beradi.
Raqobatdoshlikka ta'sir qiluvchi omillar tabiatdan bir xil emas, xarakter va ta'sir etish jihatdan ular istemolchilarning qiziqishlari, to'lovga qobilyatliligi, xizmat ko'rsatishning qulayligi va ishonchliligida namoyon bo'ladi. Shuningdek, avtotransport ximatlari raqobatdoshlikligiga ta'sir qiluvchi asosiy omillarni o'rganish
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
hamda avtomobil transporti xizmati raqobatdoshligi va uning tasniflanishiga aniqlik kiritib o'tish muhimdir. Shu nuqtai nazardan ta'sir qiluvchi omillarning tasniflan ishi avtomobil hisobga olgan holda, tizimli yondashuvni (Avtomobil transport xizmatining raqobatdoshlik darajasi) talab etadi.
Umumiy holatda olib qaralganda, avtomobil transporti xizmati raqobatdoshligiga ta'sir qiluvchi muhim omillarga qo'yidagilar kiradi: davlatning iqtisodiy siyosati, fan-texnika taraqqiyoti, huquqiy me'yorlar, tabiiy-iqlim sharoitlari, raqobatchilik strategiyasi, avtomobil transporti xizmati infratuzilmasining rivojlanish darajasi va boshqalar.
Avtomobil transportidan foydalanish samaradorligini oshirish ustuvor muammolardan biri hisoblanib, bu avtomobil transporti tizimi faoliyati sifatiga bo'lgan talablarning o'sishini belgilab beradi. Avtomobil transporti faoliyatini tashkil etish murakkab texnologik jarayon bo'lib, ushbu murakkablik qo'yidagi omillar bilan belgilanadi: avtomobil transporti tizimi tarkibida turali xususiyatga ega bo'lgan ko'p sonli elementlarning mavjudligi, moddiy, servis, moliyaviy omil va parametrlarning tartibsizlikka xos fe'l-atvori, sub'yektiv omillar ta'siri va boshqalar.
Bugungi kunda yirik avtomobil transporti korxonalari soni keskin kamayib, asosan xususiy operatorlar faoliyat yuritishmoqda. Buning oqibatida vujudga kelgan raqobatchilik muhiti avtomobil transporti xizmatlarini ko'rsatuvchi operatorlardan samarali texnik, texnologik va iqtisodiy ko'rsatkichlarga ega bo'lishi talab etilmoqda, aks holda bozordan chiqib ketishga majbur qilmoqda. Endilikda nafaqat zamonaviy texnik vositalarga ega bo'lish, balki ushbu harakat vositalarining samarali tijorat ekspluatatsiyasini ta'minlay olish vazifasini uddalagan operatorlargina keskin raqobat sharoitida yashovchanlik immunitetiga raqobatdoshligia arzon narx, yuqori sifat va ekspluatatsion ko'rsatkichlar hal etuvchi omillar sifatida ta'sir ko'rsatadi.
Avtomobil transporti xizmatlari bozorida raqobatdoshlikning o'ziga xos xususiyatlari ayniqsa, avtomobil transportida yo'lovchi tashish va ularga sifatli xizmat ko'rsatishda ham aks etadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayoni, avtomobil transporti xizmati bozorida raqobatning vujudga kelishi, qaysi mulkchilikka mansubligidan qat'iy nazar, barcha yo'lovchi tashuvchi korxonalarda aholiga yuqori sifatli transport xizmati ko'rsatish masalasini eng birinchi hal qilinishi kerak bo'lgan masalga aylantirib qo'ydi. Hozirgi davrda harakatlanuvchi tarkiblar, aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy tashuvchilar bir-biri bilan hamda aksiyadorlik jamiyatlari bilan raqobatlashmoqda. Yo'l harakati va yo'lovchilar xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, ko'rsatilayotgan avtotransport xizmatlarining sifatini yanada yaxshilash respublikamizda avtomobil transportini yanada rivojlantirish sohasida olib
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
borilayotgan siyosatning asosiy yo'nalishlaridan hisoblanadi. Shu bois tarmoqda tashkiliy-xuquqiy islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Taksi sifatida faoliyat yuritayotgan engil avtomobillar ishini yanada soddalashtirish va sifatini oshirish maqsadida 2011-yil 18-mayda O'zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining "Yo'nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat respublikamiz hududida barcha yo'nalishsiz taksilarning tashqi ko'rinishi va ichki ma'lumotlari, shuningdek, ularning haydovchilari uchun yagona tartib-qoidalarni aniqlashtirib berdi.
Avtomobil tansporti xizmatlarini ko'rsatishda bevosita bozor iqtisodiyotining asosiy qonuniyati hisoblanuvchi raqobat va raqobatdoshlikning o'ziga xos xususiyatlariga e'tibor qaratish hamda uni chuqur o'rgangan holda munosib baholash bugungi kunda avtotransport xizmatlarini ko'rsatuvchi sub'yetklar, umuman, transport xizmatlari bozorining ishtirokchilari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
So'nggi yillarda mamlakatimizda transport xizmatlarini ko'rsatishda adolatli raqobatga asoslangan avtomobil transporti faoliyatini yaxshilash, ushbu sektorga turli mulkchilik shaklidagi tashuvchilarni jalb etish maqsadida avtomobil transporti sohasida bir qator islootlar amalga oshirilmoqda.
Avtomobil transporti xizmatlari bozori uning ishtirokchilari, ya'ni xususiy tashuvchilarning hisobiga yuqori sur'atlar bilan rivojlanib borishiga qaramasdan, uning ishidagi muammolar to'la hal qilinmagan.
Aholiga transport xizmatini ko'rsatishda kamchiliklarni yuzaga keltiruvchi asosiy sabablar mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
- harakatlanuvchi tarkiblarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashning qoniqarli tashkil etilmaganligi;
- yo'nalishlarning zarur avtobuslar bilan yetarli ta'minlanmaganligi;
- bosh va shoxbekatlarda, yo'nalishlarda transport jarayonini tashkil etishning samarali shakllaridan va ilg'or usullaridan sust foydalanilishi.
Avtomobil transporti xizmatida raqobatdoshlik atamasi eng avvalo, uning o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanib, ular raqobat muhitining turfa xilligida aks etadi. Avtomobil transport xizmati raqobatdoshlik darajasini baholash muayyan vaqtda ta'sir qiluvchi ko'psonli omillar qatorining birgalikdagi ta'sirini hisobga olishni taqozo etadi. Ta'sir qiluvchi omillarni o'rganish va tahlil qilish avtomobil transporti xizmatining raqobatdoshlik darajasidagi yuquqlari yoki kamchiliklariga qanday ta'sir ko'rsatishini aniqlash imkonini beradi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Raqobatdoshlikni oshirishga ta'sir qiluvchi omillar tabiatdan bir xil emas, xarakter va ta'sir etish jihatdan ular iste'molchilarning qiziqishlari, to'lovga qobiliyatliligi, xizmat ko'rsatishning qulayligi va ishonchliligida namayon bo'ladi.
-Bitiruv malakaviy ishi doirasida avtomobil transport xizmatlari raqobatdoshlikligigini oshirishga ta'sir qiluvchi asosiy omillarni o'rganib chiqib, avtomobil transporti xizmati raqobatdoshligi va uning tasniflanishiga aniqlik kiritildi. Shu nuqtai nazardan qaralganda raqobatdoshlikni oshirishga ta'sir qiluvchi omillarning tasniflanishi avtomobil transporti xizmati iste'molchilari talabi motivatsiyasini hisobga olgan holda, tizimli yondashuvni (avtomobil transport xizmatining raqobatdoshlik darajasi) talab etadi hamda qo'yidagi darajalar bilan baholanadi.
Raqobatdoshlikni oshirishning birinchi darajasi iste'molchilarning minimal xarajatdagi minimal talabini qondirishni ifodalaydi.
Ikkinchi darajasi avtomobil transporti xizmati iste'molchilarining qiymat va sifat ifodasi bo'yicha aniqlab olishni ifodalaydi.
Uchinchi darajasi avtomobil transporti xizmati iste'molchilarni umumi bahoga ta'sir qiluvchi omillar: ular talabini qondirilishi, narxsiz va narxli raqobatlarga munosabatlarini ifodalaydi.
To'rtinchi darajasi iste'molchilarga yuqri baholarda xizmat ko'rsatish bo'yicha aniqlab olinadi.
Beshinchi darajasi stimulating omillari, ya'ni maxsus avtomobil transporti xizmatlari ko'rsatish darajasini ifodalaydi.
Umumiy holatda olib qaralganda, avtomobil transporti xizmati raqobatdoshligini oshirishga ta'sir qiluvchi muhim omillariga quyidagilar kiradi: davlatning iqtisodiy siyosati, fan-texnika taraqqiyoti, huquqiy me'yorlar, tabiiy-iqlim sharoitlari, raqobatchilik strategiyasi, avtomobil transporti xizmatlari infratuzilmasining rivojlanish darajasi va boshqalar.
Avtomobil transportidan foydalanish samaradorligini oshirish ustuvor muammolardan biri hisoblanib, bu avtomobil transporti tizimi faoliyati sifatiga bo'lgan talablarning o'sishi belgilanib beradi. Avtomobil transporti faoliyatini tashkil etish murakkab texnologik jarayon bo'lib, ushbu murakkablik quyidagi omillar bilan belgilanadi:
- avtomobil transporti tizimi tarkibida turli xususiyatga ega bo'lgan ko'p sonli elementlarning mavjudligi;
- moddiy, servis, moliyaviy va axborot oqimlari bo'yicha o'zaro ta'sirining murakkabligi;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
- ko'pchilik omil va parametrlarning tartibsizlikka xos fe'1-atvori;
- sub'yektiv omillar ta'siri va boshqalar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, avtomobil transporti xizmati raqobatdoshligini oshirishga arzon narx, yuqori sifat va ekspluatatsion ko'rsatkichlar hal etuvchi omillar sifatida ta'sir ko'rsatar ekan.
REFERENCES
1. Arislanovna, Y., &Bakhtiyorvich, G. B. (2021). Marketing And Information Support In Public Sector. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 8(1), 940-947.
2. Arislanovna, Y. S., &Bakhtiyorvich, G. B. (2021). Using The Experience Of Developed Countries In Developing A Consortium Between Higher Education Institutions And Production. EuropeanJournalofMolecularandClinicalMedicine, 8(1), 819-826.
3. G'Iyosidinov, B. B. O. G. (2022). SHAHARLARDA YO 'LOVCHILARNI JAMOAT TRANSPORTI XIZMATIDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 177-188.
4. Ogli, G. B. B., &Buribayevich, E. O. (2022). Development of Logistics Processes in Transport Enterprises. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(3), 138-142.
5. Юлдашева, С. А., &Буриходжаева, М. С. (2022, September). ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ТАМОЖЕННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В РАЗВИТИИ МЕЖДУНАРОДНОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО СОТРУДНИЧЕСТВА.
In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS" (Vol. 1, No. 1, pp. 87-91).
6. Abdurakhmanov, O., Khashimova, N., &Yuldasheva, S. (2022, June). Improvement of mechanisms for generation of investment potential in order to ensure sustainable economic growth in Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030006). AIP Publishing LLC.
7. Yuldasheva, S. A., &Malenkikh, D. A. (2018). Unctad methodology in globalization of the direct investment market. Актуальные проблемы экономики и управления на предприятиях машиностроения, нефтяной и газовой промышленности в условиях инновационно-ориентированной экономики, 1, 149-
154.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
8. Arislanovna, Y. S., &Nematjanovna, K. M. (2021). Specifics Of Corporate Governance In Road Transport. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 8027-8030.
9. Mukhitdinova, K., &Yuldasheva, S. DEVELOPMENT OF TRANSPORT AND LOGISTICS SERVICES MARKET.
10. Бобур Бахтиёрович Еиёсидинов, Боходир Корабоевич Корабаев, & Умархужа Рашидхужа Угли Курбонхужаев (2022). СОВРЕМЕННЫЙ ПОДХОД К ОРГАНИЗАЦИИ ПРОЦЕССА ГРУЗОПЕРЕВОЗОК. Academic research in educational sciences, 3 (10), 336-340.