Научная статья на тему 'Avtomatik blokirovkalash qurilmalari va als ning samaradorlik nuqtai nazaridan ishonchliligini hisobga olgan holda xususiyatlarini aniqlash'

Avtomatik blokirovkalash qurilmalari va als ning samaradorlik nuqtai nazaridan ishonchliligini hisobga olgan holda xususiyatlarini aniqlash Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
327
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtoblokirovka / avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi / poyezd / ta’sir. / autoblocking / automatic locomotive signaling / train / impact / автоблокировка / автоматическая локомотивная сигнализация / поезд / удар.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Р Алиев, М Алиев, Е Тохиров, К Ташметов

Avtomatik blokirovka qurilmalar va ALS samaradorligi mezonlarini tanlash tadqiqot vazifasiga bog‘liq. Ba’zi hollarda avtomatik blokirovka qurilmalari va ALS ning ishlash sifati iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan qulay tavsiflanadi: o‘rtacha yo‘qotishlar mezonidan foydalangan holda va chiqish ta’siri bo‘yicha.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Avtomatik blokirovkalash qurilmalari va als ning samaradorlik nuqtai nazaridan ishonchliligini hisobga olgan holda xususiyatlarini aniqlash»

т

tdshkent davlat «Актуальные вопросы развития инновационно-

rBAKISPOnTUNIVERSITETI 1 г „г Г1 ....

Ташкентский гесул; ровен™ информационных ТвХНОЛОГИИ НЭ транспорте» АВРИИТТ-2022

транспортный университет -г г -i г г

1-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)

AVTOMATIK BLOKIROVKALASH QURILMALARI VA ALS NING SAMARADORLIK NUQTAI NAZARIDAN ISHONCHLILIGINI HISOBGA OLGAN HOLDA XUSUSIYATLARINI ANIQLASH

Aliev R.M.,

Toshkent davlat transport universitety "Transportda axborot tizimlari

va texnilogiyalaf' kafedrasi Aliev M.M.,

Toshkent davlat transport universitety "Transportda axborot tizimlari

va texnilogiyalaf' kafedrasi Tokhirov E.T.,

Toshkent davlat transport universitety "Transportda axborot tizimlari

va texnilogiyalaf' kafedrasi Tashmetov K.Sh.

Toshkent davlat transport universitety "Transportda axborot tizimlari

va texnilogiyalaf' kafedrasi DOI: https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0- 1-v2-pp70-73

Annotatsiya: Avtomatik blokirovka qurilmalar va ALS samaradorligi mezonlarini tanlash tadqiqot vazifasiga bog'liq. Ba'zi hollarda avtomatik blokirovka qurilmalari va ALS ning ishlash sifati iqtisodiy ko'rsatkichlar bilan qulay tavsiflanadi: o'rtacha yo'qotishlar mezonidan foydalangan holda va chiqish ta'siri bo'yicha.

Kalit so'zlar: avtoblokirovka, avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi, poyezd, ta'sir.

Kirish

Ma'lum vaqt oralig'ida uchastkadan o'tadigan poyezdlar sonini avtomatik blokirovka qurilmalari va ALS majmuasining chiqish ta'siri sifatida qabul qilish mumkin [1, 2]. Bunday holda, samaradorlikni o'lchovsiz qiymat sifatida faraz qilish mumkin, agar haqiqiy chiqish ta'siri maksimalga nisbatan normallashtirilsa [3].

Avtomatik blokirovka majmuasi va ALS tarkibiga kiradigan elementlarning ishdan chiqishi, ma'lum vaqt oralig'ida uchastkadan o'tadigan poyezdlar soni kamayadi, bu o'z navbatida yukning yo'lda sariflanadigan vaqtini ko'payishiga, vagon va lokomotivlar aylanmasini yomonlashishiga olib kelishi mumkin [4, 5]. Shuning uchun poyezdlarning kechikishini iqtisodiy yo'qotishlar deb hisoblash mumkin [6, 7]. Shu sababli, avtomatik blokirovka qurilmalar va ALS majmuasining ishlash sifatini, kompleksga kiruvchi elementlarning ishdan chiqishi natijasida yuzaga keladigan yo'qotishlar miqdori bilan tavsiflanishi mumkin [8-11].

Nosozliklar natijasida yuzaga keladigan yo'qotishlar miqdori tasodifiy o'zgaruvchidir [12, 13]. Biroq, harakatning ma'lum o'lchamlari va ko'rib chiqilayotgan majmuaga kiruvchi ishonchliligi ma'lum elementlar bilan [14], u yoki bu darajadagi yo'qotishlar ehtimolini aniqlash, va shuningdek, o'rtacha yo'qotishlar deb atash mumkin bo'lgan, yo'qotishlar qiymatining matematik kutilishini topish mumkin [15, 16].

Asosiy qism

Avtomatik blokirovka va ALS majmuasining ishlash sifati chiqish ta'siri bo'yicha baholash va o'rtacha yo'qotishlar mezonidan foydalanib, tizimlarning ishonchliligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini

т

«Актуальные вопросы развития инновационно-

TÙSHKÉNT DAl/LAT

TRANSPORT UHIVERÈITETI „ »nr-ini ITT ОЛОО

ташкенгсиий/мдамтмниый информационных технологии на транспорте» АВРИИТТ-2022

гранспортный униаерсиг* " ~ ~ г г

1-Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)

tekshirish uchun ishlatilishi mumkin [17]. Bunday holda, avtomatik blokirovkalash va ALSda sodir bo'lgan nosozliklar tufayli qurilmalarning ishonchliligini oshirish va texnik yo'qotishlarni kamaytirish bilan bog'liq xarajatlarni taqqoslash imkoni bo'ladi.

Iqtisodiy nuqtai nazardan, avtomatik blokirovka ba'zi optimal ishonchlilikka ega bo'lishi kerak. Optimallikni o'rnatish uchun sifat mezoniga ehtiyoj paydo bo'ladi. Minimal xarajat mezoni bunday mezon sifatida xizmat qilishi mumkin. Ushbu mezonga ko'ra, qurilma optimal hisoblanadi, agarda sifati o'zgarrmagan holatda loyihalash, ishlab chiqarish va ishlatishning umumiy qiymati minimal bo'lsa.

Shuni ta'kidlash kerakki, avtomatik blokirovka moslamalarining ishonchliligi oshishi bilan loyihalash va ishlab chiqarish xarajatlari oshadi, biroq foydalanish narxi pasayadi.

Eksponensial qonun bilan ishonchlilikni oshirishning barcha usullarini quyidagi asosiy usullarga ketirish mumkin: rezervlash, nosozliklar oqimini kamaytirish va o'rtacha tiklash vaqtini qisqartirish.

Foydalanish jarayonida u yoki bu avtomatik blokirovka tizimining nosozliklari oqimining intensivligini quyidagi usullar bilan kamaytirish mumkin: tizimni soddalashtirish orqali; eng ishonchli elementlarni tanlash; elektr, mexanik, issiqlik va boshqa ish rejimlarini osonlashtirish; o'rnatishdan oldin elementlarni sinash; ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; foydalainish jarayonida nosozliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik xizmat ko'rsatishni takomillashtirish.

Avtomatik blokirovka tizimlarining ishonchliligini oshirish orqali o'rtacha tiklanish vaqtini qisqartirish mumkin, ya'ni. nosozliklar sonini kamaytirish yoki nosozliklarni topish va bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtni, shuningdek, nosozlik joyiga boradigan yo'lda sarflanadigan vaqtni qisqartirish orqali.

Asosan texnik xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning malakasini oshirish va amaliy tajribani umumlashtirish orqali nosozliklarni topish va bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtni qisqartirish mumkin.

Avtomatik blokirovkalash qurilmalari va ALS ishonchliligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar samaradorligi ko'rsatkichlaridan biri yangi turdagi qurilmalarni joriy etish yoki xizmat ko'rsatish sifatini oshirish bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlarni qoplash muddati hisoblanadi. Avtomatik blokirovka qurilmalari va ALS ishonchliligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar samaradorligini dastlabki baholash uchun bir martalik va foydalanish xarajatlar yangi qurilmalarni joriy etish bilan o'zgarib turadigan xarajatlar miqdori bo'yicha o'rtacha ma'lumotlar bilan belgilanadi. Bir vaqtda va foydalanish jarayonidagi xarajatlar miqdori:

^2-^1 = esL - (p1 - too) + toi ; (1) ÉT1 - ÉT2 = aö(ßi - ß2) + EeL. (2) L = Li + ••• + Ln+i

Bu yerda ¡¿2 va p1 - amaldagi va yangi avtomatik blokirovka qurilmalari va ALS uchun, mos ravishda bir vaqtdagi xarajatlarning narxi;

e1 u e2 - amaldagi va yangi qurilmalar uchun mos ravishda foydalanish xarajatlari, so'm/yil;

es - 1 km uchun yangi qurilmalarning narxi, so'm/km; ß1 - chiqarilgan harakat tarkibining tannarxi, so'm;

- bo'shatilgan aylanma mablag'lar, so'm; toi - mavjud qurilmalarning likvid qiymati, so'm;

т

IScîence

tdshkent davlat «Актуальные вопросы развития инновационно-

rBANSPOnTUMVERSITEH 1 г „г Г1 ....

Ташкентский государстве....... информационных технологии на транспорте» АВРИИТТ-2022

транспортный университет -г г -1 г г _

1-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)

а — poyezd-soat to'xtab turish narxi, so'm/poyezd-soati;

в — Yiliga avtomatik blokirovka va ALSning bir nosozliklari uchun poezd-soatlarda yo'qotish, poezd-soat/nosozliklar;

Pi и P2 — amalda va yangi qurilmalarda mos ravishda yiliga nosozliklar soni;

Ee — yangi qurilmalarni joriy etish bilan bog'liq 1 km uchun foydalanish xarajatlarining (shu jumladan xodimlarning xarajatlari) oshishi, so'm/km.yil;

Li — ko'rib chiqilayotgan uchastkaning uzunligi, km.

L — uchastka uzunligi, km.

Ko'rib chiqilayotgan uchastkada aylanayotgan bitta yuk poezdining o'rtacha narxini vq deb belgilaymiz (bundan tashqari, vq poezddagi tovarlar, poezddagi vagonlar va kuniga bitta poezd harakatini ta'minlash bilan bog'liq lokomotivlarning kirish narxini o'z ichiga oladi).

Bunday holda, bir vaqtlik va foydalanish xarajatlar miqdori

H-2-y-i=¿Sl-^p^Ql. (3)

Bu erda P — avtomatik blokirovka moslamalari va ALS ishonchliligi oshishi tufayli ko'rib chiqilayotgan uchastkada tejalgan poezd-soat soni.

PL = ejh-M. (4)

365

Avtomatik blokirovka va ALS qurilmalarining o'rtacha ishdan chiqish darajasini 1 km yo'lda amaldagi qurilmalar bilan R^a yangilari bilan R2deb belgilasak, biz bir vaqtdagi va foydalanish xarajatlarini aniqlash uchun quyidagi iboralarni olamiz:

^2 - Vi=esL--(5)

ei - ^2 = aeL(Ri + R2)/EeL. (6)

Avtomatik blokirovka qurilmalari va ALS ishonchliligini oshirish bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlarni qoplash muddati quyidagi ifoda bilan belgilanadi:

9(R1-R2)VQ

t = = £\ 8750 *365. yil (7)

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Xalmedova L, Aliev R. Using new site templates based on ms sharepoint // Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте. — 2022. — Т. 1. — №. 1. — С. 17—20.

2. Алиев Р.М. и др. Методы Расчёта Коэффициентов Рельсового Четырехполюсника Бесстыковых Рельсовых Цепей // Фундаментальная и Прикладная наука: состояние и тенденции развития. — 2022. — С. 60—75.

3. Aliev R.M. & Aliev M.M. Mathematical model of the sensor for controling the condition of the track section with an adaptive receiver at the free condition of the controlled section Journal of Physics: Conference Series this link is disabled, 2021, 1973(1), 01.2021.

4. Gulyamova M., Aliev R. Mysqlni Ishlab Chiqish va Boshqarish Vositalari // Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте. — 2022. — Т. 1. — №. 1. — С. 196—198.

5. R.M. Aliev, E.T. Tokhirov, M.M. Aliev Mode Choice Model of Movement in Different Modes Наука, Общество, Образование в современных условиях: монография / Под общ. ред. Г.Ю. Гуляева — Пенза: МЦНС «Наука и Просвещение». — 2022. — C. 160.

т

«Актуальные вопросы развития инновационно-

TOSHKÉNT DAl/LAT

TRANSPORT UNIVERSITETJ „ »nr-ini дтт

ташкенгсиий/мдамтмниый информационных технологии на транспорте» АВРИИТТ-2022

транспортный униаерсиг* " ~ ~ г г

I-Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)

6. Aliev R. Model Coordinate System of Interval Regulation Train Traffic // International Conference on Computational Techniques and Applications. -Springer, Singapore, 2022. - С. 459-467.

7. Алиев Р.М. Концепция разработки бесстыковых рельсовых цепей // Интерактивная наука. - 2021. - №. 6. - С. 56-57.

8. Tokhirov E.T., Aliev R.M., Aliev M.M. Modern Means and Methods for Monitoring the Condition of Track Sections // Наука, Общество, Технологии: проблемы и перспективы взаимодействия в современном мире. - 2022. -С. 186-203.

9. Aliev R.M., Aliev M.M., Tokhirov E.T. Methods of Monitoring the Condition of Track Sections Наука, Общество, Технологии: проблемы и перспективы взаимодействия в современном мире: монография/ [Абакирова Э.М. и др.]. -Петрозаводск: МЦНП «Новая наука», 2022. - C. 438.

10. Aliev R.M., Aliev M.M., Tokhirov E.T. Solution to Security on Rail Transportation with the Help of a Database Наука, Общество, Технологии: проблемы и перспективы взаимодействия в современном мире: монография/ [Абакирова Э.М. и др.]. - Петрозаводск: МЦНП «Новая наука», 2022. - 438 с

11. Arkatov V.S. Rail chains of main railways / V.S. Arkatov, A.I. Bazhenov, N.F. Kotlyarenko. - M.: Transport, 1992. - P. 384.

12. Aliev, R. Trends in Improving Sensors for Controlling the Condition of Track Sections E3S Web of Conferences this link is disabled, 2021, 264, 05045

13. Gregor Theeg, Sergej Vlasenko Railway Signalling & Interlocking. International Compendium. Editors: A DVV Media Group publication. Eurailpress, 2009. - P. 448.

14. Aliev R. A Rail line model with distributed parameters of track circuit // IOP Conference Series: Materials Science and Engineering. - IOP Publishing, 2021. - Т. 1152. - №. 1. - С. 01.2018.

15. Aliev R.M., Tokhirov E.T., Aliev M.M. The Mathematical Model of the Sensor for Monitoring the State of the Track Section with Current Receivers // International Journal of Recent Technology and Engineering (IJRTE). - 2020. -Т. 8. - №. 5. - С. 5634-5637.

16. Aliev M. et al. Four-pole rail coefficients of the jointless track circuit in the presence of one of the ends track circuit insulating joints // Chemical Technology, Control and Management. - 2019. - Т. 2019. - №. 4. - С. 89-92.

17. 1Aliev R., Aliev M. Algorithm for Determining the Optimal Length of the Rail Line by Current Automatic Locomotive Signaling // International Conference TRANSBALTICA: Transportation Science and Technology. - Springer, Cham, 2021. - С. 363-374.

18. Aliev R., Aliev M. Determination of the Reliability of Using Computing in Automation and Telemechanic Systems // 2021 International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT). - IEEE, 2021. -PP. 1-4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.