toshkentdavut «Актуальные вопросы развития инновационно- ГШШг* •
ташк&нтский/мударстЕйниый информационных технологии на транспорте» АВРИИТТ-2022 1111«Э\.1С1 I^C
ТрачСПОрТИЫИ умйМрСИКТ ” “ ^ гг ■■■■
1-Республиканская научно-техническая конференция *A™,Af,ww**«
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
0‘ZBEKISTONDA TURIZM SAMARADORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TRANSPORT SOHASINING ROLINI TAHLIL QILISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Toxirov E.T.,
Tashkent State Transport University, Tashkent, Uzbekistan [email protected] Aliyev R.M.,
Tashkent State Transport University, Tashkent, Uzbekistan
Aliyev M.M.,
Tashkent State Transport University, Tashkent, Uzbekistan
Shukirillaeva M.,
Tashkent State Transport University, Tashkent, Uzbekistan DOI: https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-v2-pp7-13
Annotatsiya: Transport va turizm o‘rtasida yaqin aloqalar mavjud bo‘lishi vaqt o‘tishi bilan o‘zgargan turizmning rivojlanishida turli xil transport turlari turli rol o‘ynaydi. Ushbu maqolaning maqsadi Ozbekiston temir yo‘llarining turizmni rivojlantirishdagi tanlangan muammolarini tahlil qilish va temir yo‘llardan turizm maqsadlarida foydalanishning zamonaviy setvislarini yaratishdan oborat. Dastlab, transport va turizm o‘rtasidagi munosabatlar bayon qilinadi va qisqacha Ozbekistonda sayyohlik yo‘nalishi sifatida tahlil qilinadi. Ozbekistonda temir yo‘l va temir yo‘l transportining o‘rni baholanadi (O‘zbekistondagi temir yo‘llarning holati, temir yo‘l infratuzilmasi, temir yo‘l transportin'! tashkil etish, umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti tarifi va bir qancha mintaqaviy yo‘llarda yo‘lovchi tashish harakatining faoliyati). Shuningdek O‘zbekistondagi temir yo‘llar va ulardan turistik maqsadlarda foydalanish yo‘llari bilan tanishtiriladi. Turizmni rivojlantirish uchun temiryo‘llardan foydalanishning tanlangan so‘ngi namunalariga e‘tibor qaratilgan.
Kalit soZlar: Turizm, temiryo‘l, turist, tez yurarpoyezd.
Kirish
Hozirgi vaqtda turizm butun dunyoda biznesning eng tez rivojlanayotgan, dinamik va ko‘p qirrali tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Temir yo‘l turizmi sayohatning sekin va barqaror shakli bo‘lib, boshqa transport turlariga nisbatan kamroq energiya sarflaydi va atrof-muhitga kamroq ta’sir qiladi. Transport turizm industriyasining ajralmas qismi hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tez tezyurar temir yo‘l (HSR) qurilishi davri boshlangan va hozirda dunyodagi yirik HSR tarmog‘iga ega. Temir yo‘l turizmi industriyasining rivojlanishi bilan birga mamlakatimizda turizm sohasidagi tadqiqotlarning asosiy e‘tibori samaradorlikni va barqarorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Adabiyotlar sharxi
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” 2022-yilning sentyabr oyidan boshlab sayyohlikni yanada rivojlantirish maqsadida Toshkent Markaziy Vokzalida Sayyohlik agentliklari uchun pul o‘tkazmalari orqali chipta xarid qilishga xizmat qiluvchi maxsus chiptaxonani yo‘lga qo‘di. Bu turistik agentliklariga hujjatlarni rasmiylashtirish,
7
т
toshkent davlat «Актуальные вопросы развития инновационно-
TRANSPORT UMVER5ITETI 3 v
UujKei I тский/ocyj: ррстмниый информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
транспортный университет ” г “ гг
1-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
chiptalarni xarid qilishda qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Bu qulaylik orqali ular har bir sayyohlik agentliklari bilan shartnomalarni chiptaxonaning o‘zida tuzadi, hujjatlarni rasmiylashtirish, pul o‘tkazmalarini hisob kitob qiladi, turistik agentliklar tomonidan buyurtmalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqadi hamda ularni nazorat qiladi. Guruhli buyurtmalarga chiptalarni soddalashtirilgan holda rasmiylashtirish jarayonlari amalga oshirish kabilarni o‘z ichiga oladi [1]. Sayyohlar va yo‘lovchilar dam olishlari uchun Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nukus, Qarshi, Termiz, Toshkent janubiy temir yo‘l vokzallarida zamonaviy mehmonxonalar, kutish va yuqori darajada xizmat ko‘rsatish zallari hamda namozxona, kutubxona, shuningdek, turli xil savdo shaxobchalari tashkil etildi [2].
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 1000 kilometrga yaqin elektrlashtirilgan temir yo‘llar mavjud bo‘lib, ularning aksariyatida tezyurar poyezdlar harakatlanadi. Tezyurar temir yo‘llarni rivojlantirish O‘zbekiston sayyohlik sanoati uchun ham foydali hisoblanadi [3].
Turizm sohasini yanada rivojlantirish uchun, avvalo zarur infratuzilmani takomillashtirish lozim. Birinchisi, transport bo‘lsa, ikkinchisi logistikadir [4]. Bugungi kunda hukumat tomonidan transport xarajatlarini kamaytirish, sayyohlarning aviaqatnovlarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda loukosterlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, zamonaviy tezyurar poyezdlarga chipta sotib olish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga jiddiy e‘tibor qaratilmoqda.
2016-yilda O‘zbekistonda turizm sohasini tubdan isloh qilish jarayoni boshlandi. 2016—2020-yillar uchun turizmni rivojlantirishga doir 60 dan ortiq normativ hujjatlar qabul qilindi. Mamlakatlar o‘rtasidagi viza tartibi soddalashtirildi.
2018- yilda 9 davlat, 2019-yilda 47, 2020-yilda 20, 2021-yilda yana 5 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgan. 2021-yil 10-may holatiga ko‘ra 90 ta davlat fuqarolariga vizasiz rejim joriy etilgan. Bundan tashqari, 80 ga yaqin davlat fuqarolari soddalashtirilgan tartibda elektron viza olish uchun ariza topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xorijiy fuqarolarning ayrim toifalari uchun beshta yangi turdagi “Vatandosh”, “Talaba”, “Akademik”, “Tibbiyot” va “Ziyorat” kabi vizalar joriy etildi. Viza rejimini yumshatish allaqachon ijobiy natijalarni berdi. Agar 2019-yilda xorijiy sayyohlar sonining o‘rtacha o‘sishi 26 foizni tashkil etgan bo‘lsa, vizasiz rejim joriy etilgan mamlakatlar o‘rtasidagi o‘sish sur’ati 58 foizga yetdi [5].
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yil davomida O‘zbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan. 2018-yilda esa bu ko‘rsatkich 5 346 200 kishini tashkil qilgandi. Turistlar oqimi hisobot davriga nisbatan 26,2 foizga oshdi.
Eng ko‘p sayyoh Markaziy Osiyo mintaqasidan tashrif buyurgan bo‘lib, ularning soni 5 764 500 kishiga yetgan. MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 495 600 kishini tashkil qilgan bo‘lsa, uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurchilar soni esa 488 400 ming kishidan iborat bo‘lgan [6].
Tadqiqot tahlili
O‘zbekistonga keluvchi turistlar ko‘rsatkich O‘zbekiston bo‘yicha 1995-yildan
2019- yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rishimiz mumkin (1-rasm). O‘zbekiston bo‘yicha bu davrda o‘rtacha ko‘rsatkich 1.392 ming turistni tashkil etib, 1995-yilda minimal 92 ming sayyohni va 2019-yilda maksimal 6.749 ming sayyohni tashkil etgan (2-rasm). 2019 yildagi so‘nggi qiymat 6.749 ming turistni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, 2019-yilda dunyoning 165 davlati bo‘yicha o‘rtacha 13.511 ming sayyoh tashrif buyurgan [7].
8
toshkent davut «Актуальные вопросы развития инновационно-
TPAMSPQRT UMVERSITETJ 3 v 7nn.,..TT nnno
ташк&нтский/муларстЕйниый информационных технологии на транспорте» АВРИИТТ-2022
ТрачСПОрТИЫИ умйМрСИКТ 'Т' г ^ гг
1-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
ffflSrience
tkreufk CfACt
1-rasm. O‘zbekistonga keluvchi turistlarni o‘sish ko‘rsankichi
2-rasm. O‘zbekistonga turistlar oqimining yillik soni
Xalqaro turizmdan tushgan daromad O‘zbekiston bo‘yicha 1996-yildan
2020-yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqilgan (3-rasm). O‘zbekiston bo‘yicha bu davrda o‘rtacha qiymat 434 million AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 1996-yilda kamida 15 million AQSh dollari, 2019-yilda esa maksimal ko‘rsatkich 1.679 million dollarni tashkil qilgan (4-rasm). 2020-yildagi so‘nggi qiymat 395 million dollarni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, 2020-yilda dunyoning 125 ta davlati bo‘yicha o‘rtacha 3859 million dollarni tashkil etadi [8].
9
т
toshkent davlat «Актуальные вопросы развития инновационно-
TRANSPORT UNIVER5ITETI 3 v
UujKei I тский/ocyj: ррстмниый информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
транспортный университет ” г “ гг
1-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
4-rasm. Xalqaro turizmdan tushgan daromad o‘sish ko‘rsankichi
1.679.0
2004- 20U 2015 2016 2017 2018 2019 2020
5-rasm. Xalqaro turizmdan tushgan daromad ko‘rsankichining
yillar bo‘yicha ko‘rinishi
Tadqiqot maqsadi va savollari
Ushbu tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda temir yo‘llaming turizm dasturlarida asosiy yetakchi va lider, motivator va sayohatchi sifatidagi ta’sirini oshirish va tahlil qilishdan iborat [9].
Tadqiqotlar natijasida quyidagi savollarga javob beriladi:
1. Temir yo‘l turizmini rivojlantirishning qayday ustuvor yo‘nalishlari o‘rnatilishi kerak?
2. Temir yo‘l turizmi servislarini qanday me’zonlar asosida tashkil etish mumkin?
3. Istiqbolli temir yo‘l va innovasion milliy turizm aloqalari qayday shakllantiriladi?
Tashish tizimidagi temir yo‘l turizm sayohatini rivojlantirishda, an‘anaviy, tarixiy va haqiqiylik hissini yaxshilashga intilgan holda olib borishi kerak [10]. Bundan tashqari, tajribali sayohat sahnasida sayohatchilarning umidlariga javob beradigan xizmatlarni joriy qilish kerak [11-13]. Barqarorlik kabi boshqa omillar bilan
10
-=if=- toshkent davut «Актуальные вопросы развития инновационно- ГШШг* •
ПИГ transport UMIVERSUETJ , 3 v ;пп..|)1ТТ олпп |П1ЧГЮПГО
I I ташк&нтский/мударстЕйниый информационных технологии на транспорте» АВРИИТТ-2022 1111«Э\.1С11^С
II ТрачСПОрТИЫИ умйМрСИКТ 'Т' г ^ гг ■■■■
1-Республиканская научно-техническая конференция *A™,Af,ww**«
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
birgalikda turizm mahsulotida tatbiq etilishi va ilgari surilishi kerak, chunki ular asosan yangi avlodlar tomonidan izlanadi. Temir yo‘l turizm mahsulotini ishlab chiqish jarayoni vaqt o‘tishi bilan turistik destinatsiya hamjamiyatidagi barcha ishtirokchilarni jalb qilishi kerak. Ko‘pgina temir yo‘l turizmi tashabbuslari davlat moliyaviy mablag‘lari hisobidan ishlab chiqilgan, ammo tadbirkorlik tashabbuslari uzoq muddatli turistik yo‘nalishning hayotiy siklida o‘rnatilishi kerak bo‘ladi. Ushbu sektorga mos bo‘lmagan hududlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish uchun turizmni rivojlantirish avvalgi faoliyat usullarini tubdan o‘zgartirishni, jumladan biznes yaratish, salohiyatni oshirish, ta’lim va bilim almashish, tarmoq va davlat-xususiy o‘zaro munosabatlarga yangi yondashuvlarni talab qiladi.
Asosiy qism
Mamlakatning sayyohlik potensialini oshirishni istarkanmiz xizmat ko‘rsatish sifatinigina emas, muddatlarini ham optimallashtirish lozim. 24 soat ishlaydigan restoranlar, dam olish maskanlari, shahar bo‘ylab odam gavjum joylarda valyuta ayriboshlash shoxobchalari tashkil qilish lozim. Sayyohlar uchun ma’lumot xizmati tashkil etilishi esa, istalgan paytida qo‘ng‘iroq qilib o‘zi uchun zarur ma’lumotni olish imkoni paydo bo‘ladi. Sayyohlar ko‘p bo‘ladigan joylarda infokioskalar tashkil qilinib unda xushmuamala mutaxassislarni biriktirish joiz. Shahar xaritalari, ma’lumot bukletlari avtobus va transport marshrutlari, bepul tarqatilishi yo‘lga qo‘yilishi kerak.
Tadqiqot metodologiyasi
Davlatlar hududida siyosiy va jinoiy vaziyatning bo‘shligi tufayli ko‘chalarda, ko‘ngil ochar joydarda, turistga kelib tushadigan va vataniga qaytadigan aeroportlarda, temir yo‘l va avtovokzallarda xavf-xatarlar yuz beradi. Bunday joylarda turistlarning pullarini, yuklarini o‘g‘irlab ketilishi, savdo-sotiqda buyumlarni yuqori narxda sotib olishi xavfi, taksida tunab ketishi, tovlamachilik va boshqa ko‘ngilsiz hodisalar yuz berishi mumkin.
O‘zbekistonda xavfsiz turizmni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda har tomonlama yoritish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
- yuqori professional darajada, shu jumladan xorijiy tillarda bosma va videomateriallar tayyorlash;
- samolyot bortlarida, aeroport va temir yo‘l vokzallari hududlarida, turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida, shu jumladan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar orqali videolavhalar namoyish etilishini hamda bosma materiallar tarqatilishini ta’minlash;
- O‘zbekistonda xavfsizlikni ta’minlash samaradorligi to‘g‘risida turistlarda ijobiy fikrni shakllantirishga yo‘naltirilgan eslatmalar va ma’lumot flayerlarini tarqatishda turistik firmalar imkoniyatlaridan foydalanish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi har tomonlama tashkiliy choralarni ko‘rish:
Transportda xavfsizlikni ta’minlashda transport obyektlari va ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning markazlashgan hamda
muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi situasion-tahlil markazini tashkil etish;
- transport va turizm obyektlarida apparat-dasturiy intellektual videokuzatuv hamda “tashvish tugmalari” tizimining bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash;
- noqonuniy ravishda turistik xizmatlar ko‘rsatishning oldini olish bo‘yicha manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.
11
т
toshkent davlat «Актуальные вопросы развития инновационно-
TRANSPORT UMVER5ITETI 3 v
UujKei I тский/ocyj: ррстмниый информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
транспортный университет ” г “ гг
1-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
Xulosa
Sayyohlik salohiyatining jadal rivojlanishi jahon miqyosida ham e‘tibordan chetda qolmagan. 10 dan ortiq nufuzli xorijiy nashrlar O‘zbekistonni eng jozibali turistik yo‘nalishlardan biri sifatida e‘tirof etgan. Xususan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston “The Guardian” tomonidan dunyoning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi, “Wanderlust” ma’lumotlariga ko‘ra eng tez rivojlanayotgan davlat va “Grandvoyage” talqini bo‘yicha eng yaxshi rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishi sifatida e‘tirof etilgan. O‘zbekiston “CrescentRating” tomonidan tuzilgan “Global musulmon turizmi” indeksida 10 pog‘onaga ko‘tarildi. Bundan tashqari, Jahon sayyohlik tashkiloti O‘zbekistonni turizm eng tez rivojlanayotgan davlatlar ro‘yxatida 4-o‘ringa loyiq topgan.
Xulosa qilib aytganda, innovatsiyalar va raqamlashtirishdan foydalangan holda O‘zbekiston temir yo‘l sayyohlik industriyasini biznes modellarini yanada kengroq va jadal o‘zgartirish, shuningdek, bozorning eko, agro va etno turizm kabi salohiyati segmentlarini ko‘tarishda transport sohasining o‘rnini ko‘tarish lozim.
Kutilayotgan natija
Yuqori zamonaviy sayyohlik temir yo‘l xizmatini yaratish natijasida yuzaga keladigan asosiy samaralar:
- xorijiy tillarda bosma va videomateriallar tayyorlanadi;
- temir yo‘l vokzallari hududlarida, turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida, shu jumladan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar orqali videolavhalar namoyish etilishi hamda bosma materiallar tarqatilishi ta’minlanadi;
- O‘zbekistonda xavfsizlikni ta’minlash samaradorligi to‘g‘risida turistlarda ijobiy fikrni shakllantirishga yo‘naltirilgan eslatmalar va ma’lumot flayerlari ishlab chiqariladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi har tomonlama tashkiliy choralarni ko‘rish:
Transportda xavfsizlikni ta’minlashda transport obyektlari va ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning markazlashgan hamda
muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi situasion-tahlil markazini tashkil etiladi;
- transport va turizm obyektlarida apparat-dasturiy intellektual videokuzatuv hamda “tashvish tugmalari” tizimi tashkil etiladi;
- noqonuniy ravishda turistik xizmatlar ko‘rsatishning oldi olinadi.
Tadqiqotning ahamiyati
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda temir yo‘l transporti sohasi haqida yangi tushunchalar beradi.
Ushbu tadqiqot orqali hamjamiyat turizm muammolaridan, ayniqsa transportda foydalanishni rag‘batlantirishni amalga oshiradi. Odamlar va temir yo‘l loyihasi institutlari temir yo‘l turizmini COVID-19 dan keyin muqobil qo‘shimcha imtiyoz sifatida ko‘rib chiqishi mumkin.
Tadqiqotlar orqali temir yo‘l kompaniyalari o‘z mehmonlarini va mahalliy turizm bozorini yaxshiroq tushunishlari mumkin. Tashrifchilarning xohish-istaklari va motivatsiyasini tushunib, siz biznes muammolarini osonroq aniqlashingiz va hal qilishingiz, ustuvorliklarni belgilashingiz, xizmatlaringizga talabni oshirishingiz va foydani kuchaytirishingiz mumkin.
12
-=if=- toshkent davut «Актуальные вопросы развития инновационно- ГШШг* •
ПИГ transport UMIVERSUETJ , 3 v ;пп..|)1ТТ олпп |П1ЧГЮПГО
I I ташк&нтский/мударстЕйниый информационных технологии на транспорте» АВРИИТТ-2022 1111«Э\.1С11^С
II ТрачСПОрТИЫИ умйМрСИКТ 'Т' г ^ гг ■■■■
1-Республиканская научно-техническая конференция *A™,Af,ww**«
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston temir yo‘llari AJ web-sahifasi., Turizm sohasini rivojlantirish maqsadida maqolasidan. Internet: [https://railway.uz/].
2. O‘zbekiston temir yo‘llari AJ web-sahifasi., Sayyohlar uchun zamonaviy avtotranspo maqolasidan. Internet: [https://railway.uz/].
3. Dunyo axborot agentligi web-sahifasi., O‘zbekistonda tezyurar temir yo‘llarni rivojlantirish sohasidagi islohotlar Belgiya OAV diqqat markazida. Internet: [https://dunyo.info].
4. Dunyo axborot agentligi web-sahifasi., Ichki va ziyorat turizmni rivojlantirish imkoniyatlari kengaymoqda. Internet: [https://dunyo.info].
5. Reviewuz web-sahifasi., Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar. Internet: [https://review.uz]
6. Xalimova F. Mamlakat turizmini barqaror rivojlanish holati. Me’morchilik va qurilish muammolari 2020-yil, №1 son. - Toshkent, 2020. - 148-150.
7. TheGlobalEconomy web-sahifasi., Uzbekistan: Internet: [https://www. theglobaleconomy.com]
8. Aliev R.M., Tokhirov E.T., Aliev M.M. The Mathematical Model of the Sensor for Monitoring the State of the Track Section with Current Receivers // International Journal of Recent Technology and Engineering (IJRTE). - 2020. -Т. 8. - №. 5. - С. 5634-5637.
9. Aliev M. et al. Four-pole rail coefficients of the jointless track circuit in the presence of one of the ends track circuit insulating joints // Chemical Technology, Control and Management. - 2019. - Т. 2019. - №. 4. - С. 89-92.
10. Aliev R., Aliev M. Algorithm for Determining the Optimal Length of the Rail Line by Current Automatic Locomotive Signaling // International Conference TRANSBALTICA: Transportation Science and Technology. - Springer, Cham, 2021. - С. 363-374.
11. Xalmedova L, Aliev R. Using new site templates based on ms sharepoint // Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 17-20.
12. Gulyamova M., Aliev R. MYSQLni Ishlab Chiqish va Boshqarish Vositalari // Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 196-198.
13. R.M. Aliev, E.T. Tokhirov, M.M. Aliev Mode Choice Model of Movement in Different Modes Наука, Общество, Образование в современных условиях: монография / Под общ. ред. Г.Ю. Гуляева - Пенза: МЦНС «Наука и Просвещение». - 2022. - C. 160.
13