Научная статья на тему 'ASALARICHILIKDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TRANSFARMATSIYA QILISHNI MOLIYALASHTIRISH MANBALARINI OCHIB BERISH YO‘LLARI'

ASALARICHILIKDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TRANSFARMATSIYA QILISHNI MOLIYALASHTIRISH MANBALARINI OCHIB BERISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asalarichilik / raqamlashtirish / rag‘batlantirish / raqamli texnologiya / subsidiya / “Asalarichilikda texnologik transfer” / 3D qurilmalari / sun’iy yo‘ldosh novigatsiyasi / Big Data. / beekeeping / digitalization / stimulation / digital technologies / subsidy / Technological Transfer in Beekeeping / 3D devices / satellite navigation / big data.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Farmanov J.

Maqolada asalarichilik raqamli texnologiyalarni transfarmatsiya qilishni rag‘batlantirishning tashkiliy va tarmog‘ida iqtisodiy dastaklari ifodalangan. Tarmoqda raqamli texnologiyalarni joriy etishni subsidiyalash bo‘yicha takliflar bayon etilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy etishni moliyalashtiradigan tuzilmalarni qo‘llab quvvatlash maqsadida “Asalarichilikda texnologik transfer” jamg‘armasini tashkil etish va uni moliyalashtirish manbaalari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO FINANCING DIGITAL TRANSFORMATION IN BEEKEEPING

The article describes the organizational and economic levers for promoting the transformation of digital technologies in the beekeeping industry. Proposals for subsidizing the implementation of digital technologies in the network are described. Also, in order to support the structures financing the implementation of digital technologies, the organization of the Technological Transfer in Beekeeping fund and the sources of its financing are disclosed.

Текст научной работы на тему «ASALARICHILIKDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TRANSFARMATSIYA QILISHNI MOLIYALASHTIRISH MANBALARINI OCHIB BERISH YO‘LLARI»

Farmanov J., PhD Dotsent

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

Uzbekiston

ASALARICHILIKDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TRANSFARMATSIYA QILISHNI MOLIYALASHTIRISH MANBALARINI OCHIB BERISH YO'LLARI

Annotatsiya. Maqolada asalarichilik tarmog'ida raqamli texnologiyalarni transfarmatsiya qilishni rag'batlantirishning tashkiliy va iqtisodiy dastaklari ifodalangan. Tarmoqda raqamli texnologiyalarni joriy etishni subsidiyalash bo'yicha takliflar bayon etilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy etishni moliyalashtiradigan tuzilmalarni qo 'llab-quvvatlash maqsadida "Asalarichilikda texnologik transfer" jamg'armasini tashkil etish va uni moliyalashtirish manbaalari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: asalarichilik, raqamlashtirish, rag'batlantirish, raqamli texnologiya, subsidiya, "Asalarichilikda texnologik transfer", 3D qurilmalari, sun 'iy yo 'ldosh novigatsiyasi, Big Data.

Farmanov J., PhD Associate Professor University of Economics and Pedagogy

Uzbekistan

WAYS TO FINANCING DIGITAL TRANSFORMATION IN

BEEKEEPING

Abstract. The article describes the organizational and economic levers for promoting the transformation of digital technologies in the beekeeping industry. Proposals for subsidizing the implementation of digital technologies in the network are described. Also, in order to support the structures financing the implementation of digital technologies, the organization of the Technological Transfer in Beekeeping fund and the sources of its financing are disclosed.

Keywords: beekeeping, digitalization, stimulation, digital technologies, subsidy, Technological Transfer in Beekeeping, 3D devices, satellite navigation, big data.

Kirish. Rivojlangan davlatlar tajribasi ko'rsatishicha qishloq xo'jaligini raqamlashtirish bilan bog'liq tadbirlar doim davlat nazoratida va qo'llab-quvvatlash mexanizmlari yordamida amalga oshiriladi. Xususan AQSh, Germaniya, Yaponiya kabi texnologik rivojlangan hamda xususiy sektor ulushi

va xizmat ko'rsatish sifati yuqori bo'lgan davlatlarda ham aynan qishloq xo'jaligi uchun raqamlashtirish masalasi davlatning zimmasiga yuklatilgan.

Asosiy qism. Tadqiqotlarimiz asosida asalarichilikda raqamli texnologiyalarni transfarmatsiya qilishni rag'batlantirish yo'llari sifatida tashkiliy va iqtisodiy dastaklardan keng foydalanish lozim deb hisoblaymiz. Xususan tashkiliy yo'nalishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

- "Aqlli asalari uyalari"ni tashkil qilish, mamlakatimiz iqlim sharoitlariga moslashtirishga oid tadqiqotlar va tajribalarni olib borish;

- raqamli qurilmalar, masofadan boshqarish vositalardan foydalanishga oid huquqiy asoslarni takomillashtirish, barcha uchun sodda tizim yaratish;

- raqamli qurilmalardan foydalanishni ommalashtirish, targ'ib qilish, tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida seminarlarni takshil etish;

- aqlli qurilmalar bilan jihozlangan asalarichilik xo'jaliklarini o'rmon fondi yerlaridan maqsadli va tartibli foydalanish yo'llarini tashkil etish va boshqalar.

Shuningdek asalarichilikda raqamli texnologiyalarni joriy etishni rag'batlantirishning iqtisodiy yo'nalishlari sifatida quyidagi vazifalarni bajarish lozim deb xisoblaymiz. Jumladan:

- raqamli texnologiyalarni to'liq joriy etgan xo'jaliklar uchun imtiyozli kreditlash tizimini joriy etish, sug'urtalash tizimini takomillashtirish;

- xo'jalik bilan hamkorlikda kooperatsion aloqalar orqali aqlli qurilmalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash;

- jami asalari oilalari sonining ma'lum ulushiga raqamli texnologiyalarni joriy etgan xo'jaliklarni tabaqali subsidiyalash tizimini joriy etish;

- asalarichilikda raqamli texnologiyalarni joriy etishni moliyaviy qo'llab-quvvatlashga ko'maklashuvchi fondlarni tashkil etish va rivojlantirish va boshqalar.

Ushbu tashkiliy va iqtisodiy dastaklarning har birining amaliyotdagi o'rni beqiyos bo'lib, u monografîk tadqiqotlarda ham o'zining tasdig'ini topgan. Ayniqsa sug'urtalash, imtiyozli kreditlash, subsidiyalash masalalari hamda sohani moliyalashtiradigan alohida jamg'armalarning shakllanishi o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatishi ta'kidlangan.

Shu bois tadqiqotlarimizda subsidiyalash hamda maxsus jamg'armalarni tashkil etish hamda ularni moliyalashtirish yo'nalishlariga alohida urg'u qaratgan holda ilmiy taliflar asoslangan. Jumladan hududlarda o'tkazilgan so'rovnomalar tahlillari ko'rsatishicha bir asalari xo'jalikda o'rtacha 1 ta pavilion (32 yashik, 64 ta oila) parvarishlanishini e'tiborga olinsa, unda kamida 4 ta yashik (12,5 foizi) doimiy nazoratdagi, raqamli texnologiya bilan jixozlangan bo'lishi talab etiladi. Shundagina asalarilarning kunlik holatini

minimal darajada real vaqt rejimida monitoring qilish imkoniyati mavjud bo'ladi.

Shundan kelib chiqqan holda asalarichilik xo'jaliklari uchun raqamlashtirishga subsidiya ajratishda minimal me'zon belgilanishi taklif etilmoqda. Ushbu me'zonni minimal darajada bajargan hamda uni paviliondagi yashiklar soniga mos ravishda oshirib borishdan manfaatdor bo'lgan xo'jalilkarni tabaqali subsidiyalash tizimini joriy etish maqsadga muvofiq (jadval).

1-jadval

Raqamli texnologiyalarni joriy etgan asalarichilik xo'jaliklarini _ subsidiyalash tizimi va uning tabaqalari6_

Subsdiyalash miqdori Minimal me'zon Tabaqalashgan holda qo'llanilishi

Minimal talabni bajargan 30 foiziga joriy etgan 50 foiziga joriy etgan

BXM ning 5 barobari miqdorida Jami yashiklar sonining 12,5 foizida raqamli texnologiya joriy etish 1,0 5,0 10,0

Shuningdek mintaqaviy, o'simlik turidan kelib chiqqan holda koeffitsientlar ham joriy etish mumkin

Tog' va tog' oldi asalarichiligi uchun 1,0 5,0 10,0

Paxtachilik asalarichiligi uchun 1,0 8,0 12,0

Cho'l va yarim cho'l asalarichiligi uchun 1,5 6,5 11,0

Raqamli texnologiyalarni joriy etgan asalarichilik xo'jaliklarini subsidiyalashda 2023 yil holatiga amaliyotdagi bahodan kelib chiqqan holda BXM ning 5 barobari miqdorida subsidiya ajratish taklif etilmoqda.

Ushbu miqdor xo'jalikda mavjud jami yashiklar sonining 30 foizida joriy etgan xo'jaliklar uchun 5 koeffitsentga ko'paytirilishi hamda 50 foizida joriy etilgan bo'lsa 10 koeffitsientda qo'llanilishi maqsadga muvofiq.

Shu bilan birgalikda ushbu miqdor tog' va tog' oldi asalarichiligi uchun qo'llanilib, kimyoviy preparatlar ta'siri yuqoriligini inobatga olgan holda paxtachilik hududlarida asal yetishtiradigan xo'jaliklar uchun mos ravishda 30 foizga 8 hamda 50 foizda 12 koeffitsientlar taklif etiladi.

Bozor munosabatlari sharoitida xususiy sektorning o'rni oshib borishi tabiiy jarayon bo'lib, davlat tomonidan subsidiyalash bu dastlabki bosqichlarida, xo'jaliklarning oyoqqa turib olishi va yangi texnologiyalarning keng targ'ib qilinishi uchun xizmat qilib, istiqbolda u bozor mexanizmlari yordamida ishlab ketishi lozim bo'ladi.

Buning uchun esa ushbu texnologiyalarni joriy etishni moliyalashtiradigan tuzilmalar, qo'llab-quvvatlaydigan idoralar tashkil etilishi maqsadga muvofiq.

6 Muallif tomonidan taklif etilgan

Shuning uchun tadqiqotlarimizda "Asalarichilikda texnologik transfer" amg'armasini tashkil etish lozim deb hisoblaymiz (1-rasm).

Xususiy investorlar

ma a rr I art

Davlatning maqsadli grand

Moliyalashtirish manbaalari va mexanizmlari

Xorijiy venchur fondlar va

Alohida imtiyozlar bilan yo'naltirilgan mablag'lar

1-rasm. "Asalarichilikda texnologik transfer" jamg'armasining takshiliy-

iqtisodiy munosabatlari7

Ushbu jamg'armaning maqsadi asalarichilik xo'jaliklarida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, ularni imtiyozli kreditlar, yangi texnologiyalarning amaliyotga joriy etilishiga ko'maklashish, xo'jaliklarning qiziqish va ko'nikmalarini oshirib borish hisoblanadi.

Ushbu jamg'arma o'z faoliyati jarayonida quyidagi vazifalarni bajaradi. Xususan:

- asalarichilik xo'jaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, raqamli texnologiyalarni joriy etish, o'rganish maqsadlari

7 Mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan.

uchun kredit resurslarini ajratish hamda undan foydalanishni yanada kengaytirish;

- asal yetishtiruvchilarning innovatsion faoliyatini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, zamonaviy qurilmalar yaratish, ishlab chiqarish va joriy etishni rag'batlantirish;

- asalarichilkni rivojlantirishga qaratilgan maqsadli davlat, tarmoq va hududiy dasturlarni, ilmiy-texnik loyihalarni moliyalashtirish, shu bilan birgalikda ushbu tadbirlarni joriy etishda ishtirok etish;

- raqamli texnologiyalarni joriy etishda aylanma mablag'larga muhtoj bo'lgan asal yetishtiruvchilar, qayta ishlovchilar hamda xizmat ko'rsatuvchilar faoliyatiga ko'maklashish;

- asal va asalarichilik mahsulotlarini tashishga mo'ljallangan maxsus avtotransport vositalari, asbob-uskunalar, qurilmalar bilan ta'minlash maqsadlari uchun lizing faoliyatini yo'lga qo'yish, ushbu maqsadlar uchun manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilishdan iborat.

Ushbu jamg'armaning moliyaviy resurslarini shakllantirishda davlatning maqsadli va donorlik pul mablag'lari bilan birgalikda alohida va umumiy imtiyozlar bilan yo'naltirilgan mablag'larning shakllanishi mumkin bo'lgan manbaalar taklif etiladi (2-rasm).

Unga ko'ra alohida rag'batlantiruvchi imtiyozli mablag'lar sifatida aholiga asalarichilik uchun ajratilayotgan va auksion savdolariga chiqarilayotgan yer maydonlari bozor qiymatining 20 foizi miqdoridagi mablag'lar hamda import qilingan asal mahsulotlari va asalari inventarlari uchun QQS va boj to'lovlarining 50 foizi miqdoridagi mablag'larni yo'naltirish taklif etilmoqda.

"Asalarichilikda texnologik transfer" jamg'armasini moliyalashtirishda alohida va umumiy imtiyozli yo'naltirilgan mablag'larning shakllanishi

Aholiga asalarichilik uchun ajratilayotgan va auksion savdolariga chiqarilayotgan yer maydonlari bozor qiymatining 20 foizi miqdoridagi mablag'lar

Import qilingan asal mahsulotlari va asalari inventarlari uchun QQS va boj to'lovlarining 50 foizi miqdoridagi mablag'lar

Raqamli qurilmalar bilan bog'liq tadqiqotlarni tijoratlashtirish qiymatining 15 foizini yo'naltirishdan shakllangan mablag'lar

Aqlli uyalarni joriy etish natijasida berilgan soliq imtiyozlarining 50 foizini yo'naltirishdan shakllangan mablag'lar

2-rasm. "Asalarichilikda texnologik transfer" jamg'armasini moliyalashtirishda alohida imtiyozlar bilan yo'naltirilgan mablag'larning

shakllanishi8

Shuningdek, umumiy rag'batlantiruvchi imtiyozli mablag'lar sifatida raqamli qurilmalar bilan bog'liq tadqiqotlarni tijoratlashtirish qiymatining 15 foizini yo'naltirishdan shakllangan mablag'lar hamda aqlli uyalarni joriy etish natijasida berilgan soliq imtiyozlarining 50 foizini yo'naltirishdan shakllangan mablag'lardan shakllanishi maqsadga muvofiq.

Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytganda, "Asalarichilikda texnologik transfer" jamg'armasini tashkil etish orqali asalarichilikni raqamlashtirish, aqlli uyalarni joriy etishga xususiy sektorni jalb qilish, sohada olib borilayotgan ilmiy innovatsion loyihalarning yakuniy ishlanmalarini amaliyotga joriy etish ko'lamini kengaytirish, uning tijoratlashish, xo'jaliklarning moddiy texnik va moliyaviy rag'batlarga ega bo'lishiga zamin yaratib berish, provardida esa ijtimoiy (oziq-ovqat xavfsizligi, ilm-fan rivoji, texnologik qurollanish, ko'nikmalarning shakllanishi) hamda iqtisodiy (yuqori foyda, raqobatbardosh bozor segmentiga ega bo'lish, nobutgarchilikni kamaytirish) kabi bir qator samaralarning yuzaga kelishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Asalarichilik. "Agrobank" ATB - 2021. ttps://agrobank.uz

! Mya^n^ap TOMOHHgaH nm^aô HHKHOTaH.

2. Askarov N. Respublikada asalarichilik tarmog'ini rivojlantirish // Amaliy qo'llanma. "NEW-STYLE STAR" MChJ, @ QXI ITI, 2017 yil, 51 bet.

3. Farmanov , J. Z., Rimboyeva , N. X. qizi, & Rimbayeva , G. X. qizi. (2023). QISHLOQ XO'JALIGINI RAQAMLASHTIRISHDA XORIJ TAJRIBASIDAN FOYDALANISH. GOLDEN BRAIN, 1(1), 231-236. Retrieved from

4. Farmanov J. UKRAINIAN EXPERIENCE IN DEVELOPING THE BEEKEEPING NETWORK IN OUR COUNTRY //European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies. - 2022. - T. 2. - №. 09. - S. 66-69.

5. Ochilov, A. O., Ostonov, E., Shodiev, B. T., Ergashev, T. S., & Khakkulov, F. F. (2022). Modern Approaches To Management Of Training Of Highly Qualified Personnel In The New Uzbekistan Higher Education System. Journal of Positive School Psychology, 6(10), 2432-2442.

6. Shodiev B.T. PRIORITETNblE NAPRAVLENIYa EFFEKTIVNOGO ISPOLZOVANIYa PASTBI^ // Ekonomika i sotsium. 2022. №10-1 (101). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/prioritetnye-napravleniya-effektivnogo-ispolzovaniya-pastbisch.

7. Dustova M. Prospects of improving independent education in the higher education system of uzbekistan //Intent Research Scientific Journal. - 2023. - T. 2. - №. 3. - C. 30-34.

8. Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va ta'lim. - 2023. - T. 24. -№. 5. - C. 78-82.

9. Sobitjon M., Dustova M. X. QADIMGI VA HOZIRGI DUNYO DAVLATLARI IQTISODIYOTIDAGI FARQLAR, BOG'LIQLIKLAR VA O'XSHASHLIKLAR //PEDAGOG. - 2022. - T. 5. - №. 7. - C. 804-807.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.