Научная статья на тему 'ARXEOLOGIYA SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI'

ARXEOLOGIYA SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
198
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnologiya / ekofakt / artefakt / Milliy arxeologiya markazi / GAT / sun’iy intellekt / digital technology / ecofact / artifact / National Archaeological Center / GAT / artificial intelligence

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ozodova O‘g‘iloy Davron Qizi

Ushbu maqolada arxeologiya sohasining tarixiy rivojlanishida raqamli texnologiyalarning o‘rni haqida so‘z boradi. Shuningdek sohaning bugungi istiqbolidagi zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati, Geografik axborot tizimi (GAT), sun’iy intellekt kabi bir qator zamonaviy texnologiyalarni arxeologiya sohasiga qo‘llashning soha samaradorligini oshirishga qo‘shadigan hissasi haqida ma’lumot beradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF ARCHAEOLOGY

This article will talk about the role of digital technologies in the historical development of the field of Archaeology. It also provides information on the importance of modern technologies in today's perspective of the industry, the contribution of applying a number of modern technologies such as the geographic information system (GAT), artificial intelligence to the field of archaeology to increase the efficiency of the field

Текст научной работы на тему «ARXEOLOGIYA SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI»

ARXEOLOGIYA SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O'RNI VA AHAMIYATI

Ozodova O'g'iloy Davron qizi

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti talabasi [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada arxeologiya sohasining tarixiy rivojlanishida raqamli texnologiyalarning o'rni haqida so'z boradi. Shuningdek sohaning bugungi istiqbolidagi zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati, Geografik axborot tizimi (GAT), sun'iy intellekt kabi bir qator zamonaviy texnologiyalarni arxeologiya sohasiga qo'llashning soha samaradorligini oshirishga qo'shadigan hissasi haqida ma'lumot beradi.

Kalit so'zlar: raqamli texnologiya, ekofakt, artefakt, Milliy arxeologiya markazi, GAT, sun'iy intellekt.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ

АРХЕОЛОГИИ

Oзoдова Углой Даврон кизи

Студент Чирчикского государственный педагогический университета

[email protected]

Аннотация: В этой статье рассматривается роль цифровых технологий в историческом развитии области археологии. Он также дает представление о важности современных технологий в сегодняшней перспективе отрасли, о вкладе применения ряда современных технологий, таких как географическая информационная система (Gat), искусственный интеллект в области археологии, в повышение эффективности отрасли.

Ключевые слова: цифровые технологии, экофакт, артефакт, Национальный Центр археологии, Gat, искусственный интеллект.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN

THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF ARCHAEOLOGY

Ozodova Ogiloy Davron kizi

Student of Chirchik State Pedagogical University

[email protected]

Abstract: This article will talk about the role of digital technologies in the historical development of the field of Archaeology. It also provides information on the importance of modern technologies in today's perspective of the industry, the contribution of applying a number of modern technologies such as the geographic information system (GAT), artificial intelligence to the field of archaeology to increase the efficiency of the field.

Keywords: digital technology, ecofact, artifact, National Archaeological Center, GAT, artificial intelligence

KIRISH

XXI-asr - texnika va texnologiyalar asri ekanligi hech birimizga sir emas. XX asrda boshlangan texnik taraqqiyot XXI asrda o'zining cho'qqisiga erishdi va rivojlanishda davom etmoqda. Shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo bilan yuzlashish zarurati, shubhasiz, bizni zamonaviy texnologiyalar bilan bog'laydi. Shu sababdan barcha soha vakillariga raqamli bilimlarga ega bo'lish talabi qo'yilmoqda.

"Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi [1]". Xuddi shunday rivojlanayotgan va rivojlanishga ehtiyoji katta bo'lgan soha bu - arxeoloiya sohasidir.

Arxeologiya tarix fanining yondosh sohasi bo'lib, tarixiy ko'rinishlarni yoritishda, ayniqa qadimgi dunyo tarixi haqida tasavvurga ega bo'lishga xizmat qiladigan muhim soha hisoblanadi. Muxtasar qilib aytganda, arxeologiya tarixiy jarayonlarini yoritishga va ularni qayta tiklashga yordam beradigan tarix sohasi uchun muhim fandir.

"Arxeologiya" - so'zi yunonchadan olingan bo'lib - "arxayos"- qadimgi, "logos" - fan so'zlaridan tarkib topgan. Qadimiyat haqidagi fandir (Qadimshunoslik). Uni dastlab, miloddan avvalgi IV asrda Aflotun "Gippiy" dialogida, qadimgi zamon haqidagi fanni nazarda tutib ishlatgan [2].

ADABIYOTLAR TAHLILI

Arxeologiyada turli xil qazishma ishlari olib boriladi. Bu jarayonda arxeologlar o'z navbatida tabiat bilan ham bog'liqlikda ish olib boradi. Arxeologlarning ishi asosan bevosita qazishma ishlari bilan bog'liq bo'lganligi tabiat bilan bog'liq ravishda ish ko'rishni taqozo etadi. Bu jarayon arxeologiyada ekofaktlar deb ataladi. Ekofaktlar orqali esa artefaktlarga yo'l ochiladi.

"Ekofakt"- insonlarni qurshab turgan tabiiy-geografik muhit omilllaridir. Inson hayot uchun zarur narsalarni tabiatdan oladi va yashash tarziga xos madaniy iz qoldiradi. Arxeologlar huddi shu madaniy izlar orqali insoniyatning izlarini tiklaydi.

"Artefakt"- insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat obyektlari sanaladi, ularni izlab topish, yoshini aniqlash, tahlil qilish va ilmiy sistemalashtirish asosida tarixning umumiy tiklash arxeologlarning vazifasi hisoblanadi [3]

Ekofaktlardagi madaniy izlarni topish biroz murakkab va uzoq vaqt oladigan jarayondir. Soha vakillari bitta manzilgoh ustida tadqiqot o'tkazish uchun yillab vaqtini sarfalaganlari sir emas. Sababi ming yillar davomida yer ostida qolgan tarixiy manba birgina qaltis harakat natijasida yo'q bo'lib ketishi mumkin. Tarixiylikni asrash va saqlab qolish zamonaviy texnologiyalarga murojaat etishni talab qiladi.

Shu maqsadda hukumatimiz tomonidan 2019-yil 29-sentyabrda "Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi qaror qabul qilindi. Qarorda shunday deyiladi:

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yo'naltirish hamda tabiiy fanlarning zamonaviy tadqiqot uslublarini arxeologik izlanishlarda keng joriy qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Milliy arxeologiya markazini (keyingi o'rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin [2].

Milliy arxeologiya markazining oldiga arxeologik tadqiqotlarni o'tkazishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, soha mutaxassislarini zamon talablariga mos ravishda yetuk kadr sifatida tarbiyalash, ochiq osmon ostidagi muzeylar sonini ko'paytirish, arxeologik yangiliklar bilan ommani jalb qilish uchun muntazam ravishda ilmiy maqolalar, kitoblar nashr ettirish kabi bir qator vazifalar qo'yildi.

METODOLOGIYA

Bu vazifalar ichida eng dolzarb masala bu - shubhasiz, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, sohani raqamlashtirish masalasidir. Tarix, umuman tarixga oid fanlar o'tmishni, eskilikni o'rgansa ham, shiddat bilan rivojlanayotgan zamon zamonaviy axborotlar bilan ishlashni taqozo etadi.

XX asrning 80—90-yillarida keng avj olgan axborotlashtirish jarayoni tarix faniga ham ta'sir ko'rsatdi. 90-yillarga kelib tarix fani tadqiqotlarida kompyuterlardan asosan ilmiy ishlarni terish va tahrirlash ishlarida foydalanila boshlangan bo'lsa, keyinchalik manbalar bilan ishlashdagi yangicha uslublarda ham qo'llanila boshlandi [5].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ta'kidlash joizki, arxeologiya sohasi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo'yicha har doim peshqadam bo'lgan. Sababi ushbu soha vakillarining ishi o'ta darajada ehtiyotkorlikni talab qiladi. Har qanday qo'pol harakat tarixiy yodgorlikka zarar keltirishi mumkin. Shu sababdan arxeologlar har qanday zamonaviy texnologiyadan tarixiy yodgorlikka kamroq shikast berish va ish samaradorligini

oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalardan foydalanib kelgan. Bu jarayon o'tgan asrning o'zidayoq shakllangan.

XX asrning 20-yillaridan boshlab rus arxeologlari tomonidan tadqiqotlar jarayonida taxminiy statistika va geometriya usullari qo'llanila boshlandi. 1936- yilda esa Jey Barnes va Alfred Vinsent Kidder tomonidan paleolit industriyasini o'rganishda statistik usullar qo'llanilgan. XX asrning 40-yillaridan boshlab Amerikalik arxeolog olimlar ham o'z tadqiqotlarida matematika usullarini qo'llay boshlashdi. XX asrning 50-yillarida Breynerd va Robinson tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar esa arxeologik muammolarni matematik tuzish va yechish yo'llarini ko'rsatib berdi [6].

Raqamli texnologiyalar jismoniy mehnatini kamaytirib, aqliy mehnatning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Arxeologiya sohasi uchun aqliy mehnat ham, jismoniy mehnat ham muhim. Sababi tarix, tarixiy geografiya, etnografiya, antropologiya kabi arxeologiyaga yondosh soha ilmlaridan bexabar inson arxeologik manzilgohni topish va o'rganish ko'nikmasiga ega bo'lmaydi. Jismoniy mehnat esa qazishma jarayonlari uchun muhim bo'lib, agarda zamonaviy arxeolog axborot texnikalari, sun'iy yo'ldosh kabi zamonaviy texnologiya vositalaridan foydalansa, jismoniy mehnat jarayoni yengillashib, ish samaradorligi ortadi.

Masalan, geografik axborot tizimi sohasi ham arxeologiya uchun muhim hisoblanadi. Sababi ushbu soha arxeologik manzilning o'rnini aniqroq bilishga yordam beradi. GATda tuzilgan xarita oddiy qog'ozli xaritadan yaxshi bezalgani, kompyuterli shakldaligi, qo'lda bajarib bo'lmas darajadagi aniqligi va boshqa bir qator afzalliklari bilan farq qiladi. Xaritaga istagancha o'zgartirish kiritish, yangi mazmun va bo'yoq berish, diagramma va boshqa ma'lumotlami kiritish, o'chirish va shunga o'xshash amallarni bajarsa bo'ladi. Buning uchun muallifning shaxsan o'zi xarita tuzishning kompyuterli texnologiyalari bilan mukammalroq tanishishi va ular asosida xarita tuzib ko'rishi kerak [7].

Arxeologik topilmalarni ma'lum bir hududga bog'lash axborot texnologiyalari sohasidagi yangi yo'nalish, ya'ni geografik axborot tizimi(GAT)ning arxeologiya sohasida keng qo'llanilishini taqozo etmoqda. GAT yordamida qadimgi tarixiy xaritalarni o'rganish, arxeologik yodgorliklar rejasini tuzish yoki ma'lum bir geografik hududlarning arxeologiyaga oid ma'lumotlar tizimini yaratish imkoniyati vujudga kelmoqda. Mazkur dasturlaridan tarixchi-arxeologlar dala tadqiqot ishlarida, manzillar, me'moriy jihozlar, arxeologik topilmalarning uch o'lchamli modellarini qayta tiklashda samarali foydalanish mumkin [8].

Arxeologik manzilgohni topishda arxeologik xarita juda muhim. Soha mutaxassislari har bir hududdan topilgan manzilgohlarni ma'lum bir xaritaga tushiradilar va ushbu xaritalar ularga yondosh hududlarni o'rganish va tadqiq etishda, shuningdek arxeologik manzilgohning qaysi davrga mansub ekanligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Geografik axborot tizimi (GAT) yordamida esa bu jarayon

osonlashadi hamda samaradorligi ortadi. Bunda sun'iy yo'ldosh ma'lumotlaridan foydalanilganligi uchun axborotlarning ishonchlilik hamda sifat ko'rsatkichlari ham yanada ortadi.

Bundan tashqari, sun'iy intellekt deb ataluvchi zamonaviy texnolgiya ham mavjud bo'lib, u bugungi kunning eng noyob kashfiyotlaridan biri sanaladi.

Sun'iy intellekt - bu sun'iy intellekt tizimlarining kognitiv funktsiyalarni namoyon qilish qobiliyati bo'lib, u o'rganish, shu jumladan o'z tajribasidan, berilgan parametrlarga moslashish va ilgari faqat odamlar (yoki undan yuqori hayvonlar) uchun mavjud bo'lgan vazifalarni bajarish vazifasini bajaradi [9].

Sun'iy intellekt barcha sohaga jadallik bilan kirib borayotgani hech birimizga sir emas. U aqlli texnologiya bo'lib, o'ziga berilgan ma'lumotlar asosida biror jarayon yoki hodisalarning tasvirini yarata oladi. Antropologiya sohasida ham sun'iy intellekt yordamida qadimgi davr insonlarni qiyofasini taxminiy tiklash mumkin. Arxeologik qazishmalarda ham o'ta mustahkam bo'lmagan qadimiy manzilgohlar to'liq ravishda ochilmaydi. Bu esa tarixiy qadamjoning to'liq ko'rinishi haqida tasavvurga ega bo'lishimizni qiyinlashtiradi. Sun'iy intellekt esa o'ziga berilgan ilmiy ma'lumotlar asosida arxeologik manzilgohning tasvirini tiklashga yordam beradi.

XULOSA

Har qanday sohaning tizimli tashkil etilishi bugungi kunga kelib, axborot texnologiyalari bilan bog'liq bo'lib qoldi. Sababi inson omili va faqatgina jismoniy mehnati bilan qilinadigan ishga ketadigan vaqt va samaradorlikning nisbati shubhasiz, texnika va zamonaviy axborot vositalari bilan solishtirganda kamroq bo'ladi. Misol uchun kutubxonada kitob izlashdan ko'ra elektron kitob izlash ancha qulay va oson. Xuddi shu kabi bir qancha masalalar borki, muammolar texnologiyalar bilan ancha tez va oson hal bo'ladi. Fan va ta'limning qator sohasidagi innovatsiyalar va tezkor rivojlanishning ham asosiy omili bugungi kunda raqamli texnologiyalar bo'lib qoldi

Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalar ta'limning barcha sohalarini rivojlantirishga yordam beradigan vosita bo'lib xizmat qiladi. Bu borada tarix fanining ajralmas bir qismi bo'lgan arxeolgiya sohasi ham chetda qolmaydi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda kam, ammo, samarali mehnat qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish lozim. Bu jarayon esa o'z navbatida yangidan yangi arxeologik manzilgohlar ochilishi va ochiq osmon ostidagi muzeylar soni ortishining istiqbollarini yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi. 2020

2. N.A.EGAMBERDIEVA ARXEOLOGIYA T.:2011, B6

3. Zulxumar Raxmonberganova Kuchkarova UZLUKSIZ TA'LIMDA ARXEOLOGIYA FANIDAGI INNOVATSIYALAR // Academic research in educational sciences. 2021. №CSPI conference 1. URL: https://cyberleninka.m/article/n/uzluksiz-ta-limda-arxeologiya-fanidagi-innovatsiyalar

4. 792-сон 21.09.2019. Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to'g'risida https://lex.uz/uz/docs/-4524476

5. Alimova, D.A. Tarix fani metodologiyasi T.:2018 B.233

6. ARXEOLOGIYA SOHASIDA 3D (UCH O'LCHAMLI) MODELLASHTIRISHNING AHAMIYATI https://www.researchgate.net/publication/377381868 ARXEOLOGIYA SOHASID A 3D UCH O'LCHAMLI MODELLASHTIRISHNING AHAMIYATI

7. Mirislomov Mirdavlat GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMI VA GEOGRAFIK TADQIQOTLARDA SUN'IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN EKSPERT TIZIMLARINING O'RNI VA AHAMIYATI // Raqamli iqtisodiyot (U,H$poBa^KOHOMHKa).2024.N°6.URL: https: //cyberleninka. ru/article/n/geo grafik-axborot-tizimi-va-geografik-tadqiqotlarda-sun-iy-intellektga-asoslangan-ekspert-tizimlarining-o-rni-va-ahamiyati.

8. .https://www.researchgate.net/publication/377381868 ARXEOLOGIYA S OHASIDA 3D UCH O'LCHAMLI MODELLASHTIRISHNING AHAMIYATI

9. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti I.A. FILIPOVA Sun'iy intellektni huquqiy tartibga solish MA'RUZA KURSI Samarqand 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.