Amangeldiyeva U.J.
UzMU tayanch doktoranti Joldasbaeva J.S.
QDU stajyor o'qituvchi Sultanmuratova Z.A.
QDU stajyor o 'qituvchisi
GEOTIZIMLARNI MONITORING QILISHDA GEOINFORMATSION
TEXNOLOGIYALAR
Annotatsiya. Geotizmlarni monitoring qilish deganda geografik joylashuvlarni kuzatish va qayd etish tushuniladi. Bu odatda GPS yoki boshqa geolokatsiya texnologiyalari orqali amalga oshiriladi. Ushbu maqolada Geotizimlarni monitoring qilishda geoinformatsion texnologiyalar haqida ma 'lumotlar ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Shuningdek maqola mavzuni yoritib berishda ArcGIS dasturidan ham foydalanildi.
Kalit so'zlar: geotizim, geoinformatsion texnologiyalar, gat, gps, sochova, lanshaft, arcmap, sun 'iy yo 'ldosh ma 'lumotlari.
Amangeldiyeva U.J. basic doctoral student UzMU Zoldasbaeva J.S. trainee teacher QSU
Sultanmuratova Z.A. intern teacher QSU
GEOINFORMATION TECHNOLOGIES IN MONITORING
GEOSYSTEMS
Abstract. Monitoring of geotisms means observation and recording of geographical locations. This is usually done through GPS or other geolocation technologies. In this article, information about geoinformation technologies in the monitoring of geosystems is scientifically researched. ArcGIS software was also used to explain the topic of the article.
Key words: geosystem, geoinformation technologies, gat, gps, map, landscape, arcmap, satellite data.
Kirish: Geoinformatsion tizimlar: Tarixiy tadqiqotlarda geoinformatsion tizimlar
Hozirgi vaqtda yangi informatsion texnologiyalar talablari asosida axborotlarni elektron xaritalarda aks ettirish zaruriyati bilan bog'liq boshqaruv tizimlari yaratilgan va faoliyat ko'rsatmoqda. Bular: Geoinformatsion tizimlar
• Boshqaruv tizimlari
• Loyihalash tizimlari
Ijtimoiy-texnik masalalarni hal etishda katta hajmdagi topografik, gidrografik, infrastrukturaviy ob'ektlarni joylashtirish axborotlaridan foydalaniladi. U yoki bu holatni kompyuter ekranida ifodalash turli grafik obrazlarni aks ettirishni anglatadi.
Geoinformatsion texnologiyalar elektron xaritalar tizimi va turli tabiatdagi ma'lumotlarni qayta ishlovchi muhitlar ko'rinishida ifodalanuvchi berilganlarni amalda qo'llashga qaratilgan. Geoinformatsion tizimlarning asosiy sinfini geometrik axborotni saqlovchi va fazoviy aspektni aks ettiruvchi koordinatali berilganlar tashkil etadi. Koordinatali berilganlarning asosiy turlari quyidagilardir: nuqta(tugunlar, uchlar), chuziq (ochiq), kontur(yopiq chiziq), poligon (soha). Amalda real ob'ektlarni qurish uchun katta miqdordagi berilganlardan foydalaniladi. Bular: osiluvchan nuqta, psevdotugun, normal tugun, qoplama, qatlam va boshqalar. Ushbu keltirilgan berilganlar tiplari o'zaro turli-tuman bog'lamlarga ega bo'ladi. Ularni uch guruxga bo'lish mumkin:
Sodda elementlardan iborat murakkab ob'ektlar qurishga mo'ljallangan bog'lamlar;
• Ob'ektlarning koordinatlari bo'yicha hisoblanadigan bog'lamlar;
• Berilganlarni kiritish jarayonida aniqlanuvchi bog'lamlar.
GAT texnologiyalaridan foydalanishda berilganlarni visual taqdim etish asosini vektorli va rastorli modellar tashkil etadi.Vektorli modellar geometrik axborotni vektorlar yordamida ifodalashga asoslanadi. Rastrli modellarda ob'ekt (hudud) davriy to'rni tashkil etuvchi fazoviy yacheykalarga akslanadi. Rastrli modelning har bir yacheykasiga xajmi bo'yicha bir xil, ammo xarakteristikalari bo'yicha (rang, zichlik) turlicha bo'lgan sath qismlari to'g'ri keladi.Ushbu protsedura pilsellashtirish deb ataladi.Rastrli modellar regulyar, noregulyar va rekursiv yoki ierarxik mozaikalarga bo'linadi.Tekis reguluar mozaikalar uch tipda bo'ladi: kvadrat, uchburchak va oltiburchak. Kvadratli shakl katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlashda, uchburchaklisi sferik sirtlar yaratishda qulay hisoblanadi. Noregulyar mozaikalar sifatida noto'g'ri shakldagi uchburchakli to'rlar va Tissen poligonlari ishlatiladi. Ular berilgan nuqtalar guruxlari bo'yicha berilgan hudud qismlarining raqamli modellarini qurishda foydalaniladi. Shunday qilib, vektorli modellar ob'ektning joylashgan o'rni to'g'risidagi, rastrli model esa ob'ektning u yoki bu nuqtasida joylashgan narsa to'g'risida ma'lumotni saqlaydi.Rastrli modellar asosan aerokosmik suratlarni qayta ishlashda foydalaniladi.
Raqamli xarita qatlamlar majmuasi ko'rinishida tashkil etilishi mumkin. GAT qatlamlari umumiy funksional xususiyatlarga ega bo'lgan fazoviy
ob'ektlarning birlashuvi asosida raqamli kartografik modellar to'plamidan iborat. Qatlamlar majmuasi GAT grafik qismining asosini tashkil etadi.
Asosiy qism: Geoinformatsion tizimlarni (GAT) qo'llash - ilm-fanda yangi, ammo tobora ommalashib borayotgan yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda GAT dan geografiya, geologiya, xaritashunoslik, iqtisodiyot sohalari bilan birgalikda tarix, demografiya, arxeologiya va arxeografiyada ham qo'llanilmoqda. Aynan ushbu maqolada ham geoinformatsion tizimlardan foydalanib geotizimlarni tadqiq qilish haqida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Quyida esa geoinformatsion tizimlardan foydalangan holda Quyi amudaryo tabiiy geografik okrugini lanshaft kartasi ishlangan va uni qanday ishlar va geotizimlarni tadqiq qilish haqida rasmlar ishlangan.
Georeferencing " raster.tif ^ f ^ [H] O ' [ | -
Table Of Contents V *
1-Rasm. Geobog'lash(georeferencing)
2-Rasm. Maydonli vektor fayl yaratish
1-Rasm. Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi lanshaft kartasi. Uning
tasnifi 1-jadvalda ko'rsatilgan
LANDSHAFT TASNIFI
1-Jadval
Tasnifiy birliklar Belgilar Landshaftlar Landshaft xillarining raqamlari
Sinflar Morfotektonik Ko'rsatkichlar Tekislik landshaftlari Tog' landshaftlari 1-63 (2 va 21 dan tashqari) 2, 21, 64-79 (69 dan tashqari)
Turlar Bioiqlimiy ko'rsatkichlar Cho'l landshaftlari Cho'l-dasht va quruq dasht landshaftlari Dasht, o'tloqi-dasht landshaftlari Dasht, o'tloqi-dasht va glyatsial-nival landshaftlar 1-7, 10-21, 41, 44-45, 48-52, 54, 57, 63-67, 70-77 22-26, 33, 42, 43, 47, 53, 56, 62, 68, 78 8, 9, 27-32, 34-40, 46, 55, 58-61, 69
Toifalar Relyef turlari va yer yuzasini qoplagan tog' jinslarining tarkibi Masalan: Ohaktoshli platolarning cho'l landshaftlari(Ustyurt) Past tog'larning cho'l landshaftlari(Bo'kantoy, Quljuqtog', Tomditog' va boshqalar 1, 3, 4, 6-8 2, 21
Xillar Morfologik Masalan: 25
tuzilishi va Taqirsimon tuproqlardagi
genesis, tabiiy aralash saksovullar 74
o'simlik To'q tusli bo'z va
qoplami va jigarrang tuproqlardagi
tuproqlari efemeriod bug'oyiqlar
Ma'lumki, tarixiy hodisa va jarayonlar biror makon va zamonda ro'y beradi. Barcha tarixiy ob'ektlar u yoki bu sarhadda mavjud bo'ladi. Ushbu sarhadning xaritada belgilanishi tarixiy hodisa to'g'risida yanada to'liqroq tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Demak, xarita bilan ishlash tarixiy tadqiqotlarning zaruriy tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Ammo tarixiy xarita tuzish jarayoni ancha murakkab hisoblanib, geografik xaritani o'rganilayotgan davrga moslab korrektirlash, ushbu tarixiy sarhad to'grisidagi umumiy ma'lumotlar asosida barcha ob'ektlarni kiritish, xaritalarni bir-biriga qiyoslash kerak bo'ladi. Bu ancha vaqtni egallaydi. Shuning uchun xarita yaratish jarayonini kompyuterga yuklash maqsadga muvofiq boladi.
Muhokama: GAT asosini mavzular bo'yicha elektron xaritalar majmuasi tashkil etadi. Umuman olganda kompyuterli tarixiy xaritalar ikki turga bo'linadi: illyustrativ (mavjud berilganlarning visual to'plamlari) va tadqiqotchilik yoki tahliliy(turli tasvirlar to'plamiga aylantirilishi mumkin bo'lgan berilganlar fayllari to'plami). Aynan ana shu ikkinchi gurux xaritalari asosida tarixiy jarayonlarning to'laqonli makon-zamonli modellarini yaratish mumkin. Ushbu modellar odatdagi tadqiqotlarda namoyon bo'lmaydigan qonuniyat va bog'lanishlarni aniqlashga imkon beradi.Ammo illyustrativ xaritalar ham u yoki bu tadqiqot momentlarini ko'rgazmali taqdim etish uchun samarali xizmat qilishi mumkin. GAT dan asosan tarix ta'limining yo'nalishlari bo'lmish geografiya va tarixiy demografiyadafoydalaniladi. Shu bilan birgalikda er o'lchash, er mulklari hisobi, o'rmon xo'jaligini boshqarish va boshqa sojhalarda GATlardan keng foydalaniladi. Ta'lim sohasida GATlardan geografiya, tarixiy geografiya, ekologik tarix kabi fanlarni o'rganishda foydalaniladi. GAT geografik sarhad tasvirini ekologik, geografik, administrativ xarakterdagi sifatiy va miqdoriy axborotlar bilan bog'laydi. Bunday bog'lanishning kuchi visual va statistik axborotlar birlashuvidadir. O'z ichiga tuproq qatlamlari tuzilishi, o'simlik dunyosi, yoritilganlik darajasi, yo'llar, mulkiy munosabatlar va yer uchastkalarining umumiy bahosi kabi ma'lumotlarni oluvchi xaritalar yaratish mumkin. Xuddi shuningdek shahardagi barcha tarixiy binolarni mos xaritaga tushirish mumkin. G'arbda kompyuterli xaritashunoslik imkoniyatlariga o'tgan asrning 80-yillaridayoq ahamiyat berilib, tarix sohasida GISni qo'llash bo'yicha ilmiy ishlar paydo bo'ldi: Young Cr. Computer - Assisted Mapping of the Credit Fields of Nineteenth - Century Rural Tradesman in Scotland // History and Computing.- 1989.- Vol.1No.2. - P.105-111.; Southall H. & Oliver Ed. Drawing maps with a Computer:or Without? // History and Computing. - 1990. - Vol.2No.2
- P.146-154. 1994 yilda Florensiyada ushbu muammoga qaratilgan maxsus xalqaro seminar bo'lib o'tdi.Geoinformatika -2000 deb ataluvchi (Rossiyaning Tomsk shahri) xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada uchta yirik tadqiqot loyihasi e'lon qilindi:
Keyingi ikki loyihaning maqsadi Tomsk viloyati va Xakasiya respublikasidagi arxeologik yodgorliklarning taqsimoti xaritalarini yaratishdan iborat. Bundan ko'rinib turibdiki geoinformatsion tizimlar orqali nafaqat geotizimlarni tadqiq etishda balki boshqa juda ko'plab sohalarni ham o'rganishimiz mumkin deganidir.
Xulosa: Geotexnologiyalar monitoring jarayonida foydalanish uchun quyidagi xulosa va takliflar ko'rsatish mumkin:
1. Geoinformatsion texnologiyalardan foydalanish: Geografik ma'lumot sistemlari (GAT), texnologiyalar, GPS va boshqa geospatial dasturlar monitoring jarayonida ma'lumoti birlashtirish, tahlil qilish va vizualizatsiya qilishda yordam berishi mumkin.
2. Real-time monitoring: Geotexnologiyalar orqali ob'ektlarni (masalan, transport vositalari yoki havo sharoitlari) harakatlarini real vaqt ostida kuzatish, yo'qotish va analiz qilish imkoniyatiga ega bo'lish.
3. Yerdagi tarmoqlar bilan integratsiya: Monitoring platformalari geoinformatsion texnologiyalardan foydalanib, mahalliy tarmoqlar bilan integratsiya qilinishi lozim bo'ladi, shuningdek, mahalliy ma'lumotlar bazasi va sensor tarmoqlariga murojaat qilib, monitoring jarayonini o'stirishi mumkin.
4. Kiber-xavfsizlik: Geotexnologiyalar monitoring platformalari uchun muhimdir. Xavfsizlik protokollari va kiber-xavfsizlik uskunalari orqali ma'lumotlarni himoya qilish zarur.
5. Ma'lumotlar analizi: GAT texnologiyalari yordamida to'plangan geografik ma'lumotlarni tahlil etish va odatda ishlatiladigan statistik analiz usullaridan foydalanish imkonini beradi.
Bu tavsiyalarga amal qilib, geoinformatsion texnologiyalardan samarali foydalanib, monitoring jarayonini mustahkamlashtirishingiz mumkin. Bu esa ob'ektlarning harakati, resurslarni optimallashtirish va riskni kamaytirishda juda muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Young Cr. Computer - Assisted Mapping of the Credit Fields of Nineteenth -Century Rural Tradesman in Scotland // History and Computing. - 1989.-Vol.1No.2. - P.105-111.; Southall H. & Oliver Ed. Drawing maps with a Computer: or Without? // History and Computing. - 1990. - Vol.2No.2 - P.146-154.
2. Janubiy Sibirning temir asri davrini tadqiq qilish ilmiy dasturi - Flamandiya ilmiy tadqiqotlar Fondining loyihasi - A.V. Shitov, V. Van Xyule, Yu.P. Malkov;
3. Tomsk viloyati arxeologik geoinformatsion tizimini yaratish bo'yicha loyiha-A.I. Ryumkin, А.Т. Topchiy, L.A. Chindina, E.I. Chernyak, Ya.A. Yakovlev.
4. Xakasiya apxeologik yodgorliklari bo'yicha geoinformatsion tizim - V.P. Balaxchin, N.A.Bokovenko, I.A. Grachev, A.I. Ryumkin, V.V. Shandrovskiy.