Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784
educational, natural and social sciences 4(8), Sep., 2024
Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz
ARAB UYG'ONISH DAVRIDA RIFOAT AT-TAXTOVIYNING
TUTGAN O'RNI
Sherxanov Sultonmurod Davronboy o'g'li
Turan xalqaro universiteti o'qituvchisi sultonmurodsherxanov@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sharq dunyosining yirik mutafakkiri Rifoat at-Taxtoviyning arab uyg'onish davrida tutgan o'rni haqida so'z boradi. Rifoat at-Taxtoviyning siyosiy, diniy va falsafiy g'oyalari tahli qilinadi. Rifoat at-taxtoviy o'z zamonasida ro 'y berayotgan o 'zgarishlarni chuqur anglagan holda dolzarb muammolarni o 'rtaga qo 'ydi.
Kalit so'zlar: Rifoa at-Taxtoviy; Sharq faylasufi, "Rifoa sayohati"; "Parij ziyoratidan sof oltin olinishi"; Erkinlik; Adolat.
ABSTRACT
This article talks about the role of Rifaat al-Takhtawi, a great thinker of the Eastern world, in the Arab renaissance. Political, religious and philosophical ideas of Rifaat al-Takhtawi are analyzed. Rifaat al-Takhtavi, having a deep understanding of the changes taking place in his time, brought up the current problems.
Keywords: Rifoa al-Takhtavy; Oriental Philosopher, "Rifoa's Journey"; "Getting Pure Gold from the Pilgrimage to Paris"; Freedom; Justice.
АННОТАЦИЯ
В данной статье говорится о роли Рифаата ат-Тахтави, великого мыслителя восточного мира, в арабском возрождении. Анализируются политические, религиозно-философские идеи Рифаата ат-Тахтави. Рифаат ат-Тахтави, глубоко понимая перемены, происходящие в его время, поднял актуальные проблемы.
Ключевые слова: Рифоа ат-Тахтави; Восточный философ, «Путешествие Рифоа»; «Получение чистого золота из паломничества в Париж»; Свобода; Справедливость.
KIRISH
Misr ma'rifatparvarlik harakatining ilk vakillaridan bo'lmish Rifoa Badaviy Rafi at-Taxtoviy 1825-yilda xadiv Muhammad Ali davrida Fransiyaga boradi. Al-Ahzar madrasasida tahsil ko'rgan, to'la-to'kis diniy ma'lumotga ega bu shayx Parijda fransuz tilini o'rganadi, madaniyati bilan tanishadi, ayniqsa Volmer, Russo,
Research BIB / Index Copernicus
Montesk'e asarlari unda chuqur taassurot qoldiradi. 1830-yil iyul inqilobining guvohi bo'ladi va o'ziga tegishli xulosalar chiqaradi.
Misrga qaytib kelgach, ilm-ma'rifat tarqatish sohasida keng ko'lam olgan harakatga qo'shiladi va uning taniqli namoyandalaridan biriga aylanadi.
Shu kezlari Misrda "al- Vaqoi al-Misriya" nomi bilan ilk bor arab tilida ro'znoma chop etila boshladi. Shayx unga muxarrirlik qila boshlaydi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
At-Taxtoviy va uning atrofidagi ilg'or ziyolilarning faoliyati ko'magida Yevropa tillaridan 2000 dan ziyod asarlar arab tiliga o'giriladi. Ular orasida fan-texnika, madaniyat, san'at, xarbiy ish, qurilish, ta'lim-tarbiya va boshqa ko'plab sohalarga bag'ishlangan asarlar, o'quv qo'llanmalari, qomuslar tarjima qilindi va nashr etildi. Bular hammasi kelajak arab ziyolilarning shakllanishiga katta turtki bo'lgan. Fransiya sayohatidan olgan taasurotlarini "Rifoa sayohati"1 nomli asarida aks ettirib, Rifoa at-Taxtoviy o'zini ilg'or mulohazalarini to'la namoyon qildi. Bu asarning to'la nomi "Parij ziyoratidan sof oltin olinishi"dir ("Taxlis al-ibriz fi talxis Bariz"(1834)). Bunda muallif Fransiyani Misr uchun ibratli manba va o'rnak sifatida tan olib, u yerda o'rnatilgan tartiblar, urf-odatlar, ta'lim tizimi, qo'yilgan ilmiy ishlar darajasi va uslublari, jamiyatning siyosiy tashkil etish tarkibi haqida so'z yuritadi.
At-Taxtoviy musulmon dunyosini jahon ma'naviy madaniyati o'chog'i deb hisoblasada, lekin fransuz maorif tizimi afzalligini tan oladi va Yevropa ta'lim tizimini o'z mamlakatida qo'llanilishi, ayniqsa, o'quv yurtlarda ratsionalistik fanlar kiritilishi zarurligini isbotlaydi. Asarda Fransiyadagi mavjud siyosiy institutlar, liberal harakati va konstitutsion boshqarish haqida batafsil yoritiladi.
At-Taxtoviy fikricha, Lyudovik XVIII ning konstitutsion xartiyasi "adolatli"dir. "Unda yozilgan ko'p narsalarni siz Qur'onda ham, sunnada ham topolmaysiz, lekin ular tushungan narsa, ya'ni adolat va qonuniylik davlat ravnaqi va xalqlar farovonligining vositasidir... "Adolatlik - tamaddunning asosidir"ligini siz ham tushuna olasiz. Fransuzlar "erkinlik" so'zini biz "adolatlik" tushunchasining ma'nosini tushunganimizdek tushunishadi"2. Shu tariqa at-Taxtoviy "erkinlik" degan yangi tushunchani anglashga harakat qildi va siyosiy g'oya sifatida talqin etdi.
Keyinchalik 70-nchi-yillarda at-Taxtoviy "erkinlik" tushunchasini besh ko'rinishdagi inson mavjudligining muhim omili erkinlik insonning tabiiy xolati sifatida, o'zini tutish erkinligi, e'tiqod erkinligi, fuqaroviy va siyosiy erkinligi sifatida
1Bu asar haqida qarang: Н.Кахарова "Путешествие в Париж Рифаа ат-Тахтави". Душанбе 1968г.
2 Qarang: Левин З.И. Развитие основных течений обшественно-политической мысли в Сирии и Египте М.1972.
28 b.
Research BIB / Index Copernicus
tahlil qildi.3 At-Taxtoviy xartiyaning asosiy bandlariga batafsil o'z sharhini beradi. Birinchi bandining ("Hamma qonun oldida barobardir") sharhida undagi bor tamoyilni yuqori baholaydi: bu tamoyil adolatli jamiyat o'rnatish, tahqirlanganga yordam berish, past tabaqali insonga o'z intilishlarini qoniqtirish, qonun oldida u ham baland turganligini sezish uchun qaratilgandir. At-Taxtoviy insonlarning qonun oldida barobarligini tan oladi va bu, uningcha, sharq hukmdorlarining o'zini nazorat qilmasligiga chek qo'yadi. At-Taxtoviy Muhammad Aliga chin dildan xizmat qilsada, uning fikricha Oliy hukm xudodandir, qo'l ostidagilar so'zsiz o'z hukmdoriga itoat qilishi kerak, lekin hukmdor ham qonunga bo'ysinishi lozimdir.
Fransiyadagi iyul inqilobiga bag'ishlangan bobida at-Taxtoviy 1789-yilda sodir bo'lgan Ulug' fransuz inqilobi tarixi bilan tanishtiradi. Bu inqilob, at-Taxtoviy fikricha, ikki partiyalarning to'qnashuvi natijasidan kelib chiqqan. Ulardan biri, qirol-to'la hokimlikka ega hukmdordir, degan fikrda bo'lgan, boshqasi esa-qirol qonun ijrochisi bo'lishi shartdir, deb xisoblagan. Albatta, Muhammad Ali davrida Misrdagi adolat va qonuniylik masalasi ma'rifatli kishini qiziqtirishi tabiiy xoldir. "Fransuz qiroli hoxlaganini qiladigan mutlaq hukmdor emas. U qachongacha har xil assambleyalar a'zolari qabul etgan qonunlarga muvofiq ish tutsada qirolligicha qolishi mumkin... Parlament xalq huquqlarini himoya qiladi."19 Kitobda Fransiya siyosiy hayoti, parlament va saylov tizimi haqida batafsil bayon etiladi. "Xalq hukumat boshqaruvida faol qatnashishi zarurdir" degan tezis at-Taxtoviyning boshqa asarlarida ham o'z aksini topadi. Shunday qilib at-Taxtoviy arablardan birinchi bo'lib hukmdorlar qonunga bo'ysinishi kerakligini, ularning asosiy vazifasi xalq huquqlari ta'minlanganligini nazorat qilishdir, degan g'oyani ilgari suradi.
70-yillarda at-Taxtoviy o'z davri uchun yangi bo'lgan tezisni - qonunlarni hayot talablariga muvofiqlashtirish kerakligini ko'taradi. Bu shariatga ham taalluqligini ta'kidlaydi. Keyinchalik shariatni o'zgarayotgan sharoitlarga moslashtirish lozimligini islom islohchilari o'zlarining asosiy tezisiga aylantirishdi. Fransuz xartiyasini talqin qilish borasida muallif Arab Sharqida birinchi bor fransuz inqilobi tamoyillarini Qur'on va sunna bilan hamohangligini ko'rsatishga harakat qilgan. Bunday harakatlar 40-yillardagi arab musulmon jamiyati uchun yangi bo'lgan ijtimoiy-siyosiy g'oyalar an'anaviy shaklda qabul etilishi zarur bo'lgan, G'arbdagi yangi ijtimoiy - siyosiy fikrlar, tushunchalar o'z vatandoshlari uchun naqadar muhimligini tushunib, at-Taxtoviy ularni hadislar, oyatlar, islomiy atamalar orqali musulmonlar tasavvuriga singdirishga harakat qilgan. At-Taxtoviy shunday xulosaga keladiki, Fransuz tafakkuridagi va arab an'anasidagi erkinlik, tenglik, adolatlik, birodarlik tushunchalari bir ma'noga egadir. U tabiiy huquqlar va shariat asoslari o'rtasida deyarli farq yo'q,
3 18 Qarang: Levin Z.I. O'sha asar. 27 b.
Research BIB / Index Copernicus
Yevropa ijtimoiy tizimining shakllari musulmonlarga azaldan tanish va yaqin, islomga zid emasdir, deb ta'kidlaydi.
O'z asarida at-Taxtoviy qaynab turgan Parij hayotini ta'riflab, uning teatrlari, kechki sayillari haqida o'z taasurotlarini yozadi. Ayniqsa fransuz teatrlari uni hayratda qoldirardi. "U yerda hayotda sodir bo'lishi mumkin - yaxshi va yomon, quvnoq va g'amgin narsalarni aks ettirishadi. Odamlar ko'rishadi, eshitishadi, kulgi va ko'z yoshlari bilan bu tomosha orqali saboq olishadi. Fransuzlar iborasiga ko'ra, teatr odob-ahloqni tanqid qiladi va tuzatadi; namoyish tugashi bilan pastga tushadigan pardada to'g'ridan-to'g'ri "Teatr - odob maktabidir" deb yozilgandi."4
Umuman at-Taxtoviy Fransiyadagi madaniyat, fransuzlarning odob-axloqi, ularning hamma narsani mukammallashtirishga intilgan hususiyatlari haqida to'lib -toshib, havas bilan aks ettirishga harakat qiladi. Fransuzlarning turmush tarzini tasvirlar ekan, "Fransuzlarning ovqatlanish tartibi"5 qismida ularning ertalabki nonushtasi, kunduzi ovqatlanishi, tushligi haqida, stolda vilka, pichoq, qoshiqning turish tartibi, vino, choy ichish tartibi to'g'risida batafsil tushuncha beradi. "Parij istirohat bog'lari"6 qismida shahar istirohat bog'lari, parklari go'zalligi, u yerda fransuzlar yakshanba yoki boshqa kunlari kechqurun qanday dam olishlari, sayil qilishlari haqida so'z yuritiladi. Parijda yashagan davrda at-Taxtoviy ko'p falsafiy, ijtimoiy-siyosiy asarlar bilan qiziqqan. Falsafa sohasida u fransuz faylasufi, psixologi KondiFyak (1715-1783) asarlari bilan yaqindan tanishgan, ayniqsa uning uch tomdan iborat bo'lgan "Sezgilar haqida risola"si uning diqqat-e'tiborini jalb qilgan. At-Taxtoviy fikricha, KondiFyak Aristoter logikasini qayta ishlab chiqqan. XVIII asr fransuz faylasuflar orasida u Volter nomini hurmat bilan tilga oladi va uning ko'pgina asarlarini o'qigan. Fransuz belletrist va tarixchi faylasufi Monteske (1689- 1755) asarlarini katta qiziqish bilan o'qigan, ayniqsa uning "Forsiy maktublar", "Qonunlar ruhi" ta'sir etgan. Monteskeni at-Taxtoviy fransuz Ibn Xalduni, yoki Ibn Xaldunni musulmon Monteskesi, deb ataydi. J.J.Russoning "Ijtimoiy bitim" asariga yuqori baho beradi.
Umuman olganda at-Taxtoviy o'z vatandoshlarini Yevropadagi bilimlarni o'zlashtirishga da'vat etadi, uning fikricha, Yevropa fani Qur'on va islomga zidmasdir. Rifoa at-Taxtoviy she'rlar ham yozgan, ularda fransuz she'riyatining ta'siri seziladi. At-Taxtoviy mashhur fransuz gimni "Marselyeza"ni arabcha tarjimasini qilgan Rifoa at-Taxtoviy Misrda birinchi ayollar maktabini ochdi va u "Qizlar va o'g'illar uchun qo'llanma" (1872) darsligini yozdi. Bu kitobda yoshlarni vatanparvarlik ruhida
4 Qarang: Крымский А.Е. История новой арабской литературы. XIX -нач ХХвв М. 1971. 166b.
5Qarang: Jamal Ad-Din Ash-Shayal. Rifaa Rafii at-Taxtaviy Navabig'u al-fikri al-arabiy. N24 Qohira: - 72-bet.
6 Qarang o'sha asar. - 75-bet.
Research BIB / Index Copernicus
tarbiyalashga katta ahamiyat bergan. Ijtimoiy manfaatlami inson o'z shaxsiy manfaatlaridan ustun qo'yishi kerakligini ta'kidlagan. At-Taxtoviy Ali Muborak bilan birga o'quv dasturiga shahsni tarbiyalash zarurligi masalasini kiritishga harakat qilgan.
At-Taxtoviy zamondoshlari uning to'g'risida ko'p iliq so'zlar yozishgan, xush muomala, xush fe'l, ajoyib inson deb ta'riflashgan. Masalan, Solih Magdiy u haqda bunday yozgan: "Rifoa bag'ri keng, ochiq qo'l, Benazir notiq, odobli, kamtar va saxiy inson bo'lgan. U kam uxlar, ko'p ijod bilan shug'ullanar va tarjimalar qilardi..."7. At-Taxtoviy arab madaniyati, uning tafakkuri rivojiga katta hissa qo'shgani uchun uni arab adabiyotida haqli ravishda" Misr madaniy tiklanishining yetakchisi"8, deb atashadi.
Rifoa at-Taxtoviy xalq ommasi orasida ma'rifat va madaniyat tarqatish, arab matbuoti va kitob nashr etishni tashkil qilish, arablarni boshqa xalqlar, hususan, fransuz xalqining fan-texnikasi, adabiyoti, ijtimoiy-falsafiy tafakkuri bilan tanishtirish ishlari va ijodi bilan Misr ijtimoiy tafakkurining rivojlanishi va mahalliy ziyolilarining shakllanishiga jiddiy ta'sir ko'rsatgan yirik ma'rifatparvarlardan biri .
REFERENCES
1. Хорижий Шарк халкларининг илгор ижтимоий фалсафий фикрлари тарихи очерки. - Тошкент: Фан ,1971.
2. Фалсафа. Ахмедова М. тахрири остида. - Тошкент: Шарк, 2006.
3. Наджип Э. Международные мусульманские организации. - М., 1968.
4. Ислам и современность. - Тошкент, 2010.
5. Философия и религия на Зарубежном Востоке. ХХ век. - М.,1985.
6. Ислам в истории народов Востока. - М., 1978.
7. Sayyid Jamal ad-Din "al-Afghani" A Political Biography by NIKKI R. KEDDIE.
8. Hayreddin Karaman, "Cemaleddin Efgani", DiA, Ankara 1993, VII, 462.
9. Aziz Al-Azmeh, islamlar ve Moderniteler (Qev.:Elfin Gen), istanbul 2014, 162.
10. Hulya Ku?uk Sevil, ittihat Terakki Doneminde islamcilik Hareketi 1908-1914 (Ankara Universitesi Sosyal Bilimler Enstitusu Basilmami§ Doktora Tezi ), Ankara 2005, 59.
7 Qarang: Jamal Ad-Din Ash-Shayal. Rifaa Rafii at-Taxtaviy Navabig'u al-fikri al-arabiy. N24 Qohira: - 1-bet.
8 Rifaa at-Taxtaviy jisr al-xadara al-jadida, Bayrut. 1975.
XULOSA