Научная статья на тему 'ARAB TILIDAGI GAZETALAR SARLAVHALARI TAHLILI'

ARAB TILIDAGI GAZETALAR SARLAVHALARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
114
12
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sarlavha / gazeta sarlavhasi / arabcha gazeta / leksik tarkib / sarlavha uslubiyati / ifoda uslubi / sarlavhas izohi. / headline / newspaper headline / Arabic newspaper / lexical content / headline style / expression style / headline explanation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Murtazoyev, V.X.

Ushbu maqolada arab tilidagi gazetalar sarlavhalarining ifodalanishi, leksik, uslubiy tahlili xususida so‘z boradi. Unda arabcha sarlavhalaning o‘ziga xos xususiyatlari, ifodalanish uslubi leksik tarkibi tahlil qilinadi. Turli arab davlatlaridagi gazetalarning turli omillar natijasida yuzaga kelgan uslubiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, turli tillardagi sarlavhalarning o‘xshash va farqli jihatlari xususida to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотр
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AN ANALYSIS OF ARABIC LANGUAGE NEWSPAPER HEADLINES

This article deals with the presentation, lexical, and methodological analysis of Arabic language newspaper titles. It analyzes the specific features of Arabic titles, the style of expression and the lexical composition. Information is given about the methodology of newspapers in different Arab countries, which was caused by various factors. Similarities and differences of titles in different languages are also discussed.

Текст научной работы на тему «ARAB TILIDAGI GAZETALAR SARLAVHALARI TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ARAB TILIDAGI GAZETALAR SARLAVHALARI TAHLILI

V.X Murtazoyev

SamDCHTI 2-bosqich magistranti murtazoyevv@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada arab tilidagi gazetalar sarlavhalarining ifodalanishi, leksik, uslubiy tahlili xususida so'z boradi. Unda arabcha sarlavhalaning o'ziga xos xususiyatlari, ifodalanish uslubi leksik tarkibi tahlil qilinadi. Turli arab davlatlaridagi gazetalarning turli omillar natijasida yuzaga kelgan uslubiyati to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, turli tillardagi sarlavhalarning o 'xshash va farqli jihatlari xususida to 'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: sarlavha, gazeta sarlavhasi, arabcha gazeta, leksik tarkib, sarlavha uslubiyati, ifoda uslubi, sarlavhas izohi.

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена представлению, лексическому и методологическому анализу арабоязычных газетных заголовков. Анализируются особенности арабских титулов, стиль выражения и лексический состав. Дана информация о методологии газет в разных арабских странах, которая была вызвана различными факторами. Также обсуждаются сходства и различия названий на разных языках.

Ключевые слова: заголовок, газетный заголовок, арабская газета, лексическое содержание, стиль заголовка, стиль выражения, объяснение заголовка.

ABSTRACT

This article deals with the presentation, lexical, and methodological analysis of Arabic language newspaper titles. It analyzes the specific features of Arabic titles, the style of expression and the lexical composition. Information is given about the methodology of newspapers in different Arab countries, which was caused by various factors. Similarities and differences of titles in different languages are also discussed.

Key words: headline, newspaper headline, Arabic newspaper, lexical content, headline style, expression style, headline explanation.

KIRISH

Gazetachilik sohasida, umuman, ommaviy axborot vositalari matnini tayyorlashda sarlavhalar muhim ahamiyat kasb etadigan qism hisoblanadi. Zero sarlavha berilayotgan material xususida dastlabki ma'lumot olinadigan manbadir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Umuman, sarlavha degani o'zi nima va undan ko'zlangan asosiy maqsadlar nimalardan iborat? Ushbu maqolada ushbu masalalar xususida olib borilgan izlanishlar natijalari bilan yaqindan tanishamiz. Bunda asosiy manba sifatida arab davlatlarida chop etiladigan gazeta sarlavhalari asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Gazeta matnlari sarlavhalariga turlicha ta'riflar beriladi. Ular orasida quyidagi ta'rif eng keng tarqalganidir: "Sarlavha gazeta maqolasining yuqori qismida beriladigan va quyida keltirilgan matn xususiyatiga ishora qilinuvchi matndir. Sarlavha odatda maqola shriftidan katta shriftda va quyuq rangda beriladi".1 Turli tillarda chop etiluvchi gazetalarda sarlavhalar o'ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir tilda beriladigan gazetalardagi sarlavhalarning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. O'zbek tilidagi axborotlar, odatda, qisqa va tushunarli shalda beriladi. Arab beriladigan o'zbek tilidagi gazetalardan farqli o'laroq arab dunyosidagi gazetalarda sarlavhalar, birmuncha kengroq shaklda beriladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shuningdek, arab tilidagi gazetalar sarlavhalari boshqa tillardagidan farqli ravishda sarlavha osti izohi asosiy sarlavhadan yuqorida beriladi.

IJSHJ (jjA^bjj Ái^ 17 qa JaV jJl ^^jjxlj AJ ^^

17 yoshgacha bo'Iganlar terma jamoasi va xalqaro miqyosda tanilgan sportchilar mammnun bo'Idilar (izoh)

Chempionlarga Prezident ehtiromi (asosiy sarlavha).

Ushbu sarlavhadan ma'lumki sarlavha izohi undan oldin ifodalanishi ham mumkin ekan.

Shuningdek, gazeta sarlavhasi quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi ham mumkin: o'quvchini jahlini chiqarishi yoki uyg'otishi (qiziqish uyg'otishi), yo turli xil hazillar bilan ularni ko'nglini ochishi mumkin.3 Sarlavha muayyan asaring, asar qismlanmng, boblarming nomi hisoblanadi. Shunday ekan, sarlavha va matn ham bir-biriga mos, ixcham, tushunarli bo'lishi zarur.

ta vj^I (Urush hozir boshlanadi)

Sarlavhalar o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan hodisa o'laroq yozma nutq taraqqiyoti jarayonini kuzatish borasida ham muhim manba bo'lib xizmat qilib

1 Чтение и анализ ra3eTHbixTeKCTOB=Newspaper Critical Reading: учебное -методическое пособие для студентов фак. Междунар. Отношений БГУ/сост.: И.Р. Мархасёв, В. А. Зайцева—Минск: БГУ, 2010.—19 с.

2 "Axbaarul-yavm"(Jazoir) gazetasi15.09.2022dagi sonidan

3 Colin Macfarlane. Hit the HeadfinesF.xcitmg journalism activities forimproving writing and thinking skills. 2012. P. 145.

4"Al-axbaar"(Livan) gazetasi 22.09.2022dag sonidan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

kelganligi ma'lum. Arabcha gazetalardagi sarlavhalar emotsionallikni ham o'zida namoyon qilish xususiyatiga ham ega hiosoblanadi. Lug'at tarkibi ham o'ziga xos bo'lib, odatda til imkoniyatlaridan foydalangan holda turli strukturalardan foydalaniladi. Arab tilining keng leksik imkoniyatlari yaqqol namoyon bo'ladi. B iroq so'nggi yillarda dunyo ilm-fanidagi o'zgarishlar va rivojlamish natijasida vujudga kelgan neologizmlar arab tilini ham chetlab o'tmadi va arab tili so'nggi yillarda shu kabi neologizmlar bilan ancha boyigan. Sarlavhalarning lug'at tarkibi odatda eng ko'p qo'llaniladigan so'zlardan tashkil topsa-da, ba'zan o'quvchining diqqatini tortish maqsadida noodatiy so'zlar ham qo'llaniladi. Odatda sarlavha tushunarli va ixcham ifodalar bilan berilgan bo'ladi va bu o'quvchining zerikishdan saqlab qoladi. Gazeta maqolasi sarlavhasi odatda, so'z birikmasi, qisqa sodda gap va, kam hollarda, murakkab jumladan tashkil topadi. Arabcha sarlavhalar xususida bunday deyish birmuncha mushkul. Zero arab gazetalarida to'liq jumla shaklidagi sarlavhalar ko'pchilikni tashkil qiladi. Masalan,

Sho'ro kengashi a'zosi: Qirollik har tomonlama rivojlanishga erishdi va yuqori xalqaro mavqega ko 'tarildi. Ushbu sarlavhadan ko'rishimiz mumkinki, ifoda to'liq jumla shaklida ifodalangan. Shu kabi ko'rinishda ifodalangan sarlavhalar arab tilidagi gazetalarda ko'pchilikni tashkil qiladi.

Ya'ni berilayotgan ifoda orqali mavzu to'g'risida dastlabki tasavvur vujudga keladi. Sarlavhadan yana bir muhim maqsadda foydalaniladiki, bu muallifdan katta mahorat talab etadi. O'quvchi sarlavhani o'qishi bilanoq maqolani o'qish istagiga tushadigan bo'lsa muallif birlamchi maqsadiga erishgan hisoblanadi. Sarlavhaga izoh tanlash muallifdan o'ta hassos bo'lishni talab etadi. So'z tanlashda ehtiyotkor bo'lish ko'p bora ta'kidlangan bo'lib bu to'g'risida so'zmulkining sultoni hazrat Alisher Navoiyning quyidagi mashhur bayti orqali barcha yozma matn mualliflariga berilgan o'gitlarning eng sarasini ko'rishimiz mumkin:

Shu boisdan ham sarlavha tanlashda duch kelgan so'zni qo'llab ketaverish to'g'ri emas. Zero, dastlabki jumla doim o'quvchi diqqat markazida bo'ladi. Sarlavha o'quvchi uchun axborot matnlarini tanlashga, ularni bir-biridan farqlashga imkon beradi. Bu holat mualliflar zimmasiga alohida mas'uliyat yuklaydi. Shuning uchun bo'lajak qalam ahlidan gazeta sarlavhalari uslubiyati bilan yaqindan tanishish hamda ma'lum malakaga ega bo'lish talab etiladi. Sarlavha doimo biror bir hodisa yoki g'oyaning mohiyatini ochib berish vositasi hisoblanadi. Bu vosita ustida ishlash

5 "Al bilad"(Saudiya Arabistoni) gazetasi 27.09.2022dagi sonidan

So'zni ko'ngilda pishirmaguncha tilga keltirma Va har nekim, ko'ngilda bor tilga surma...

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

jumalist, yozuvchi, muharrir uchun alohida mas'uliyat yuklaydi. Gazetaning nomi aniq, ommabop. sodda, ravoa hamda ko'p sonli auditoriyaga tushunarli bo'lishida ixcham, e'tibomi torta olishidagi sarlavhalarning alohida o'rni bor. Sarlavha qisqa, ko'pincha atigi bir necha so'zdan iborat bo'lib, matn nomini ifodalaydi. Mana shu matn nomi aks etgan so'z yoki ifodadan biz matn mohiyatini ham anglab olishimiz mumkin. Chunki, sarlavha maqolaning yarimi deganidir.

Gazeta sarlavhasi o'ziga xos funksiyalarni bajaradi va bu vazifalar gazetaning taqdiriga ta'sir o'tkazish xususiyatiga ega. Sarlavhalar asosan uch vazifasi farqlanadi. Bular: maqolaga nom berish, maqolaning mazmunini anglatish hamda reklama qilish vazifalaridir. Shuningdek, ayrim o'rinlarda sarlavha tashviq qilish, ishontirish, izohlash, bayon qilish vazifalarini bajarishi ham mumkin. Gazeta sarlavhalari sodda va ravon bo'lish bilan bir qatorda axborotning mazmuni haqida ham tushuncha berishi lozim. Bu talab gazeta sarlavhalarining xilma-xil tuzilishdagi turlarini, to'liqsiz va atov gap ko'rinishlarini yuzaga keltirib chiqargan ayrim tuzilmalarning ishlatilishini faollashtirgan. Masalan:

(YUNESKO: Saudiya Arabistoni Qirolligi ta 'lim texnologiyasida yetakchi)))

(Birlashgan Qirollik bilan aloqalarni rivojlantirish) (so'z birikmasi)

berilgan sarlavhalardan anglashimiz mumkinki, maqola asosan, axborot berish shaklida ifodalangan.

Ayrim hollarda sarlavhaning ta'sirchanligini oshirish yoki uni tiniqlashtirish uchun sarlavha osti izohi bilan ifodalanadi. Bu orqali ham gazetxon mazmunni chuqurroq anglaydi. Natijada, materialni o'qishga yanada rag'bati ortadi. Sarlavhaning mazmun ifodalash jihatidan ahamiyati eng muhimlardan sanalgani bois, odatda, ko'pchilik mualliflarning maqola yozishdan ko'ra unga sarlavha tanlashda kattaroq qiyinchiliklarga duch kelishiga guvoh bo 'lishimiz mumkin. Arab tilidagi matbuot nashrlarida, odatda, leksik tarkib til imkoniyatlaridan imkon qadar to'liq foydalanishga e'tibor qaratiladi. Sinonimlar va antonimlardan keng foydalaniladi.

Gazeta sarlavhalari ifodasi, odatda, ikki xil tushuniladi:

1) Umumiy sarlavha (ya'ni gazeta nomi);

2) Gazetadagi maqola va materiallarga qo'yiladigan sarlavhalar.

Istalgan matbuot nashrining dastlabki sahifasida, odatda, boshqa sahifalardagiga nisbatan kamroq material beriladi. Shuningdek, eng asosiy deb hisoblangan materiallar o'rin oladi. Chunki ushbu sahifada gazeta nomi bilan bir

6 "Al bilad"(Saudiya Arabistoni) gazetasi 18.09.2022dagi sonidan

7 "Al bilad"(Saudiya Arabistoni) gazetasi 18.09.2022dagi sonidan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

qatorda uning nashr ko'rsatkichi, sanasi, qachondan boshlab nashr etilayotgani hamda nashr muassisi bo'lgan tashkilot nomi kabi ma'lumotlar o'rin oladi. Shu bilan birga, ma'rifatga, adolatga chaqiruvchi turli chaqiriqlar ham shu sahifada bo'ladi.

Gazeta sarlavhasining vazifalari xususida turli tadqiqot va ilmiy risolalarda turlicha fikrlar yangraydi. Bunda ayrim ixtiloflar ham mavjud. Ammo ko'pchilik olimlar sarlavhaning asosan uchta: atash (nominativ), xabar berish (informativ), ma'lum qilish (reklama) vazifasi mavjud, ular o'rtasida raqobat va o'zaro bogliqlik bor, deb hisoblashadi. Gazeta sahifalarini tahlil qilish orqali sarlavhalar quyidagi vazifalarni bajarishi mumkinligini ko'rishimiz mumkin:

1) atash;

2) farqlash;

3) xabar berish;

4) reklama qilish;

5) ishontirish;

6) ko'rsatma berish;

7) tashviq qilish;

8) murojaat qilish;

9) ixcham izoh va boshqalar.

(Masjid ul-Aqso jangi)

Ifoda shakliga ko'ra, sarlavhalar so'z, so'z birikma va gap shaklida berilishi mumkin. So'z sarlavhalar gazeta matnlarida deyarli uchramaydi. So'z birikma va gap shaklida ifodalangan sarlavhalar arabcha gazetalarning asosiy sarlavhalarini tashkil qiladi. Umuman olganda arabcha sarlavhalar, odatda, (gap) shuningdek, (so'z birikma) bo'lishi mumkin.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, gazeta sarlavhalari turli maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi eng muhim matnlardan biri hisoblanadi. Arab tilidagi gazetalarda ham barcha tillardagi singari sarlavhalarning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu borada ulkan manbaga ega bo'lgan arabcha gazetalarning o'ziga xos xususiyatlarini turli arab davlatlarida turli shakllarda ko'rishimiz mumkin.

REFERENCES

1. OAVda yozma matn. Nutq va munozara: o'quv qo'llanma/ S.Shomaksudova, M .Israit;- T.: "Iqtisod-Moliya", 2018. 180 b.

8 "Al-Axbaaf'(Livan) gazetasi 07.05.2023dagi sonidan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

2. Абдусаидов А. Газета сарлавхдси (Газета сарлавх,аларининг структур-грамматик ва лексик-стилистик хусусиятлари). - Самарканд: СамДУ, 1995. -120 б.

3. Оммавий ахборот воситалари тили: Укув кулланма/Г.Х Бакиева, Д.М Тешабаева; - Т.: "O'zkitobsavdonashriyot", 2019. - 172 bet.

4. Чтение и анализ гaзетныхтекстов=Newspaper Critical Reading: учебное -методическое пособие для студентов фак. Междунар. Отношений БГУ/сост.: И.Р. Мархасёв, В. А. Зайцева—Минск: БГУ, 2010.—19 с.

5. Colin Macfarlane. Hit the HeadfinesF.xcitmg journalism activities forimproving writing and thinking skills. 2012. P. 145.

6. "Al-axbaar"(Livan) gazetasi 22.09.2022dag soni

7. "Al-Axbaar"(Livan) gazetasi 07.05.2023dagi soni

8. "Al bilad"(Saudiya Arabistoni) gazetasi 18.09.2022dagi soni

9. "Al bilad"(Saudiya Arabistoni) gazetasi 27.09.2022dagi soni

10. "Axbaar ul-yavm"(Jazoir) gazetasi15.09.2022dagi soni

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.