Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
AQSHNING MARKAZIY OSIYOGA TASHQI SIYOSATI
d 10.24412/2181-1784-2021-11-20-25
Xudoyberganova Dilnoza Komiljon qizi
JIDU o'qituvchisi E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola AQSHning Markaziy Osiyoga bo 'lgan tashqi siyosatiga bag 'ishlangan. Tadqiqot ishida tashqi siyosatdagi ustuvor yo 'nalishlar xronologik, qiyosiy va istiqbolni baholash tahlil metodlari orqali o'rganilgan.Tahlil natijasida AQSHning kelgusida Markaziy Osiyo mamlakatlariga strategiyasi oltita muhim yo'nalishda olib borilishi aniqlangan. Suverenitet va mustaqillikni qo'llab-quvvatlash, Markaziy Osiyoda terrorchilik tahdidlarini kamaytirish, Markaziy Osiyo va Afg'oniston o'rtasidagi aloqani rag'batlantirish, qonun ustuvorligini isloh qilish, mintaqaga sarmoya kiritish kabi sohalar kengyoritilgan.
Kalit so'zlar. AQSH, Markaziy Osiyo, tashqi siyosat, mintaqa, xavfsizlik, hamkorlik
АННОТАЦИЯ
Эта статья посвящена внешней политике США в Центральной Азии. В исследовании рассматриваются приоритеты внешней политики с помощью хронологических, сравнительных и перспективных аналитических методов. Cтратегия США в Центральной Азии определяется по шести важным направлениям. Широко освещаются такие области, как поддержка суверенитета и независимости, снижение террористических угроз в Центральной Азии, развитие связей между Центральной Азией и Афганистаном, реформирование верховенства закона и инвестирование в регион.
Ключевые слова. США, Центральная Азия, внешняя политика, регион, безопасность, сотрудничество
ABSTRACT
This article focuses on US foreign policy in Central Asia. The research examines foreign policy priorities using chronological, comparative and forward-looking analytical methods. The US strategy in Central Asia is defined in six important directions. Areas such as supporting sovereignty and independence,
Scientific Journal Impact Factor
reducing terrorist threats in Central Asia, promoting ties between Central Asia and Afghanistan, reforming the rule of law, and investing in the region are widely covered.
Key words. USA, Central Asia, foreign policy, region, security, cooperation
Tarixan Markaziy Osiyo mintaqasi tabiiy resuslarga boyligi hamda qulay geosiyosiy joylashuvi bilan dunyoning yetakchi davlatlari diqqatini o'ziga jalb qilib kelgan. Ayniqsa Sobiq Ittifoq parchalangandan keyin mintaqada buyuk davlatlarning manfaatlar to'qnashuvi yanada kuchaydi. Markaziy Osiyoning strategik jihatdan ahamiyatini nafaqat iqtisodiy tarafdan, balki xavfsizlik nuqtai nazaridan ham tasniflash mumkin.
AQSHning Markaziy Osiyodagi mavjudligi ko'pchilik olimlar tomonidan mintaqaning «kashfiyoti» sifatida baholanadi [1]. Afg'onistondagi urush davrida AQShning ishtiroki keskin oshganiga qaramay, Qo'shma Shtatlar mintaqa uchun begona emas edi [2]. Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikka erishgach, rasmiy diplomatik munosabatlar o'rnatgan dastlabki davlatlardan biri AQSH hisoblanadi. Shuningdek, AQSHning ko'plab tijorat va notijorat kompaniyalari mintaqa mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni yo'lga qo'ya boshladi. Xavfsizlik va harbiy sohadagi aloqalar rivojlanishini 1994-yilda Markaziy Osiyo davlatlarining NATOning Tinchlik yo'lida hamkorlik dasturiga qo'shilishida ko'rish mumkin.
AQShning mintaqa davlatlari bilan ikki tomonlama harbiy hamkorligi 11/9 voqealaridan keyin jadal rivojlandi. Dastlabki o'n yillikdagi uzoq muddatli siyosiy va iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishdan manfaatdorlik saqlanib qolishiga qaramasdan, harbiy va xavfsizlik masalalari AQShning Markaziy Osiyodagi ishtirokida muhimroq omillarga aylandi. AQSH siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri mintaqada xavfsizlik va barqarorlik muhitini ta'minlashga qaratildi.
TAHLIL METODLARI VA USLUBLARI
Tadqiqot ishida xronologik, qiyosiy va istiqbolni baholash tahlil metodlaridan keng foydalanildi. Xronologik tahlil yordamida AQSHning Markaziy Osiyoga tashqi siyosatidagi ustuvor yo'nalishlar davrlarga ajratilgan holda o'rganildi. Qiyosiy tahlil usuli tadqiqot obyektining oldingi va bugungi kundagi holatini o'rganishda boshqa obyektlar bilan farqlari va o'xshashliklarini taqqoslash orqali yoritildi. Istiqbolni baholash metodi AQSHning mintaqaga davlatlari bilan kelgusidagi munosabatlarini baholash imkonini beradi.
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Mazkur maqola mavzusiga doir AQSHning Markaziy Osiyoda xavfsizlik manfaatlari, Donald Tramp Prezidentligi davrida AQSHning Markaziy Osiyoga siyosati, AQSH siyosiy va harbiy manfaatlari, AQSHning Markaziy Osiyoga geosiyosati va boshqa bir qator kabi yo'nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borilgan.
AQSHning Markaziy Osiyoga siyosati bo'yicha Eugene Rumer, Richard Sokolsky, Paul Stronski, Svante Cornell, Elizabet Wishnick, Lance Alred, Sean Michael Kelly, Madina Rubly Yuliya Shokh, Mariam Tsitsishvili, Richard Weitz, Olga Oliker, David Shlapak kabi mutaxassislar tadqiqotlar olib borishgan.1
O'zbekistonlik olimlar AQSHning Markaziy Osiyoga siyosatining evolyutsion jarayoni, AQSH Kongressi faoliyatining tashqi siyosiy tomonlari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashda Amerika-Eron munosabatlari, Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosati kabi yo'nalishlarda ilmiy izlanishlarini ta'kidlab o'tish joiz. Tadqiqotchilar orasida E.Aripov, B.Ochilov, G.Yuldasheva, M.Askarov, N.Kasimova, B.Xudoyberdiev, V.Paramanov va boshqalarni keltirish mumkin.2
MUHOKAMA VA NATIJALAR
«AQShning 2019-2025 yillarga mo'ljallangan Markaziy Osiyo bo'yicha strategiyasi: suverenitet va iqtisodiy farovonlikni oshirish» dasturi tashqi siyosat borasida quyidagi ustuvor yo'nalishlarini o'z ichiga qamrab olgan:
1. Markaziy Osiyo davlatlarining alohida va mintaqa sifatida suvereniteti va mustaqilligini qo 'llab-quvvatlash va mustahkamlash.
1 E.Rumer, R.Sokolsky, P.Stronski. U.S. Policy towards Central Asia 3.0. Carnegie Endowment for International Peace, January 2016; Svante E. Cornell. The United States and Central Asia: In the Steppes to Stay? Cambridge Review of International Affairs, Volume 17, Number 2, July 2004; Elizabeth Wishnick. Growing U.S Security interests in Central Asia. Strategic studies Institute, October 2002; Lance Alred, Sean Michael Kelly, Madina Rubly Yuliya Shokh, Mariam Tsitsishvili, Richard Weitz. US policy towards Central Asia under Trump. Revista UNISCI, шт. 45, octubre, 2017, pp. 41-66; Olga Oliker, David Shlapak. U.S. Interests in Central Asia Policy Priorities and Military Roles. RAND Project air force. Available at: www.rand.org
2 Арипов Э. Внешнеполитические аспекты деятельности Конгресса США в контексте глобального развития (на примере ЦА и Кавказа). Автореф.,Ташкент: 2001. 26 ст.; Очилов Б. Генезис и эволюция политики США в ЦА при администрациях Б.Клинтона и Дж.Буша. Ташкент:2017, 241ст; Юлдашева Г. Ирано-американские отношения на совремменом этапе и их воздействие на геополитическую ситуацию в ЦА. Автореф.,Ташкент: УМЭД, 2006. 47ст.; Аскаров М. Американо-иранские отнощения и проблемы региональной безопасности ЦА. Автореф.,Ташкент: УМЭД, 2005. 28 ст.; Касымова Н. США в региональных интеграционных процессах (политико-экономический аспект). Автореф.,Ташкент: 2002. 52 ст.; Худойбердиев Б. Влияние стратификационного уклада США на основные внешнеполитические приоритеты (на примере Центральной и Южной Азии). Автореф.,Ташкент: УМЭД, 2004. 25 ст.; Параманов В.Геостратегия США в ЦА. Автореф.,Ташкент 2004. 25 ст.
Scientific Journal Impact Factor
Ushbu yo'nalish Amerika Qo'shma Shtatlari mintaqa mamlakatlari bilan diplomatik faollikni oshirish, mahalliy hukumatlarning demokratik institutlarni mustahkamlash va iqtisodiy farovonligini oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Markaziy Osiyo bo'ylab yagona elektr tarmog'ini qo'llab-quvvatlash iste'molchilar uchun xarajatlarni kamaytirish, yetkazib beruvchilar uchun daromad olish, mintaqaviy energiya xavfsizligini yaxshilash va tashqi ishtirokchilarga bog'liqlikni kamaytirish uchun ortiqcha elektr energiyasi savdosini osonlashtirishga yordam berishni ham nazarda tutadi.
2. Markaziy Osiyoda terrorchilik tahdidlarini kamaytirish.
«Birga mashq qiling, birga kurashing» shiori ostida «Dasht burguti» mashqlari va Davlat hamkorlik dasturi kabi qo'shma harbiy tashabbuslar Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash va hamkorlikni mustahkamlashga yo'naltirilgan. Ikki tomonlama harbiy va fuqarolik sheriklik dasturlari orqali Qo'shma Shtatlar Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik qiladi. Bugungi kunga qadara Qo'shma Shtatlar Markaziy Osiyoda chegara xavfsizligini ta'minlashga 90 million dollardan ortiq sarmoya kiritib, 200 dan ortiq o'quv tadbirlarini o'tkazdi va 2600 dan ortiq chegara zobitlari ta'lim olgan [3].
3. Afg'onistonda barqarorlikni qo'llab-quvvatlashni kengaytirish va qo'llab-quvvatlash. 1992-2014 yillarda AQShning Markaziy Osiyo davlatlariga harbiy yordami jami 6,8 milliard dollardan sal kamroq bo'lib, 2010-yilda AQShning Afg'onistondagi harbiy harakatlarning kuchayishi va misli ko'rilmagan AQSh armiyasi davrida 649 million dollarga yetgan [4]. AQSH qo'shinlarining Afg'onistondan qaytarib olishishidan keyin bu ko'rsatkich 2014-yilda 148 mln dollarni tashkil qildi [5].
AQSH qo'shinlarining Afg'onistonni tark etishi ushbu mintaqaga kelgusida AQSHning strategik manfaatlari kamayganini bildirmaydi. AQSH Markaziy Osiyo mintaqasiga Xitoy va Rossiya kabi yaqin geografik ustunlikka ega bo'lishiga qaramasdan, tabiiy resurslarga boy mintaqada Rossiya va Xitoy ta'sir doirasini kamaytirish maqsadida so'nggi yillarda faol tashqi siyosat olib bormoqda. Qo'shma Shtatlar xavfsiz va barqaror Afg'oniston Markaziy Osiyo hukumatlari uchun ustuvor vazifa ekanini tan oladi hamda ularning har biri mojaroga barham beradigan tinchlik jarayonini qo'llab-quvvatlaydi.
4. Markaziy Osiyo va Afg'oniston o 'rtasidagi aloqani rag'batlantirish.
Amerika Qo'shma Shtatlari Markaziy Osiyo uchun Afg'oniston, Janubiy Osiyo,
Yevropa va Sharqiy Osiyo bilan bog'langan mintaqaviy energiya bozorini qurishdan manfaatdor. Bugungi kunga qadar Turkmanistondan Afg'oniston, Pokiston va
Scientific Journal Impact Factor
Hindistonga (TAPI) tabiiy gaz quvurini qurish rejasiga qaratildi. 2015-yil dekabr oyida to'rt davlat rahbarlari Turkmanistonda TAPI gaz quvurining poydevorini qo'yish marosimida ishtirok etishdi. Biroq, loyihaning maqsadga muvofiqligi savol ostida qolmoqda. Turkmaniston shartnoma majburiyatlarini bajarishda samarali hamkor bo'lmasligi ehtimoli mavjud. Qolaversa, quvurni moliyalashtirish masalasi hamda Afg'oniston va Pokistonda uzoq muddatli xavfsizlikka tahdidlar davom etmoqda.
Shuningdek, tabiiy resurslarni qazib olish va eksport qilishdan tashqari kengaytirilgan mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik AQShning iqtisodiy manfaatlariga ham xizmat qiladi. Qozog'istonning 2015-yilda Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishiga, Qozog'iston va Qirg'izistonning Qazib chiqarish sanoatining shaffofligi tashabbusi standartlariga muvofiqligiga asoslanib, Markaziy Osiyo davlatlarini xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilishda qo'llav quvvatlamoqda [6].
Markaziy Osiyo va Afg'oniston o'rtasidagi mustahkam savdo va infratuzilma aloqalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida CASA-1000 loyihasi Markaziy Osiyodan Afg'oniston va Pokistonga elektr energiyasi eksportini nazarda tutadi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo va Afg'onistonning Yevropa va Yevroosiyo bilan savdosini keskin oshirish uchun Lapis-Lazuli yo'lagini ochish maqsadida Markaziy Osiyoda viza va bojxona jarayonlarini soddalashtirish ustida ishlar olib borilmoqda.
5. Qonun ustuvorligini isloh qilish va inson huquqlarini hurmat qilishni rag 'batlantirish.
Mazkur yo'nalish saylovlar orqali inklyuziv siyosiy tizimlar, shaffof siyosat ishlab chiqish, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hurmatini ta'minlashga ko'maklashishdan iborat. AQSH Markaziy Osiyo mamlakatlariga inson huquqlarini himoya qilish, shuningdek, sarmoyaviy muhitni yaxshilash va yuqori malakali inson kapitalini saqlab qolish uchun muhim bo'lgan adliya sektori islohotlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda texnik ekspertiza taqdim etadi.
6. AQSHning Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish va rivojlanishiga ko 'maklashish.
AQSh Markaziy Osiyo bo'ylab mintaqadagi noyob madaniy yodgorliklar, an'analar va arxeologik yodgorliklarni kelajak avlodlar uchun himoya qilish va saqlashga qaratilgan 70 dan ortiq loyihalarni moliyalashtirgan [7]. Mazkur yo'nalishda biznes va ta'lim sohasiga investitsiya jalb qilishga alohida urg'u berilgan. XXI asr uchun zarur bo'lgan texnik ustunalar bilan ta'minlash muhim ahamiyatga ega ekanligi keltirilib o'tilgan.
Scientific Journal Impact Factor
XULOSA
AQSH Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikka erishganidan keyin ular bilan diplomatik aloqalar o'rnatgan ilk davlatlardan bir edi. AQSH dunyoning boshqa yetakchi davlatlari Rossiya va Xitoy kabi mintaqada o'z manfaatlarini ega, shu bilan birga ushbu davlatlarning mintaqada gegemon bo'lmasligiga harakat qiladi. 2001 -yil 11-sentabr voqealaridan keyin terrorizmga qarshi kurash va Afg'onistonda tinchlikni o'rnatishga qaratilgan harakatlar AQSH tashqi siyosatida ustovorlik qildi.
Afg'onistonda terrorizmni yo'q qilish va barqarorlikni ta'minlashda AQSH Markaziy Osiyo davlatlari bilan harbiy hamkorlik o'rnatishni qo'llab quvvatladi. Shuningdek, AQSHning 2019-2025-yillarga mo'ljallangan Markaziy Osiyo bo'yicha strategiyasida suvereniteti va mustaqilligini qo'llab-quvvatlash, terrorizm tahdidlarini kamaytirish, Afg'onistonda barqarorlikni ta'minlash, mintaqa davlatlariga sarmoya kiritish nazarda tutilgan. AQSH Markaziy Osiyoga tashqi siyosatida ikki tomonlama harkorlik bilan birga, C5+1 diplomatik platformasi doirasida faoliyat olib boradi.
REFERENCES
1. Maynes C.W. America Discovers Central Asia. Foreign Affairs, March/April 2003, pp. 120-32.
2. Starr, S.F. The United States, Afghanistan, and Central Asia. Nordic Institute of Asian Studies Newsletter, December, 2002. http://www.e-ariana.com/ariana/eariana.nsf/0/D1620AE6F66B008787 256C8A00698EF3?OpenDocument
3. United States Strategy for Central Asia 2019-2025: Advancing Sovereignty and Economic Prosperity - United States Department of State
4. United States Agency for International Development, "U.S. Overseas Loans and Grants: Obligations and Loan Authorizations, July 1, 1945-September 30,2013." https://explorer.usaid.gov/prepared/Total Economic and Military Assistance 1946-2013.xlsx.
5. USAID, "Foreign Aid Dashboard 2014" https://explorer.usaid.gov/aid-dashboard.html#2014.
6. Extractive Industries Transparency Initiative, "EITI Fact Sheet 2015" .https://eiti.org/files/document/EITI_Factsheet_EN.pdf.
7. United States Strategy for Central Asia 2019-2025: Advancing Sovereignty and Economic Prosperity - United States Department of State