Научная статья на тему '“AQLLI SHAHAR” TEXNOLOGIYALARI-INSON VA UNING MANFAATLARI YO'LIDA'

“AQLLI SHAHAR” TEXNOLOGIYALARI-INSON VA UNING MANFAATLARI YO'LIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aqlli shahar / aholi / transport vositalari / ekologiya / energiya resurslari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — To'Lqin Turgunovich Aliev

Hozir Yer aholisining katta yarmi — shaharliklar, BMT ma'lumotlariga ko'ra, jahon aholisining urbanizatsiyalashuv darajasi 2050 yilda 70 foizga yaqinlashadi. Megapolislardagi singari zamonaviy imkoniyatlardan mosuvo kam aholi yashovchi va olis hududlarni odamlar tark etish jarayoni tezlashib bormoqda. Chetdan aholining oqib kelishi shaharlarda muammolarni keltirib chiqaradi — transport tiqinlari, shahar xizmatlariga yuklanma, energiya resurslari iste'moli ortishi, ekologiyaning buzilishi. Shu kabi muammolarga barham berish uchun jahon hukumatlari axborot texnologiyalaridan najot qidirmoqda. Boshqacha ifodalaganda, dunyoda Smart City yoki «aqlli shahar» maqomiga da‟vogar shaharlar soni ko'payib bormoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“AQLLI SHAHAR” TEXNOLOGIYALARI-INSON VA UNING MANFAATLARI YO'LIDA»

„ , ,  . .  . Â. ..  . . Â. O'zbekiston - 2030 strategiyasi:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti . . ,. . , , , . . , . , -

inson salohiyatini ro yobga chiqarish imkoniyatlari

m ■■ .C..TJ- v «t • Uzbekistan - 2030 Strategy:

Tashkent State University of Economics

Opportunities to Realize Human Potential

"AQLLI ShAHAR" TEXNOLOGIYaLARI-INSON VA UNING MANFAATLARI

YO'LIDA

To'lqin Turgunovich Aliev

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Ijtimoiy fanar" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Hozir Yer aholisining katta yarmi — shaharliklar, BMT ma'lumotlariga ko'ra, jahon aholisining urbanizatsiyalashuv darajasi 2050 yilda 70 foizga yaqinlashadi. Megapolislardagi singari zamonaviy imkoniyatlardan mosuvo kam aholi yashovchi va olis hududlarni odamlar tark etish jarayoni tezlashib bormoqda.

Chetdan aholining oqib kelishi shaharlarda muammolarni keltirib chiqaradi — transport tiqinlari, shahar xizmatlariga yuklanma, energiya resurslari iste'moli ortishi, ekologiyaning buzilishi. Shu kabi muammolarga barham berish uchun jahon hukumatlari axborot texnologiyalaridan najot qidirmoqda. Boshqacha ifodalaganda, dunyoda Smart City yoki «aqlli shahar» maqomiga da'vogar shaharlar soni ko'payib bormoqda.

Kalit so'zlar: Aqlli shahar, aholi, transport vositalari, ekologiya, energiya resurslari.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O'zbekiston Respublikasida "Aqlli shahar" texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasi va 2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida "Aqlli shahar" texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasini amalga oshirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi [1]. Bugungi kunda O'zbekistonda «Aqlli shahar» innovatsion texnologiyalarini joriy etishning boshlang'ich bosqichi davom etmoqda. «Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etish bo'yicha Toshkent shahrida «Xavfsiz shahar», «Aqlli hisoblagichlar», «Aqlli transport», «Aqlli tibbiyot» yo'nalishlari bo'yicha dastlabki sinov loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirish yo'lga qo'yilmoqda. «Tashkent City» va «Delta City» loyihalari doirasida zamonaviy shaharsozlik infratuzilmasini joriy etish bo'yicha kompleks ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining rivojlanmaganligi, shaharlar infratuzilmasining sezilarli darajada jismonan va ma'nan eskirganligi «Aqlli shahar» texnologiyalarini samarali joriy etishga to'sqinlik qiluvchi asosiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Bularning hammasi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini ko'rish hamda shaharlar infratuzilmasini rekonstruksiya qilish uchun yirik investitsiya manbalarini izlashni talab etadi. «Aqlli shahar» texnologiyalarining joriy qilinishi yagona raqamli muhitni shakllantirish orqali shaharni boshqarish samaradorligini oshiradi, shu bilan birga shaharni bir butun holatda boshqarishga imkoniyat yaratadi. Jahon amaliyotida davlat-

104

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

xususiy sheriklikni yo'lga qo'yish, ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal etishga xususiy biznesni jalb etish orqali ushbu muammolarni hal qilish yo'llari ishlab chiqilgan.

"Aqlli shahar" texnologiyalarini joriy etish loyihalarini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

1. "Aqlli transport"-"Aqlli transport" yo'nalishida texnologik yechimlarni joriy qilish orqali quyidagilar ko'zda tutiladi:

-yo'l harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish va transportlar oqimi ko'rsatkichlarini monitoring qilish, shu jumladan real vaqt rejimida harakat shartlarini monitoring qilish;

-jamoat transportini boshqarishni dasturiy ta'minlash;

yo'l harakati qatnashchilariga avtomatlashtirilgan tizim orqali yo'ldagi sharoitlar va vaziyatlar, jamoat transportining harakat jadvallari to'g'risidagi ma'lumotlarni yetkazish;

-jamoat transportida xavfsizlik tizimlari;

-axborot uzatish texnologiyalarini, ya'ni ma'lumotlarni to'plash va saqlash joyiga uzatishni ta'minlaydigan 5G standartiga mos keluvchi aloqa vositalarini va bajaruvchi qurilmalarni, keng qamrovli Internet tarmog'i va boshqa elementlarni joriy etish;

-"Aqlli shahar" uchun Internet tarmog'ining shahar platformalarini joriy qilish; -transportlarni joylashtirish uchun bo'sh joylar va ularning uzoqligini aniqlovchi "Aqlli joylashtirish" texnologiyasi;

-avtomobil va yo'llardan foydalanish uchun elektron to'lov tizimlari; -yo'lovchilarni tashish holatini uzluksiz monitoring qilish; -geoaxborot texnologiyalari va navigatsiya.

2. "Aqlli ta'lim"-"Aqlli ta'lim" texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

-o'quvchilarni sinab ko'rish imkoniyati bilan sun'iy intellekt bazasida ta'lim berish tizimi;

-shaxsni intellektual aniqlash tizimi; -masofaviy ta'lim va elektron o'qitish;

-ta'limning barcha bosqichlarini qamrab olgan elektron jurnallar; -onlayn va oflayn uslublaridagi integratsiya tizimlari; -qulay va moslashuvchan ta'lim texnologiyasi; -adaptiv va mobil o'qitish texnologiyalari.

3. "Aqlli tibbiyot"-"Aqlli tibbiyot" texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

-mijozlar to'g'risidagi biotibbiy ma'lumotlarning yagona platformasi; -tibbiy kartalarining tarmoqli tizimini joriy qilish;

105

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

-tibbiy internet va mobil ilovalar asosida inson salomatligini masofadan monitoring qilish tizimi;

-virtual tibbiy ko'rikdan o'tkazish; -virtual shifoxona xizmati; -elektron retseptlar;

-telemetriya va simsiz aloqadan foydalangan holda tibbiy yordamni uyda olish; -ilmiy asoslangan tibbiyot (sun'iy intellekt va telekommunikatsiyalar sohasidagi texnik yangiliklar asosida yaratilgan qurilmalarni qo'llash orqali);

-davolash natijalaridan kelib chiqib ko'rsatilgan xizmat uchun to'lovni amalga oshirish (shifokorga tashrif buyurganlarning soniga emas, balki davolash natijasi bo'yicha to'lov amalga oshiriladi);

-tibbiy ma'lumotlar, kasallanishlar rejalari, kasallanish va tuzalish jarayonlarini tahlil qilish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish; -real vaqt jarayonida dori-darmon zaxiralarini kuzatish imkoniyatini beruvchi integratsiyalashgan (GPS va mobil platformalar bilan jihozlangan) tibbiy punktlar.

4. "Aqlli energetika"-"Aqlli energiya tizimi" texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

-ma'lumotlarni yig'ish va operativ dispetcherlik boshqarish tizimi; -avariya holatlarida o'chirishlarni boshqarish tizimi; -mijoz bilan o'zaro munosabatlarni boshqarish tizimi; -geoaxborot tizimi;

-kuchlanishni monitoring qilish uchun avtonom sezgichlar; -har xil turdagi qurilmalarning integratsiyasini hamda ma'lumotlarni oldindan tahlil qilish va yig'ishni ta'minlovchi internet qurilmalarining raqamli platformalari;

-yangi avlod gibrid batareyalari, yuqori o'tkazuvchan qurilmalar, litiy akkumulyatorlari ;

-"aqlli" o'lchov tizimlari, iste'molchilar faolligini tahlil qilish; -yangi tahliliy hisob-kitob va to'lov xizmatlari (tegishli moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish orqali);

-energiya resurslari iste'molini hisoblashning intellektual tizimlari.

5. "Aqlli suv ta'minoti va oqava suv"-"Aqlli suv ta'minoti va oqava suv" texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi: -geografik axborot tizimini joriy etish orqali yagona axborot tizimi;

-suv ta'minoti va oqava suv iste'molchilari va ko'rsatilgan xizmatlar hajmlarini hisobga olish tizimi;

-suv o'tkazgichlar va oqava suv tarmoqlari yo'nalish xaritalarining elektron shakllar tizimi;

106

17-aprel, 2024

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

-bosim regulyatorlari va elektron uzatkichlar o'rnatilgan tarmoqlarda suv ta'minoti va oqava suv tizimi;

-markaziy dispetcherlik xizmati - ishlarini avtomatlashtirish tizimi va onlayn tizimda monitoring olib borish;

-suv oqib ketishi holatlari aniqlanganda suv ta'minotini to'xtatish tizimi; -favqulodda vaziyatlarda butun uyni isitish kranlarini yopish tizimi; -avariya holatlari sodir bo'lganda suv bilan ta'minlovchi nasoslarni o'chirish tizimi; -nasos va jo'mraklar ishlashini boshqarish orqali saqlash tizimidagi suv sathini boshqarish tizimi;

-sensorli smestitellar va kranlarga nasadkalar o'rnatgan holda amalga oshiriladigan suv ta'minoti texnologiyalarini joriy qilish.

6. "Aqlli uy"-"Aqlli uy" texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

-yong'inga qarshi va qo'riqlash signalizatsiyasi; -erkin foydalanishning nazorat tizimi;

-avariya holatlarni nazorat qilish (suv oqib ketishi, gaz chiqishi, elektr tizimidagi avariyalar);

-ichki va ko'cha yoritgichlarini boshqarish;

-energiya iste'molini nazorat qilish, katta kuchlanishparni cheklash va iste'mol tarmog'i fazalariga kuchlanishni taqsimlash;

-energiyani tejaydigan asboblarni qo'llagan holda elektr ta'minotining zaxira manbalarini boshqarish;

-internet orqali uyning barcha tizimlarini boshqarish va uzoqdan monitoring

qilish;

-isge'molchining smart-qurilmasiga GSM-modul orqali uydagi suv ta'minoti tizimining ishlashi haqidagi ma'lumotlarni yetkazish;

-issiqlik sarfini, konditsionerni boshqarishni va issiqlikning optimal tarqalishini monitoring qilishning intellektual sensorli tizimi;

-real vaqt rejimida ob'ektlar qurilishini loyihalashtirish jarayonini masofadan boshqarish.

REFERENCES

1. A.Akmalov "Zamonaviy texnologiyalar",Toshkent-"Asr avlodi" 2019y.

2. E.Egamberdiev, H. Xo'jaqulov "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik" Toshkent-"Moliya" 2016 y.

3. U.Madraimov "Sun'iy intellekt yutuqlari", Toshkent-"Sharq" 2021y.

4. Sh. Xakimova "Axborot kommunikatsiya texnologiyalari", Toshkent-"Jamiyat" 2020y.

17-aprel, 2024

107

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.