Научная статья на тему 'AQLLI AVTOTURARGOH TASHKIL QILISHNI O‘RGANISH'

AQLLI AVTOTURARGOH TASHKIL QILISHNI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
44
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Smart avtoturargoh / avtoturargoh / aqlli tizim / texnologiya. / Smart-parking / auto parking / smart system / technology.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Ruvojiddinov Shavkatjon Faxriddin o‘g‘li, Abdusamatov Bekmurod Zafarmirza o‘g‘li, Mirzoxid To‘xtaboyev Akhmadjanovich

Maqolada avtomobillarni maxsus saqlash joylarining aqlli avtoturargoh tizimini ishlab chiqishning usuli keltirilgan. Avtomobillarni avtoturargoh ichida to‘xtash joylarini tez va qulay tarzda topish, xavfsizlikni ta’minlash va avtomobilni vaqtinchalikka saqlashga qo‘yish jarayonini avtomatlashtirish uchun sensorlar va zamonaviy texnologiyalar yordamida aqlli avtoturargoh maketi yaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEARN TO ORGANIZE SMART PARKING

The article presents a method of developing a smart parking system of special car storage areas. A model of a smart parking lot was created with the help of sensors and modern technologies to quickly and conveniently find parking spaces for cars in the parking lot, to ensure safety and to automate the process of placing the car in temporary storage.

Текст научной работы на тему «AQLLI AVTOTURARGOH TASHKIL QILISHNI O‘RGANISH»

КУРИЛИШ

AQLLI AVTOTURARGOH TASHKIL QILISHNI O'RGANISH

Ruvojiddinov Shavkatjon Faxriddin o'g'li

NamMDU, talaba

Abdusamatov Bekmurod Zafarmirza o'g'li "ROBOSMART" MCHJ Transformers education rahbari

Mirzoxid To'xtaboyev Akhmadjanovich

NamMQI, dotsent

Annotatsiya. Maqolada avtomobillarni maxsus saqlash joylarining aqlli avtoturargoh tizimini ishlab chiqishning usuli keltirilgan. Avtomobillarni avtoturargoh ichida to'xtash joylarini tez va qulay tarzda topish, xavfsizlikni ta'minlash va avtomobilni vaqtinchalikka saqlashga qo'yish jarayonini avtomatlashtirish uchun sensorlar va zamonaviy texnologiyalar yordamida aqlli avtoturargoh maketi yaratilgan.

Аннотация. В статье представлена методика разработки интеллектуальной системы парковки специальных мест хранения автомобилей. Создана модель умной парковки с помощью датчиков и современных технологий, позволяющая быстро и удобно находить места для автомобилей на парковке, обеспечивать безопасность и автоматизировать процесс помещения автомобиля на временное хранение.

Abstract. The article presents a method of developing a smart parking system of special car storage areas. A model of a smart parking lot was created with the help of sensors and modern technologies to quickly and conveniently find parking spaces for cars in the parking lot, to ensure safety and to automate the process of placing the car in temporary storage.

Kalit so'zlar: Smart avtoturargoh, avtoturargoh, aqlli tizim, texnologiya.

Ключевые слова: Smart-parking, автопарковка, smart system, технология.

Keywords: Smart-parking, auto parking, smart system, technology.

Smart avtoturargoh - bu mashinalar to'xtash joylarini tez va qulay tarzda topish, xavfsizlikni ta'minlash va avtomobilni vaqtinchalikka saqlashga qo'yish jarayonini avtomatlashtirish uchun sensorlar va zamonaviy texnologiyalar yordamida yaratilgan avtomobillarni saqlashga qo'yish uchun ixtisoslashtirilgan joy [1 -4].

Mashinalarni maxsus saqlash joylarini yaratish deyarli birinchi avtomobillar paydo bo'lishi bilan bir vaqtda boshlangan. Bugungi kunda avtomobillar soni tez sur'atlar bilan o'sib, cheklangan to'xtash joylari muammosini hal qilish uchun zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda [5-10].

Bunda rivojlanishning asosiy yo'nalishlaridan biri - "aqlli" avtoturargoh sensorlari. Bunday sensorlar avtoturargohlardagi avtomobil to'xtatish joyiga o'rnatilib ularning ustidagi joy band yoki bo'sh yoki yo'qligini nazorat qilib, umumiy tizimga ma'lumotlarni uzatib turadi. Bunday sensorlar tarmog'idan foydalangan holda to'xtash joyi xaritasi tuziladi va uning holati ko'chalardagi foydalanuvchilarga maxsus ekranlar yoki mobil ilova yordamida uzatib turiladi [11,12].

Yopiq avtoturargohlar uchun yangi konsepsiyalardan biri o'rnatilgan sensorlar bo'lib, ular qo'shimcha ravishda avtomobil xavfsizligi va monitoringi funksiyasini bajaradi. Aqlli avtoturargohlarning yana bir yo'nalishi - bu haydovchining harakatlari minimallashtirilgan avtomatlashtirilgan avtoturargohlarni ishlab chiqish va joriy etish. Haydovchi maxsus maydonga yoki platformaga chiqadi va mashinadan tushadi. Keyin platformaning o'zi mashinani maxsus ajratilgan, ajratilgan yoki bo'sh joyga olib boradi va haydovchiga uning raqami haqida xabar

beradi. O'z transport vositasini olish uchun haydovchi tizimga kirishi va ushbu raqamni maxsus displey yoki boshqaruv paneliga kiritishi kerak, shundan so'ng platforma avtomashinani mustaqil ravishda maydonga tushiradi.

Bunday tizimlarni shahar hududida joylashtirish hozirgi kunda juda ham dolzarb va shahar infratuzilmasini rivojlantirishda muhim hisoblanadi. Shu bois bunday loyihalarni ishlab chiqish vazifasini oldimizga maqsad qilib qo'ydik. Buning uchun avtoturargohning elementar loyihalashdan boshlash lozim.

Biz uchun albatta birinchi navbatda robototexnika va dasturlash bo'yicha boshlang'ich bilimlarga ega bo'lish talab etiladi yoki shu sohaning mutaxassisi yordami bilan aqlli avtoturargoh tizimini ishlab chiqish mumkin. Dastlab ushbu tizimning maket nusxasini yasab olamiz, so'ngra uning amalda tadbiq etish mumkinligiga ishonch hosil qilinsa ishlab chiqarishga taklif qilish mumkin bo'ladi.

Aqlli avtoturargohda siz hech qanaqa qo'l mehnatisiz mashinangizni avtomobillar turar joyiga joylashtirasiz va tizim joylashtirgan joyingizni avtomatik ravishda band qilib qo'yadi. Bu loyihani bajarishimiz uchun bizga Arduino, 2 ta Line sensor (mh-sensor), Servo motor, fotorezistor, qarshilik va svetodiod kerak bo'ladi. Uning ulanish sxemasini quyidagi 1- va 2-rasmlardan ko'rishimiz mumkin:

1-rasm. Aqlli avtoturargoh maketi aqlli tizimining ulanish sxemasi

Albatta ulangan sxemadagi tizim platalarining ishlashi uchun tayyor dasturini Arduino dasturi yordamida tuzib olamiz. Bunda aqlli tizimning tuzilgan algoritmi sxemasi quyidagicha

bo'ladi (3-rasm).

2-rasm. Aqlli avtoturargoh maketining elektr ulanish sxemasi

3-rasm. Aqlli tizimning tuzilgan algoritmi sxemasi

Yuqoridagi keltirilganlardan kelib chiqib barcha qismlarini yig'ib olamiz va unga tizim ishlashi uchun quvvat manbai sifatida 2 ta batareyalar hamda avtoturargohning maketini yasash uchun yengilroq bo'lgan yog'och paneldan olamiz. Yog'och panelimizni imkoniyat darajamizdagi avtomobillar soniga mos ravishda o'lchamlarini lazer keskichi yordamida qirqib olamiz va bir-biriga birlashtiramiz. Unga tayyorlagan aqlli tizim sxemalarini mahkamlaymiz (4-, 5-, 6-rasmlar).

4-rasm. Aqlli tizimning umumiy ko'rinishdagi sxemasi

5-rasm. Aqlli tizimning umumiy ko'rinishdagi sxemasi

Tayyor bo'lgan aqlli avtoturargoh maketning asosiy vazifasi avtoturargohga kirgan har bir mashina soni monitor portda ko'rinib turadi. Agar har bir kirgan mashina o'rni band bo'lsa, qizil svetodiod yonib turadi, aks holda joy bo'shligini ko'rsatish uchun svetodiod o'chib turadi (6-rasm).

6-rasm. Aqlli tizimning umumiy ko'rinishdagi sxemasi

Ishlab chiqilgan aqlli avtoturargohning tayyorlangan tizimi amalga tadbiq qilishga tayyor holga keldi. Bunda tizimga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilar:

- har bir kirgan har bir mashina joyining raqami monitor portda ko'rinib tursin;

- avtoturargohga kirgan mashina o'rni band bo'lsa, qizil svetodiod yonib tursin, aks holda joy bo'shligini ko'rsatish uchun svetodiod o'chib tursin;

- avtoturargohda bo'sh joylar soni monitor portda ko'rinib tursin. Agar bo'sh joy bo'lmasa, "Avtoturargohda bo'sh joy yo'q" degan yozuv monitor portda chiqsin.

ADABIYOTLAR

1. https://www.smartparkingintl.com/uz/cases

2. https://www.smartparking.com/uk

3. https://tomorrow.city/a/smart-parking

4. https://www.cleverciti.com/en/why-cleverciti/what-is-smart-parking

5. Normirzaev A. R. Implementation of innovative ideas in digitization of the transport sector in Namangan region //NamMTI ilmiy-texnika jurnali. - 2021.

6. To'xtaboev M. A., Mamirov U. X. Shaharda avtomobilda tashishda harakat muntazamligini oshirish (Namangan shahri misolida) //Механика и технология. - 2022. - №. Спецвыпуск 1. - С. 101-108.

7. Tukhtabayev M. A., Nuriddinov A. D., Tumanbayeva B. I. Transport and pedestrian traffic at intersection of j. manguberdi and go „zal narrow streets/Scientific and technical journal of NamIET/NamMTI ilmiy-texnika jurnali //Наманган: НамМТИ. - 2021. - Т. 6. - №. 3. - С. 221-228.

8. Nozimov A. N. et al. Yo 'lovchi tashishda geoinformatsion tizimlarni qo 'llash //Строительство и образование. - 2023. - Т. 3. - №. 5. - С. 82-86.

9. Qodirova O. A., To'xtaboyev M. A., Normirzaev A. R. Dvigatelning salt ishlash rejimida yonilg 'i sarfining atrof-muhitga ta'siri //Строительство и образование. - 2023. - Т. 2.

- №. 4. - С. 137-143.

10. Хакимов Р. К., Тухтабаев М. А. Факторы, влияющие на пассажиропоток

городского пассажирского транспорта //Экономика и социум. - 2023. - №. 4-1 (107). - С. 1148-1153.

11. https://www.hackster.io/Techatronic/automatic-car-parking-system-proj ect-шing-arduino-ba2cb8

12. https://www.electroduino.com/smart-parking-system-project-using-arduino-and-ir-sensor.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.