Научная статья на тему 'АNOR PO‘STIDAN MAHSULOT OLISH TEXNOLOGIYASI'

АNOR PO‘STIDAN MAHSULOT OLISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Биотехнологии в медицине»

161
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oziq ovqat mahsulotlari / ratsion / funksional ovqatlanish / аnor mevasi / biologik faol moddalar / shirin navlar / nordon navlar.

Аннотация научной статьи по биотехнологиям в медицине, автор научной работы — Xasan Niyozovich Niyozov, Isomiddin Davronovich Bobayev, Mirzamad Isayevich Odinayev, Shuxrat Maxmutovich Axmedov

Oziq-ovqat mahsulotlariga fiziologik talablarni ratsionga qo‘shish bo‘yicha zamonoviy tavsiyalar va funksional ovqatlanish nazariyasi nuqtai nazaridan mahsulotlarning xilma-xilligiga alohida eʼtibor beriladi. Shu nuqtai nazardan, subtropik mevalardan, hususan anordan foydalanish aholi ratsionida muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «АNOR PO‘STIDAN MAHSULOT OLISH TEXNOLOGIYASI»

ANOR PO'STIDAN MAHSULOT OLISH TEXNOLOGIYASI

Xasan Niyozovich Niyozov Isomiddin Davronovich Bobayev Mirzamad Isayevich Odinayev Shuxrat Maxmutovich Axmedov

Toshkent kimyo texnologiya instituti Akademik M.Mirzaev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat agrar universiteti

ANNOTATSIYA

Oziq-ovqat mahsulotlariga fiziologik talablarni ratsionga qo'shish bo'yicha zamonoviy tavsiyalar va funksional ovqatlanish nazariyasi nuqtai nazaridan mahsulotlarning xilma-xilligiga alohida e'tibor beriladi. Shu nuqtai nazardan, subtropik mevalardan, hususan anordan foydalanish aholi ratsionida muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: oziq ovqat mahsulotlari, ratsion, funksional ovqatlanish, anor mevasi, biologik faol moddalar, shirin navlar, nordon navlar.

Oziq ovqat mahsulotlariga fiziologik talablarni ratsionga qo'shish bo'yicha zamonoviy tavsiyalar va funktsional ovqatlanish nazariyasi nuqtai nazaridan mahsulotlarning xilma-xilligiga alohida e'tibor beriladi. Shu nuqtai nazardan, subtropik mevalardan, hususan anordan (Púnica granatum) foydalanish aholi ratsionida muhim ahamiyat kasb etadi. Anor mevasi Rossiyaning janubiy mintaqalarida va Gruziyada ham katta qiziqish uyg'otgan, chunki anor o'simligi nisbatan sovuqqa chidamliligi va doimiy hosildorligi bilan ajralib turadi. Anor mevasi ko'plab biologik faol moddalarni o'z ichiga oladi, u terapevtik va profilaktik hususiyatlarga ega meva hisoblanadi. Foydalanish hususiyatiga ko'ra anor navlari uch guruhga bo'linadi; kislotaliligi 0,9% gacha bo'lgan shirin navlar, ichimliklarni tayyorlash uchun ishlatiladigan, kislotaligi 0,9% dan 0,18% gacha bo'lgan shirin va nordon navlari asosan kislotaligi 0,18% dan yuqori bo'lgan navlar qatoriga kiradi.

Kislotali ta'mga ega bo'lganligi sababli, anor sharbati oziq-ovqat sanoatida oziq-ovqatga funksional qo'shimchasi

15-iyun, 2022 Respublika anjumani

538

ytadqq

sifatida ovqatning mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi. Anor sharbati biofaol moddalarga juda boy. Anor sharbati terapevtik va profilaktik xususiyatlarga ega, u turli xil yuqumli va yurak qon tomir kasalliklari, astma, oshqozon va boshqa patalogiyalarni davolashda farmakologik hususiyatga ega.

Anor sharbati davolash va profilaktika xususiyatlariga ko'ra uzum sharbatiga nisbatan ustunlik qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, anor sharbatidan turli xil ichimliklar ishlab chiqariladi. Lavlagi sharbati, pomidor, selderey va boshqa sabzavotlar bilan aralashtirilganda tabiiy anor sharbatidan turli xil aralashtirilgan ichimliklar uchun texnologiyalar ishlab chiqariladi.

Anor sharbati presslash orqali olinadi. Anorni siqib chiqargandan keyin 46-48% qoldiq mahsulot qoladi, bu ikkilamchi hom ashyo hisoblanadi. Anor qoldiq mahsuloti tarkibida ko'p miqdorda pektin tanin polifenol va fenol birikmalar antotsianidlar mavjud.

Anor qoldiq mahsulotini sanoatda ishlatish tavsiya etiladi, ulardan turli xil mahsulotlar ishlab chiqariladi, anor qoldig'i murakkab ishlov berishdan o'tadi, anor qoldig'idan ekstrakt va bo'yoq ishlab chiqarish tehnologiyasi ishlab chiqilgan.

Olingan ekstrakt rang berish hususiyatiga va o'ziga xos ta'mga ega, fenol birikmalar, tanin, katelan va boshqa moddalarga boy. Anor qoldig'idan olingan ekstrakt asosida yangi turdagi biologik mahsulotning "Anor" deb nomlangan siropning ishlab chiqarish tehnologiyasi ishlab chiqiladi va sirop bo'yog'i o'ziga xos ta'm va xushbo'y hidi va shaffof jigar rangi bilan ajralib turadi, suvda, spirtda yaxshi eriydi 68-72% quruq moddalarni o'z ichiga oladi. Anor ekstrakti asosidagi bo'yoq siropining biologik mahsuloti fitontsid xususiyatlarini namoyon etadi. U yuqumli kasalliklar dizenteriya, periodontal kasalliklarni davolashda va undan oldin qo'llaniladi. Anordan siqib chiqarilgan sirop bo'yog'i konyak ishlab chiqarishda juda yaxshi asos bo'lib xizmat qiladi. Anor qayta ishlangandan so'ng, ko'p miqdorda (25%) urug'lar va qobiq qoladi, ular lipidlar manbai bo'lib xizmat qiladi. Ajratib olingan yog' esa kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Anor chiqindilaridan chorva mollarini boqishda infeksiyalarga qarshi kurashish vositasi sifatida ishlatilishi ham mumkin.

15-iyun, 2022 Respublika anjumani

ytadqq

REFERENCES

1. Alighourchi H.R. Effect of sonication on anthocianins, total phenolic content, and antioksidant capacity of pomegranate juices/H. R. Alighourchi, Barzegar M., Sahari M. A. and Abbasi S.//International Food Research Journal, 2013. -vol. 20 (4). - P. 1703-1709.

2. Jia L., Guoliang W., Chen H., Jianke L., Ying L., Baicun L. Punicalagin and ellagic acid from pomegranate peel induce apoptosis and inhibits proliferation in human HepG2 hepatoma cells through targeting mitochondria // Food and agricultural immunology, 2019, Vol 30, No. 1, P. 898-913.

3. Гафизов Г.К., Семочкина Л.Г., Гахраманов М.С. Способ получения танина. Патент СССР. № 1531453. - 1987.

15-iyun, 2022 Respublika anjumani

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.