Научная статья на тему 'AMIR TEMURNING “TEMUR TUZUKLARI” ASARINING BOSH G„OYASI VA MUSTAQIL DAVLATCHILIK KONSEPSIYASINI YARATISHDAGI O„RNI'

AMIR TEMURNING “TEMUR TUZUKLARI” ASARINING BOSH G„OYASI VA MUSTAQIL DAVLATCHILIK KONSEPSIYASINI YARATISHDAGI O„RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMURNING “TEMUR TUZUKLARI” ASARINING BOSH G„OYASI VA MUSTAQIL DAVLATCHILIK KONSEPSIYASINI YARATISHDAGI O„RNI»

AMIR TEMURNING "TEMUR TUZUKLARI" ASARINING BOSH G'OYASI VA MUSTAQIL DAVLATCHILIK KONSEPSIYASINI YARATISHDAGI O'RNI

Z. S. Botirov

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi, O'zbekiston

Buyuk saltanat barpo etib, uni muhofaza qilish uchun bor kuch va g'ayratini sarflash kamdan-kam (dunyoda) sarkarda-podshohlarga nasib qiilgan. Bu borada Amir Temur va uning shaxsiyati alohida diqqat e'tiborga molik. Shuning uchun uning "Temur tuzuklari" asari ko'plab hollarda (bugungacha) ma'lum ma'noda dastur qilib olingan. Sohibqiron Amir Temur Qashqar, Yettisuv, Turkiston va Xorazmning bir qismidan iborat Chig'atoy ulusining vorisi sifatida maydonga chiqdi va ulus yerlariga t o'liq egalik qilishni o'zining qonuniy huquqi deb hisobladi. O'sha paytdagi taomilga ko'ra, davlatga Chingizxon asos solgan, shuning uchun faqat uning avlodidan bo'lganlargina xon atalishga loyiq ko'rilardi. Amir Temur davlat boshiga kelishdan oldin chingiziy Suyurg'atmishxonni nomigagina xon qilib ko'tardi, soxta obro'lar ketidan quvishga ehtiyoji bo'lmagan Sohibqiron o'zini xon deb atamadi, chunki u xon avlodidan emas, balki oddiy xalq ichidan chiqqan qahramon edi. Samarqandni Turon saltanatining poytaxti deb belgiladi, 1391-yilda To'xtamishxon bilan jangga borayotib, Dashti Qipchoqda ulkan toshga xotira satrlarini o'ydirib yozdirganda, o'zini "Turon sultoni" deb atadi.

Har bir ishni boshlashda "tuzuk"ka ko'ra, amr qildimki, saltanat ishida, xayrli ish ila, mashvarat bilan - kabi muvozanatni tutuvchi xayrixohlik mezonlari asosida ish ko'rganligini ko'ramiz. Hatto bu borada "Agar podshoh zolim bo'lib, vaziri odil bo'lsa, podshohning jabr-zulmini (to'xtatish) chora-tadbirini ko'radi. Lekin vazir zolim bo'lsa saltanat ishlari tez muddatda parokandalikka uchraydi" deb aytgan.

Bu foniy dunyo ko'plab saltanatlar qurgan sarkarda va podshohlar ko'rdi. Ammo Amir Temur va uning saltanati bugungi kungacha o'z mavqiyni yo'qotmay kelinayotgan saltanatlardan hisoblanadi.

Bu borada Amir Temur hayotida yangi sahifa ochilishi va hokimiyatga b o'lgan kurashi tarixiy zaruriyat sifatida baholanadi. Milodiy 1358-yilda Turkiston (Movarounnahr) hukmdori Amir Qozog'on o'ldirilgandan keyin boshboshdoqlik avj olib ketdi. Tarixchi Xondamirning xabar berishicha, mamlakat o'nga yaqin bekliklarga bo'linib ketgan, hukmdorlar o'zaro nizolar, janglar bilan ovora, birlashishni o'ylamasdilar. Shu sababdan, Mo'g'uliston xoni Tug'luq Temurxon 1360-1361- yillarda yagona hokimi yo'q yurtimizga bosqin uyushtirganda unga bas keladigan kuch topilmadi.

Amir Temur ana shunday vaziyatda tarix maydoniga kirib keldi. Alloh kelajakda ulug' saltanat barpo qilishni uning ko'ngliga jo etgan deb aytgan ma'lumotlar ham

May 3, 2024

178

uchraydi. Buning uchun mamlakatni birlashtirish lozim bo'lardi. U o'zboshimcha amirlar boshini bir joyga qovushtira oldi. Og'ir kurashlardan keyin milodiy 1370-yilda Amir Temur davlat boshiga keldi. Turkiston tarixida 1370-yil 9-apreldan boshlab mutlaqo yangi sahifalar boshlandi.

O'ttiz besh yil (1370-1405) hukm surgan Sohibqiron Amir Temur Markaziy Osiyo hududlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirdi, Hind va Gangadan to Orol dengizigacha, Tyan-Shandan to Bosforgacha ulkan imperiya barpo etdi. Amir Temur, eng avvalo, mustaqil ulkan Turon davlatini tuzgan vatanparvar, buyuk davlat arbobidir, vatanimizni mo'g'ul bosqinchilaridan ozod etgan xalq qahramonidir. U mustabidlarga qarshi kurash va mustaqil davlat bunyod etish o'zining burchi ekanini chuqur anglab yetdi.

Amir Temur o'zbek davlatini buyuklik darajasiga ko'tarish, yurtni butun dunyo siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylantirishni o'ziga bosh maqsad qilib qo'ygan edi. Qolaversa, kishilik sivilizatsiyasi o'choqlaridan biri bo'lgan Turon Sharq va G'arbning o'ziga xos siyosiy markazlaridan biri vazifasini o'tab kelayotgan o'lka sanalgan. Buning isbotini o'zbek xalqining eng qadimgi zamonlardan Chingizxon bosqinigacha bo'lgan deyarli ikki ming yillik katta bosqichda kechgan tarixi bayonlarida ko'rish mumkin.

Chindan ham, Turon, Eron, Xuroson, Shimoliy Hindistonni o'z ichiga oluvchi ulkan hudud asrlar davomida siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy mushtaraklik, yaxlitlik, yaqinlik sharoitida yashab kelgan. Uzoqqa bormay, o'zbek davlatiga anushteginiylar boshchilik qilgan davrni eslash yetarli bo'ladi. Xorazmshohlar mazkur ulkan hududni bir markaz atrofida birlashtirishga uringanlari va bu borada salmoqli yutuqlarga erishganliri yuqorida o'z aksini topdi. Mohiyat e'tibori bilan olganda, ushbu maqsadga somoniylar, qoraxoniylar, g'aznaviylar, saljuqiylar ham intilganlari ma'lum. Tilga olingan kenglikda o'z vaqtida kushoniylar, eftaliylar, ashinaliylar ham ot o'ynatishgan, xuddi shunday niyatga eronlik sosoniylar sulolasi ham intilgan.

Boshqa hududlarni zabt etish, ularni idora qilish, g'anim lashkarlarini sindirish, dushmanni tuzoqqa tushirish, muxoliflarni (ko'nglini ovlab) do'stga aylantirish, do'st-dushman orasida muomala, murosayu madora qilish xususida ushbu kengash va tadbirlarni qo'lladim.

Pirim menga yozmishlarkim: «Abulmansur Temur, saltanat ishlarida to'rt narsaga amal qilgin, ya'ni bular:

1) (o'zing bilan) kengash; 2) (boshqalar bilan) mashvaratu maslahat ayla; 3) hushyorligu mulohazakorlik bilan qat'iy qaror chiqar; 4) ehtiyotkor bo'l. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlariyu aytgan gaplari xato b o'lgan johil kimsaga qiyoslash mumkin; uning so'zlari va qilmishlari boshga pushaymonlik ila nadomat keltirgay. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon b o'lmagaysan.

May 3, 2024

179

Yana shuni ham bilgilkim, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo'lgay, yana bir qismi esa bilib-bilmaslikka, ko'rib-ko'rmaslikka solish bilan bitur. (Xullas) tadbirlardan ogoh qilingandan keyin shuni aytish joizdirkim, qat'iylik, hushyorlik, ehtiyotkorlik, shijoat va sabr-chidam bilan barcha ishlar amalga oshirilgay. Vassalom».

Bu maktub menga yo'l boshlovchi yanglig' rahnamolik qildi. U menga saltanat ishlarining to'qqiz ulushi mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilishini anglatdi. (Donishmandlar) demishlarkim, o'z o'rnida qo'llangan tadbir bilan ko'plab lashkarning qilichi ojizlik qilgan har qanday mamlakat darvozasini ochib, favj-favj askarlarni yengib bo'lur.

Tajribamda ko'rilgankim, azmi qat'iy, tadbirkor, hushyor, jang ko'rgan, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir.

Chunki tajribali bir kishi minglab kishiga ish buyuradi. Men yana tajribamda ko'rdimki, g'anim lashkarini yengish qo'shinning ko'pligi bilan emas, mag'lub bo'lish esa sipohning kamligidan bo'lmaydi. Balki g'olib bo'lmoqlik (Tangrining) madadi va bandasining tadbiri bilandir. Chunonchi, men kengashib va tadbir yuritgan holda ikki yuz qirq uch kishi bilan Qarshi qal'asi ustiga yurdim. Amir Muso va Malik bahodir o'n ikki ming otliq askar bilan qal'a va uning atrofini qo'riqlamoqda edilar. Lekin Tangri taoloning yordami yetib, o'zim qo'llagan to'g'ri tadbirlarim orqali Qarshi qal'asini egalladim.

Maslahatchilar va kengash ahli yig'ilganda, oldimizdagi ishlarning yaxshi-yomon, foydayu ziyon tomonlari, ularni amalga oshirish, oshirmaslik haqida s o'z ochib, (ulardan) fikr so'rar edim. So'zlarini eshitgach, ishning har ikki tomonini mushohada qilib, foyda-ziyonlarini ko'nglimdan kechirardim; uning xatarli tomonlariga ko'proq e'tibor nazari bilan qarardim; qaysi bir ishda ikki xatar mavjud bo'lsa, uni (bajarishdan) voz kechardim va bir xatarlik ishni ixtiyor etardim. Chunonchi, shunga ko'ra Tug'luq Temurxonga to'g'ri yo'l ko'rsatganman. Uning amirlari Dashti Jetada isyon tug'ini ko'targanlarida, mendan maslahat so'radi. Unga shunday dedim: «Agar g'animni sindirish uchun bir favj askar yuborsang, oldingda ikki xatar bordir, agar o'zing olib borsang, bir xatar mavjud». U mening maslahatimga kirib, Dasht tomon o'zi borib edi, men aytgandek bo'ldi.

Amir Temur urushning aytgani-aytgan, degani-degan qattol bir zamonda yashadi, qilichu nayzaga suyangan bu zamonning hech kimga bo'ysunmaydigan o'z qonunlari bor edi. Ularga rioya qilmaslik yoki chetlab o'tish mumkin emasdi. Shuni ta'kidlash joizki, Sohibqiron xudo izmidan chiqmaydigan bandalardan edi, hech qachon birinchi bo'lib urush boshlamasdi, savashishlarni yoqtirmasdi. Uning yurishlari zaruratdan kelib chiqardi. Eng avvalo, u urushning oldini olish chorasini izlardi. Ayrim hollarda, qaysidir mamlakatda zulm ortib ketgan bo'lsa, u joyning ulug'lari sohibqiron Amir Temurga ko'mak so'rab murojaat qilishardi. Amir Temur o'z "Tuzuklar"ida davlat ishlarining to'qqiz ulushini kengash (diplomatiya)ga ajratgani, bir ulushini qilichga qoldirganini

May 3, 2024

180

yozgan. U umr bo'yi bunga rioya qildi. Muxolif mamlakatga takror-takror elchilar yuborar, quda-andachilikni yo'lga qo'yishga tirishar, qarindoshchilikni rivojlantirish yo'llarini izlardi. Buning yorqin misoli Xorazmning go'zal malikasi Xonzoda xonimning Turon saltanati valiahdi shahzoda Jahongir Mirzoga uzatilishi edi.

Amir Temurning "Uch yillik" (1386-1388), "Besh yillik" (1392-1396), "Yetti yillik" (1399-1404) yurishlari tarixdan ma'lum. Bu yurishlar zamirida Buyuk ipak yo'liga egalik qilish uchun kurashlar ham yotadi. Savdo yo'llari davlatga katta daromad keltirishdan tashqari, xalqaro siyosiy maydonda mavqe, obro'-martabani yuksak darajaga ko' tarardi.

Amir Temur yurishlari, urushlar, albatta, o'z asoratlarini qoldirdi, lekin ularning jahon tarixida ijobiy tomonlari borligi ham haqiqat.

Sohibqironning yurishlari Xitoyda Min sulolasi davlat boshiga kelganda mo'g'ullarning Xitoyga solayotgan xavfini bartaraf etdi.

Oltin O'rda hoqoni To'xtamishxon bilan 1391-, 1395-yillarda olib borilgan ulkan janglar Rossiyani mo'g'ullar zulmidan xalos qildi, rus xalqiga markazlashgan davlat tuzish imkoniyatini yaratdi.

Amir Temurning Usmonlilar imperiyasi ustidan qozongan g'alabasi Yevropani usmonlilar mustamlakasidan qutqarib qoldi, uni Yevropa xaloskoriga aylantirdi, Vizantiya imperiyasi umriga yarim asr umr qo'shdi. Fransuz tarixchisi Rene Grusse XX asr boshlarida: "Amir Temurning Boyazid ustidan g'alabasi xristian olamini asrab qoldi", - deb yozgan edi.

XIV asrning 80-yillarida hozirgi Afg'oniston va Eron, 90-yillarida esa Iroq, Kavkaz, Shimoliy Hindiston o'zbek davlatiga bo'ysundirilgan. 1402-yilning 20 iyulida Anqara shimoli-sharqidagi Chubuk daryosi vodiysidaolishuvda Amir Temur Yildirim Boyazidni yengach esa, usmoniylar qo'l ostida bo'lgan barcha o'lkalar o'z-o'zidan temuriylar qo'liga o'tadi. Ushbu voqea haqida xabar topgan Nosir Faraj temuriylar yetakchisini tan olishga majbur bo' ladi.

Shu tariqa, markazi Samarqand bo'lgan, O'rta dengizdan Xitoygacha, Moskvadan Dehligacha yastangan ulkan saltanat yuzaga keladi. O'zining ikki ming yildan ortiq tarixida o'zbek davlati ilk bor mana shunday kenglikda yastangan edi desak, har jihatdan to'g'ri bo'ladi. Uni yanada kuchaytirish niyatida Xitoy harbiy safariga otlangan Amir Temur qattiq shamollash oqibatida 1405-yil 18-fevral kuni O'trorda vafot etadi.

Amir Temur yetakchiligi davri o'zbek davlatchiligi tarixidagi eng yorqin bosqich sanaladi. Mazkur yillarda davlatning, umuman o'zbek xalqining ichki va tashqi siyosatdagi imkonlari, salohiyati to'la-to'kis namoyon bo'ldi. Aynan Sohibqiron sharofati bilan yurt mo'g'ullarning 150 yillik hukmronligidan uzil-kesil xalos bo'lgan. O'zbek xalqi o'tmishidagi ikkinchi, jahon tarixidagi uchinchi Uyg'onish bosqichining tamal toshini ham u qo'yib bergan edi.

181

May 3, 2024

Amir Temur umrining eng so'nggi daqiqalarigacha faqat bir narsani - el-yurt osoyishtaligi va ravnaqini ta'minlashni o'yladi. Buni o'limi oldidan farzandlari, yaqinlari hamda a'yonlariga qilgan quyidagi vasiyati orqali ham bilib olish mumkin: «(Zo'ravonlikka) monelik qilish ishini kechiktirish mamlakatni xavfu xatar ostida qoldiradi, jumlayi xaloyiqning huzur-halovatini buzadi, maslag-u tariqatning buzilishiga olib keladi. Qiyomat kuni buni bizdan so'raydilar, surishtiradilar...

Mamlakat manfaati va xalqlar farovonligi bobida (kishilar tajribasida) nimaiki aytilgan bo'lsa, yodda tutinglar. Raiyyat va qo'l ostingizdagilar ahvolidan bexabar qolmang. Qilich tutqichini shijoat va mardlik qo'li bilan mahkam ushlanglar, shundagina men kabi podshohlik tizginini mustahkam tutgaysizlar. (Shu yo'l bilan) men Turon va Eronni muxoliflar va mufsidlardan tozaladim, adolat va ehson orqali obod etdim. Agar mening vasiyatlarimga amal qilgudek bo'lsangiz, adolat va himmatni o'zingizga maqsad qilib olsangiz, davlat va mulk uzoq yillar davomida siz bilan qolgay. Agar oralaringda bir qadar qarama-qarshilik yuz bergudek bo'lsa, (bilingki, uning) oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Negaki (bunday sharoitda) dushmanlar fikrini fisqu fasod qamrab oladi va (bu sizlar uchun ko'plab kutilmagan) qiyinchiliklarni tug'diradi».

References / Adabiyotlar

1. De Boer, T. J. Geschichte der Philosophie in Islam. -Stuttgart, 1901.

2. Munk S. Melanges. De philisophie juive et arabe. -Paris, 1859.

3. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri. -Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2010.

4. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri. -Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2010.

5. Tohir Karim. Milliy tafakkur taraqqiyotidan. -Toshkent: Cho'lpon, 2003. -B. 42.

6. O'leary, De Lacy. Arabic Thought and its Plase in History. -London, 1922.

182

May 3, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.