Научная статья на тему 'AMIR TEMURNING “TEMUR TUZUKLARI” ASARIDA BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI'

AMIR TEMURNING “TEMUR TUZUKLARI” ASARIDA BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1053
184
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amir Temur / davlat / boshqaruv / Ibn Xaldun / qonun / siyosat / “Temur tuzuklari” / Sohibqiron. yurtparvarlik / insonparvarlik

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Yusupov Murodjon Yunus Oʻg‘li, Isakova Guzalxon Ne’matovna

Bugungi kunda buyuk bobolarimiz tajribasidan unumli foydalangan holda yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Xalqimiz tarixida Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi, salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada Amir Temurning davlat boshqaruv sohasida, hamda ichki va tashqi siyosatda amalga oshirgan islohotlari, qonunlar qabul qilishi, chet ellik olimlar bilan suhbatlari borasida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMURNING “TEMUR TUZUKLARI” ASARIDA BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI»

AMIR TEMURNING "TEMUR TUZUKLARI" ASARIDA BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI

M.Yu Yusupov1, G.N. Isakova2

Bugungi kunda buyuk bobolarimiz tajribasidan unumli foydalangan holda yurtimizda keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda. Xalqimiz tarixida Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi, salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada Amir Temurning davlat boshqaruv sohasida, hamda ichki va tashqi siyosatda amalga oshirgan islohotlari, qonunlar qabul qilishi, chet ellik olimlar bilan suhbatlari borasida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Amir Temur, davlat, boshqaruv, Ibn Xaldun, qonun, siyosat, "Temur tuzuklari", Sohibqiron. yurtparvarlik, insonparvarlik.

Temur qo'l ostidagilarning "iqtidor va ko'rsatilgan xizmatlar"ini katta miqdorda moddiy va ma'naviy rag'batlantirishning asosi deb bilgan. Usipohiylarda mulohazakorlik va botirlikni qadrlagan. V.L. KVINT

Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi, salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy kuchi bilan xalqimiz tarixida alohida tutadi. O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, uning bir necha ming yillik ijtimoiy-siyosiy tarixini har taraflama o'rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ayniqsa, markazlashgan Amir Temur saltanati, uning davlatchiligi va madaniyatini rivojlantirishdagi masalalariga oydinlik kiritilib, tarixchi, sharqshunos olimlarimiz birinchi manba ahamiyatidagi asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdilar. Davlatimizning siyosati va xalqimiz xohish-irodasiga asoslangan Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrda "Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash" tog'risidagi qarori, 1995-yil 26-dekabrda esa Prezidentimizning 1996-yilni Amir Temur yili deb e'lon qilish tog'risidagi farmonlari qabul qilindi. 1996-yil martida Temuriylar tarixi davlat muzeyini tashkil qilish xususida, "Amir Temur" ordenini ta'sis etish to 'g'risida farmonlar chiqdi. YUNESKO qarori asosida Amir Temur tavalludining 660 yilligi butun dunyoda keng nishonlanadi.

Sohibqiron Amir Temur - adolat va ulug'vorlik timsolidir. Buyuk Sohibqiron Amir Temur nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyoning ko'pgina mamlakatlari tarixida o'chmas iz qoldirgan davlat arbobi, shavkatli sarkarda va ilm-fan homiysidir. Tarixdan Sohibqiron Amir Temur va uning davlat boshqaruvi o'rganib kelingan. Ko'pchilik rahbarlar o'lmas durdona sifatida alohida qadr-qimmatga ega "Temur tuzuklari" asaridan o'z ish faoliyati va hayoti jarayonida dastak sifatida foydalanib kelmoqdalar.

Mamlakatimizda har yili 9-aprel kunini Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun sifatida keng nishonlanadi. O'zbek davlatchiligi tarixida amalga oshirilgan buyuk ishlari bilan faxru-iftixor tuyamiz.

Avvalo, Amir Temur shaxsini idrok etish - tarixni idrok etishdir, Amir Temurni anglash tariximizni anglashdir [4]. Amir Temur shaxsi haqida gapiradigan bo'lsak, qa-dimgi Yunoniston ya'ni Gretsiyada Aleksandr Makedonskiy qanday rol o'ynagan bo'lsa, yunon qaddini tiklash uchun, agar Italiyada va Rimda Yuliy Sezar qancha katta ah-miyatga ega bo'lgan bo'lsa, yoki Fransiyada Napoleon fransuzlar sha'nini ko'tarish uchun xizmat qilgan bo'lsa, Amir Temur ulardan ko'proq xizmat qilgan.

Amir Temur ikkinchi Renesansni boshlab bergan buyuk dahodir. U mana shu ishni qanday amalga oshirdi deb o'ylaysiz? Birinchi o'rinda Amir Temur mamlakatni birlashtirdi. Ikkinchisi qonun ustuvorligiga erisha oldi. Uchinchi o'rinda ilm fan madani-yatni rivojlantirdi.Bularning barchasi mamlakatni idora etishi uchun yo'l ochib berdi

[5].

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Buyuk Temurning shu so'zlarini ko'p bora ta'kidlaydilar: "Davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday

1YusupovMurodjon Yunus o'g'li - O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institute, 2-bosqich talabasi.

2Isakova Guzalxon Ne'matovna - filologiya fanlari doktori, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti dotsenti.

saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo'qoladi!" Mamlakatning eng muhim ustuni bu barcha jarayonlarni qonunlar ustida qurilishi hisoblanadi.

Jahon davlatchiligi tarixidan yaxshi bilamizki, bashariyatning kelgusi taraqqiyoti uchun yurtparvarlik, insonparvarlik siyosatini olib borib numuna bo'lgan hukmdorlar sanoqli. XIV asrning eng yorqin siymosi - Amir Temur ana shunday ulug' va mo'tabar zotlardan biri hisoblanadi. Ammo oradan asrlar o'tib, ulkan hududimiz mustamlakachi-lar qaramligiga o'tganidan keyin sobiq sho'ro tuzumi tufayli milliy tarix surbetlarcha soxtalashtirildi. Buyuk Sohibqiron Amir Temur shaxsi sho'ro mafkurachilari tomonidan salbiylashtirib, tarix darsliklarida, ilmiy va badiiy adabiyotlarda "qora bo'yoqlar"da berildi. Mustamlaka iskanjasida qolgan millat ulug' ajdodini qadrlash, uning mislsiz merosidan kuch-madad olish imkonidan mahrum bo'ldi. O'z vaqtida dunyoni titratgan benazir shaxs, yurtning shavkatli farzandi tariximiz sahifalaridan qariyb o'chirilib, un-utishga mahkum etildi. Mustamlakachilarning asl maqsadi xalqimizning milliy ongi va milliy g'ururini yo'qotish edi. Lekin o'zbek xalqi buyuk ajdodlarini, qahramonlarini un-utmadi, hamisha yuragida, qalbining to'rida saqlab keldi. O'lkamizda Amir Temurning ulug'vor ruhi kezib yurdi [6].

Sharq olimlari bn suhbatlari.Amir Temurning qanday shaxs va davlat arbobi bo'lganligi hamda uning sifatlari haqida juda ko'p mualliflar o'z fikrlarini aytganlar. Ammo aynan uni ko'rib, suhbat qilgan kishilar Ibn Xaldun, don Klavixo hamda Temurn-ing maslahatchisi va, ayniqsa, g'arb mamlakatlariga yuborilgan xristian elchisi Ioann Fransiskning, hozirda Parij milliy kutubxonasida saklanayotgan xotiralari, ayniqsa, qimmatli, ishonchli dalildir. "Amir Temur fors, arab va turk tillarini biladi. Qur'on ilmi va Islom huquqshunosligi ilmida shu qadar kuchli olimki hech bir musulmon olimi u bilan munozara kilishga qodir emas, u olim va shoirlarga katta hurmat ko'rsatadi. Buning sababi shundaki, uning o'zi olim va donishmanddir" [7].

Amir Temur barchamizga malum shomning buyuk olimi ibn Xaldun bilan 4 marotaba suhbat o'tkazganlar. Bu suhbat jarayonida Ibn Xald un Temurning muhandis-lik, astronomiya, tarix, geografiya va me'morchilik va boshqa fanlar borasidagi bilim-lariga qoyil qolib hayratga tushadi.

Amir Temur bilan Xaldunning ikkinchi uchrashuvida Ibn Xaldun Temurga bo-zorga kirib bitta Qur'oni Karim bitta joynamoz va to'rt qutida shirinliklar olib boradi va Temurga qarab "Men sizga ilinib sovg'a keltirdim" desa Amir Temur xuddi katta mam-lakatlar qo'lga kiritilgandan keyin xazinani qabul qilgandek qabul qiladi.

Amir Temur qonunlarga rioya etishni o'zidan boshlagan. U 1370-yilda o'zini xon deb e'lon qiladi.1360-yilda Tug'luq Temur bilan uchrashganda Amir Temurga temirga o'yib yozilgan Amir Temurning sakkizinchi bobosi Qochuli Bahodir bilan Qobilxon o'rtasidagi bitimni ko'rsatadi. Bu bitimga binoan "Qobulxonning avlodlari xon bo'ladi, Qochuli Bahodir avlodlari esa hukumat rahbari ya'ni amir bo'ladi" deb yozilgan edi [2].

Amir Temur qonun qabul qilishda to'rtta narsaga asoslanib qabul qilgan. Bi-rinchisi maslahat omiliga tayangan. Maslahatda bitta-ikkita odam bilan, ikkinchisi, mashvaratga chiqargan, unda esa 12-15 odam, ya'ni mutaxasislar o'rtasida qaror qabul qilgandan keyin uchinchi kengashga chiqaradi. Unda 50-60 kishi doirasida qabul qilin-gan. Kengashdan keyin to'rtinchisi qaror qabul qilish tizimi ishlagan. Bu tizimda malum bir muddatdan keyin Amir Temur qarorni qabul qilgan. Amir Temur hamma narsani chuqur tizim asosida amalga oshirgan [2].

Amir Temur mamlakatni boshqarishda to'rtta asosiy qonun-qoidaga amal qilgan: 1) qonunlar, to'ra, shari'atga tayanish; 2) mur osa va madora-kompromissdan konsen-susga harakat qilish, kompromis - bu yon berish, ya'ni ikkita g'animni bir biri bilan kelishitirish va konsensus ya'ni yakdillikka erishishga harakat qilgan; 3) o'ch olish payida ish yuritmaslik; 4) adolat bilan ish yuritish.

Amir Temur bularni amalga oshirishda 12ta tuzukka rioya qilgan: 1) Islom dinini har bir davlat arbobining e'tiqod manbayiga aylanishi; 2) 12 qavm,tabaqa toifa bilan boshqarish; 3) Ustozlar o'gitlariga rioya qilish; 4. Qonun ustuvorligi har bir lavozim egasi o'z martabasidan mamnun va ortig'iga davo qilmasligi; 5. Rag'batlantirish; 6. Adolat va insof yuzasidan ish ko'rish; 7. Olimlar muxaddislar tarixchilar. Shijoat egala-rini do'st tutdim; 8. So'z va amal birligi, o'rnak bo'lish; 9. Raiyat ahvolidan ogoh lik; 10. Yaxshilarga yaxshilik, yomonlarni o'z yomonligiga topshirish; 11. Do'stlikka sadoqat; 12. Harbiylarga ehtirom [2].

Tuzuklarda vazirlar, amirlar va hokimlarga beriladigan in'omlar haqida ham so'z ketadi. Masalan, qaysi bir amir biron qo'shinni yeng sa, yoki mamlakatni olsa, uni uch narsa: 1) tug',nog'ora va bahodirlik martabasi; 2) davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi; 3) biron bir sarhadning noibligi bilan siylanganlar [2:10].

Amir Temur o'zi yashab turgan jamiyatni eng yetuk ijtimoiy tizimga aylantirish, farovon hayot qurish maqsadidagina kurashib qolmay, balki bu butun dunyoda tantana qilishiga ham ishongan edi. Faqat shu maqsaddagina u harbiylik libosini kiygan edi. U ana shunday maqsadlarda jahongirlik qilgan har bir davlat boshlig'i, asosa n, 4 narsani xotirasida saqlash kerakligini uqtiradi: birinchidan, qaysi mamlakatni zabt etmoqchi bo'lsa, tadbir va kengash bilan ish tutish; ikkinchidan, xatoga yo'l qo'ymaslik uchun har bir ishni odillik, sergaklik va ehtiyotkorlik bilan qilish; uchinchidan, atrofida aslzoda er yigitlarni (amirlarni) va birlashtirish; to'rtinchisi, bugungi kunning ishini ertaga qoldir-maslik [2:135].

Sohibqironning vasiyatlari alohida ahamiyat kasb etasdi: "Amr qildimki, agar o'g'illarimdan qaysi birovi saltanat martabasiga da'vogarlik qilib bosh ko'tarsa, uni o'ldirishga, qo'llarini bog'lashga yoki muchasidan biron joyini kamaytirishga hech kim jur'at qilmasin. Lekin o'z davosidan kechmagunicha uni asirlikda saqlasinlar, toki Xu-doning mulkida urush chiqmasin. Agarda nabiralar yoki qavm-qarindoshlardan biri menga qarshi ko'tarilsa, uni darvishlik holatiga solsinlar" [2:103]. "Vazirlarni ortiqcha siylamasinlar, chunki alohida izzat-ikrom ko'rsatib, o'zlarini obro'sizlantirib qoyishlari mumkin. Bu esa saltanatga ziyon yetishiga sabab bo'ladi" [2:105]. "Mamlakat xazinachi-lari bo'lmish moliya vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilsalar, va o'zlashtirib olgan bo'lsalar tekshirib ko'rilsin. Agar o'zlashtirib olgan maglag'i o'ziga tegishli haq miqdor-idan oshmasa, mazkur mablag' unda in'om o'rnida qoldirilsin. Agar o'zlashtirib olgan mablag'i maoshidan 2 barobar ortiq bo'lsa, ortig'i oladigan maoshi hisobidan ushlab qolinsin. Agar maoshidan 3 barobar ko'p mablag' olgan bo'lsa, hammasi saltanatning xazinasiga tortiq sifatida olinsin" [2:105].

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, buyuk sarkarda Amir Temurning davlat boshqaruv sohasida, hamda ichki va tashqi siyosatda amalga oshirgan islohotlari o'z davrida uning saltanatini yanada mustahkam bo'lishiga olib kelgan. Hozirgi kunda kun-dan-kun gullab-yashnab borayotgan mustaqil O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar ham davlat boshqaruv sohasida mamlakatimiz-ning ertangi kuniga bo'lgan ishonchni yanada mustahkamlab, buyuk davlat arbobi Amir Temur tajribasini chuqur o'rganib, amalda buyuk bobolarimiz tajribasidan unumli foy-dalanilayotganining isbotidir. Bu esa xalqimiz kelajagi uchun adolatli turmush tarzi yaratib berish yo'lida qilinayotgan say-harakatlarning samarasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Amir Temur o'gitlari. -Toshkent: "O'zbekiston", 2007.

2. Temur Tuzuklari. B.Ahmedov tahriri. -Toshkent: "Ilm-ziyo nashriyoti", 2020. -184 b.

3. O'zbek tilining izohli lug'ati. -Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 1-5 tomlar. 2006-2008.

4. https://dba.uz/news

5. www.ares.uz

6. http://www.islomkarimov.uz

7. Http:argos.uz

© M.Yu Yusupov, G.N. Isakova, 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.