Научная статья на тему 'AMALIYOT JARAYONIDA OLIY TA’LIM MAKTAB BITIRUVCHILARININGGLOBALLASHUV DAVRIDA MEDIA TA’LIMDAN FOYDALANISH'

AMALIYOT JARAYONIDA OLIY TA’LIM MAKTAB BITIRUVCHILARININGGLOBALLASHUV DAVRIDA MEDIA TA’LIMDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
47
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
GLOBALLASHUV / ZAMONAVIY DUNYONI / MEDIATA'LIMNING PAYDO BO'LISHI / HOZIRGI MEDIATA'LIM

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ergashev Sh.N.

Ushbu maqolada oliy ta’lim bitiruvchilarining globallashuv davrida mediata’limdan foydalanish darajasini belgilovchi mezonlari talqin qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF MEDIA EDUCATION IN THE GLOBALIZATION PERIOD OF HIGHER EDUCATION GRADUATES IN THE PRACTICE PROCESS

The article examines the criteria that determine the level of use of media education by university graduates in the era of globalization.

Текст научной работы на тему «AMALIYOT JARAYONIDA OLIY TA’LIM MAKTAB BITIRUVCHILARININGGLOBALLASHUV DAVRIDA MEDIA TA’LIMDAN FOYDALANISH»

Ergashev Sh.N. "Informatika" kafedrasi o'qituvchisi Chirchiq davlat pedagogika instituti O'zbekiston Respublikasi

AMALIYOT JARAYONIDA OLIY TA'LIM MAKTAB

BITIRUVCHILARINING GLOBALLASHUV DAVRIDA MEDIA TA'LIMDAN FOYDALANISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy ta'lim bitiruvchilarining globallashuv davrida mediata'limdan foydalanish darajasini belgilovchi mezonlari talqin qilinadi.

Kalit so'zlar: globallashuv, zamonaviy dunyoni, mediata'limning paydo bolishi, hozirgi mediata'lim.

Shoxrux Narzullayevich Ergashev Teacher of "Informatics" department Chirchik State Pedagogical Institute Republic of Uzbekistan

USE OF MEDIA EDUCATION IN THE GLOBALIZATION PERIOD OF HIGHER EDUCATION GRADUATES IN THE PRACTICE PROCESS

Annotation: The article examines the criteria that determine the level of use of media education by university graduates in the era of globalization.

Keywords: globalization, the modern world, the emergence of media education, modern media education.

Kirish: Bugungi globallashuv asrida axborotlarni boshqarib, ularni saralab auditoriyaga uzatishning imkoni yo'q. Ommaviy axborot vositalari, Internet va undagi ijtimoiy saytlar, kino sanoati orqali katta miqdor va miqyosda axborotlar uzatilmoqda.

Ozbekiston Respublikasinig Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, "Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o'quv dargohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma'lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o'rab-chirmab, uni o'qima, buni ko'rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o'rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to'g'ri kelmaydi"

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch" asarida globallashuv sharoitida yoshlar onggini asrash borasidagi yechim ham keltirib o'tilgan edi: "Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma'naviy

olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi,

Asosi qisim: Hozzirgi zamonaviy boshqaruvchi deganda, zamon bilan hamnafas ya'ni axborot texnologiyalari vositalaridan samarali foydalangan holda boshqaruvni tashkil etadigan boshqaruvchi tushuniladi. Mediata'limdan unumli foydalanish esa ish unumdorligini oshiradi.

Zamonaviy jamiyatda mediata'lim deganda shaxsning OAV bilan muloqot o'rnatishi va auditoriyada ijodiy, kommunikativ, tandiqiy xususiyatlarini, axborotni tahlil etish va baho berish ko'nikmalarini mediamatnlar va ommaviy kommunikatsiya vositalari materiallari asosida va yordamida rivojlanishi tushuniladi. YuNESKO tavsiyalarida qayd etilishicha, "mediata'lim — har bir fuqaroning axborot olish huquqining bir qismidir" Negaki, xorij mutaxassislarining fikriga ko'ra, bugungi axborot jamiyati sharoitida auditoriya tomonidan mustaqil hayotning dastlabki bosqichlaridanoq zarur axborotni izlash, turli OAV kanallari orqali kuzatilayotgan, ko'rilayotgan va berilayotgan axborotni ijodiy qabul qilish ahamiyatli bo'lib, dunyo mamlakatlarida aholining bu jarayondagi faolligi ortib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida bugungi jiddat bilan rivojlanayotgan axborot jamiyati va globallashuvi natijasida kengayib borayotgan axborot makoni sharoitida auditoriyaga ko'p sonli ma'lumotlar sirasidan kerakli axborotni izlab topish, uning to'g'ri qabul qilish, tushunish, tahlil qila olish, uning tomoshabin, tinglovchi, o'quvchiga ta'sirini oldindan ko'ra bilish ahamiyatli ekanligini ko'rsatdi.

O'zbekistonda mediata'lim o'z asl ma'nosida aholining mediasavodxonligini oshirish instrumenti sifatida qo'llanilmaydi. Ammo bugungi zamon talablari va axborotlarning turli manbalari bilan ishlashni inobatga olgan holda O'zbekiston Milliy universitetida buning biroz o'zgacha ko'rinishlari joriy etilgan. Internetning ta'siri va axborot makonida turli ma'lumotlarni olish va chop etish imkoniyatlarining ortib borayotgani, va axborot makonida multimadaniy(turli madaniyatlarning) axborot makonining shakllanishi natijasida axborot xavfsizligi va axborot hurujlari bilan bog'liq ayrim fan va maxsus kurslar ishlab chiqilgan va ta'lim jarayoniga kiritilgan.

Xususan, oliy ta'lim muassasalarida murabbiylik soatlari doirasida "axborot soat"larining olib borilishidir. Bunda talabalar bilan OAVda chop etib borilayotgan muhim voqealar muhokama etiladi, uzatilgan ma'lumotlar yuzasidan mulohazalar bildiriladi va bugungi kunning axboriy qiyofasi kuzatiladi. Bu esa, o'z navbatida, mediata'limning bir ko'rinishi bo'lib, fikrimiz ni quyidagi jadval ham tasdiqlaydi. Mazkur jadvalda mediata'lim bilan bog'liq kalit atamalar keltirilgan bo'lib, unda axborot oluvchi va axborot uzatuvchi o'rtasidagi munosabatlarni va bu jarayonda ahamiyatli bo'lgan kategoriyalarni namoyish etadi.

Zamonaviy dunyoni ommaviy axborot vositalari — mediasiz tasavvur etish qiyin. Media — bosma nashr, matbuot, televidenie, kinematograf, radio, ovoz yozish va Internet tizimini o'z ichiga oladi. Oxirgi yarim asrda inson hayotida media asosiy o'rinni tuta boshladi. Sotsiologlarning ta'kidlashicha, o'rtacha hisobda hozirgi zamonda "madaniylashgan inson" 75 yil yashaydi, mana shu umrning

taxminan 50 yilini esa uxlamasdan faol tarzda o'tkazadi. Va rosa to'qqiz yilini televizor ko'rishga sarflaydi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch" asarida globallashuv sharoitida yoshlar onggini asrash borasidagi yechim ham keltirib o'tilgan edi: "Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur"lozim. Bugungi kunda bu vazifa bilan mediata'lim shug'ullanmoqda. Demak, aholida media materiallaridan foydalanish, mediamahsulotni uzatish imkoniyatiga ega bo'lgan har bir insonda mediamatn yaratish ko'nikmasini shakllantirish lozim. Bugungi kunda bu vazifa bilan mediata'lim shug'ullanmoqda.

Mediata'lim termini tor mazmunda ta'limning umummadaniy tarkibiy qis mi sifatida qo'llaniladi. U umumiy ta'limning maqsadlariga muvofiq keladi. Mediata'lim so'zining sinonimi sifatida pedagogikada mediamadaniyat va axboriy madaniyat so'zlari ham qo'llaniladi. Ta'limning yangi yo'nalishi, bir so'z bilan aytganda, ommaviy axborot va kommunikatsiya sohasidagi ta'limdir.

Mediata'lim asoschilaridan biri S.Frene fikriga ko'ra, kino va fotografiya ermak va ta'lim vositasi emas, shunchaki san'at ham emas, balki tafakkur va o'z fikrini ifodalashning yangi shaklidir. Maktab o'quvchilari audiovizual media tilini o'zlashtirishi lozim, deb hisoblaydi. "Masalan, siz surat chizishni bilmasangiz va rasm tomosha qilsangiz bu boshqa masala, agar siz surat chiza olsangiz va boshqa rassomning ishini baholasangiz, bu juda yaxshidir".

Mediata'lim hozirgi kunda quyidagi yo'nalishlarda rivojlanmoqda.

1) Ta'lim muassasalarini zamonaviy AKT bilan ta'minlash va ulardan ta'lim jarayoni samaradorligini oshiruvchi yangi pedagogik qurol sifatida foydalanish. (Bugungi kunda ham O'zbekistonda media, mediata'lim atamasi ko'p qo'llaniladi va aynan birinchi yo'nalishdagi mazmunni ifodalaydi).

2) Zamonaviy axborot, telekommunikatsiya vositalari va ma'lumotlar bazasidan ta'lim jarayonini axboriy qo'llab-quvvatlash, ilmiy, o'quv-metodik axborotlar bilan ta'minlashda foydalanish;

3) Ta'lim jarayoni va mustaqil ta'limni realizatsiya qilishning yangi shaklllarini keng rivojlantirish, ta'lim jarayoni miqyosini kengaytirish, aholining dunyo mamlakatlari ta'lim resurslariga kirish imkoniyatini ta'minlash;

4) Ishtirokchilarni informatika bo'yichagina tayyorlash emas, postindustrial axboriy jamiyat sharoitiga, hayotga insonlarni tayyorlash modeliga ko'ra ularda zaruriy malakani shakllantirish.

Xulosa: Xulosa qilib aytadigan bo lsak zamonaviy bitiruvchi bu o zining ustida muntazam ish olib borishi kerak.

Ommaviy axborot va telekommunikatsiyasi vositalarining "vositachiligida" ommaviy madaniyat kirib kelmoqda, manipulyatsiya amalga oshirilmoqda, yoshlarning vaqti behudaga sarf bo'lmoqda, ularning ma'naviy olami va sog'lig'iga putur yetmoqda, ijtimoiy tafakkurda o'zgarishlar kechmoqda.

Globallashuv, axborot asrining ijobiy ta'sirini kuchaytirib, salbiy ta'sirini bartaraf etishga xizmat qilayotgan nokasbiy mediata'limni jahon hamjamiyatida o'z o'rnini mustahkamlab borayotgan O'zbekistonda joriy etish istiqbollidir.

Shunday qilib mediata'limni oliy ta'lim bitiruvchisi keng kolamda ishlatlsa maqsadga muvofiq boladi.

Adabiyotlar:

1. Akhmedov, B. A. (2021). Information technologies in Cluster systems: a competence approach. Universum: технические наук, 4 (85).

2. Akhmedov, B. A. (2021). Cluster methods for the development of thinking of students of informatics. Academy, 3(66), 13-14.

3. Kudratilloev, N. A., Akhmedov, B. A. (2021). Application of communication-cluster technologies in pedagogical institutions: interactive methods of processing graphic data. Scientific Progress, 1(5), 191-198.

4. Akhmedov, B. A., Majidov, J. M. (2021). Practical ways to learn and use the educational cluster. Экономика и социум, 2(81).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.