Научная статья на тему 'AMALIY SAN’AT ASARLARINI TA’MIRLASH VA SAQLASH TUSHUNCHALARI'

AMALIY SAN’AT ASARLARINI TA’MIRLASH VA SAQLASH TUSHUNCHALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
338
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
saqlash / ta’mirlash / amaliy-bezak / san’at asarlari / amaliy san’at / konservatsiya / tuzatish / restavratsiya. / preservation / repair / practical-decoration / works of art / applied art / conservation / correction / restoration.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — I. Ibodov

O‘zbekistonning amaliy san’at asarlari insoniyat jamiyati rivojining boshlang‘ich davrida yuzaga kelgan, insonlarning amaliy talab va ehtiyojlarini qondirish zaruriyati tufayli yuzaga kelgan, halqning asriy madaniyati timsoli, hunarmandlar tajribasining xazinasi, ustalar iste’dodining ifodasidir. Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash esa yetakchi sohalardan biri hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPTS OF RESTORATION AND STORAGE OF WORKS OF APPLIED ART

The works of applied art of Uzbekistan occurred in the initial stages of development of human society, caused by the need to satisfy the demands and needs of the people, the symbol of the centuries-old culture of the people, the expression of the artisans a wealth of experience in talent. Restoration works of applied art is one of the leading branches.

Текст научной работы на тему «AMALIY SAN’AT ASARLARINI TA’MIRLASH VA SAQLASH TUSHUNCHALARI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

AMALIY SAN'AT ASARLARINI TA'MIRLASH VA SAQLASH TUSHUNCHALARI

Ilhom Ibodov Sodiqovich

K.Behzod nomidagi MRDI San'atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti tyutori https://doi.org/10.5281/zenodo.6959239

Annotatsiya. O'zbekistonning amaliy san'at asarlari insoniyat jamiyati rivojining boshlang'ich davrida yuzaga kelgan, insonlarning amaliy talab va ehtiyojlarini qondirish zaruriyati tufayli yuzaga kelgan, halqning asriy madaniyati timsoli, hunarmandlar tajribasining xazinasi, ustalar iste 'dodining ifodasidir. Amaliy san'at asarlarini ta'mirlash esa yetakchi sohalardan biri hisoblanadi.

Kalit so'zlar: saqlash, ta'mirlash, amaliy-bezak, san'at asarlari, amaliy san'at, konservatsiya, tuzatish, restavratsiya.

КОНЦЕПЦИИ РЕСТАВРАЦИИ И ХРАНЕНИЯ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ПРИКЛАДНОГО

ИСКУССТВА

Аннотация. Произведении прикладного искусства Узбекистана происходили на началных этапах развития человеческого общества, вызванное необходимостю удовлетворит потребности и потребности людей, символ многовековой културы народа, выражение основных богатое наследство опытов ремесленников и их выражение. Реставратсионные работы прикладного искусства является одной из ведущих отраслей.

Ключевые слова: консервация, ремонт, декоративно-прикладное искусство, произведения искусства, прикладное искусство, консервация, исправление, реставрация.

THE CONCEPTS OF RESTORATION AND STORAGE OF WORKS OF APPLIED

ART

Abstract. The works of applied art of Uzbekistan occurred in the initial stages of development of human society, caused by the need to satisfy the demands and needs of the people, the symbol of the centuries-old culture of the people, the expression of the artisans a wealth of experience in talent. Restoration works of applied art is one of the leading branches.

Keywords: preservation, repair, practical-decoration, works of art, applied art, conservation, correction, restoration.

KIRISH

Saqlash va ta'mirlash - fan va texnika kabi yuksak bir san'atdir. Amaliy-bezak san'at asarlarini ta'mirlash vaqtida katta hajmdagi ishlar qilinishi mumkin. Qaytariluvchi (tirajlangan)

unsurlar ba'zi asarlarda ko'p joyni egallaydi. Masalan, Sharq amaliy san'atida girihlar ko'p ishlatilgan. Ularni ta'mirlash nisbatan yengil. Islimiy naqshlarni ta'mirlash qiyinroq, chunki unda o'zgarish, unsurlarining joyi girihnikidek bog'langan emas. Yozuvlarning tushib ketgan qismi aniq bo'lsa (masalan, Qur'on oyatini), to'la ta'mirlash to'g'ri deb hisoblanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Amaliy san'at asari namunasi bo'lmish buyumlarni avvalgi vaqtda ko'pincha qayta ishlanar yoki ko'rinishi dastlabki holiga yaqinlashtirilar va yaltiratilar edi. Hozirgi vaqtda bunday qilinmaydi. Asliyat mustahkamlanadi, iflosliklardan tozalanadi, to'ldirilgan qismlar

bo'g'iqroq rangga bo'yaladi. Ba'zan yangi joylarda asliyat taassurotini berish uchun obidaga sun'iy ravishda «asrlar gardi» beriladi.

Amaliy san'at ashyolarini saqlashda turli bosqichlaridagi vazifalar va usullaridagi tafovutlar bu ishda ikki mutaxassis ishtirok etishini taqozo etadi: birinchisi, materialshunoslik tadqiqotini, ikkinchisi, aynan san'atshunoslik tadqiqotini o'tkazuvchi mutaxassis. Haqiqatda buyumni o'rganishning instrumental usullarini ko'plab laboratoriyalar qo'llay olmayotgani uchun, avvalgidek, konservatsiya va ta'mirlash bir kishi tomonidan, ko'pincha ta'mirshunos tomonidan bajariladigan vizual tadqiqot bo'lib qolmoqda. O'n yillar avval fondlarga kelib tushgan asarlarni saqlash va qotirish bilan shug'ullanuvchi ta'mirshunosi uchun odatda ma'lum bir badiiy qiymatga ega bo'lgan buyumlarning qiymati va haqiqiyligi masalalari ahamiyatga ega bo'lganligini isbotlay olgan. Ilmiy ta'mirlash laboratoriyalarida ta'mirlash, ma'lumki, ashyoni saqlash, ayrim hollarda esa qoplamadagi yo'qotishlarni, bezakning ikkinchi darajali detallarini va konstruksiyaning ayrim qismlarini saqlanib qolganiga o'xshash holatda ilmiy asoslangan qisman tuzatishni anglatadi.

Saqlashning o'zi ta'mirlashning ikkinchi bosqichini tashkil etadi. Uning vazifasi nafaqat ko'rib chiqilayotgan ashyo, balki uning o'xshashlarini ham saqlash haqidagi ma'lumotni tahlil qilishdan iboratdir. Hujjatli asarlarni saqlash va ta'mirlanishi ham yuqoridagilar singari juda murakkab jarayondir. Qog'oz asosdagi xujjatli ashyolarni ta'mirlash va saqlash jarayonlari olim

A.I.Malbishev tomonidan tadqiq etilgan.

Ta'mirlashda katta o'zgarishlarga uchragan, va ta'mirshunosdan qator maxsus bilimlarni turli xil jfanlar sohasida bilimni talab qiladi: organik kimyo, fizika, fizikaviy kimyo va xokazolar. Hozirgi ishda ta'mirlash sohasining klassik metodlarining yutuqlari | ko'rib chiqilgan, bu yupqa qog'ozni yelimlashda qo'llaniluvchi va unli yelim, qog'oz asosga xujjatli materialga qo'llaniluvchisi ko'rilgan. Bu uslub va hozirgi kunda ham hayotiy saqlanib qolgan. Ashyolarning mutlaq, ya'ni dastlab tayyorlangan vaqtini aniqlash nihoyatda muhimdir. Aniqlash faqat sun'iy qurilish ashyolarigagina, qorishma hamda keramik, metall, yog'och buyumlarga nisbatan qo'llaniladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, ta'mirlash va saqlash ishlari juda murakkab kechadigan jarayon. Bu ishlarni amalga oshirish uchun ta'mirshunos nafaqat ta'mirlash va saqlash sirlaridan, laboratoriya taxlillarini o'tkazishdan, balki, kimyo, fizika, san'at tarixidan ham xabardor bo'lishi kerak. Tadqiqot uchun tanlangan mavzu juda keng bo'lganligi bois, turli xil materiallardan qilingan buyumlarning konservatsiya va restavratsiya qilinish jarayonlari alohida hamda umumiy tarzda tadqiq etiladi.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Amaliyotda san'at asarlarida qo'llaniladigan ishlar 3 xilga: a) tuzatish, b) konservatsiya (qotirish, saqlash) va v) ta'mir ishlariga bo'linadi. Bu farqlash shartlidir. U yoki bu ish xilini bajarishdan avval asar albatta tadqiq qilinishi kerak. Asarni tasniflash ham o'ziga xos bo'lgan asosiy belgilarni aniqlashning muhim bosqichlardan biri sanaladi. Bu bosqichda predmetning fizikaviy, kimyoviy hususiyatlari bilan birga uning kelib chiqishi va tarixiy muhiti ham o'rganib chiqiladi. Misol tariqasida, amaliy san'at buyumini ilmiy tasnifida birinchi bo'lib, uning tashqi hususiyati, aniq xronologik bosqichi, qaysi madaniyatga tegishli ekanligi tadqiq etiladi. Ushbu predmetlar bilan ish olib borish jarayonida mavjud milliy madaniyat va boshqa turdagi yodgorliklar bo'yicha bilimga ega bo'lish kerakligi, undan tashqari analogiyalarni izlashda maxsus adabiyotlardan foydalanish talab etiladi. Muzey buyumlari bo'yicha yig'ilgan axborot hajmini tartibga keltirishda ularni klassifikatsiyalash tartibida amalga oshiradi.

Ta'mirlash va saqlash ishlari amalga oshiriladigan buyumlarni ilk bor klassifikatsiyalashda ularni quyidagi alohida guruhlarga ajratish mumkin: 1.Arxeologik materiallar; 2.Antropologik materiallar; 3.Tasviriy san'at asarlari; 4.Biologik namunalar; 5.Botanik namunalar; 6.Zoologik namunalar; 7.Inson faoliyatining mahsuli bo'lgan moddiy yodgorliklar namunalari; 8.Artefaktlar; 9.Tarixiy joylar; 10.Geologik namunalar; 11.Kitob va qo'lyozmalar; 12.Harita, fotosuratlar; 13.Kinofilmlar.

Asarlarni o'rganish jarayonida, ularni saqlashda quyidagilarga e'tibor beriladi: Asarning ajralib turuvchi tomonlari, uning saqlangan joyi va boshqa hisobga olingan ma'lumotlar; predmetni artefakt, hujjat yoki namuna sifatidagi tarixi; predmetni kelib chiqishi va u topilgan muhitning xarakteristkasi; predmetning tavsifi: uning fizik xarakteristikasi; predmetning alohida madaniyat mahsuliga tegishliligi, davrining kelib chiqishi; predmetning bezagi va nimani o'zida aks ettirayotganligi haqida tavsifi; predmetning klassifikatsiyasi: tipologiyasi va funksionalligi.

Ta'mirlash va saqlash jarayonidan ilgari buyumlarni ilmiy tasniflash - keng ma'noda, buyumlarni tarixiy-badiiy aniqlash bo'lib, odatda, yaratilish vaqti va joyini, muallifi, maktabi va

qaysi madaniyatga tegishli ekanligini aniqlashni o'z ichiga oladi. Mazkur atama san'atshunoslikda yoki moddiy madaniyatning amaliy tarixida ko'proq qo'llaniladi.

MUHOKAMA

Saqlash maxsus bilim va tegishli mutaxassislik tajribalaridan to'plangan yuqori darajadagi kasbiy bilimlar mahsuli bo'lib, mazkur maxsus bilimlar yordamida tekshiruvchi oldiga qo'yilgan vazifa yechimida yetakchilik qiladi. Bundan kelib chiqqan holda, yuqori darajadagi saqlash bir vaqtning o'zida ta'mirshunosning

ta'miri bo'lishi mumkin. Shunday qilib, bu tushunchalar deyarli aynan i teng ma'noni anglatadi.

Saqlashning birinchi turi faqat tekshirilayotgan muzey buyumi .bilan ish olib boradi. O'z navbatida, u asar yaratilishida ishlatilgan ! materiallarni, kartina sanasi va imzoning asliga muvofiqligini aniqlashtiradi, yomon farqlanadigan yozuvlarga aniqlik kiritadi. Bunday tadqiqot paytida muzeyshunos umumiy tavsif borasida xulosa chiqarmaydi, ya'ni u konservatsiyalash (saqlash va qotirish) qilinayotgan buyumning biror bir muallifga tegishli ekanligini aniqlamaydi, tasdiqlamaydi yoki inkor etmaydi. Konservatsiya qilinayotgan asar ishtirokida olingan ob'ektiv texnologik ma'lumotlar mazkur muallif asarining texnologik o'ziga xosligi, asarning ishlangan vaqti yoki uning yaratilgan joyi haqidagi zamonaviy tasavvurlarga zid kelmasligi, yoki ularga zid kelishi haqida dalillar keltirishi lozim. Shu bilan birgalikda, amaliy san't buyumining bir yoki boshqa materiallarini qo'llanilishi dastlabki paytda ma'lum bo'lmagan taqdirda, bunday ekspertizalar ish jarayonida asarlarni qayta atributsiyasi o'tkazilishini taqozo etadi.

Ikkinchi turi - bu identifikatsion saqlashdir. Uning nomidan ma'lumki, birinchi turdagiga qarshi o'laroq, u qiyoslash va o'xshatish uchun zaruriy bo'lgan materialni talab etadi. Mazkur paytda gap birinchi turdagi saqlashda ishlatiladigan materiallar (pigmentlar, bog'lovchilar) identifikatsiyasidan tubdan farqlanuvchi - individual-aniq ob'ektlar o'rtasidagi farqni aniqlash haqida boradi. Identifikatsion saqlash va qotirish paytida tadqiq etilayotgan asar belgilari unga o'shatiladigan va shubhasiz haqiqiy deb hisoblanilayotgan, aniq bir asar belgilari bilan o'xshatiladi. Boshqa so'z bilan aytganda, tekshirish natijasida turli tekshiruv ob'ektlarida aniq bir belgilarining o'xshashligi aniqlashtiriladi. Identifakatsion ta'mirlash va saqlash vazifasiga mazkur asar aniq bir ustaning haqiqiy asari, ko'chirilgan nusxa yoki qalbaki ekanligini isbotlovchi dalillarni aniqlash kiradi.

Umuman olganda ta'mirlash va saqlash sohasi bugungi kunda tarixiy san'at asarlarini asrab-avaylash va keyingi avlodga yetkazish kabi ishlarda o'z aksini ko'rsatadigan jamiyatimizning muhim bo'g'ini sifatida alohida o'ringa ega ekanligini ta'kidlab o'tish joizdir.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

XULOSA

Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, saqlash va ta'mirlash ishlari juda murakkab kechadigan jarayon. Bu ishlarni amalga oshirish uchun ta'mirlovchi nafaqat ta'mirlash va saqlash sirlaridan, laboratoriya tahlillarini o'tkazishdan, balki, kimyo, fizika, san'at tarixidan ham xabardor bo'lishi va amaliyotda o'z bilimlarini namoyon eta olishi ham kerak.

REFERENCES

Девина Р.А., Дорохов В.Б., Илларионова И.В. Пути решения проблемы сохранения памятников истории и культуры, находящихся в музейных зданиях // ТПС. СПб., 2000. Вып. 20. С.103-108

Девина Р.А., Дорохов В.Б., Илларионова И.В. Пути решения проблемы сохранения памятников истории и культуры, находящихся в музейных зданиях // ТПС. СПб., 2000. Вып. 20. С.103-108

Кондрашов Л., Векслер А. Типологические системы методики охраны. М. 2002. Ст-97.

Роос С. История и этика консервации // ТПС. СПб., 1995. Вып. 17. - С. 178-180.

Роос С. История и этика консервации // ТПС. СПб., 1995. Вып. 17. - С. 182-183.

https://abt.uz/university/specialty/

https://joqargikenes.uz/uz/

http://library.samdu.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.