Научная статья на тему 'ALOGIZM TAMOYILIGA ASOSLANGAN USLUBIY VOSITALARNI IFODALOVCHI GRAMMATIK BIRLIKLAR'

ALOGIZM TAMOYILIGA ASOSLANGAN USLUBIY VOSITALARNI IFODALOVCHI GRAMMATIK BIRLIKLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Samatova Zulhumor

Alogizm-mantiqsizlik unsuriga asoslangan stilistik troplar va figuralarni shakllantiruvchi leksik, prosodik elementlardan tashqari grammatik birliklar ham muhim ahamiyat kasb etadi va odatda, nutqning sintaktik va morfologik qoidalariga zid yoki noan’anaviy shakllangan gap yoki so‘z birikmalari tushuniladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALOGIZM TAMOYILIGA ASOSLANGAN USLUBIY VOSITALARNI IFODALOVCHI GRAMMATIK BIRLIKLAR»

ALOGIZM TAMOYILIGA ASOSLANGAN USLUBIY VOSITALARNI IFODALOVCHI GRAMMATIK BIRLIKLAR

Samatova Zulhumor Qudratilla qizi

ADCHTI 1-kurs doktoranti zulhumorqosimova@gmail.com

Alogizm-mantiqsizlik unsuriga asoslangan stilistik troplar va figuralarni shakllantiruvchi leksik, prosodik elementlardan tashqari grammatik birliklar ham muhim ahamiyat kasb etadi va odatda, nutqning sintaktik va morfologik qoidalariga zid yoki noan'anaviy shakllangan gap yoki so'z birikmalari tushuniladi.

Alogizm tamoyiliga asoslangan stilistik troplar va figuralarni shakllantiruvchi grammatik birliklarni tadqiq qilishdan oldin trop va figurlar borasida I.R. Galperinning fikriga e'tibor qaratish zarur: "Ko'chma ma'no bu ikki turdagi leksik ma'nolar: lug'at ma'nosi va kontekstual ma'no o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikdir. Kontekstual ma'no har doim lug'at (mantiqiy) ma'nosiga bog'liq bo'ladi. Lekin, agar og'ish juda katta bo'lib, hatto mantiqiy ma'noda kutilmagan burilish hosil qilsa, biz bu holatni stilistik vosita sifatida qayd etamiz". [1.135]

Uslubiy vositatalar 2 xil, troplar va figuralar ko'rinishda bo'lib ularni o'rganish qadim zamonlardan ko'plab olimlar tomonidan olib borilgan. Antik davrda turli trop va figuralarning mohiyati va funksiyalari ta'riflari paydo bo'lgan. Masalan, taxminan ikki ming yil oldin Aristotel metafora haqida yozgan: "Metafora - so'zning ma'nosini o'zgartirib ko'chirish: turdan turgacha, turdan turga yoki turlardan turlarga yoki analogiyaga ko'ra".[2.1] Stilistik vositalarni o'rganish ahamiyatini inkor etish mumkin emas, ammo shuni ta'kidlash kerakki, hozirgi vaqtda stilistikada elokutivlarning to'liq tizimli xarakteristikasi mavjud emas.

I.V. Pekarskaya trop va figuralarni tashkil etish tamoyilini hisobga olishni taklif qiladi. [3.248] Shuningdek, ushbu muallif stilistik vositalarni ko'p aspektli o'rganish natijalarini maydon nazariyasi doirasida taqdim etishni maqsadga muvofiq deb biladi.

Trop yunoncha "tropos" so'zidan olingan bo'lib, "burilish, ko'chma obraz" degan ma'noni anglatadi shuning uchun A.A. Potebnya tropni "bezatilgan, ko'chma nutq" sifatida tushinilishi kerak deydi.[4. 1]

Stilistik figuralar deb nutq ta'sirchanligini kuchaytirish, tasviriylikni oshirishga xizmat qiluvchi maxsus sintaktik qurilish, nutq ko'rinishiga aytiladi.[5. 19] Stilistik figuralar tinglovchiga ko'proq emotsional ta'sir ko'rsatish, gapdan anglashilgan umumiy ma'noni kuchaytirish yoki kamaytirishda sintaktik vosita sifatida ishlatiladi.

Alogizmni shakllantiruvchi uslubiy vositalarga quyidagilar jumladan metafora, metonimya, sinekdoxa, epitet, ironiya, antifraza, perifraza, giperbola, apostrofa, antiteza, oksimoron, gradatsiya, pleonasm va taftalogiya, katahreza, zevgma va sillepsis, gipallaga, amfiboliya, antifrazis, litota va meosiz, paralepsis, apadozis va apafaziya, paradoks, amfiboliya va perkursiya kiradi.

Bunday birliklar mantiqni buzib, kutilmagan, hayratlantiruvchi yoki qiziqarli ta'sir hosil qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi va matnda alohida estetik ifoda berish, o'quvchini o'ylashga undash yoki tasavvurni kengaytirish uchun xizmat qiladi. Alogizm asosida shakllangan grammatik birliklarning asosiy turlari va ularga o'zbek hamda ingliz tillarida mavjud namunalar bilan tanishamiz.

Nominal so'z birikmalari orqali ifodalangan alogizm

Bu turdagi alogizm tamoyiliga asoslangan grammatik birliklarda bir-biriga qarama-qarshi yoki mantig'i buzilgan nominal so'z birikmalari hosil qilinadi. O'zbek tilida: "Kulib yig'lash" - bu yerda "kulish" va "yig'lash" birikmasi o'rtasida zidlik mavjud, ammo hissiy kontrast yaratish uchun ishlatilgan. Ingliz tilida: "Living dead" - "tirik o'lik" kabi zid so'zlardan hosil qilingan birlik, unda tiriklik va o'liklik mantiqiy jihatdan birikmasligi sababli alogizm hosil bo'lgan.

1. "The little girl who had done this was eleven, beautifully ugly as little girls are apt to be who are destined after a few years to be Inexpressively lovely to bring no end of misery to a great number of men". [6.87]

2. . "Alice Dalrymple held her head at right angles to the young man's chair; her profile was clean and delicate, with a careful, dyspeptic beauty "[7.374]

Paralel sintaktik tuzilmalar orqali alogizmni ifodalash.

Bu turdagi grammatik birliklarda gap tarkibidagi parallellik mantiqdan chetlashib, yangi ma'no qatlamini yuzaga keltiradi.

O'zbek tilida: "Sen kuningga o'zgalar xayolini yotar." - bu gapda "kun" va "xayol"ning o'zaro aloqasi aniq emas, mantiqan bog'liq emas, shuning uchun alogizm tuzilmasi hosil bo'lgan. Ingliz tilida: "I am busy doing nothing." - bu gapda "busy" va "doing nothing" tushunchalari birga kelgan bo'lib, mantiqiy zidlik hosil qilinadi. Ushbu misra Erkin Vohidovning "O'zbegim" she'ridan olingan va unda xalqning murakkab taqdiri tasvirlangan. "Ilmu she 'rda shohu sulton, Lek taqdiriga qul, O 'z elida chekdi g 'urbat, Zoru nolon, o'zbegim."[8. 5]

Bu misrada Erkin Vohidov paralel sintaktik tuzilma orqali xalqning bilim va she'riyatda kuchli, ammo hayotiy taqdirga nisbatan ojiz ekanligini ifodalaydi. Shu o'rinda alogizm, ya'ni kutilmagan qarama-qarshilik ham mavjud, chunki "shohu sulton" bo'lsa ham, "taqdiriga qul" ekanligi tasvirlanadi.

Ko plik yoki birlikni ifodalovchi tushunchalar orqali alogizmni ifodalash Ko'plik va birlik shakllarida alogizm tamoyiliga asoslangan grammatik birliklar yordamida noan'anaviy ma'no yaratiladi. O'zbek tilida: "O'limlar ko'p, ammo hayotlar bir." - bu gapda o'lim va hayot ko'plik va birlik shakllarida ishlatilishi orqali kutilmagan ta'sir yaratilgan. Ingliz tilida: "Many truths, one reality." - ko'plikdagi "truths" va birlikdagi "reality" birikmasi orqali mantiqiy zidlik hosil bo'ladi. Shekspirning "Hamlet" asarida quyidagi satr bor: "Frailty, thy name is woman!" [9.10]

Bu yerda "woman" so'zi aslida butun bir jins, ya'ni ayollarga nisbatan ishlatiladi, lekin birlikda kelmoqda. Bu ko'plikka ishora qilgan holda birlikda keltirish orqali alogizmni yaratadi.

Zamon, shaxs va kelishik zidliklari bilan yaratilgan alogizm. Gapda zamon, shaxs yoki kelishiklarni noan'anaviy holda birlashtirish orqali alogizm hosil qilish mumkin. O'zbek tilida: "Men o'tgan kuningda bugungi tongni

topaman." - bu yerda o'tgan zamon va hozirgi zamon tushunchalari birikkan. Ingliz tilida: "You are yesterday's tomorrow." - bu gapda zamon va shaxs tushunchalari bir-biriga zid bo'lsa-da, uslubiy ta'sir kuchaytirilgan.

Charles Dickensning A Christmas Carol asarida vaqt ziddiyatlari orqali yaratilgan alogizm kuchli namoyon bo'ladi. Asarda "Kelajak Ruhu" Scroogega tashrif buyurib, unga kelajakdagi o'lim manzarasini hozirgi ondayoq ko'rsatadi. Bu voqea vaqtni mantiqsiz shaklda birlashtiradi va xuddi "sen kechaning ertasisan" degan tushunchaga o'xshash paradoksni yuzaga keltiradi. Scrooge kelajakda yuz beradigan o'z o'limini hozirgi vaqtda his etar ekan, o'z o'tmishi va kelajagini bir vaqtning o'zida boshdan kechiradi. Bu jarayon o'quvchida vaqtning chiziqli emas, balki ko'p o'lchamli ekanligi haqida yangi tasavvurni uyg'otadi.

Dickens yaratgan ushbu alogizm orqali o'quvchilar inson o'zligining zamonlararo bog'lanishini, o'tmish va kelajakning hozirgi qarorlar ustidan qanday ta'sir o'tkazishini chuqurroq anglashadi. Bu orqali vaqtning odatdagi tushunchalari sinib, insonning o'z kechmishi va kelajagi bilan bir paytda yashashi mumkinligi haqida fikr uyg'otiladi. Dickens o'zining zamon ziddiyatlarini aks ettirish mahorati bilan o'quvchini inson o'zligining chuqur qatlamlariga olib boradi.[10. 93]

Alogizm hodisasini shakllantiruvchi parodoksal elementlarni morfologik birliklar bilan ifodalash ko'p uchraydi. Misol uchun:

" She is a coquette"; "She is always flirting with the wind"; "You have been trifling with me" "Then they invited the North Wind to stay with them, and he came" "He had a most distinguished manner" alogizm hodisasi ko'plab parodoksal elementlarni o'z ichiga oladi. Parodoksalizm - bu bir-biriga qarama-qarshi yoki mantiqiy jihatdan bir-birini to'g'ri kelmaydigan fikrlar, iboralar yoki holatlarning bir joyda jamlanishi. [11.112]

Alogizm tamoyiliga asoslangan grammatik birliklar turli xil uslubiy ta'sir hosil qilishda juda samarali bo'lib, matnning tasviriylik darajasini oshiradi, mantiqiy izchillikni buzadi va o'quvchini chuqurroq fikrlashga undaydi. O'zbek va ingliz tillarida ushbu grammatik birliklar ko'plab adabiy va nutqiy vaziyatlarda keng qo'llanadi va ular orqali ijodiy uslubni boyitish imkoniyati yaratiladi

Literature:

1. Galperin I.R. Stylistics, Higher school 1977 p.135

2. Мещерякова, Е. Х. О метафоре / Е. Х. Мещерякова. - URL: http://it-claim. ru/Library/Books/ITS/wwwbook/ist6/mesharecova/mesharecova. htm (дата обращения: 09. 09. 2017).

3. Пекарская, И. В. Контаминация в контексте проблемы системности стилистических ресурсов русского языка. Часть 1 / И. В. Пекар ская. - Абакан: Изд-во ХГУ им. Н. Ф. Катанова, 2000. - 248 с.

4. Потебня А.А. П64 Теоретическая поэтика / Сост., вступ. ст., коммент. А.Б. Муратова. — М.: Высш. шк., 1990. — 344 с. — (Клас сика литературной науки).

5. Lapasov J. "Badiiy matn va lisoniy tahlil" Toshkent <O'qituvchi> 1995

6. P.S.Fitzgerald, Short Stories, New York, Scribner,1989 p.87

7. R.P.Warren. The Unvexed Isles, The Circus in the Attic and Other Stories, New York Times, 1968p.374

8. "O'zbegim", Toshkent, "Sharq" 2005-yil, p 128

9. Hamlet PDF A ful version of William Shakespeare's Hamlet text NoSweatShakespeare.com page 10

10. Ch. Dickens, "A Christmas Carol" London, Chapman &Hall, 16, Strand.

P. 93

11. Oscar Wilde. Fairy tales. Moscow: Progress Publishers, 1979, p112

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.