Научная статья на тему 'АLISHER NАVОIYNING “SАB‟АI SАYYОR”DОSTОNIDА DILОRОM ОBRАZI ОRQАLI SHАRQ АYОLLАRI MILLIY XАRАKTERINING ОCHIB BERILISHI'

АLISHER NАVОIYNING “SАB‟АI SАYYОR”DОSTОNIDА DILОRОM ОBRАZI ОRQАLI SHАRQ АYОLLАRI MILLIY XАRАKTERINING ОCHIB BERILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

613
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Sаb‟аi sаyyоr “ / Dilоrоm / qаqnus / mа‟shuqа / Shоh Bаhrоm / Xоrаzm / sаrv / kаvkаb / lа‟l / Xо‟tаn.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Huriyаt Shаmsiyevа

Mаzkur mаqоlаdа “Sаb‟аyi sаyyоr”dоstоnidаgi Dilоrоm оbrаzi оrqаli shаrq аyоllаrining milliy xаrаkterining оchib berilishi hаqidа fikr mulоhаzаlаr bildirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «АLISHER NАVОIYNING “SАB‟АI SАYYОR”DОSTОNIDА DILОRОM ОBRАZI ОRQАLI SHАRQ АYОLLАRI MILLIY XАRАKTERINING ОCHIB BERILISHI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1151-1157

ALISHER NAVOIYNING "SAB'AI SAYYOR"DOSTONIDA DILOROM OBRAZI ORQALI SHARQ AYOLLARI MILLIY XARAKTERINING OCHIB BERILISHI

Huriyаt Shаmsiyevа

Qarshi davlat universiteti magistratranti Ilmiy rahbar: Rаyshаnоyа G (f.f.f.d)

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada "Sab'ayi sayyor"dostonidagi Dilorom obrazi orqali sharq ayollarining milliy xarakterining ochib berilishi haqida fikr mulohazalar bildirildi.

Kаlit sо'zlаr: "Sab'ai sayyor ", Dilorom, qaqnus, ma'shuqa, Shoh Bahrom, Xorazm, sarv, kavkab, la'l, Xo'tan.

KIRISH

Sharq ayollari azal zaldan vafo sadoqat, nazokat va nafosat timsoli sifatida vasf etilgan. Sharq ayoli o'zining qalb go'zalligi bilan boshqalardan ajralib turgan,mehnatidan baxt topgan,niyati pok, o'zi pok nozik xilqatdir.Ana shunday vafo va sadoqatni o'zida mujassam etgan qahramonni Hazrat Alisher Navoiy o'zining "Sab'ai sayyor "dostonida Dilorom obrazi orqali yaratdi.

So'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy sharq ayollari tavsifida vafoga shunday go'zal misralar bitadi: "Vafo shunday bir pokiza matlubaki, u ko'ngli pok bo'lmagan kimsaga yaqinlashmaydi,Vafo shunday asl gavharki,u insoniyat tojiga ziynatdir.U vafo va hayoni egizak holda ko'radi.Har bir yurakda vafo bo'lsa,u yerda hayo ham bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hazrat Alisher Navoiy Dilorom tavsifida oy, quyosh, yulduz, kabi tabiat unsurlariga murojaat qiladilar. Ulug' shoir dostonning XIII bobida yana Dilorom tavsifini yuksak husn-u tavajjuh bilan chizar ekan, tabiatdan ma'shuqa husniga mos qiyoslar topadi. Suyukli qahramonning yuzi oila va nasrin gallariga, ko'zlari ohu ko'zlariga tashbeh qilinadi. Ulug' mutafakkir talqinicha, bu Sharq go'zalining ikki chakkasidan osilib turgan ikki qora kokili tabiatning ajralmas bir bo'lib, tun va kechaga o'xshaydi. Tasvir davomida ulug' shoir ruju sa'natiga rag'bat ko'rsatadi. Go'yoki oldingi tasvirdan voz kechgandek bo'ladi. Ularni kokil ham, tun ham emas, tuzoq deyavering, - deya ta'kidlaydi. Tasvir va talqin yana tabiat tunga kelib ulanaveradi. Chunki har doim har bir tuzoq Laylini, ya'ni kechani va go'zalni eslatadi. Tuzoq ostida esa, yuqorida ta'kid etilganidek, lola va nasrin gullari kabi oq qizil yuzida ikki ohu ko'zlari kulib turadi. Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1151 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1151-1157

Diloromning ko'zlari uning qarochig'i esa, Xo'tan kiyimidan olingan anor hidli qora mushkni eslatadi. Diloromning yuz gulzoru, ikki labi ikki ajib gulbargdir: Zulf yo'q, laylikim, ochib iki dom. Lek har doim laylidin bir lom. Domi ostida lolavu nasrin, Tushub anda iki g' azolayi chin. Ko'zi jayran, qarosi mushki xo'tan, Tomizib holi mushkin ul jayran. Nuqtayi xoli rangi shomi visol, Yuzining subxi nuqtasi ul xol. Yuzi gulzoru iki lab anda, Iki gulbargi bulajab anda.

Ulug' shoir Diloromning labini tabiatning qimmatbaho ne'mati-la'lga o'zini ona tabiatning xush isli inomli gulga qiyos qiladi. Shunisi hayratlanarliki, u lablarini ochganda, og'zidan so'z o'rniga dur sochiladi. Diloromning tishlari la'l ichidagi dur, balki obi hayot ichidagi shudringdir.

Ma'shuqaning qulog'idagi halqalar tasvir qilinar ekan, yana yulduz va quyosh timsollari tashbih uchun zamin vazifasini bajaradi. Ikki qulog'ida ikki isirg'a yulduzdek yaltirib turadi. Ammo bu yulduzlar shunday yulduzlarki, ular quyosh atrofida qiron qilmoqchi bo'lgan fitnagar yulduzlarni eslatadilar: Har qulog'ida durri raxshanda, Ikki kavkab kibi duraxshanda. Mehr atrofida makon aylab, Fitna qilmoq uchun qiron aylab Dema qad , nozanin niholi bixisht, Ruh sarmoyasidin anga sirisht. Jilva qilmoqtakim, ravon ko'runub, Ruhdin go'yiyo nishon ko'rinub.

Odatda, mumtoz she'riyatda mashuqa qaddi-qomati sarv daraxtiga qiyos qilinadi. "Sab'ayi sayyor" qahramoni qomatini ulug' shoir jannatdagina bo'ladigan nozanin niholining xuddi o'zginasi, deya ta'rif etadi..

Dostonning XIX bobida Diloromning sozandalik xususiyati to'g'risida mulohaza yuritgan shoir ona tabiatdan yana yangidan yangi qiyoslar topadi. Binobarin, sarvqad go'zal nastarin guli kabi oq badaniga gulrang jon iplarini uzmoq uchun changni qo'liga oladi.

Tasvir va talqin gullar dunyosidan qushlar olamiga ko'chadi. Dilorom afsonaviy qaqnus qushicha tashbih qilinadi. Baytdan bayotgacha ko'chgan sari qushlar davrasi yana Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1152 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1151-1157

kengayib boradi. Bu davraga to vus, bulbul ham kelib qo'shiladi. Ulug' shoir fikricha, Dilorom xuddi qaqnus qushiga o'xshaydi. Qaqnus xushovoz qush bo'lib uning tumshug'idagi 360 teshik dan 360 xil ovoz va ohang chiqadi. Aslida musiqa ohanglari qaqnus ovozlaridan olingan. Mazkur qush ming yil umr ko'rgach, o'zini o'tga tashlab yonib ketar ekan. Dilorom ham o'sha qaqnus qush misol ohanglari bilan olamga o't solur edi. Chang teshiklaridan mungli ovozlar chiqarkan, o't sachragandek tuyulardi. Uzoqdan kuzatgan kishiga bu manzara qaqnus bilan tovus jo'r bo'lib bir ohanga kirayotganini eslatadi. Diloromning jamoli tovusdek jilvagar bo'lsada, ovozi bulbul ohangidek yoqimli. U bulbul kabi ming ohangda doston o'qiydi, qaqnus esa unga qo'shilib kuylaydi: Tor ila nag'ma beadad bo'lubon, Tor yo'q, nag'malarga mad bo'lubon. Chunki har suqbadin chiqib bir lahn Bo'lubon pur sado etinchi sahn. Chunki qaqnuslik aylabon izhor, O't solib olam ichra qaqnusvor. Suqbadin lahni zorlar bilinib, Sekribon o'tkim torlar bilinib. Bo'yla qaqnusqa bu sifat tovus, Hamnavolig' aro bo'lib ma'nus. Garchi tovusdek jamoli aning, Bulbul alhon ila maqoli aning. Bulbul oso chekib bu ming daston, Bo'lubon qaqnus anga hamdaston. Ul navolardin o'rtanib olam, Xossakim bulbul o'lsa, gurux ham

Baxrom va Dilorom munosabatlarini yoritishda tabiatning yer, falak osmon, quyosh, sahro, dasht kabi unsurlaridan ulug' shoir mohirona foydalangan. Ulug' mutafakkir talqinicha , shoh yer yuzida bu parizod bilan, falak esa, osmonda o'z quyoshi bilan bazm tuzadi. Ikki oshiq-ma'shuq sahrolarni kezib, dashtlarni aylanadi. Ijodkor dostonning barcha boblarida Diloromga nisbatan kiyik, ohu ishorasini kuylashdan erinmaydi, tabiatning gulzor, maysazor, lola, sabza kabi unsurlariga tez-tez murojaat qiladi. Navoiy talqinicha, ohu ko'zli Dilorom go'zal Chin diyorida parda ichida tug'ilib, yashab, istiqomat qilgan. O'sha yurtning gulzorlarida o'ynab kulgan. Shuningdek muattar hid sochuvchi bu kiyik lolalar ichida ulg'aygan. Shuning uchun ham u cho'l-u biyobonlarda sayr etishni xush ko'radi: Aslida ul g' azolayi mushkin Chin fazosida erdi hajla nishin. Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1153 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1151-1157

Ham Xo'tan dashtida maqom etgan, Ham gulu sabzada xirom etgan. Dasht uzra g'azoli mushkin bo', Lolavu sabza uzra qilg'on xo'. Chun anga bu sifat shamoyil edi, Dasht sayrig'a asru moyil edi. Shahga xud dasht sori ish chopmoq, Sayd qilmoq bila farah topmoq. Ikisi tabig' a muloyim sabr, Bu jihatdin alarg'a doim sayr.

Alisher Navoiy salbiy xodisalar talqinida ham tabiat lavhalariga murojaat qiladi. Shohning merganlik mahoratiga "har kim bir narsani mashq qilaversa, mahoratga ega bo'ladi", - deya javob bergani uchun Dilorom shoh g'azabiga uchraydi. Jallodlar Diloromni maxofadan chiqazib, biyobon tomon sudraydilar. Biyobon ham tabiatning bir bo'lagi. Ammo bu dasht shundayki, unda o'sgan har bir giyoh xuddi o'qqa o'xshaydi. Unda suv yo'q. Tabiat mo'jizalari - jonivorlar umriga zomin bo'ladigan zaharli o'tdan boshqa hech qanday giyoh u biyobonda bitmaydi: Maxddin oyin chiqirdirlar, Bir biyobong'a elta bordilar. Har giyohi aning nechukkim o'q Davrida necha kunchilik suv yo'q Jonivar umrini qilurg'a taboh Butmay anda bag'ayri zahr giyoh

Go'zal Diloromni shu biyobonga olib borib ikki o'rim sochi bilan oyoq qo'lini tortib bog'lab, tashlab ketadilar.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Shoh Bahrom may va g'azabning harorati bilan shunday farmon bergan edi. U har kuni tongda may bilan og'iz ochar, shu payt yonida Dilorom ham bo'lar edi. Saharda uyg'onib, tong mayini talab qilganida yonida sevgilisi yo'qligini sezib qoladi. Nima qilganini anglaydi. Dunyo ko'ziga qorong'u bo'lib ketadi. G'azab mastligidan hushyor va g'aflat uyqusidan bedor bo'lgan shoh biyobondan Diloromni izlashga tushadi. Alisher Navoiy shu o'rinda chaqmoq , la'l, tosh kabi tabiat unsurlaridan mohirona foydalanib, hajr iztiroblarini boshidan kechirayotgan oshiq holatini o'quvchi ko'zi oldida jilolantiradilar. Shohning ichiga shunday chaqmoq tushdiki, uning butun vujudi alanga ichida qoldi. Falak uning la'l javoxirlar bilan ziynatlangan boshiga behisob toshlar Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1154 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1151-1157

yog'dirdi. Bahromga sidqidildan vafoli yor bo'lgan Dilorom shoh tomonidan ham hech qanday aybi bo'lmagan holda og'ir jazoga mubtalo bo'ldi. Eng yaqin odamlaridan ana shunday munosabatni ko'rgan bechora qiz taqdirga tan bermoqqa majbur edi.

Dilorom Bahrom qoshida ekanligida shohga mehr-sadoqat bilan xizmatda bo'ldi. U Bahromning ko'nglini shod etmoqni o'z vazifasi deb bildi va bu vazifani mahorat bilan amalga oshirdi. Ammo Alisher Navoiy bu vaqtda Diloromning Bahromga muhabbati bo'lganmi yoki bo'lmaganmi yozmaydi. Dilorom Bahromning g'azabiga uchragan paytida agar shu muhabbat bor bo'lgan bo'lsa u o'tmog'i mumkin edi.

Ammo Diloromda aksincha bo'ldi. U Xorazm hukmdorining uning nikohiga o'tishi to'g'risidagi taklifini rad qiladi. Xorazmda ekanida yana Bahrom bilan uchrashuv ehtimolini garchi ko'zda tutmasa-da, Bahromga sadoqatini saqladi. U hech qachon Bahromni unutmadi. Dilorom Bahromning g'azabi tufayli o'z boshiga tushgan balolar uchun o'zini ayblaydi. Diloromning Bahromga bo'lgan muhabbati uning Xorazmdan Bahrom huzuriga qaytayotganda oxirgi manzilda qilgan nolalarida ayniqsa baralla eshitiladi.

Ki bu yo'l ne balo uzog' o'ldi Tobidin dog'im uzra dog' o'ldi. Yetti og'zimg'a ranjdin jonim Qolmadi g' am yemakka imkonim. Umrdin noumid o'ldim lo Mehnat-u hajr ichinda o'ldim lo! Ul kun o'lg'aymu, ey sipehri daniy Ki solib shoh xizmatiga mani Qulog'ig'a so'zumni yetkursang Ayog'ig'a ko'zumni yetkursang. Vasldin hosil o'lsa darmonim Bo'lmag'ay o'lsam o'zga armonim.

Shundan ma'lum bo'ladiki, Dilorom shoh Bahromni chin yuragidan sevar edi. Shuning uchun ham Dilorom hamisha Bahromga sadoqatini saqladi. Boshiga tushgan savdolar uchun Bahromni ayblamadi.

Alisher Navoiy bu asira, tutqun ayolning ma'naviy jihatdan qanchalar baland ekanini shu lavhalar orqali ko'rsatadilar. Bu sevgining kishini qanchalar yuksaklikka ko'tarishidan aniq bir nishonadir.

Diloromni ko'p izlab topa olmagach, Bahrom u bu foniy dunyodan ketgan degan xayollarga ham beriladi. Alisher Navoiy oshiqning ayni vaziyatdagi holatini tabiat unsurlari bilan uyg'unlikda yangi istisnolar bilan bog'lab, go'zal badiiy liboslarda aks ettiradilar. Alisher Navoiy talqinicha, Bahrom dasht-u sahrolarni qanchalik axtarmasin, Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1155 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1151-1157

sarvni topa olmadi. Chunki u sarv endi jannat gulistonlarida jilva qilmoqda, behishtdagi savrlarga dasht-u biyobonlarda bo'lmaydi, uning maskani guliston-u bo'stonlardir: Har necha kezdi dashtu sahroni; Topmadi zod sarvi ra'noni. Sarvg'a jilvagah gulistondur, Xossa sarviki, nor pistondur. Ne tilar sarv dashtu vodi aro, Sarv o'lur bo'ston savodi aro.

Bahrom Diloromni o'z sochlari bilan bog'lab sahroga tashlagan edi. Shuning uchun ham uni garchi natijasiz bo'lsada, dasht-u sahrodan izlashda davom etaveradi. Mamlakat-u saltanat uning xotirasidan ko'tariladi, sahro vahshiy jonzotlaridek biyobonni o'ziga maskan qiladi. Mutafakkir shoir Diloromni quyoshga, tungi yulduzlarni Bahromning ko'z yoshlariga qiyos qiladi.

Yuz yoshurg'och quyosh diloromi, Sochti ashkin sipexr bahromi Tiyralikdin falak topib ozor, Hajr shomi nechukki, oshiqi zor. Shoh Bahromg'a tun ayladi zo'r, Ko'ziga olam o'ldi o'ylaki, go'r. Qaro qayg'u bila qolib g'am aro, Ko'rdi o'zni g'arib olam aro.

XULOSA

Dostonni mutolaa qilar ekanmiz, Hazrat Alisher Navoiy Dilorom va sadoqatni uyg'un yaxlit holda ko'rganliklariga qat'iy ishonch hosil qilamiz. Hijronda qolgan Bahrom ruhiyati tasvirida mutafakkir shoir tabiatga murojaat qilar ekan , badiiy talqinga mos qiyoslar topadi. Yori jamolini yodiga keltirgan oshiq ahvolini tasvir qilar ekan, oy, ohu, kiyik, jayron, la'l, hatto pashsha kabi tabiat unsuridan o'rinli foydalanadi. Diloromning payvasta qoshlari Bahromni oy kabi nozik va xasta qilib qo'ydi. U yorining kiyik ko'zlarini eslar ekan, qalbini dastida yuzlab jayronlarning yugurib yurganini o'ylaganda Bahom oh tortar, uning nolasidan osmonda quyosh ham, oy ham o'rtanar edi. Uning pashsha misol qora xoli buning ko'zini ko'r qilgach, yuragiga kirib olib, ko'nglining jarohatini ortirgan edi. Ko'zidan oqqan qondan dasht biyobon qip- qizil la'lga bo'yalgan edi. Shoir nihol, sarv, ilon kabi tabiat unsurlaridan foydalanib fikrning poetik tasirini behad ortilishiga erishadi. Hazrat Navoiy talqinicha, Bahrom yori haqida o'ylar ekan, ohidan umr niholi qurir edi. Yorini xayoliga keltirar ekan bu xayol uning jismini zaiflashtirar, ko'ziga, o'ziga o'zi chirmashib to'lg'onayotgan ilondek ko'rinar edi. XVII Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1156 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1151-1157

bob davomida , hijronga o'rtanayotgan oshiqning azob - uqubatlari o'quvchi ko'zi oldida yorqin aks etiradi. Ajdaholarni zabun etgan Bahromni ishq ajdahosi chumolidek ezg'ilaydi. Sherlarni taslim etgan pahlavon ishq dardi qarshisida sichqondek ojiz va chalajon bo'lib qoladi va hokazo.

Hazrati Alisher Navoiy insonning borliq bilan aloqadorligini mukammal ifodalagan buyuk so'z sanatkoridir.Asarda sadoqat va vafo timsoli namunasi sifatida Dilorom obrazi orqali sharq ayollari milliy xarakteriga yangi-yangi sahifalar olib kirdi. Dilorom - tashqi qiyofasi bilan ham ,ma'naviy dunyosi va xulq-atvori bilan ham nihoyatda go'zal qiz. Hazrat Navoiy Dilorom obrazini tasavvurimizga shunday go'zal chizgilar ila muxrlaydilarki,biz bu sharqona tarbiya topgan qizni bundan boshqacha tasavvur etolmaymiz.

REFERENCES

1"Xamsa" A. Navoiy. Yangi asr avlodi. Toshkent, 2014.

2 A. Navoiy "Xamsa" F.Fulom nomidagi Adabiyot va sanat nashri. Toshkent. 1986.

3.Abdug'afurov A. Buyuk beshlik saboqlari. -Toshkent: Fan, 1995.

4. Mallaev N. O'zbek adabiyoti tarixi. -Toshkent: Fan, 1976.

5.Inomxo'jaev C. Alisher Navoiy va badiiy so'z san'ati // O'zbekiston madaniyati. -Toshkent, 1966.

6. Yusupova D. Alisher Navoiy "Xamsa"sida mazmun va ritmning badiiy uyg'unligi. -Toshkent: Mumtoz so'z, 2011.

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.