Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING ”MUHOKAMAT UL-LUG‘ATAYIN” ASARIDAGI FE’L SO‘Z TURKUMIGA OID SO‘ZLARNING POETIK AHAMIYATI'

ALISHER NAVOIYNING ”MUHOKAMAT UL-LUG‘ATAYIN” ASARIDAGI FE’L SO‘Z TURKUMIGA OID SO‘ZLARNING POETIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
920
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ADABIY TIL / FE'L SO'Z TURKUMI / ADABIYOTSHUNOSLIK / SHE'RIYAT / POETIKA / ICHMOQ / YIG'LAMOQ

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Aslonova F.Sh.

Maqolada Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayin” asarida turkiy tildagi fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlarning forsiydagi muqobillarining ma’no anglatishdagi mohiyati haqida fikr yuritilgan. Shoirning ushbu so‘zlar orqali poetik obraz yaratish mahorati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POETIC IMPORTANCE OF WORDS ABOUT VERBS IN ALISHER NAVOI'S "MUHOKAMAT UL-LUGATAYIN"

In the article "Muhokamat ul-lugatayin" by Alisher Navoi, the article discusses the meaning of the Persian alternatives of words in the Turkic verb family. The poet's ability to create a poetic image through these words is analyzed.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING ”MUHOKAMAT UL-LUG‘ATAYIN” ASARIDAGI FE’L SO‘Z TURKUMIGA OID SO‘ZLARNING POETIK AHAMIYATI»

Aslonova F.Sh.

Samarqand davlat universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Rahimova G., f.f.n.

Samarqand davlat universiteti dotsenti

ALISHER NAVOIYNING "MUHOKAMAT UL-LUGATAYIN" ASARIDAGI FE'L SO'Z TURKUMIGA OID SO'ZLARNING POETIK

AHAMIYATI

Annotatsiya: Maqolada Alisher Navoiyning "Muhokamat ul-lug'atayin" asarida turkiy tildagi fe'l so'z turkumiga oidso'zlarning forsiydagi muqobillarining ma'no anglatishdagi mohiyati haqidafikr yuritilgan. Shoirning ushbu so'zlar orqali poetik obraz yaratish mahorati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: adabiy til, fe'l so'z turkumi, adabiyotshunoslik, she 'riyat, poetika, ichmoq, yig'lamoq.

Aslonova F.Sh. student

Samarkand State University Scientific Supervisor: Rahimova G., Ph.D.

associate professor Samarkand State University

POETIC IMPORTANCE OF WORDS ABOUT VERBS IN ALISHER NAVOI'S "MUHOKAMAT UL-LUGATAYIN"

Abstract: In the article "'Muhokamat ul-lugatayin" by Alisher Navoi, the article discusses the meaning of the Persian alternatives of words in the Turkic verb family. The poet's ability to create a poetic image through these words is analyzed.

Keywords: literary language, verb, literature, poetry, poetry, drinking, crying.

Xalqning madaniyati va qadriyatini belgilab beruvchi asosiy vositalardan biri bu uning tilidir. shoir, jamoat arbobi va tadqiqotchi sifatida ham o'z ona tilining takomillashishiga katta e'tibor bilan qaragan. U davridagi adabiy til "turkiy"ni har tomonlama boyitib, uni yuksak darajaga ko'tardi. Navoiy ijodi timsolida o'zbek adabiy tilining ifoda vositalari ko'paydi. Badiiy estetik imkoniyatlari kengaydi, adabiy va ilmiy qudrati oshdi. Navoiy o'zbek tilining imkoniyatlarini, lug'aviy qudratini nihoyatda boy ekanligini "Muhokamat ul-lug'atayin" asari orqali ham ilmiy, ham nazariy jihatdan isbotlab berdi.

Asarning adabiyotshunoslik, ayniqsa, she'riyat uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Navoiy o'zbek tilidagi ayrim tushunchalarni ham anglatuvchi yuzta fe'lni o'zi yaxshi bilgan fors tili bilan muqoyasa qiladi va uning mazmunini she'riy misollarda sharhlaydi. Turkiy tildagi ushbu yuzta fe'lning forsiydagi

muqobillarining ma'no anglatishdagi mohiyati cheklanganligini ko'rsatib beradi. Navoiy bu haqda "Muhokamat ul-lug'atayin"da shunday yozadi: "Bu yuz lafzdurki, g'arib maqosid adosida ta'yin qilibdurlarki, hech qaysi uchun sort tilida lafz yasamaydurlarki, barchasi muhtojun ilayhdurki, takallum chog'ida kishi anga muhtoj bo'lur. Ko'pi andoqdurki, aslo aning mazmunin tafhim qilmoq bo'lmas va ba'ziniki, anglatsa bo'lgay, har lafz tafhimi uchun necha lafzni tarkib qilmag'uncha bo'lmas, ul dag'i arabiy alfoz madadi bila va turk alfozida bu nav' lafz ko'p topilur. Masalan, bu mazkur bo'lg'on yuz lafzdin bir nechaga mashg'ullik qilib sobit qilali, to xasm muqobalada ilzom bo'lsunki, o'zgalarni munga qiyos qilsun"

O'zbek tilida ko'proq ishlatiladigan "may ichmoq" fe'lini poetikada qo'llasa she'r nihoyatda jo'n va ta'sirsiz bo'lishini, agar uning o'rniga tilimizda mavjud bo'lgan, biroq iste'molda kam uchraydigan "sipqarmoq" so'zi bilan ifodalasa, oshiqning ilohiy muhabbatini yanada kuchliroq tasvirlash borasida yuksak darajadagi mubolag'a san'ati yuzaga keladi va baytning mazmuni yanada ortadi, deydi shoir. So'zining isboti tariqasida ushbu matla'ni keltiradi: Soqiyo, tut bodakim, bir lahza o'zumdin boray, Shart bukim, har necha tutsang labo-lab sipqaray.

"Ichmoq" so'zining yana bir sinonimi "tomshimoq"ki, shoirning ta'kidlashicha, buning ma'nosi g'oyat zavqdan birdan ichilmas, lazzat topa-topa, oz-ozdan ichilar. Bu g'arib ma'ni adosida turkchada bu matla' bordir: Soqiy chu ichib, manga tutar qo'sh: Tomshiy-tomshiy ani qilay no'sh.

Biroq ushbu so'zlarning forsiy tilda aynan muqobili bo'lmaganligi bois she'rda qo'llashlarining iloji yo'qligini ta'kidlaydi.

Navoiy nazdida oshiqliqda "yig'lamoq"dan ortiq darajadagi va doimiy amr yo'q. Ammo turkiy tilda "yig'lamsinmoq", ya'ni yig'lamsiramoq mazmunidagi so'z mavjud. Oshiq chin yurakdan to'yib-to'yib yig'lashni istaydi, lekin ko'ziga yosh kelmaydi, o'z holatini boshqalarga ko'rsatishdan istehzo qiladi. Shu o'rinda yig'lamsiramoq fe'lini qo'lalash orqali oshiqning kechinmalarini bayon qilish mumkinligi quyidagi baytdan ko'rinib turibdi: Zohid ishqin desaki, qilg'ay fosh, Yig'lamsinuru ko'ziga kelmas yosh.

Navoiy "yig'lamoq" fe'lining dard bilan yashurun ohista, ovoz chiqarmasdan yig'lamoq ma'nolarini bildiruvchi "ingramoq" va "singramak" sinonimlarini ham keltiradi, ular orasida unchalik katta farq bo'lmasa-da, tabiiyki quyidagi baytda oshiqning kechinmalarini aniq va ravshan tasvirlashda bu so'zlarning ahamiyati nechog'lik yuqori ekanligi aks etib turibdi:

Istasam davr ahlidin ishqingni pinhon aylamak, Kechalar gah ingramakdur odatim, gah singramak.

Shoir "yig'lamoq" fe'lining nihoyatda bo'rttirilgan mubolag'ali "siqtamoq" muqobili ham mavjud bo'lib, bu so'z orqali oshiq holatini to'laligicha anglash mumkinligini tasvirlaydi:

Ul oyki, kula-kula qirog'latti meni, Yig'latti meni demayki, siqtatti meni.

"Yig'lamoq" fe'lining yana bir sinonimi "o'kurmak" hisoblanib, unda o'ta kuchli ovoz bilan ma'lum bo'lmagan, mo'tadil sanalmagan, o'zini idora qilolmaydigan darajadagi holatni badiiy tarzda ifodalanishini quyidagi bayt misolida ko'rsa bo'ladi:

Ishim tog' uzra har yon ashk selobini surmakdur. Firoq oshubidin har dam bulut yanglig' o'kurmakdur. Shoirning ta'kidlashicha, ushbu qayd qilib o'tgan so'zlarni birortasining ham forsiy tildagi munosib muqobalasi yo'q.

Alisher Navoiy o'z davrida forsiy tildagi she'riyatning keng ko'lamda ravnaq topganligini, biroq turkiy tildagi poetikaning nisbatan sustroq rivojlanganligi masalasiga e'tiborini qaratadi va buning asosiy uchta sababini ta'kidlab o'tadi. Navoiyning fikricha, bunday sabablarning birinchisi, turkigo'y ijodkorlar ona tilining boyligi va nozikligini bildiruvchi bir necha ma'noga ega so'zlar, murakkab ibora va ifodalar ko'p bo'lganligidan ularni puxta tushinib, she'riyatda mahorat bilan ishlatishdek mehnatdan cho'chib, mushkilliklardan oson yo'lga tushib olishlaridir. Ikkinchisi, ba'zi bir iste'dodli san'atkorlarning davrdagi hukmron traditsiya doirasida bo'lishlikni o'zlariga munosib deb bilishliklaridir. Uchinchisi esa yosh ijodkorlar yengil yo'l tutib, o'z ijod namunalarini tajribali forsiyzabon ustozlarga ko'rsatib e'tirof yoki tahsin kutishlari, bunday ustozlarning turkiy tildan bebahra ekanliklari tufayli ular, ya'ni yosh qalamkashlar turkiyga emas, forsiyga mayl ko'rgazishlaridir.

Xullas, Navoiy ijod ahillarini qachonlardir o'z ona tilining purma'no, rangih jilolarini aniq va yaxshi idrok etishiga ishonadi. Buni "Muhokamat ul-lug'atayin"da shoirning quyidagi e'tirofi tasdiqlab turibdi: "...dono hakam adolat yuzidin ko'z solsa va burungi forsiy va so'nggi turkiy latoyif va daqoyiqidin bahra olsa... har qaysining martabasini ta'yin qilur avonida umidim uldur va xayolimga andoq kelurkim, so'zum martabasi avjdin quyi inmagay va bu tartibim kavkabasi a'lo darajadin o'zga yerni beganmagay".

Ha, Alisher Navoiyning tilimiz imkoniyatlaridan foydalanish borasidagi qarashlari bugungi kunda ham o'z mohiyatini saqlab qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Алишер Навоий MAT. 16-том. - T.: "Фан", 2000.

2. "Alisher Navoiyning badiiy mahorati masalalari" (maqolalar to'plami). -T.: "Fan", 1993.

3. Рустамов A. Алишер Навоий ва она тилимиз. -T.: "Fan", 1992.

4. Вохидов Р. Навоий бархаёт. -Т.: "Фан", 1991.

5. Исхрков Ё. Навоий лирикасида рухий тасвир ва тахлил. . -T.: "Fan", 1991.

6. Навоий ижодий меросини урганиш проблемалари. -С.: "СамДУ",1990

7. Рустамов А. Навоийнинг бадиий махорати. -Т.: 'Т^улом",1991.

8. Vohidov R., Eshonqulov H. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. -T.: "Yangi asr", 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.