Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING MANOQIB ASARLARIDA IFODALANGAN EVFEMIZMLAR'

ALISHER NAVOIYNING MANOQIB ASARLARIDA IFODALANGAN EVFEMIZMLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madfan / hazira / mazárát / qabr / šūrába / mátam / azá / favti.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shahnoza Xo‘Janiyazova

Ushbu maqolada manoqib “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad” asarlari leksikasi eski o‘zbek adabiy tilidagi o‘z va o‘zlashmalar ishtirokida bir qator arabcha+forscha, arabcha+forscha+turkiycha, forscha+arabcha kabi qorishiq sinonimik so‘zlarning yasalishi dalillangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING MANOQIB ASARLARIDA IFODALANGAN EVFEMIZMLAR»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

ALISHER NAVOIYNING MANOQIB ASARLARIDA IFODALANGAN

EVFEMIZMLAR

Shahnoza Xo'janiyazova

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston shahnozaxon8686@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.13194682 Annotatsiya: Ushbu maqolada manoqib "Xamsat ul-mutahayyirin", "Holoti Sayyid Hasan Ardasher", "Holoti Pahlavon Muhammad" asarlari leksikasi eski o'zbek adabiy tilidagi o'z va o'zlashmalar ishtirokida bir qator arabcha+forscha, arabcha+forscha+turkiycha, forscha+arabcha kabi qorishiq sinonimik so'zlarning yasalishi dalillangan. Kalit so'zlar: madfan, hazira, mazarat, qabr, sûraba, matam, aza, favti.

1 KIRISH

Evfemizm faqat uslubiy hodisa, shuningdek, leksik hodisa hamdir [MnpTO^neB, 1975: 81]. Evfemizm tadqiqotlarda funksional-semantik sinonimlarni yuzaga keltiruvchi hodisa sifatida baholangan [OaMcnggHHOB, 1999: 41]. Evfemizm orqali xalq ruhiyati, dunyoqarashi, ijtimoiy-madaniy munosabatlar aks etadi. Unda xalqning milliy qadriyatlari, etik va estetik qarashlari mujassamlangan. Zero, evfemizm inson hayoti, turmush-tarzi, fizik-biologik xususiyatlari, muomala madaniyatiga aloqador tushunchalarni ifolaydi [fflaMcnggHHOB, 1997:22]. Nutqimizdagi ayrim haqorat so'zlarni vaziyat holat taqozosi tufayli yoki bu so'zni to'g'ridan-to'g'ri aytish noqulay bo'lgani sababli ayta olmaymiz. Shunday holatlarda evfemizmlar fikrimizni-odobli va muloyim tarzda tinglovchiga yetkazishimizga yordam beradi [Tuxtasinova, 2023: 151].

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Alisher Navoiy, Nizomiy, Hoqoniy, Farididdin Attor, Xusrav Dehlaviy, Sa'diy, Hofiz kabi fors-tojik va ozarbayjon shoirlari she'riyatning buyuk merosini qabul qildi. Ularning an'analarini davom ettirdi. O'zi fors-tojik tilini kamoli ehtirom, cheksiz hurmat bilan o'rgandi, bu adabiyot namoyandalariga katta muhabbat bilan qaradi [TypcyH0B.,YpHHÖ0eB,1982:69]. Alisher Navoiyning o'zbek adabiy tili rivojlanishi va taraqqiy topishida hissasi beqiyosdir. Adib turkiy va forsiy nazmda bir xil qalam tebratgan, uning noyob asarlari dunyo yuzini ko'rdi.

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Alisher Navoiy asarlari til xususiyatlarini tizimli o'rganish masalasi kun tartibidan o'rin ola boshladi. Natijada, muayyan tadqiqotlar yuzaga keldi. Chunonchi, adib asarlarining O'rta Osiyo turkiy adabiy tilning shakllanishidagi o'rni, adib asarlarining qadimgi obidalarga munosabati, mutafakkirning o'zbek adabiy tili shakllanishidagi o'rni, u kishi tomonidan yaratilgan

asarlarining fonetik, morfologik, leksik-semantik, statistik, lingvopoetik va sintaktik jihatdan tahlil qilinib, jumladan, "Qadimgi obidalar va Alisher Navoiy" [Fozilov, 1969], "Alisher Navoiy va o'zbek adabiy tili" [Doniyorov, 1972], "MyxaKaMar a^-^yraraHH" A^nmepa HaBon" [Usmonov, 1948], "Navoiy asarlari leksikasi" [Bafoyev, 1983], ".HeKCHKa "Mag^a^nc aH-Ha^anc" A^nmepa HaBon" [Nasirov, 1980], "Alisher Navoiy asarlari tilidagi qadimgi turkiy leksik qatlam" [Egamova; 2008], "Navoiy asarlarida so'z va iboralar" [Abdulxayrov, 2009], "Alisher Navoiy tarixiy asarlari leksikasi" [Abduvaliyeva, 2016], "Alisher Navoiyning "Ilk devon" idagi arabcha so'zlarning leksik-semantik talqini" [Tojiboyeva, 2001] singari o'zbek, navoiyshunoslari tomonidan ham amalga oshirildi. Natijada XIV-XV asrlar eski o'zbek adabiy tilining o'ziga xos xususiyatlari, chunonchi, Navoiyning so'z qo'llash mahoratiga ma'lum darajada oydinlik kiritildi. 4 TAHLIL VA NATIJALAR Diniy aqidalarga ko'ra, inson uchun "hamma narsa muhayyo bo'lgan, rohatbaxsh, xushmanzara joy" ma'nosini bildiruvchi arabcha ravza o'zlashmasi forscha-tojikcha firdavs teonimi bilan quyidagi misolda sinonomik munosabatga kirishgan: Cun (3a1) pâkiza ruhlarïnï qudsiy âsyân tâirï (3a2) badan qafasidin ravza-i firdavs gulsani sarï (XM, 3a3) parvâz tüzdi. Ushbu jumlada adib tâir (tâqir) leksemasini majoziy "jon, ruh" ma'nosida qo'llash qatori qafas va gulsan so'zlarini zidlashtirib, so'z qo'llash mahoratini yana bir bor namoyish etgan.

"O'lgan kishilar dafn etiladigan joy; qabriston" (O'TIL, II, 607) sememasi mazârât-madfan-qabr-hazira leksemalari bilan muayyan sinonimik qatorni yuzaga keltirgan: Ta madfanya, bu faqir yasayan (HSHA,13a11) haziraya elttilär; Va xayl-i azizlarkim, alarya tiriklikdä musâhib (HSHA, 15b6) erdilär va qabrlarïparâkanda yerlärdä vâqe' erdi; Va mutabarrik mazärätya barïb, aziz (7b10)

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

darveslar va ahlulláh majálistya yetib, ôz muxlislarï ücün fátihalar daryuza qïlur (HSHA, 7b11) erdilar.

XMda gür-marqad-madfan so'zlari qayd etilgan sememani ifodalashga xizmat qildirilgan.

"Yaqin yoki mo'tabar kishining o'limi tufayli yuzaga kelgan qayg'uli holat; azadorlik va shu munosabat bilan bog'liq bo'lgan ma'raka, ta'ziya, rasm-rusmlar" (qora kiyish, bayram qilmaslik va sh.k.) (O'TIL, II, 617) ma'nolarini anglatuvchi mátam-azá leksemalari sinonimiyani voqealantirgan: Barca sügvárlik libási'da, balki mátam va (72a18) azá balási'da ta olki hazrat-i Sultán sáhibqi'rán tasrif keltürdilar (XM,72a19).

"Ko'z yoshi" (ANATIL, III, 556) ma'nosidagi sorába leksemasi ask o'zlashmasi bilan sinonimik qator hosil qilgan: Talx-talx surábalar tóküb, har zamán olturub, Mavláná Ziyávuddin Yusufnï safqat (XM, 72a20) yüzidin qucub...; Bu faqirnï sáhibazá tutub, háli'mya dilsozluqlar bilan (XM, 72a22) ask tóküb... Shu o'rinda birinchi jumlada qayd etilgan forscha-tojikcha surába o'zlashmasining asl ma'nosi "sho'r suv" bo'lib, kinoya-parafraza sifatida "ko'z yoshi"ni ifodalash (FZT, II, 610), jonli so'zlashuvda ko 'zingni sho 'rvasini oqizma birikmasida aks etganini ta'kidlash o'rinli.

Alisher Navoiy mátam va azá ma'nodoshlaridan foydalanib, "aza, motam marosimini boshqaruvchi" (ANATIL, I, 60; II, 318) ma'nosini anglatuvchi sáhibazá hamda sáhibmátam istilohlarini qo'llab, sinonimik qatorni yuzaga keltirgan: Ammá sáhibmátam bu námurádi' sügvár (3a7) erdim va sáyir avládi' ádamya azá (3a8) váqe' boldï va lekin sáhibazá bu násád-i ta'ziyatsiár (XM, 3a9) erdim. Shuni alohida ta'kidlash joizki, adib tomonidan ishlatilgan har ikki kompozita shoirning manoqiblaridan boshqa asarlarida ko'zga tashlanmaydi, ular FZTda ham mavjud emas.

Adib manoqiblarda evfimizmlardan ustalik bilan foydalangan. Chunonchi, "olmoq, vafot qilmoq; yo'q bo'lmoq" (ANATIL, III, 318-319) ma'nolarini anglatuvchi fanáya bar=, áxir bol=, kóz yüm=, rihlat qil= istilohlaridan sinonimik qatorni hosil qilgan: Sahrdin basïn alïb, ávára boldï va hamul ávárali'qda (XM, 70a5) fanáya bardï; Hamul üc-tórt künda goya bir uzvïya tugan qopub, ol (XM, 70a1) jaráhat gazak bolub, áxir boldï (XM, 72a10); Pák ruhlarïnïy (5b2) qudsiy ásyán bulbulï rihlat navási'n áyáz (5b3) qïlïb, gulsan-i firdavs havási'ya parváz qïldï (XM, 5b4); Alar kasrat anjumanïdïn koz yümub, vahdat xilvatxánasi'ya nuzul qïldïlar.

Azá 1) motam, musibat; 2) dod-faryod, yig'i, sormaq rasmi "ta'ziya, ta'ziya bildirish", mátam, yïl asï (XM) mazárát "mozorlar, qabriston"(lar) (HSHA), na 's "tobut, jasad" (HSHA), dafn "ko'mish, o'likni ko'mish", madfan "go'r, qabr, qabriston", nudba "yig'i,

www.in-academy.uz

yig'lash, nola bilan yig'lash", sâhibaza, sogvârlïq "motamlilik, qayg'u, azadorlik" (HPM) va h.k. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, sâhibaza va sâhibmâtam istilohlari "Farhangi zaboni tojiki" da mavjud emas.

Hozirgi o'zbek adabiy tilida "o'lish, dunyodan o'tish" (O'TIL, IV, 317) ma'nosidagi favt istilohi eski o'zbek adabiy tilida "ko'chish, o'lish" ma'nosidagi rihlat leksemasi bilan ma'nodoshlikni hosil qilgan (ANATIL, II, 626): (XM, 70b4) Ol hazratnïy favtlarï vâqeasï sarhïya suru ' qïlalï...; Ammâ fanâ dârïdïn baqâ gulzârïya (70b19) rihlatlarï jum'a kuni muharram ayïnïq on yettisida tarix sekkiz yuz toqsan sekkizida (XM, 70b20; vâqe' boldï.

"O'lim, vafot" semasidagi mavt istilohi (ANATIL, II, 192) hozirgi o'zbek adabiy tilda "o'lish, dunyodan o'tish" ma'nosida qo'llanayotgan favt leksemasi bilan ma'nodoshlik qatorini vujudga keltirgan: Alar naz' hâlatïda va mavt sakarâtïda erdilar, hec hâfiz hâzir ermas erdikim, (XM, 69b9) alar basïda Qur 'ân oquyay; (XM, 32a2) Pâdsâh Marv qïslâyïda erkanda Ustâd Hasan (32a3) Nâyinïq favtinïy xabarï Irâqdïn keldi. Ta'kidlash joizki, Navoiy har uchala manoqibida yuqorida qayd etilgan semani asosan favt leksemasi yordamda ifodalagan: Va alarnïy favti zamânïda (HSHA, 15a11) bu faqir sahrdayoq erdim.

"Navoiy tili lug'ati"da "jahon, olam" (I, 480) ma'nosidagi dunyâ leksemasi "odam o'lgandan keyin boradigan dunyo; olam; dunyoning tugash kuni, qiyomat" (O'TIL, III, 161) ma'nosidagi âxirat (ANATIL, II, 538) so'zi bilan zidlangan: Vay, (HSHA, 10a1) dunya suylïnïq ibtilâsïdïn; Aziz farzandnï sar' vajhi bila axiratyeriga qoyub, (13b2) Teyriga tapsurub, talab-i yufrân ucun duâlar qïlïb cïqtïlar (HSHA, 13b3).

Eski o'zbek adabiy tilida bulbul zoonimi "xushovoz, xushsuxan shoirlar, adiblar; oshiq; jon" ma'nolarida ishlatilgan (ANATIL,I,332). "Xamsat ul-mutahayyirin"da bulbul majoziy "jon, ruh" ma'nosida va Abdurahmon Jomiyning joni uzilishi bilan bog'liq jarayonni gavdalantirishda ishlatilgan. ...pâk ruhlarinïq (5b2) qudsiy âsyân bulbulï rihlat navâsïn âyâz (5b3) qïlïb, gulsan-i firdavs havâsïya parvaz (XM, 5b4) qïldi. Ushbu jumlada keltirilgan parvâz qïl= fe'li eski o'zbek tilida "uchmoq, yetmoq" (ANATIL, II, 560) ma'nosida qo'llangan.

Forscha-tojikcha "yomon, achchiq" ma'nosidagi talx so'zi va hay leksemasi quyida keltirilgan misolda ma'noni kuchaytirish uchun takror qo'llangan: ...yâyat huzn va (HPM,18a5) malâlatdïn talx-talx sorâba tokub, hay-hay yïyladï. Ma'lumki, Navoiy "Muhokamat ul-lug'atayn" asarida yig'ining darajalari xususida mulohaza yuritib, hay-hay yig'lamoqning turkiy uslubligini alohida urg'ulagan edi [HaBonn, 1967:110].

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

Navoiy asarlari tilida "achchiq, kuyunib va o'ta darajada yig'lamoq, ezilib yig'lamoq" (ANATIL, I, 645-646) ma'nosida zâr-zâr yïyla= leksemasi qo'llangan: Ol kunki, bu ruxsat (11a5) isi surat bayladï-yarib kun erdikim, pâdsâh (11a6) zâr yïylaydur erdi va alar xud zâr-zâr yïylaydurlar (HSHA, 11a7) erdilâr. Adib Jomiyning vafoti bois Husayn Boyqaroning qattiq, ho'ngrab, qolganlarning esa o'ta darajada ko'p yig'laganlarini tasvirlash uchun zâr yïyla= va zâr-zâr yïyla= birikmalariga murojaat qilgan.

"Diniy-ibtidoiy tasavvurlarga ko'ra, inson va hayvon tanasida bo'ladigan, uyqu chog'ida (vaqtincha) yoki o'lgan vaqtda tanadan chiqib ketadigan alohida ko'zga ko'rinmas ilohiy kuch, quvvat; ruh" (O'TIL, II, 102) ma'nosidagi jân o'zlashmasi manoqiblarda qudsiy âsyân bulbuli parafrazasi bilan anglashilgan: Pâk ruhlarïnïy (5b2) qudsiy âsyân bulbuli rihlat navâsïn âyâz (5b3) qïlïb, gulsan-i firdavs havâsïya parvâz qïldï (XM, 5b4).

"Odam o'ligi (muradasi) ko'miladigan yoki ko'milgan maxsus joy; go'r" (O'TIL, V, 198) ma'nosidagi qabr o'zlashmasi HSHAda axirat yeri evfemizmi bilan ifodalangan: Aziz farzandni sar ' vajhi bilâ âxirat yeriga qoyub, (13b2) Teyrigâ tapsurub, talab-i yufrân ucun duâlar qïlïb cïqtïlar (HSHA, 13b3). XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, Navoiyning manoqib asarlarida o'lim bilan bog'liq evfimizmlar talaygina. Ushbu asarda ko'proq ustozi Abdurahmon Jomiyning o'limi bilan bo'liq evfimizmlar faol qo'llangan. Adib manoqiblar so'z boyligida sodir bo'lgan leksik-semantik hodisalar misolida eski o'zbek adabiy tili leksikasining imkoniyatlarini yanada boyitdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1] Алишер Навоий. Асарлар. Ун беш томлик. Ун туртинчи том. - Тошкент, 1967. - Б. 110.

[2] Миртожиев М. Узбек тилида полисемия. -Тошкент: Фан, 1975. - Б. 81.

[3] Турсунов У., Уринбоев Б. Узбек адабий тили тарихи. - Тошкент: Укдгувчи, 1982. - Б. 86.

[4] Tuxtasinova Z. O'zbek уа ingliz tillаridа hаqorаtning evfemizmlаr orqаli ifodаlаnishi. O'zbekistonda zamonaviy tilshunoslik: Tillar ta'limi va tadqiqi mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. - Тошкент. 2023.-B. 151.

[5] Шамсиддинов X. Узбек тилида сузларнинг функционал-семантик синонимлари: Филол. фан. д-ри ... дисс. автореф. - Тошкент. 1999. - Б. 41.

[6] Шамсиддинов X. Сузларнинг эвфемик функционал-семантик синонимлари // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент. 1997. - №6. - Б. 22.

[1] ANATIL - Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. -Toshkent, I-IV. 1983-85. T. I. 1983. - 655 b.; T. II. 1983. -642 b.; T. III. 1984. - 622 b.; T. IV. 1985. - 633 b.

[2] AHÄ.H - 2013. - 2006. 0O3UIOB Э.H. Ajmmep HaBouft acapjapu jyraTH. - TomKeHT.

[3] ÄHÄTHH - 1983-1985. Ajumep HaBouft acapjapu TKJHHHHT H3oxjH jyraTH. I-IV. -TomKeHT: OaH.

[4] DLT - Mahmud Qoshg'ariy. Devonu lug'otit turk. I-III. - Toshkent: Fan, 1960-1963. T. I. 1960. - 499 b.; T. II. 1961. - 427 b.; T. III. 1963. - 461 b.

[5] DTS - flpeBHeTropKCKHH cjoBapt. - .HeHHHrpag: HayKa, 1969. - 676 c.

[6] NAL - Ibrohimov S., Shamsiyev P. Navoiy asarlari lug'ati. - Toshkent: Adabiyot va san'at, 1972. - 784 b.

[7] TjRS - TagrnKCKo-pyccKHH cjoBapt. - M.: rocygapcTBeHHoe rogarejtcTBo HHocTpaHHtix u HatsioHantH^ift cjoBapeft, 1954. - 789 c.

[8] HSHA - 2013. Alisher Navoiy XX jildlik, X jild. Holoti Pahlavon Muhammad. - Toshkent.

[7] HPM - 2013. Alisher Navoiy XX jildlik, X jild. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. - Toshkent.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.