Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING ISLOM TARAQQIYOTIDAGI BEQIYOS O'RNI'

ALISHER NAVOIYNING ISLOM TARAQQIYOTIDAGI BEQIYOS O'RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

992
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Arba’in / nazm afkorlari / asl maqsad / qirq hadis / hadislarning tartibi / turkiy xalqlar / hadisshunoslik / badiiy uslub / arab tili / Jomiyning chihil hadisi / nazmiy tarjimasi / islom taraqqiyoti / Arba'in / poetic thoughts / original purpose / forty hadiths / order of hadiths / Turkic peoples / hadith studies / artistic style / Arabic language / Jami's chihil hadith / poetic translation / Islamic development

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Marhaboxon Abrarhodjaevna Askarova

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning “Arba’in” asarining Islom taraqqiyotidagi o’rni va jamiyat rivojidagi insoniy fazilatlarning yoritilishi haqida va Navoiyning hadis ilmiga qo’shgan bebaho nazmiy asarining filologik, falsafiy, diniy, ijtimoiy jihatidan namoyon bo’lishi yoritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ALISHER NAVOI'S UNIQUE PLACE IN ISLAMIC DEVELOPMENT

This article discusses the role of the great thinker Alisher Navoi's Arba'in in the development of Islam and the development of human qualities in society, as well as the philological, philosophical, religious and social manifestations of Navoi's invaluable work of poetry

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING ISLOM TARAQQIYOTIDAGI BEQIYOS O'RNI»

ALISHER NAVOIYNING ISLOM TARAQQIYOTIDAGI BEQIYOS O'RNI

Marhaboxon Abrarhodjaevna Askarova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi o'qituvchisi m.a. askarova@mail .ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning "Arba'in" asarining Islom taraqqiyotidagi o'rni va jamiyat rivojidagi insoniy fazilatlarning yoritilishi haqida va Navoiyning hadis ilmiga qo'shgan bebaho nazmiy asarining filologik, falsafiy, diniy, ijtimoiy jihatidan namoyon bo'lishi yoritiladi.

Kalit so'zlar: Arba'in, nazm afkorlari, asl maqsad, qirq hadis, hadislarning tartibi, turkiy xalqlar, hadisshunoslik, badiiy uslub, arab tili, Jomiyning chihil hadisi, nazmiy tarjimasi, islom taraqqiyoti.

ALISHER NAVOI'S UNIQUE PLACE IN ISLAMIC DEVELOPMENT

ABSTRACT

This article discusses the role of the great thinker Alisher Navoi's Arba'in in the development of Islam and the development of human qualities in society, as well as the philological, philosophical, religious and social manifestations of Navoi's invaluable work of poetry.

Keywords: Arba'in, poetic thoughts, original purpose, forty hadiths, order of hadiths, Turkic peoples, hadith studies, artistic style, Arabic language, Jami's chihil hadith, poetic translation, Islamic development.

KIRISH

Ilm-ziyo chirog'ini nazm afkorlari bilan yoritgan, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy o'zining qirqqa yaqin asarlari bilan xalq qalbidan o'chmas, mangu joy olgan. U xalq orasida adabiyotning buyuk siymosi sifatida namoyon bo'lishi bilan birga, uning mohir tarjimon, dinshunos, arab tilidan xabardor, hadisshunoslikda badiiy uslubi bilan o'zining hissasini qo'shgan, diniy, ijtimoiy qarashlariga ega buyuk mutafakkir, ham olim sifatida namoyon bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Uning birgina "Arba'in" asarida yuqorida sanab o'tilgan fazilatlarini ko'rish mumkin. U o'z asarini quyidagi mazkur g'azalllar bilan boshlaydi:

Hamd angakim, kalomi xayrmaol Qildi elga rasulidin irsol. Ul rasulki, ham kalomi fasih Elga tegurdi, ham hadisi sahih. [581 b] Mazkur g'azallari ila buyuk mutafakkirning asarini o'rganar ekanmiz, uning qanchalik kuchli qalam sohibi egasi ekanligiga yana bir bor guvohi bo'lamiz. "Arba'in" - arabcha so'z bo'lib, "qirq" sonini anglatadi. Sharq adabiyotida "Arba'in" an'anasi mavjud bo'lib, xalq orasida mashhur, eng sahih hadislardan 40 tasi tanlab olinib, ularning mazmunini ruboiylarda talqin qilganlar. Navoiy ham mazkur an'anaga muvofiq "Arba'in"da Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning 40 ta hadislarini nazmiy ifodalab beradi va buning sabablarini ham bayon etadi. Asarning avvalida "hamd" ya'ni Allohga hamdu-sano aytib, so'ng "na't" ya'ni Payg'ambar Muhammad alayhissalomni go'zal sifat bilan vasf qilgandan so'ng, 40 ta hadisning nazmiy ifodasining sababi bilan kirish qismini boshlaydi. Avvalo, ustozining nomini tilga olib shunday deydi:

"Ul safo ahli pok farjomi, Pokfarjomu pokfar Jomiy" 1 [581 b] Ustozining nomi tilga olinishiga sabab, Navoiy Abdurrahmon Jomiyning "Chihil hadis" ini turkiy tilga tarjima qilgan, ya'ni "40 hadis" nazarda tutilmoqda. Mana shu o'rinda Navoiyning tarjimonlik mahorati namoyon bo'lganligini ko'ramiz. So'ng asarda buyuk muhaddislarni bayon qiladi:

"Kim yana tuhfaye ayom qildi. Tuhfa yo'q, turfaye bayon qildi. O'qug'onda Buxoriyu Muslim Qirq so'z borcha shubhadin solim" 1 [581 b] Navoiy mazkur nazmida buyuk muhaddis olimlar Imom al-Buxoriy va Imom Muslimlarga berilgan vasf va ehtiromni ko'rish mumkin. Ularning Islom olamidagi qilgan buyuk ishlarini Navoiy insoniyatga ajablanarli, odam aqli xayron qolarli darajada bayon qildilar deya, e'tirof etadi. Bunda Navoiyning ulug' muhaddis olimlarga bo'lgan hurmat e'tiborini ko'rish mumkin.

"Nasr ila nazmni murakkab etib, Forsiy lafz ila murattab etib, "Arba'in"e chiqardikim, jonlar Balki qirq arba'in chiqorg'onlar.

Toptilar anda nash'ai maqsud "Arba'in" din nechukki ahli shuhud."1 [581 b] Navoiyning fikricha, nasr va nazmda tuzilgan fors tilida mukammal etib yaratilgan, "Arba'in" larni chiqardilar va bu "Arba'in" ni ko'rgan odamlar undan istalgan zavqni toptilar deya, o'ziga qadar yaratilgan "Arba'in" larga ham ta'rif berib o'tadi, ya'ni bunda Abdurrahmon Jomiyning "Chihil hadis" ini ham nazarda tutadi. Mutafakkir asarning yaralishi sabablari va ko'zlagan maqsadlarini, nima sababdan "Arba'in"ni yozgani haqida ham bayon etadi:

"Forsiydonlar aylabon idrok, Oriy erdi bu nafdin atrok. Istadimki, bu xalq ham bori Bo'lmag'aylar bu nafdin ori" [581 b] Mazkur go'zal misralarda Navoiy ta'kidlaganidek turkiy xalqlar ham bu hadislarni nafaqat bilishi, balki bu hadislarning nafi-foydasidan bahramand bo'lishini istaganligini aytadi. Maqsad forsiyda yozilgan asarlarni turkiyga o'girish emas, balki turkiy xalqlarni ham arab, fors tillarida yaratilgan asarlar nafidin bahramand bo'lishlarini e'tirof etgan. Bu esa Navoiyning buyuk maqsad sohibi, insoniyatni sevishini, uning ilm-ma'rifatda o'sishini g'azallarida bayon etgan. Afsuski yillar davomida Navoiyning asarlari faqatgina adabiy jihatdan o'rganilganini guvohi bo'lamiz, uning asl maqsadini to'liq anglashimiz uchun uning asarini to'g'ri tushunishimiz zarurligini vaqt ko'rsatmoqda.Va quyida uning asl maqsadlaridan biriga guvoh bo'lamiz:

"Men demakni chu muddao aylab, Ul ijozat berib duo aylab. Muddao chun bori savob erdi, Har duo qilsa, mustajob erdi."[582 b] Navoiy turkiy xalqlarni hadislardan bahramand bo'lishi yo'lida maqsad qilganligini, duo olib bu maqsad -niyatning to'g'ri ekanligiga ishora qiladi.

" Nasridin dag'i bahravar bo'lg'ay, Nazmdin dag'i boxabar bo'lg'ay, Bu kun o'lsa hadislarg'a muti' Tongla bo'lg'ay muhaddis anga shafi" [582 b] Navoiy nasriy asardan qalb bahra olishini, nazmdan esa, xabardor bo'lishini va bu kun ya'ni, har bir on, kecha va kunduzda hadislarga itoat qilsa, qiyomat kuni muhaddis unga himoyachi, vositachi bo'ladi deya, bayon etadi va hadislarning ta'lifini nazmda izhor etadi. Ulardan biri quyidagicha namoyon bo'lgan:

"Tengridin rahm agar tama' qilsang, Avval o'lmoq keraksan elga rahim Har kishikim ulusqa rahm etmas Anga rahm aylamas rahimi karim" [583 b]

Arab tilidagi " ^ ^-^jj V "(man lam yarhami-nnaas la yarhamhu

Allah) ya'ni " kimki insonlarga гahm qilmasa, Alloh unga гahm qilmaydi " hadisi shaгif bo'lib, u asaгda 7-raqamda nazmiy usulda ifodalangan. Albatta qirq hadislarning berilishi tartibini Navoiy asarda quyidagicha keltirgan. Masalan:

"23. Xayr un-nasi man yanfa'in - nasi. Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur? Eshitib, ayla shubha raf andin, Yaxshiroq bil ani ulus arokim, Etsa ko'prak ulusqa naf andin." [586 b]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mazkur 23-raqamda "Insonlaming eng yaxshisi insonlaгga naf keltiгuvchisidiг" hadisi bo'lib, uning nazmiy ifodasi bayon qilingan. Bu hadislarni she^ga solishdan maqsad, insonlaг ulami oson tushunishlarini, yodda saqlanishlaгini ham nazarda tutganlar. Shu tartibda Navoiy arab tilida zikr qilingan 40 ta hadislarni turkiy tilda nazm ila bayon qildi. Buyuk muhaddis olimlar Rasuli-akram Muhammad alayhissalomning minglab hadislaгini jamlaganlaT, taijima qilganlaг, ma'nolarini tafsir qilib berganlar. Navoiyning "Aгba'in" asaгidagi aynan 40 hadislarning ma'no-mazmuniga qarasak, unda insonlarni komillikka etaklaydigan fazilatlar, jamiyatda yaxshilikning o'mi, odamlaгga yaxshilik qilish, qo'li ochiqlik, qanoat, shukr qilish, boshqala^a гahmdil bo'lish kabi ko'plab go'zal faziM^ ifoda etilgan hadislar bilan Ыг qatoгda inson va jamiyat uchun zaгaгli bo'lgan bahillik, yomon xulqlilik, g'azab, nafs balosi kabi yomon xislatlar ifodalangan hadislarni ham keltirgan.

XULOSA

Bundan ko'rinib turibdiki, Navoiy jamiyat, insoniyat taraqqiyotiga oid hadislardan turkiy xalqlarni ham xabardor qilishni, ulardagi yaxshiliklardan bahramand qilishni maqsad qilgani va bu maqsadini amalga oshganligini hozirgi kungacha o^ganilib kelayotganidan dalolat beгadi. Uning fikrlarini yaxshi anglashimizda esa, maxsus navoiyshunos qomusiy kitoblar yordam beradi. Alisher Navoiy o'zining noyob qobiliyati bilan arab tilidagi hadislarni nazmga solishi bilan Islom taraqqiyotiga o'z xissasini qo'shgan alloma sifatida qalblaráa qoladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot institute. Alisher Navoiy. To'la asarlar to'plami: 10 jildlik. -T.: J.10., O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi, G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2012. -684 B.

2. 1080 . 1382 'Jj' jta .Ял1]| ^i л^ЗлИ ^¡¿j

3. Узбекистон ССР фанлар академияси мухбир аъзоси Э.И.Фозилов тахрири остида. Алишер Навоий асарлари тилининг изохли лугати. -Т.: Ж- 2., Узбекистон ССР "ФАН" нашриёти. 1983. -642 Б.

4. Узбекистон ССР фанлар академияси мухбир аъзоси Э.И.Фозилов тахрири остида. Алишер Навоий асарлари тилининг изохли лугати. -Т.: Ж- 3., Узбекистон ССР "ФАН" нашриёти. 1984. -622 Б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.