Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY HIKMATLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O’RNI'

ALISHER NAVOIY HIKMATLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
114
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alisher Navoiy / mutafakkir / hikmatlar / ilm / kasb-hunar / komillik / kitob. / Alisher Navoi / thinker / aphorisms / knowledge / profession / perfection / book.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — G’Oyibboyeva, E’Tiborxon Ahmadjanovna

Mazkur maqola buyuk shoir Alisher Navoiy hikmatlarining yosh avlod tarbiyasidagi muhim o’rni haqida fikr yuritilgan. Turli mavzudagi hikmatlarda tarbiya, axloq-odob mavzusi aks etganligi ta’kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ALISHER NAVOY'S WISDOM IN THE EDUCATION OF THE YOUNG GENERATION

This article examines the important role of the wisdom of the great poet Alisher Navoi in the education of the younger generation. It was noted that the themes of education and morality are reflected in the wisdom on various topics.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY HIKMATLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O’RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ALISHER NAVOIY HIKMATLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI

O'RNI

G'oyibboyeva E'tiborxon Ahmadjanovna

nafaqadagi o'qituvchi, Xalq ta'limi a'lochisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola buyuk shoir Alisher Navoiy hikmatlarining yosh avlod tarbiyasidagi muhim o'rni haqida fikr yuritilgan. Turli mavzudagi hikmatlarda tarbiya, axloq-odob mavzusi aks etganligi ta 'kidlangan.

Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, mutafakkir, hikmatlar, ilm, kasb-hunar, komillik, kitob.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается важная роль мудрости великого поэта Алишера Навои в воспитании молодого поколения. Было отмечено, что в мудрости на различные темы отражены темы образования и нравственности.

Ключевые слова: Алишер Навои, мыслитель, афоризмы, знание, профессия, совершенство, книга.

ABSTRACT

This article examines the important role of the wisdom of the great poet Alisher Navoi in the education of the younger generation. It was noted that the themes of education and morality are reflected in the wisdom on various topics.

Key words: Alisher Navoi, thinker, aphorisms, knowledge, profession, perfection, book.

KIRISH

Ayni paytda o'quvchi yoshlarning odob-axloqi, psixologik barqarorligi, umuman olganda ma'naviy olamining sofligini ta'minlash kechiktirib bo'lmas darajada dolzarblik kasb etmoqda. Shu boisdan dunyo mamlakatlarining deyarli barchasi o'sib kelayotgan yosh avlodini keskin globallashuv jarayonlari va cheklanmagan xalqaro axborot maydonining turli salbiy oqibatlaridan himoya qilishga harakat qilmoqda. Bunda har bir millat ko'p yillik an'ana va urf-odatlari, shuningdek boy adabiy merosiga tayanishi shubhasizdir. Bugungi kun pedagog kadrlar va ota-onalar zimmasiga shunday mas'uliyatli vazifani yuklamoqda. Aslida, xalqimiz qadimdan yosh avlodni har tomonlama; ham ma'naviy, ham jismoniy jihatdan yetuk inson sifatida tarbiyalashga alohida e'tibor berib kelgan.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Xususan, yosh avlodning ma'naviy jihatdan barkamol inson sifatida shakllanishi uchun xalq ijodiyoti namunalaridan va albatta buyuk allomalarimiz asarlaridan unumli foydalanishgan.

Biz bu o'rinda ulug' alloma Alisher Navoiy hikmatlarida bayon qilingan fikrlarni tahlil qilishga harakat qildik. Shoir hikmatlari hayot qomusimizga aylanib ulgurgan desak, mubolag'a emas. Chunki Navoiy hikmatlarida hech bir hayotiy masala yoki insoniy fazilat va illatlar uning qalamidan chetda qolmagan. Hikmatlar turli mavzularda o'z aksini topgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy hikmatli so'zlari nafaqat o'zbek xalqininggina emas, balki turli xalqlar donishmandligini o'zida aks ettirgan bo'lib, yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Bugungi taraqqiy etib borayotgan jamiyatimizda yosh avlodning ma'naviy barkamolligini yanada oshirish, umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdek ezgu ishlarimizda ulug' shoirning purma'no hikmatlarining o'rni juda muhimdir. Buyuk shoirimiz chuqur bilim, keng dunyoqarash, katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan yetuk davlat arbobidir. Shuning uchun shoir hikmatlarida hayot, inson va umrning ma'no - mazmuni, ezgulik va yovuzlik, muhabbat va nafrat, halol va xarom, fano va baqo, nafosat va qabohat, do'stlik va dushmanlik, diyonat va xiyonat kabi tushunchalar haqidagi fikrlar mukammal holda, aniq, lo'nda, ta'sirchan bayon etganligining guvohi bo'lamiz.

Hazrat Navoiyning hikmatli so'zlari mingdan ziyod bo'lib, ularda hayotning har bir jabhasiga oid mavzular qamrab olingan.

Alisher Navoiy asarlari, yaxlit olganda, hayot qomusiga o'xshaydi. Chunki, biror - bir hayotiy masala, insonga xos qadriyat va tuyg'ular, fazilat va illatlar yo'qki, u qalamga olmagan bo'lsa! "Shoirning hikmatlari na zamonu zamin, na mazhabu din va na ijtimoiy tuzumu siyosiy turkum jihatidan cheklangan".1

Donishmand shoirimiz ota -onaning farzand hayotidagi o'rni va farzandning ota - ona oldidagi burch va majburiyatlari haqida shunday yozadi:

Ya'ni: " Otang uchun hamisha joningni fido qilishga tayyor tur, imkoning boricha onangning hurmatini ham joyiga qo'y. Ota - onaga yaxshilik qilishni oxirating obod bo'lishining sharti deb bil."- degan fikr uqtirib o'tiladi.

1 PycraMOB A., Pa^MaTH^aeBa M. Cy3 6omu // A^umep HaBOHH. X,HKMarau cy3^ap, - TomKeHT, 1985. 3 - 6eT.

2 A^Hmep HaBOHH, H6parau ^HKoaraap Ba xuc^aT^H ^HKMaraap, 103 - 6eT.

Ista ato yo 'lida fido jon qilmoq, Qulluq anog'a ham ulcha imkon qilmoq, Zuhri adab istasang farovon qilmoq, Bil oni ato - anog'a ehson qilmoq.2

2

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ushbu hikmatda shoir farzandiga shirin hayot ato etgan ota - onaning farzand uchun mehri beqiyos ekanligini uqtiradi. Har bir farzand ota uchun jonini berishga tayyor turmog'i; mehribon, munis ona uchun esa cheksiz hurmat- ehtiromni joyiga qo'yishi kerakligini ta'kidlaydi. Yoshlikdan ota - onani e'zozlash, doimo ular xizmatida turish farzand uchun ikki dunyo saodatiga erishish yo'li ekanini aytib o'tadi.

Hazrat Navoiyning quyida berilgan hikmatida esa kishi jamiyatda qanday qilib o'z o'rniga ega bo'lishi xususida so'z boradi:

Xo 'b el bila suhbat tutubon xo 'b o'lg 'il, Yaxshini talab qilg'ilu matlub o'lg'il, Shirin so 'z ila xalqqa marg 'ub o 'lg 'il, Yumshoq de hadisingni-yu, mahbub o 'lg 'il3.

Yani: "Yaxshi odamlar bilan birga bo'lib, o'zing ham yaxshi bo'l. Doim yaxshi odamlarning suhbatini izla-yu, o'zing ham boshqalarga yoqimli bo'l. Shirin so'zing bilan kishilarning ko'nglini top, muloyim gapir-u, sevimli bo'l" - degan lo'nda,oqilona fikrlar bayon etilgan.

Darhaqiqat, donishmand shoir yaxshi odamlar bilan birga bo'lish negizida umuminsoniy qadriyatlarni: yaxshilik, shirinsuhanlik, yoqimlilik, muloyimlik bilan har bir inson qalbiga to'g'ri yo'l topa bilish insoniy fazilatlarning eng ulug'i, oddiy haqiqat ekanligini uqtirib, ko'rsatib o'tadi.

Biz bugungi kunda yosh avlodni ma'naviy barkamol, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdek zalvorli, mashaqqatli, hech qachon kechiktirib bo'lmaydigan, uzluksiz ravishda olib boriladigan komil inson tarbiyasida ulug' shoirning hikmatli so'zlaridan keng foydalanish dolzarb ekanligini ko'ramiz. Hazratning hikmatlarini o'qib, uqigan har bir inson qalbida iliqlik sezilganday dilimiz yorishadi. Xuddi izlayotgan jumboqqa javob topilganday tuyuladi, nazarimizda.

Ulug' shoirning quyidagi hikmatli so'ziga e'tibor beramiz:

Uch qism ila iymong 'a bino fahm ayla, Avvalg 'isini aning hayo fahm ayla, Ikkinchisini dag 'i vafo fahm ayla, Uchunchini bilmasang, saxo fahm ayla4.

Ya'ni: "Iymon binosini uch qismdan iborat deb angla: birinchisi hayo, ikkinchisi - vafo, uchinchisi - saxiylik." - degan fikrlarni bildiradi ulug' shoir.

3 A^Hmep HaBOHH, H6parau ^HKoaraap Ba xuc^aT^H ^HKMaraap, 106 - 6eT.

4 Ammep HaBOHH, X,HKMaraap, 159 - 6eT.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Demak, iymonli, e'tiqodli inson tarbiyasi haqida gap borar ekan, avvalo: hayo, vafo, saxiylik kabi fazilatlarsiz komillikka erishib bo'lmasligi lo'nda tarzda izohlab berilgan.

Hazrat Navoiy nazdida kishi komillik rutbasiga yetmog'i uchun: odobli, muloyim tabiatli, hayoli, iboli, andishali; hayo pardasiga o'ralgan5, vafoli, sadoqatli, mehribon, izzat - ikromli, hayo va vafo birligini jamlagan 6; saxovatpeshalikda bulutdek7 bo'lishi darkor.

Navoiy hikmatlarida ilm olish, hunar kasb etishga da'vat yetakchilik qiladi:

Donish tilayu, har sori gar ketgaysan, Hifz aylamasang, varaq yig 'ib netgaysen,

Sa 'y aylaki, hifzi ganjig 'a yetgaysen,

Yo 'q ulki, kutub sa 'y ila jam etgaysen8.

Ya'ni: "Qayerga borma, ilm o'rganish payida bo'l, lekin kitob yiqqandan ko'ra, ilm ganjini xotirangga jo qilganing yaxshi, bas, kitob yig'ishga emas, yodingda saqlashga intil," - deya nasihat qiladi shoir. U ilmni qunt bilan egallash kerakligi haqida ham o'z fikrlarini sodda, lo'nda holda uqtiradi:

- qayerda bo'lma, ilm o'rganish payida bo'l;

- kitobni yig'ish uchun emas o'qib- o'rganish uchun

saqla;

- ilm ganj ini (sirlarini) xotirangga j oyla;

- ilmni yodingda saqlashga intil.

Darhaqiqat, ilmni yoshlikdan mukammal, puxta o'rganish uchun harakat qilish lozim. Zahmat chekib o'rgangan ilm xotirada muhrlanib qolishi uchun ko'proq o'qishni, mehnat qilishni talab qiladi. Shunday qilinsagina kitob yig'ishga o'rin qolmaydi. Kitobni ko'p mutolaa qilish kerak, lekin o'qigan bilimlarni yodda saql ash, takrorlash, boyitib borish ham juda muhim. Bu jarayon kishini faqat yuksaltiradi. Zero, ko'p o'qigan, ko'p biladi - deyilishi bejiz emas. Shoir komil inson darajasiga yetish uchun ilm olish bilan birga barcha insoniy fazilatlarni mujassamlashtirish zarur deb hisoblaydi.

Mutafakkir shoir asarlarida ilm olish, hunar egallash bilan birgalikda insoniy fazilatlar, nafs tarbiyasi haqida o'zining fikrlarini to'laqonli yoritgan bo'lsa, hayoti

5 "Kishining hayosi uning pa^sidn". Алишер Нaвоий, Ибрaтли x,икоятлaр вa хислaтли xикмaтлaр, "Нaзмyл жaвоxир" ra acoc бyлгaн xикмaтлaр тaржимaси, 349- бет.

6 "Vafog'a hayo bila payvastaliq, andoqki, hayog'a vafo bila vobastaliq." Ya'ni: Vafo bilan hayoni qo'shish hayo va vafo birligini hosil qiladi. Алишер Швоий, X^Mwaraap, 41 - бет.

7 Saxiy bulutdur - ishi xirmon, balki maxzan bermak. Ya'ni: Saxiy kishi hosil xhmoni, balki xazinaga sabab bo'ladigan bulutga o'xshaydi. Алишер Нaвоий, X^rawaTOap, 138 - бет.

8 Алишер Швоий, X,икмaтлaр, 56 - бет.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

davomida o'zi shunday yashab o'rnak bo'la oldi. Kamolot cho'qqisiga yetish uning chin orzu - istagi bo'lgan deyish mumkin. Fikrimizni quyidagi hikmat tasdiqlaydi:

Ya'ni: Kamolotga erishishga harakat qilginki, senga bu dunyodan g'amgin (nodon va axloqan nopok) o'tish mumkin emas. Takomillashmasdan (oqil va fozil, dono bo'lmasdan) o'tmoq xuddi hammomga kirib, yuvinmasdan chiqmoq kabidir -deya ajoyib tashbeh bilan fikrlarini bayon etgan.

Ta'kidlash joizki, buyuk shoir ilmu - hunar o'rganish kamolot cho'qqisi ekanligini uqtiradi. Cho'qqini zabt etishning negizi mehnatdir. Inson yorug' dunyoda yashar ekan, komillik sari intilib, ma'naviy yetuk, barkamol shaxs sifatida o'z o'rnini topishi kerak. Komil inson darajasiga yetish yo'llarini dono shoir o'zining noyob asarlarida bayon etganki, faqat o'quvchidan o'qib, uqib va amal qilish vazifasi talab etiladi xolos.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa sifatida ta'kidlash o'rinliki, ta'lim-tarbiya jarayonida nafaqat Navoiy asarlari, hikmatli so'zlari balki boshqa mumtoz adabiyot vakillarining asarlaridan unumli foydalanish bo'yicha innovatsion metodlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish dolzarb masaladir. Bunda Navoiy asarlari bo'yicha namunaviy dars ishlanmalari, tarqatma materiallar, slayd va videoroliklar tayyorlash, shuningdek navoiyshunos olimlar, shoirlar bilan jonli muloqotlar va sayyor darslar tashkil qilish kabi usulllarni taklif etgan bo'lardik. Bundan tashqari adabiyotshunos olimlar, pedagoglar va IT mutaxassislari hamkorligida Navoiy asarlarini o'rganish bo'yicha mobil ilovalar, turli didaktik va rivojlantiruvchi o'yinlar hamda animatsion materiallar yaratish ham ko'zlangan ijobiy natijalarni bera oladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Annmep HaBOHñ. HEPAT.HH X^KO^T^ÁP BA XHC^AT^H XKKMAT^AP. Hampra TañepnoBHHnap A. TnnaBOB, H. CañgynnaeB. - T.: "Sano -standart" HampneTH, 2016.

2. Annmep HaBOHH . X,HRMaraap. Hampra TañepnoBHHnap: C. MyTannnSoB, 3. OHHHOB. - T.: "mapK", 2006.

9 Navoiyni anglash, Shuhrat Sirojiddinov, Alisher Navoiy aqidalari, (Birinchi suhbat), 19 - bet.

Kamol et kasbkim, olam uyidin Sanga farz o 'lmag'ay g'amnok chiqmoq. Jahondin notamom o'tmak biaynih, Erur hammomdin nopok chiqmoq9.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

3. HaBOHHHH aHraam. fflyxpar Cupo^HggHHOB.- A^HfflEP HABOHH AKHAA-HAPH ( Bhphhhh cyxöar) [MaTH] ffl.Cupo^HgguHOB. - "Navoiy universiteti" nashriyot - matbaa uyi, 2018.

4. G'oyibboyeva E. Alisher Navoiy hikmatlarida himmatning ulug'lanishi. 3axHpnggHH MyxaMMag Eoöyp H^ogu Ba ®:axoH MagaHHtfra» MaB3ycHgarH xan^apo HnMHH-aManHH кoн^еpенцнa TynnaMH. - ffltiMKeHT: ^^MaöeK TsmeHeB araHgarbi yHHBepcHTeTi, 2023. E. 252-255.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.