Научная статья на тему 'AKADEMIK LITSEY INFORMATIKA FANIDAN MASOFAVIY TA’LIM ORQALI MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

AKADEMIK LITSEY INFORMATIKA FANIDAN MASOFAVIY TA’LIM ORQALI MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
351
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
akademik litsey / informatika / masofaviy ta’lim

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A.Kamolov

Ushbu maqolada akademik litsey Inforatika fanini o’qitish jarayonida mustaqil ishlarni masofaviy ta’lim orqali tashkil etish barobarida o’qituvchi va o’quvchilarga qulayliklar yaratish, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib mustaqil ishlarni tashkil qilish, o’quvchilar qiziqishini oshirish, mustaqil qo’shimcha bilimlarga ega bo’lishlariga erishish uchun maxsus saytlarga mustaqil ishlarni joylashtrish mumkinligi ko’rsatib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKADEMIK LITSEY INFORMATIKA FANIDAN MASOFAVIY TA’LIM ORQALI MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

AKADEMIK LITSEY INFORMATIKA FANIDAN MASOFAVIY TA'LIM ORQALI MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

A.Kamolov

https://orcid.org/0000-0002-4538-5130 [email protected]

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada akademik litsey Inforatika fanini o'qitish jarayonida mustaqil ishlarni masofaviy ta'lim orqali tashkil etish barobarida o'qituvchi va o'quvchilarga qulayliklar yaratish, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib mustaqil ishlarni tashkil qilish, o'quvchilar qiziqishini oshirish, mustaqil qo'shimcha bilimlarga ega bo'lishlariga erishish uchun maxsus saytlarga mustaqil ishlarni joylashtrish mumkinligi ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: akademik litsey, informatika, masofaviy ta'lim

USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN ORGANIZING INDEPENDENT WORK THROUGH DISTANCE EDUCATION OF ACADEMIC LYCEUM COMPUTER SCIENCE

A.Kamolov

https://orcid.org/0000-0002-4538-5130 [email protected] Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, in the process of teaching the subject of Informatics in the academic lyceum, while organizing independent work through distance education, creating convenience for teachers and students, organizing independent work using new pedagogical technologies, increasing the interest of students, independent it is indicated that independent work can be placed on special sites in order to achieve additional knowledge.

Keywords: academic lyceum, informatics, distance education

Mamalakatimizda global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta'sirini hisobga olgan holda, qat'iy har tomonlama o'ylangan keng ko'lamli loyihalar bugun amalda oshirilmoqda. Mamlakat iqtisodiyotidagi tub o'zgarishlar, uning xom ashyo yo'nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarishga o'tayotganligi kasb-hunar ta'limiga butunlay yangi vazifalarni qo'ymoqda. "Kadrlar

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

tayyorlash milliy dasturi" bevosita milliy tajribaning ilmiy, nazariy, amaliy tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan, hamda yuksak umumiy va kasb-hunar ongiga, madniyatiga, savodxonligiga, ijodiy va ijtimoiy faolligiga, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal qilishga layoqatli mutaxassislarning yangi avlodini takomillashirishni talab etmoqda.

Mamalaktimizda "Kadrlar tayorlash milliy dasturida" belgilangan vazifalardan kelib chiqib, davlat ta'lim standarti hayotga tadbiq qilinayotgan bir paytda, ta'lim muassasalaridagi o'quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish uchun darsliklarning yangi avlodini yaratish masofali o'qitish texnologiyasini yanada tezroq rivojlanishiga zamin bo'lib xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan ta'limga oid qaror va dasturlarni amaliyotga joriy etishda o'qitishning masofali shaklidan foydalanish muhim o'rin tutadi.

Masofali o'qitishni tashkil etish texnologiyasi nazariy jihatdan o'rganish, tahlil qilish, amaliyotda qo'llash, shuningdek, uning vosita va modellarini tizimga solish natijasida respublikamizning oliy, o'rta maxsus, kasb-hunar va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida masofali o'qitish texnologiyasidan foydalanishga zamin yaratiladi.

Masofaviy o'qitish-o'zaro ma'lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o'quv jarayonlari komponentlari-maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o'qitish usullariga asoslangan o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi munosabat.

Akademik litsey Informatika fanini o'qitishda o'quvchilar bilimlarini mustahlamlash maqsadida mustaqil ishlarga soatlar ajratilgan. Bu mustaqil ishlarni tashkil qilish o'quvchi bilimini qanday mustaqil o'zlashtirishi, izlanishi, qo'shimcha bilimlarga ega bo'lishiga yordam beradi. Har bir o'qituvchi mustaqil ishlarni o'quvchilarga berishda o'zining pedagogik va metodik mahoratlaridan kelib chiqqan holda tashkil qiladi.

Hozirgi kunda Informatika fanidan mustaqil ishlarni tashkil qilishda masofaviy o'qitish texnologiyasi samarali aloqa qilish vositalaridan foydalanish o'zaro muloqot natijasida o'qituvchi va o'quvchilarning talab va istaklarini aniqlash va ularga moslashish imkonini beradi. Shu bilan birga bu o 'quv materiallarining mazmuniga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Akademik litsey Informatika fanida masofaviy o'qitishni qo'llagan holda o'quvchilarning umumiy bilim darajasini va bu bilimning sifatini oshirish imkoni mavjud. O'quvchilarning bilim olishdagi ixtiyoriy talablarini qondirish mumkin bo'ladi.

Informatika fanidan mustaqil ishlarni masofali ta'lim orqali tashkil etishda qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa

I icclT^^^^H 157 http://oac.dsmi-qf.uz

vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish asosida ma'lum faoliyat ko'nikma va malakalarni shakllantirish, faoliyatni nazorat qilish, ular tomonidan egallangan nazariy va amaliy bilimlar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.

Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda o'quvchilarning o'quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi, mustaqil ishlash jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo'llashga doir katta tajriba to'plangan bo'lib, bu tajriba asosini interfaol metodlar tashkil etmoqda.

Akademik litseyda Informatika fanidan mustaqil ishlarni masofaviy ta'lim orqali tashkil etishda o'qituvchi va o'quvchilarga qulaylik, vaqtni tejash, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish, aniq natijaga erishish uchun yangi dastur yaratish yoki saytga mustaqil ish topshiriqlarini joylashtirish lozim. Bu topshiriqlarni yangi metodlar yordamida berilsa o'quvchilar qiziqishi va mavzuni chuqurroq tushunishiga yordam beradi.

• </body> • <html>

• </head> • <head>

• </html> • <title> sayt</title>

• <a href= "http://www.miral.zn.uz" target="blank"> bizning • </head>

saytimiz </a> • <body link="blue" alink="red" vlink="blue">

• <a href= "http://www.tashiit.uz" target="blank"> tashiit.uz • <h2 align="center"> TTYMI qoshidagi Mirobod akademik

</a><br> litsey </h2>

• <a href="#top"> yuqoriga </a> • <hr>

• <body link="blue" alink="red" vlink="blue"> • <br> Bizning saytimiz <br>

• <br> Bizning saytimiz <br> • <a href= "http://www.tashiit.uz" target="blank"> tashiit.uz

• <h2 align="center"> TTYMI qoshidagi Mirobod akademik </a><br>

litsey </h2> • <a href= "http://www.miral.zn.uz" target="blank"> bizning

• <head> saytimiz </a>

• <hr> • <p id= "top">TTYMI qoshidagi Mirobod akademik litsey

• <html> mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida o'ziga xos o'ringa ega

• <imj src= "C:\Documents and Settings\Admin\Pa6o^HH bo'lgan "O'zbekiston Temir yo'llari" DATKning ilk bo'g'ini

CTCra\img\1.jpg"> with= "400" border=2 hspace= "10" vspace= va bu sohaga kadrlar tayyorlash tizimining ostonasi

"10" title= "litsey"> hisoblanadi. </p>

• <imj src= "C:\Documents and Settings\Admin\Pa6o^HH • <p> 1998 yil 1sentabrda TTYMI tasarrufida litsey-internat

CTO^\img\2jpg"> with= "400" border=2 hspace= "10" vspace= o'z faoliyatini boshladi. O'zbekiston Respublikasi

"10" title= "litsey"> Prezidentining 1999 yil 6 avgustdagi P-1045 sonli farmoyishi

• <p id= "top">TTYMI qoshidagi Mirobod akademik litsey hamda Oliy va O'rta mahsus ta'lim vazirligining 1999 yil 10

mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida o'ziga xos o'ringa ega avgustdagi 240-sonli buyrug'iga asosan 1999 yil 16avgustda

bo'lgan "O'zbekiston Temir yo'llari" DATKning ilk bo'g'ini va unga akademik litsey maqomi berildi va TTYMI qoshidagi

bu sohaga kadrlar tayyorlash tizimining ostonasi hisoblanadi. Mirobod akademik litseyi degan huquqiy nom bilan yuritila

</p> boshlandi.</p>

• <p> 1998 yil lsentabrda TTYMI tasarrufida litsey-internat o'z • <imj src= "C:\Documents and Settings\Admin\Pa6o^HH

faoliyatini boshladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining CTCra\img\1.jpg"> with= "400" border=2 hspace= "10"

1999 yil 6 avgustdagi P-1045 sonli farmoyishi hamda Oliy va vspace= "10" title= "litsey">

O'rta mahsus ta'lim vazirligining 1999 yil 10 avgustdagi 240- • <imj src= "C:\Documents and Settings\Admin\Pa6o^HH

sonli buyrug'iga asosan 1999 yil 16avgustda unga akademik CTCra\img\2.jpg"> with= "400" border=2 hspace= "10"

litsey maqomi berildi va TTYMI qoshidagi Mirobod akademik vspace= "10" title= "litsey">

litseyi degan huquqiy nom bilan yuritila boshlandi.</p> • <p> TTYMI qoshidagi Mirobod akademik litseyining oldi

• <p> TTYMI qoshidagi Mirobod akademik litseyining oldi ko'rinishi </p>

ko'rinishi </p> • <a href="#top"> yuqoriga </a>

• <title> sayt</title> • </body>

• </html>

Masalan shunday topshiriqlardan birini keltiramiz: HTML bo'yicha mustail ishni quyidagicha bajarish mumkin:

1. Nazariy ma'lumotlar beriladi.

2. Bajariladigan topshiriq aniq ko'rsatiladi.

^hi 158 http://oac.dsmi-qf.uz

Topshiriq. Yaratilgan saytni to'g'ri ketma-ketlikda o'ng tomondagi bo'sh oynaga, namunada keltirilgani kabi to'g'ri yozib chiqishi kerak.

O'quvchi bajarilgan topshiriqni sayt ko'rinishida saqlab undan web-sahifa yaratib, natijani kiritishi kerak bo'ladi.

Bu kabi mustaqil ishlarni boshqa pedagogik texnologiyalar orqali ham tashkil etish mumkin. Har bir tanlanayotgan metodni fanning mavzusi va mazmunidan kelib chiqqan holda, masofali o'qitish uchun to'liq to'g'ri kelishi hisobga olinadi va u biz kutgan natijani berishi lozim.

Akademik litseyda Informatika fanini masofaviy ta'lim orqali mustaqil ishlarni tashkil etishda yuqoridagi kabi metodlar o'z mohiyatiga ko'ra o'quvchilarda o'quv-bilish faolligini oshirish, ularni kichik guruh va jamoada ishlash, o'rganilayotgan mavzu, muammolar bo'yicha shaxsiy qarashlarini dalil, erkin ifodalash, o'z fikrini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, g'oyalarni yanada boyitish bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab olishga, rag'batlantirish imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Informatika fanidan mustaqil ishlarni tashkil qilishda intefaol metodlarning o'rinli, maqsadli, samarali qo'llanilishi o'quvchida mantiqiy fikrlash, mavjud g'oyalarni sintezlash, tahlil qilish, jamoaviy faoliyat yuritish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni topa olish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun keng imkoniyatlarini yaratadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, akademik litseylarda Informatika fanidan tashkil etilgan mustaqil ishlarni masafaviy o'qitish orqali tashkil etilishida pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda berilgan mustaqil ishlar o'quvchilar ko'nikma, malakalarini yanada rivojlantirish, o'qituvchi va o'quvchini mustaqil ravishda ishlashiga yengillik yaratadi. Shu jumladan, o'quvchi o'zi ishlayotgan mustaqil ish ustida erkin izlanishi, vaqtni tejagan holda yangi bilimlar yordamida mustaqil ishlarni topshirishi, baholanishi, yangi bilimlarga ega bo'lishi va istalgan o'z mavzusiga doir ma'ruza matnidan, darslikdan, qo'llanmalardan va eng muhimi istalgan paytda internetdagi ma'lumotlardan foydalanishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. S.Xudayberdiev. San'at ta'limida axborot texnologiyalari. O'q.q. Toshkent-

2021

2. Plemnek A.I., Sokolova N.V. Integratsiya i korporativnost elektronnix bibliotek. Universitetskaya kniga. - 2010. - Dekabr. - S. 43-47

159

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.