AKADEMIK ESHKAK ESHISH SPORTIDA SAKKIZ KISHILIK QIZLAR EKIPAJIDA JAMOAVIY HARAKAT TEXNIKASINI MUVOFIQLASHTIRISH
Xayrulla Yuldashovich Matnazarov
O'zDJTSU, p.f.b.f.d. (PhD)
Dilora Xusnoddin qizi Ibodullayeva
O'zDJTSU, magistrant
ANNOTATSIYA
Maqolada akademik eshkak eshish sportida sakkiz kishilik qizlar ekipajini shakllantirishda yuzaga keladigan muammolar hamda texnik tayyorgarlik va texnik muvofiqlikning sport natijalariga tasiri bo'yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari batafsil yoritilgan. Jamoa azolarining texnik tayyorgarlik muvofiqligi eshkakka beriladigan kuchlanishning tenzometrik uslub orqali tahlil qilingan.
Tayanch so'zlar: akademik eshkak eshish, sakkiz kishilik ekipaj, ekipajni shakllantirish, tenzometrik tahlil, texnik tayyorgarlik, texnik muvofiqlik.
ABSTRACT
The article describes in detail the results of research on the problem of forming the crew of women eight, taking into account technical training, technical compliance and their impact on sports results. The conformity of technical readiness with the help of the method of tensometric measurement of the force transmitted to the oar was analyzed.
Keywords: rowing, crew of eight, crew formation, tensometric analysis, technical training, technical compliance.
KIRISH
Hozirgi kunda akademik eshkak eshish sportida kuchli raqobat va sport natijalarining doimiy o'sib borishi mashg'ulot jarayoni va musobaqa faoliyatini boshqarish tizimini takomillashtirish, sportchilar tayyorgarligining samarali yo'nalishlarini tanlash ko'p yillik tayyorgarlik bosqichida tayyorgarlikning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda mazkur sport turida sportchilarni saralash va jamoaviy
April, 2022
958
qayiqlarni shakllantirish soha mutaxassislari va olimlari oldida turgan dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda.
Shu o'rinda akademik eshkak eshishda sakkiz kishilik ekipajni ularning har tomonlama tayorgarligini yani, shug'ullanuvchilarning jismoniy, texnik, funksional va psixologik tayyorgarligini bir-biriga muvofiq takomillashtirish bu sport turida yuqori natijalarga erishishga asos bo'ladi.
Tadqiqot maqsadi - akademik eshkak eshishda sakkiz kishilik qizlar ekipajining jamoaviy texnik harakatlari muvofiqligini maxsus trenajyorda aniqlash va texnik tayyorgarlik bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Akademik eshkak eshish sportida sportchilarning individual tayyorgarligi va texnik elementlarni mukammal ijro etish mahoratiga oid savollardan tashqari trenerlar va eshkak eshuvchilar oldida yana bir muhim vazifa - jamoaviy qayiqlarda eshkak eshishning jamodagi boshqa sportchilar harakatlariga mosligi va jamoa azolarining har tomonlama majmuali tayyorgarligiga erishish masalasi turadi [1,3].
Chet el tajribasi shuni ko'rsatadiki, akademik eshkak eshish bo'yicha yetakchi sportchilar va ekipajlarni yetkazib beruvchi bir qator davlatlar o'zlarining jamoaviy qayiqlarni shakllantirish mezonlariga ega. Quyidagi jadvalda ularni ko'rishimiz mumkin (1-jadval).
1-jadval
Chet mamlakatlarda ekipajni shakllantirish uchun sportchilarni saralashda qo'llaniladigan mezon va ko'rsatkichlar
Mamlakat Mezon Ko'rsatkichlar
Avstraliya Musobaqaviy 1X, 2- (2 km, 5 km) da musobaqa faoliyati natijalari
Funksional Funksional ko'rsatkichlar
Buyuk Britaniya Jismoniy Jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari (kuch, chidamkorlik)
Funksional Funksional ko'rsatkichlar
Morfologik Morfologik ko'rsatkichlar
Germaniya Musobaqaviy 1X, 2- (2 km, 6 km) da musobaqa faoliyati natijalari
Texnik Texnik ko'rsatkichlar
Italiya Musobaqaviy 1X, 2- (2 km) da musobaqa faoliyati natijalari
© ©
April, 20221 Multidisciplinary Scientific Journal1
©
o
©
©
959
Texnik Texnik ko'rsatkichlar
Kanada Musobaqaviy 1X, 2- (2 km) da musobaqa faoliyati natijalari
Funksional Funksional ko'rsatkichlar
Texnik Texnik ko'rsatkichlar
Jismoniy Jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari
Yangi Zelandiya Musobaqaviy 1X, 2- (2 km) da musobaqa faoliyati natijalari
Ergometrda da musobaqa faoliyati natijalari (2 km)
Rossiya Musobaqaviy Ergometrda musobaqa faoliyati natijalari
Morfologik Morfologik ko'rsatkichlar
AQSh Musobaqaviy Ergometrda musobaqa faoliyati natijalari (6 km)
1X, 2- (2 km) da musobaqa faoliyati natijalari
Mamlakatimizda ekipajlarni shakllantirish ilmiy asoslangan ishlanma va uslublarga tayanmasdan, asosan trenerlarning shaxsiy tajribasi asosida amalga oshiriladi. Bunda trenerlar shug'ullanuvchilarning asosan jismoniy tayyorgarligiga e4ibor qaratishadi. Bu esa o'z navbatida ekipaj azolari imkoniyatlarini, yani texnik, psixologik, funksional ko'rsatkichlarini har tomonlama inobatga olmasdan ekipajni shakllantirishga olib keladi. Natijada sport natijalarining beqarorligi kuzatiladi [2,4].
Akademik eshkak eshish sportida sakkiz kishilik ekipajni shakllantirishda shug'ullanuvchilarning texnik tayyorgarligi va ularning jamoa azolari texnikasi bilan muvofiqligi katta ahamiyatga ega. Chunki, ekipaj azolarining barchasi bir vaqtning o'zida eshkak yuzasi bilan suvni lilishi, eshkakka bir xil kuchlanish berishi va bir vaqtning o'zida eshkakni suvdan chiqarishi yuqori sport natijalariga erishishga zamin yaratadi [1].
Bu o'rinda shuni takidlash kerakki, ekipajni shakllantirishda trenerlarga to'laqonli yordam beruvchi moddiy-texnik bazaning yetishmasligi jamoaviy ekipajlarni shakllantirishda bir qator muammolarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun eng samarali uslublardan biri hisoblanuvchi eshkakka beriladigan kuchlanishni qayd qiluvchi tenzometrik uslub tayyorgarlik jarayonida ekipajni shakllantirishda kam qo'llaniladi. Murakkab sharoitlardan kelib chiqib trenerlar aksariyat hollarda pedagogik va ekspert tavsifi uslublarini qo'llagan holda ekipajni shakllantiradi.
Sportchilarni jamoaga saralash jarayonida har bir sportchining individual tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Buni esa faqat kichik qayiqlarda va jismoniy tayyorgarlik testlarini hisobga olgan holda (ergometrda) aniqlash mumkin. Masalan, 1,2,3 va 4 reytingga ega to'rtta sportchidan ikkita teng kuchli ikkitalik ekipajni faqat 1-4 va 2-3 shaklda joylashtirish orqali erishish mumkin.
April, 2022
960
Musobaqa yakunida yetakchi ekipaj aniqlansa ham yetakchi sportchilarni aniqlash imkonsiz bo'ladi. Chunki, musobaqada yutgan ekipaj kuchli kombinatsiya asosida tuzilmasdan, nisbatan kuchsiz (3 yoki 4) sportchilar ham ekipaj azosi hisoblanadi. Aksincha, nisbatan kuchli sportchilar (1 yoki 2) yutqazgan ekipaj tarkibida bo'lib saralashdan o'ta olmaydilar. Xuddi shunday holat sakkiz kishilik (8+) ekipajni shaklantirishda ham uchraydi [3,5].
Biz tajribamizda jamoa azolarining texnik tayyorgarligi muvofiqligini aniqlash va ularni mukammal darajada moslashtirish maqsadida eshkakka beriladigan kuchlanish tenzometriyasi uslubidan foydalandik. Bu uslubdan foydalanishda sportchilar tomonidan CONCEPT-2 eshkak eshish ergometrida eshkakka beriladigan kuchlanishning egri chizig'i aniqlandi. Tajribamiz jarayonida akademik eshkak eshishda barcha sportchilar eshkakka beriladigan kuchlanish bo'yicha uchta tipga bo'linishi malum bo'ldi (1-rasm).
1-rasm. CONCEPT-2 eshkak eshish ergometrida eshkakka beriladigan
kuchlanishning egri chizig'i
Tadqiqotimiz jarayonida, yani to'rt oy mobaynida biz shakllantirgan ekipaj azolarining alohida tenzometrik ko'rsatkichlarini umumiy muvofiqlikka yaqinlashtirish maqsadida CONCEPT-2 eshkak eshish ergometrida va suvda qator mashqlarni tayyorgarlik jarayonida qo'lladik va bu sakkiz kishilik ekipajni tajriba guruhi sifatida qabul qildik. Nazorat guruhi sifatida ikkinchi sakkiz kishilik ekipaj olindi hamda ular amaldagi dastur asosida trenirovka mashg'ulotlarini olib borishdi.
April, 2022
961
Tadqiqot natijalari. Tadqiqotimiz boshida va oxirida CONCEPT-2 eshkak eshish ergometrida ekipaj azolarining alohida 2000 m ga eshkak eshish natijalarining o'rtacha ko'rsatkichi va suvda to'liq ekipajning 2000 m ga eshkak eshish natijalarini qiyosiy tahlil qildik (2-jadval).
2-jadval
Tajriba va nazorat guruhlarining test natijalari
Test Nazorat guruhi Nisbiy o'sish (%) Tajriba guruhi Nisbiy o'sish (%)
Tajribadan oldin Tajribadan keyin Tajribadan oldin Tajribadan keyin
CONCEPT-2 ergometrida 2000 m ga eshkak eshish o'rtacha natijasi (daq., soniya) 8:18,12 8:09,41 1,8 8:19,34 8:01,54 3,6
Suvda 2000 m ga eshkak eshish (daq., soniya) 8:21,43 8:13,52 1,6 8:21,16 8:07,38 2,8
Yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, nazorat guruhi sifatida olingan ekipaj azolarining CONCEPT-2 eshkak eshish ergometrida 2000 m ga eshkak eshish natijalarining o'rtacha ko'rsatkichi nisbiy o'sishi 1,8% ga yaxshilangan bo'lsa, tajriba guruhi sifatida olingan sakkiz kishilik ekipaj natijalarining o'rtacha ko'rsatkichi nisbiy o'sishi 3,6% ga yaxshilangan. Suvda 2000 m ga eshkak eshish testi bo'yicha nisbiy o'sish ko'rsatkichi nazorat guruhida 1,6% ga, tajriba guruhida esa 2,8% ga yaxshilanganini ko'rishimiz mumkin. Bu o'z navbatida biz tanlagan uslubiyat orqali sakkiz kishilik qizlar ekipajini shakkantirish sport natijalarining yaxshilanishiga olib keladi degan xulosa chiqarish imkonini beradi.
XULOSA
Hozirgi kunda mamlakatimizda sakkiz kishilik ekipajlarni shakllantirish bo'yicha har tomonlama majmuaviy o'rganilgan hamda ilmiy asoslangan, zamonaviy sport yutuqlarini o'zida mujassam etgan uslubiyatlarning yetishmasligi bu mavzu bo'yicha chuqurroq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Sakkiz kishilik qizlar ekipajini shakllantirishda jamoa a zolarining texnik tayyorgarligi va texnik muvofiqligi yuqori sport natijalariga erishishda muhim ahamiyatga ega. Chunki, jamoa azolarining barcha texnik harakatlarni sinxron va bir-biriga muvofiq bajarishi
April, 2022
962
liderning jamoani muvaffaqiyatli boshqarish qobiliyati bilan birgalikda qayiq tezlanishida muhim omil hisoblanadi.
O'tkazilgan tadqiqot davomida sportchilar texnik muvofiqligi bo'yicha qo'llanilgan uslubiyat sport natijalarining yaxshilanishiga olib keldi. Ya'ni, tajriba guruhi sifatida olingan va tayyorgarlik jarayonida maxsus mashqlar qo'llanilgan ekipaj azolarining sport natijalari nazorat guruhi natijalariga nisbatan yaxshi bo'lganligi biz qo'llagan uslubiyatning samarali ekanligidan dalolat beradi.
REFERENCES
1. Kleshnev V. Rowing Biomechanics Newsletter. №1, vol. 5, January, 2005
2. Korbut V.M., Matnazarov X.Y., Ikramov B.F. Eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati. O'quv qo'llanma T.: 2017
3. Купреев М.В., Алексеев М.В. Методика формирования студенческого экипажа 8+ в академической гребле. Ученые записки университета имени П.Ф.Лесгафта. - 2019. - №12 (178)
4. Mambetnazarov I.M. Akademik eshkak eshishda katta ekipajni shakllantirsh: xorijiy mamlakatlarning zamonaviy tajribasi. Fan sportga 2021/1. 78-84.
5. Яковенко Е.О. Обоснование подхода к формированию экипажей в гребле академической. Педагогические, психологические и медико-биологические проблемы физической культуры и спорта. 2013/12. 105-109
6. Pirnazarov Sh. A. Boshlang'ich tayyorlov guruhlarida bolalarni suzishga o'rgatishda tajriba tekshirish. CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES, (VOLUME 2 ISSUE 3 MARCH 2022) 498-509.
7. Шамсиддинов Ш.Х. Ёш сузувчиларни кукракда крол усули оркали куч сифатларини ривожлантириш. CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES, (VOLUME 2 ISSUE 3 MARCH 2022) 510-520.
8. Pirnazarov Sh.A. Suzish nazariyasi va uslubiyati. O'quv qo'llanma. 2021 yil. 50-
55.
April, 2022