Научная статья на тему 'AHOLINING ISH BILAN BANDLIGINI TA’MINLASHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI'

AHOLINING ISH BILAN BANDLIGINI TA’MINLASHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
647
119
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aholi bandligi / bandlik dasturlari / bandlik modellari / xorijiy tajriba.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Lutfullo Ziyadullayevich Ibragimov, Sardor Xusniddin O‘G‘Li Shodiyorov, Ruxshona Gʻulom Qizi Sultonmurodova

Mazkur maqolada bandlik va mehnat bozorini tartibga solishda rivojlangan mamlakatlarda tajribalari o„rganilgan. Mazkur davlatlar tajribalaridan mamlakatimizda ishsizlikni qisqartirish va aholining ijtimoiy zarur mehnat bilan bandligini oshirish bo„yicha foydalanish imkoniyatlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHOLINING ISH BILAN BANDLIGINI TA’MINLASHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-73-78

AHOLINING ISH BILAN BANDLIGINI TA'MINLASHDA XORIJIY

DAVLATLAR TAJRIBASI

Lutfullo Ziyadullayevich Ibragimov

Samarqand davlat universiteti dotsenti

Sardor Xusniddin o'g'li Shodiyorov

Samarqand davlat universiteti magistranti

Ruxshona G'ulom qizi Sultonmurodova

Samarqand davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada bandlik va mehnat bozorini tartibga solishda rivojlangan mamlakatlarda tajribalari o'rganilgan. Mazkur davlatlar tajribalaridan mamlakatimizda ishsizlikni qisqartirish va aholining ijtimoiy zarur mehnat bilan bandligini oshirish bo'yicha foydalanish imkoniyatlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: aholi bandligi, bandlik dasturlari, bandlik modellari, xorijiy tajriba.

ABSTRACT

In this article explores their experience in developed countries in the regulation of employment and the labor market. The experience of these countries provides opportunities to reduce unemployment in our country and increase the employment of the population with socially necessary labor.

Keywords: employment of the population, employment programs, employment models, foreign experience.

Bandlikni davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish uchun xalqaro tajribalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur sohani tartibga solishning shakl va usullarini jahon tajribasidan samarali foydalangan holda, tartibga solish qishloqlarning rivojlanishiga yordam beradi. Xalqaro tajribalarni o'rganishda, to'liq bandlik, bandlik kafolati, ish o'rinlarining saqlanishi va rivojiga qaratilgan Xalqaro Mehnat Tashkiloti faoliyatini alohida kuzatish maqsadga muvofiq.

Rivojlangan mamlakatlarning bandlik sohasida olib boruvchi siyosatlari

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-73-78

mehnat bozorining moslashuvchanlik konsepsiyasiga asoslanadi. U o'z ichiga ishchi kuchining hududiy va kasbiy safarbarligini, yollanib ishlash, ishdan bo'shatish, korxonalararo xodimlarning safarbarligi, ish vaqtining boshqarilishi bo'yicha ishchi kuchining moslashuvchanlik ko'rsatkichlarini qamrab olgan. Masalan, Shvetsiyada milliy daromadning soliq va davlat xarajatlari asosida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, bandlik holatini bir maromda ushlab turish bo'yicha olib boriluvchi dasturlar (jamoaviy ishlarni tashkil qilish, ish joylarini yaratish va h.k.)ni ishlab chiqishda davlatning o'rni katta bo'lsa, AQShda xukumatning aholi bandligini nazorat qilishga bo'lgan ta'siri minimal darajagacha pasaytirilgan [1; 61-s.].

Jahon tajribasida aholi bandlik bo'yicha modellar orasida Amerika, Shved (Skandinaviya), Yevropa, Yaponiya va Xitoy modellari alohida ajratilib ko'rsatiladi [2; 148-b.]. Bulardan, Amerika modeli mehnatga layoqatli aholining katta qismiga ishlab chiqarish samarasi past va o'z-o'zidan kichik daromadga ega bo'lgan ish joylarini yaratishga qaratilgan. Bunday siyosatni olib borish ishsizlikni past darajada ushlab turish, xukumat tomonidan unga to'siq bo'lishi mumkin bo'lgan moliyaviy va iqtisodiy qarshilik holatlarining uchramasligiga olib keladi. AQShning zamonaviy bandlik siyosatidagi asosiy yo'nalishlarga: ish haqi darajasini oshirish jihatidan ish joylari sifatini oshirish, kelajakda kasbiy ulg'ayishni ta'minlash, ish joylarini saqlash va ularni ko'paytirishdir. AQSH siyosati, eng avvalo, bandlik o'sishini rag'batlantirish va ish joylarini ko'paytirish, ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, yollanma ishchi kuchiga ko'maklashishga qaratilgan.

Shved (skandinaviya) modeli ishchi kuchining barcha guruh vakillari uchun davlat sektorida o'rtacha (qoniqarli) mehnat va daromad sharoitlarini barpo etishga qaratilgan. Mazkur siyosatning kamchiligi - faqatgina, kamayishi yoki cheklanishi shubhasiz ishlab chiqarishni pasayishi va ish joylarining keskin qisqarishiga olib keluchi xukumat moliyaviy vositalariga bo'lgan qaramlikdadir.

Bandlik siyosatining Yevropa modeli ishlab chiqarish samaradorligi oshib borayotgan bir paytda bandlar sonining kamaytirilishi va o'z-o'zidan ish bilan bandlar sonining daromadlarini ko'tarilishiga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Bunday siyosat ishsizlarning ortib boruvchi qismiga ko'p xarajat talab qiluvchi tizimni barpo qilishni talab etadi. Mazkur siyosatning eng salbiy jihati - uzoq davom etuvchi ishsizlik va u bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy va moliyaviy to'siqlarning ko'p uchrashidadir.

Aholi bandligining yapon modelida davlat tomonidan nafaqat shahar, balki qishloq joylaridagi bandlik holatlari o'rganilib, aholini ish joylari bilan ta'minlashga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-73-78

katta e'tibor qaratiladi. Ishchi xodimlarining pensiya yoshiga yetgunga qadar, ya'ni umrbod yollanib ishlashiga qaratilgan bandlik tizimi (ayniqsa, qishloq hududlarida) keng tarqalgan [3; 214-s.].

Shuningdek, Yaponiyada xodimlardan uzoq vaqt davomida foydalanishni ko'zlash, ularning kasb tayyorgarligi va malakasini oshirishni ish o'rinlari tarkibi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini hisobga olgan holda, ichki firma darajasida amalga oshirish, avvaldan xodimning firma ichida kasbiy harakatchanligini nazarda tutishi, xodimlarda mehnatga, yuqori ish sifati darajasiga erishishga ijobiy yondashishni tarbiyalash imkoniyatini yaratadi.

Aholini ish bilan ta'minlashning Xitoy modeli iqtisodiyot samaradorligini oshirishga qaratilgan [4; 18-s.].

Rivojlangan mamlakatlarda bandlikni himoya qilishga qaratilgan normalarning qattiqligi darajasiga ko'ra ularni quyidagi guruhlarga ajratib ko'rsatiladi:

Liberal boshqaruv modeli amal qiluvchi mamlakatlar, unga ko'ra, ish beruvchilar iqtisodiy maqsadlilikka qarab xodimlarni ishga qabul qilish siyosatini amalga oshiradi (AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Irlandiya, 1990 yillarning o'rtalaridan boshlab Avstraliya va Yangi Zellandiya). Mehnat munosabatlari saqlangan model asosida faoliyat olib boriluvchi mamlakatlar, unda ish beruvchilar lozim bo'lgan ishchi kuchi sonidan foydalanishda katta miqdordagi cheklovlarga duch kelishadi (Italiya, Gretsiya, Turkiya, Germaniya va Fransiya) 5; 47-s.].

Boshqa barcha mamlakatlarni o'rta guruh vakillariga kiritish mumkin, chunki ularda qattiq cheklov choralari namoyon bo'luvchi bandlikni himoyalashga qaratilgan qonunchilikning qaysidir sohasi boshqa sohalardagi liberal qonunchilik bilan mutanosiblikda bo'ladi.

Bandlikni tartibga solishning shakl va usullarining tanlanishi muayyan bir iqtisodiy davr bilan bog'liq. Masalan, xorijda o'tkaziluvchi faol va nofaol siyosatni tahlil qilish iqtisodiy faollik cho'qqisiga chiqqan va doimiy o'sish kuzatilayotgan mamlakatlarda aholining ish bilan band bo'lmagan qismini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan nofaol tavsifdagi chora-tadbirlarga, iqtisodiyotning inqiroz holatida esa tadbirkorlik faoliyatini vujudga keltiruvchi va uni faol ishlashga yo'naltiriluvchi harakatlarni amalga oshirish hamda bandlikni ta'minlashga e'tibor qaratilganligini ko'rsatdi.

So'nggi o'n yillikda Yaponiya va AQShning xukumat organlari asosan yirik koorporatsiyalar bilan ish olib borishmoqda. Shu o'rinda, ish haqi miqdorining belgilanishi ish bilan bandlik holatlariga ta'sir qilishini aytib o'tish lozim. G'arbiy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-73-78

Yevropa, Afrika va Osiyo mamlakatlarida hukumat organlarining shaxsiy firmalar ishiga aralashuvi ko'p kuzatiladi. Xukumatning liberal bilvosita boshqaruviga Germaniya va Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy vositalar asosida boshqaruv shakllarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bunda davlat boshqaruvi va xususiy korxonalar tashabbusi o'rtasidagi bog'lanish vazifasini ta'minlovchi savdo sanoat palatasi kabi daromad olmaydigan tashkilotlarning o'rni katta bo'ladi.

Yevropa Ittifoqidagi mamlakatlarda ishsizlik muammolari deyarli uchraymadi, garchi ushbu ko'rsatkich YalMning aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi hissasi bilan o'lchansa-da, bu ko'rsatkich esa barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining qishloq hududlarida shahar hududlariga nisbatan kam. Faqat ayrim mamlakatlardagina qishloq hududlaridagi ish bilan bandlik muammolari mazkur mamlakatlarning asosiy bandlik ko'rsatkichlari qishloq xududlariga jamlanganligi sababli qisman hal qilingan. (Masalan, Irlandiya, Ispaniya, Gretsiya va Fransiyada, biroq Finlyandiya, Italiya va Portugaliya bundan mustasno). Bandlik darajasi yuqori sur'atlar bilan o'sib boruvchi mamlakatlar ishsizlik muammosini, garchi u qishloq hududlariga oid bo'lsa ham, qishloq xo'jaligidan tashqarida ish joylarini yaratish orqali hal qilishga harakat qilgan. Mazkur rivojlanishga mamlakat YaIMning aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi katta hissasi va urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvchi sabab bo'ladi [6; 39-s.]. Xorijda bandlikni tartibga solish xorijiy ishchi kuchini taqsimlash va qayta taqsimlash orqali amalga oshiriladi. Masalan, katta miqdordagi xorijiy ishchi kuchi oqimiga duch keluvchi sanoati rivojlangan mamalakatlarda (Germaniya, Fransiya va h.k.), so'nggi yillarda xorijiy ishchilarni o'z mamlakatlariga qaytarib yuborishga qaratilgan bir qator dasturlar ishlab chiqarilmoqda. Yevropaning ayrim mamlakatlarida urbanizatsiya darajasi yuqori bo'lgan mintaqalardagi qishloq joylarida bandlikni tartibga solish tajribasidan foydalanish mumkin.

Rivojlangan mamlakatlarning ko'plab korxonalarida ijaraviy mehnatdan foydalanilmoqda. Bunga asos sifatida, 1980-1990 yillarda ushbu mehnat turining qonuniy asoslari shakllantirilganini sabab bo'lgan. XMTning 1997-yildagi 85-sessiyasida xususiy kadrlar agentliklariga doir 181-sonli va 188-sonli Konvensiyalari qabul qilingan. Ijaraviy mehnat turidan foydalanishda eng yuqori ko'rsatkich AQShga tegishli. Mamlakatda bunday toifadagi xodimlar ulushi umumiy ish bilan band aholi sonining 4,5 foizini tashkil etgan.

Xulosa. Hozirgi iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish sharoitida aholini ish bilan bandligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari bo'yicha xorijiy davlatlardagi qo'llanilib kelinayotgan amaliyotlar tajribasini o'rganish hamda tahlil

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-73-78

etish mazkur davlatlar tajribasini mamlakatimiz uchun mos bo'lgan jihatlaridan foydalangan holda, aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishning muhim, yangi istiqbolli yo'nalishlarini aniqlash va amaliyotda qo'llash imkonini beradi.

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida aholi ish bilan bandligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari bo'yicha xorijiy amaliyotlar tajribasini ilmiy tadqiq va tahlil etish mazkur davlatlar tajribasining ilg'or, respublikamiz uchun qulay bo'lgan jihatlaridan foydalangan holda, aholi ish bilan bandlik darajasini oshirishning samarali, istiqbolli yo'nalishlarini aniqlash va amaliyotda qo'llash imkonini beradi.

REFERENCES

1. ABDURAMANOV Khamid Khudaybergenovich & IBRAGIMOV Lutfullo Ziyadullaevich, 2015. "Regional Characteristics Of Demographic Development In The Republic Of Uzbekistan" SEA - Practical Application of Science, Romanian Foundation for Business Intelligence, Editorial Department, issue 7, pages 363-368, April. https://doi.org/10.31577/geogrcas.

2. Ibragimov L. Z., & Khamroyeva F. A. (2021). Development of Small Business and entrepreneurship in industry and its influence on employment of population. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3 (03), 163-170.

3. Ibragimov Lutfullo Ziyadullayevich, Musayev Bekzod Murodovich, & Mirzayev Farkhod Sayidovch. (2021). EMPLOYMENT OF POPULATION AND ITS GEOGRAPHICAL STUDY. JournalNX - A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 163-167. https: //repo .j ournalnx.com/index.php/nx/article/view/1400

4. Ibragimov, L. (2016). Importance of studying natural and geographical potential of regions in economicgeographical research (A case study of Samarkand Region). Science and World. International scientific journal. Russia [online] № 7 (35) Vol. II. pp. 111-114 Available at: http://scienceph.ru/.

5. Ibragimov, L. (2016). State policy in supporting an employment of the population in Uzbekistan. Lucrärile Seminarului Geographic "Dimitrie Cantemir". Romania. [online] 41 (1), pp.113-118. Available at: http: // www.seminarcantemir.uaic.ro.

6. Ibragimov, L. (2017). Specialization of agriculture - as the solution to the problem of employment (A case study of Samarkand Region). European Science Review. Austria [online] 1 (2), pp.19-23. Available at: http: // www.ew-a.org.

7. Ibragimov, L., 2017. The influence of demographic factors on employment and labor market (A case study of Samarkand Region). Lucrärile Seminarului Geographic

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-73-78

"Dimitrie Cantemir", 45 (0).

8. Tojiyeva Z., Dusmanov F., Ibragimov L. (2020). Divorcing procedures in Uzbekistan and its territorial features. In International journal of scientific & technology research, vol. 9, no.1, pp.4096-4100. ISSN 2277-8616.

9.Tojiyeva, Z., Ibragimov, L. 2021. Labour market and employment in Uzbekistan. In Geograficky casopis, vol. 73, no.4, pp. 359-374. ISSN 0016-7193.

10. Ибрагимов Л.З. Жануби-гарбий узбекистоннинг мехнат бозоридаги вазият. Узбекистон География жамияти ахбороти. 60-жилд, 2021 йил. 56-63 б.

11. Кязимов К.Г. Рынок труда и занятость населения: Учеб. пособ. - М.: Перспектива, 2005. - C.148.

12. Панков Б.П. Рынок труда на селе и его регулирование. Монография. - М.: Дашков-К, 2002. - С.61.

13. Серова В.Е. Аграрная экономика: Учебник для студентов экономических вузов, факультетов и специальностей. - М.: ГУ ВШЭ, 2009. - С.214.

14. Соколова Ж.Е. Демографическая ситуация и проблемы занятости сельского населения Китая. Обзорная справка. Справочный материал. №34 ВНИИТЭИ агропром, 2007. - С.18.

15. Шуваев А.В. Формирование системы регулирования занятости сельского населения в региональном аграрном секторе. Монография. - Ставрополь, 2006. -С.47.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.