Научная статья на тему 'AHMAD LUTFIY QOZONCHINING “O‘GAY ONA”ASARIDA HOZIRGI VA O‘TGAN ASR ODAMLARINING TAQQOSLANISHI'

AHMAD LUTFIY QOZONCHINING “O‘GAY ONA”ASARIDA HOZIRGI VA O‘TGAN ASR ODAMLARINING TAQQOSLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5668
236
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
O‘gay ona / Imom Xatib maktabi / Qur’on / odob-axloq / tarbiya / mavlud / yetim / yetim / ko‘z yoshlar / payg‘ambar / to‘y.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bobur Yangiboy O‘G‘Li Hakimov, Zarnigor Faxriddin Qizi Yuldoshova

Insoniyat uchun holis va samimiy xizmat qilayotgan, insonlarga bag‘ishlangan.Bu roman Turk yozuvchisi A.L. Qozonchining qalamiga tegishli bo‘lib,romanda husn va ilm-u odobi benuqson bo‘lgan 19 yoshli Fotima, o‘zi kichik bo‘lsada, dard-u g‘ami belni sindiradigan darajada hayot achiqlarini juda ko‘p totgan, ona mehri va ona shfqatini unutgan yetim Ismoil hamda “ Och qolmay o‘l, zaxar ye, zaqqum yut” so‘zi og‘zidan tushmaydigan o‘gay ona Sanixaxonim va Eldorbek dek hayotga yengil qaraydigan kaltabin insonlar hayoti yoritilib o‘tilgan. Va shuni takidlash joizki, o‘sha davrdagi qizlar tarbiyasiga, odob-axloqi, yigitlarning iymonli, etiqodli bo‘lib kamol topishiga, bir so‘z bilan aytganda kelajagiga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHMAD LUTFIY QOZONCHINING “O‘GAY ONA”ASARIDA HOZIRGI VA O‘TGAN ASR ODAMLARINING TAQQOSLANISHI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

AHMAD LUTFIY QOZONCHINING "O'GAY ONA"ASARIDA HOZIRGI VA O'TGAN ASR ODAMLARINING TAQQOSLANISHI

Bobur Yangiboy o'g'li Hakimov Zarnigor Faxriddin qizi Yuldoshova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat Sharof Rashidov nomidagi Samarqand

pedagogika instituti davlat unversteti

ANNOTATSIYA

Insoniyat uchun holis va samimiy xizmat qilayotgan, insonlarga bag'ishlangan.Bu roman Turk yozuvchisi A.L. Qozonchining qalamiga tegishli bo'lib,romanda husn va ilm-u odobi benuqson bo'lgan 19 yoshli Fotima, o'zi kichik bo'lsada, dard-u g'ami belni sindiradigan darajada hayot achiqlarini juda ko'p totgan, ona mehri va ona shfqatini unutgan yetim Ismoil hamda " Och qolmay o'l, zaxar ye, zaqqum yut" so'zi og'zidan tushmaydigan o'gay ona Sanixaxonim va Eldorbek dek hayotga yengil qaraydigan kaltabin insonlar hayoti yoritilib o'tilgan. Va shuni takidlash joizki, o'sha davrdagi qizlar tarbiyasiga, odob-axloqi, yigitlarning iymonli, etiqodli bo'lib kamol topishiga, bir so'z bilan aytganda kelajagiga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: O'gay ona, Imom Xatib maktabi,Qur'on,odob-axloq,tarbiya, mavlud, yetim, yetim, ko'z yoshlar, payg'ambar, to'y.

KIRISH:

Har birimiz xato qilishdan xoli emasmiz. Ammo shunday insonlar borki, ular bir xatoni qayta-qayta takrorlayveradilar. Michigan universitetining klinik psixofiziologiya kafedrasi olimlari xato qilish borasida odamlar ikki toifaga bo'linishlarini aniqlashdi. Birinchi toifadagilar ruhan "Men bu borada hech qachon zo'r bo'la olmayman" qabilida ish tutishadi. Ikkinchi toifadagilar esa quyidagicha fikr yuritishadi: "Negadir o'xshamadi. Balki men xatoga yo'l qo'ygandirman? Qayerda xato qilganimni aniqlashim kerak".

Aqlli, omadli odamlar xato ga yo'l qo'ymaslikdan kafolatlanmagan, faqat ular o'z xatolaridan xulosa chiqarishadi. Aqlli odamlar quyidagi xatolarni hech qachon takrorlamaydilar. Hech narsa qilmay qo'l qovushtirib o'tirgandan ko'ra 100 martalab xato qilib biror natijaga erishgan afzalroqdir. Boshqa natijani kutib bir ishni qayta-qayta qilish Albert Enshteyn faqat ahmoqlargina boshqa natija bo'lishiga ishonib bir ishni qayta-qayta qilishlarini ta'kidlagan. Oqibati qanday bo'lishi aniq bo'lsa ham ayrimlar ikkini ikkiga qayta-qayta ko'paytiraversa besh chiqadi, deb o'ylashadi. Aqlli insonlar esa bilishadi: boshqa natijaga erishish uchun bu ishga boshqacha yo'l bilan yondashish kerak.

ASOSIY QISIM

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Ahmad Lutfiy Qozonchi 1936 yili Turkiyaning Churum tumanida tug'ilgan. Boshlang'ich maktabni va imom-xatib litseyini shu tumanda bitirgan. 1964 yili Istanbul Oliy Islom institutini muvaffaqiyatli tamomlab, Churum, Siirt, Isparta shahar va tumanlarida din xizmatlarida ishlagan. 1977 yili Bursa Oliy Islom institutiga arab tili va adabiyoti bo'yicha asistent bo'lib ishga kirgan. A.L Qozonchining "O'gay ona" romani hayot mashaqqatlariga sabirli, mehri quyosh nuri kabi issiq, zulmatda esa shamchiroq kabi nurli insonlar- onalar uchun dunyoga keldi. Har bir inson hayot yo'lini olloh qalbiga solgan ajib hislar ortidan, kulib boqqan quyosh misoli. Porloq kelajak umidida tanlaydi. 19 yoshli Fotimaxonim ham "har yetimga qilingan yaxshilik Alloh huzurida Payg'ambarimizga qilingan yaxshilik singari deb qabul qilinsa, yetimlarga zarar yetmaydi"nomli hayotdagi shioriga asoslangan holda o'zining kelajak yo'lini tanladi. Bu shiori asosida Fotima 2 nafar farzandi bo'lgan Odillbekka turmushga chiqadi. Oqila qiz ota-onasi, qarindoshlarining qarshiligiga qaramasdan o'z fikridan aytmaydi. Fotimaning qo'shnisi Ismoil uch yoshida onasidan yetim qoladi. Keyingi hayoti esa o'gay onasining zulmi ostida o'ta boshladi. Ayniqsa, singlisi Salima tug'ilganidan so'ng ikkisiga bo'lgan ayro munosabat Ismoilning dardiga dard qo'shadi. Hali murg'ak bolaning ushbu yoshida ko'rgan azoblariga hammamiz achinamiz. Shu o'rinda Fotima ona ham uning ko'nglini ozgina bo'lsada ko'tarish uchun qo'lidan kelgan yax shiliklarni qiladi. Biroq bir bolaning azobli kechmishlari yoshgina qizning birdaniga ikki farzandning onasi bo'lishiga to'laqonli sabab bo'la olarmikan? Ha, bu haqiqatga yaqin sabab. Aslida, Fotimaning yetimlarga bu qadar rahmi kelishiga undagi diniy bilimlar, islomiy qarashlar taqozo etmaganmikin? Mana asarning mohiyati, yozuvchining bu asarni yozishdan maqsadi qayerda! Diniy bilimlar haqiqiy insonni tarbiyalovchi, unga to'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi shamchiroqdir.

Fotima deyarli barchaning qarshiligiga qaramay Odilbekka turmushga chiqadi va uning ikki yetim bolasini bag'riga oladi. Odilbekning, qolaversa o'quvchilarning ham "haqiqiy ona - inson, o'gay ona - uning soyasi" kabi qarashlarini o'zgartiradi. Uni chekishdan qaytaradi. Bu yo'ldan qaytishiga birgina so'z sababchi bo'ladi. Yuqorida aytilgan fikrning isboti uchun shu bir so'zning o'zigina kifoya qiladigan insonni qanday qilib Fotimaga munosib emas deyish mumkin. Ayoli ham unga munosib albatta. Fotima yetim bolalarining o'z onalarini unutishlarini ham istamaydi, kechalari u ayol haqqiga duo qilar, erini ham bunga undar, kun kelib farzandlarini ham shunga o'rgatadi. Fotima o'zi ham bir qizlik bo'ladi, lekin hech qachon o'z qizi va ikki yetimiga nisbatan ayro munosabatda bo'lmaydi, barchasini birdek ko'radi.Fotima asarda shunday buyuk ayol sifatida tasvirlanadiki, asarda bayon etilgan bir vaziyatda, menimcha, farzandning haqiqiy onasi ham bunday yo'l tutishi mushkul. Ikki yetim farzandning onasiga aylangan Fotima o'zi ham qiz farzandli bo'ladi, kunlarning birida bir necha oylik

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

bo'lgan qiziga katta "o'gay" qizi qarab o'tirgan edi. Qizaloq yig'lab qolgan go'dak og'ziga o'zi yeb o'tirgan no'xatdan bir donagina soladi. Hali ona sutidan bo'lak narsani o'g'ziga olmagan chaqaloq tiqilib, o'lib qolishiga bir bahya qoladi. Buni ko'rib Fotima jaxl ustida qizaloqqa tarsaki tushirib yuboray deydi, lekin ilohiy bir kuch bilan o'zini bu ishdan to'xtatadi, qizaloqqa qo'l ko'tarmaydi. E'tibor bering, bunday vaziyatda, hatto, chin ona ham o'zini tutib turishi mushkuldir. XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish joizki: bu asarni o'qib, ketgan vaqtingizga achinmaysiz hozirgi kunda o'z farzandini turli joylarga tashlab ketayotgan onalar haqida ham tez tez eshitib qolamiz. Demak bunday ayollarda umuman diniy bilim, tarbiya yo'q. Ota-onasidan deyarli tarbiya ko'rmaganligi ma'lum bo'lib qoladi chunki: Hayotda qancha yillab tirnoqqa zor bo'lib yurganlar bor.To'g'ri bir kam dunyo deyishimiz mumkin lekin farzan tarbiyasi uchun onada ham bilim yetarli darajada bo'lishi kerak deb o'ylayman asar qahramoni Fotimada esa bunday bilim yetarli edi va farzandlarini u yetimligini bilintirmay voyaga yetkazdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1-A.L.Qozonchining "O'gay ona" romani

2- Xorijiy filologiya fakulteti Nemis filologiyasi bo'limi Turg'unova Maloxatxon Xusanboy qizi

3-Internet.uz manbalari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.