Научная статья на тему 'AHIMSA TUSHUNCHASINING FALSAFIY MOHIYATI'

AHIMSA TUSHUNCHASINING FALSAFIY MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

186
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mahatma Gandi / Hind falsafasi / falsafa / ahimsa / himsa / inson / insonparvarlik / axloq / haqiqat / Mahtama Gandhi / Indian philosophy / philosophy / ahimsa / himsa / human / humanity / morality / truth.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sherdor Ne’Matjonovich Pulatov

Mahtama Gandining barcha maqolalari, nutqlari va suhbatlarida Xudo haqida, haqiqat, sevgi, kuch ishlatmaslik, milliy ozodlik, qo„rqmaslik, milliy boshqaruv, xotirjamlik va boshqa axloqiy fazilatlar haqida so„z boradi. Hindistonda uning ta‟siri va g„oyalari keng tarqalishini shu bilan ham izohlash mumkin. Diniy-falsafiy va axloqiy tushunchalar Gandi dunyoqarashining bosh va ajralmas qismini tashkil qilsada, Gandi dunyoqarshining markaziy nuqtasi Ahimsadir. Gandi Ahimsani barcha mavjudotlarga ozor bermaslik deb talqin qilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

All articles, speeches and conversations of Mahtama Gandhi are dedicated to God, truth, love, non-violence, national liberation, fearlessness, national governance, peace and other moral qualities. This may explain the influence and spread of his ideas in India. Although religious-philosophical and moral concepts constitute the main and integral part of Gandhi's worldview. The central point of Gandhi's worldview is ahimsa. Gandhi interpreted ahimsa as not harming all beings.

Текст научной работы на тему «AHIMSA TUSHUNCHASINING FALSAFIY MOHIYATI»

^^pecialists^n^heFieldoimÊamÊpmÊm

AHIMSA TUSHUNCHASINING FALSAFIY MOHIYATI

Sherdor Ne'matjonovich Pulatov

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati

kafedrasi tayanch doktoranti psherdor88@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mahtama Gandining barcha maqolalari, nutqlari va suhbatlarida Xudo haqida, haqiqat, sevgi, kuch ishlatmaslik, milliy ozodlik, qo'rqmaslik, milliy boshqaruv, xotirjamlik va boshqa axloqiy fazilatlar haqida so„z boradi. Hindistonda uning ta'siri va g'oyalari keng tarqalishini shu bilan ham izohlash mumkin. Diniy-falsafiy va axloqiy tushunchalar Gandi dunyoqarashining bosh va ajralmas qismini tashkil qilsada, Gandi dunyoqarshining markaziy nuqtasi Ahimsadir. Gandi Ahimsani barcha mavjudotlarga ozor bermaslik deb talqin qilgan.

Kalit so'zlar: Mahatma Gandi, Hind falsafasi, falsafa, ahimsa, himsa, inson, insonparvarlik, axloq, haqiqat.

ABSTRACT

All articles, speeches and conversations of Mahtama Gandhi are dedicated to God, truth, love, non-violence, national liberation, fearlessness, national governance, peace and other moral qualities. This may explain the influence and spread of his ideas in India. Although religious-philosophical and moral concepts constitute the main and integral part of Gandhi's worldview. The central point of Gandhi's worldview is ahimsa. Gandhi interpreted ahimsa as not harming all beings.

Keywords: Mahtama Gandhi, Indian philosophy, philosophy, ahimsa, himsa, human, humanity, morality, truth.

KIRISH

Mahatma Gandi dunyoqarashi shakillanishida qadimgi hind falsafasining o'rni juda muhim hisoblanadi. Qadimgi Hind falsafasi juda rang-barang bo'lib ko'plab ta'limotlarni o'zida birlashtirgan. Ahimsa (^f^i) etimologik jihatdan uchta elementdan iborat: a (emas), hims (f^W) (o'ldirish yoki jarohatlash fe'li) va a (I) (nominal qo'shimcha). Demak, birinchi ma'no qotillik emas. Biroq, dastlabki bosqichda uning ma'nosi, shuningdek, malum bir holatlarda o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan jismoniy

April 21-22

484

^^pecialists^n^heFieldoimÊamÊpmÊm

shikastlanishlar yo'qligini ham nazarda tutgan. Binobarin, uning ma'nosi shunchaki o'ldirishdan, tiyilishdan ko'ra kengroq ekanligini ham ko'ramiz, chunki hissani aniqlash uchun mavjudotning o'limi oqibatlarini aniqlash shart emas.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ahimsaga berilgan Vedik ta'rifilarni birma-bir ko'rib chiqamiz. Shuni ta'kidlash mumkinki, hind huquqi bo'yicha eng katta va qadimiy manbada ya'ni Manu (Manu qonunlari) da shunday deyiladi: ^T fàw fHw^rr^: I

ïïT t^Tf wff| f^t^T II "Barcha qonun Vedalardan paydo bo'lgan bo'lsa-da, bu harakatlanuvchi va ko'chmas dunyoda Vedalarning o'zlari tomonidan belgilab qo'yilgan zo'ravonlik zo'ravonliksizlik (kuch ishlatmaslik) sifatida qabul qilinishi yoki tan olinishi kerak."

Manudagi so'zlariga ko'ra, nafaqat o'ldirish va zarar etkazishdan bosh tortish, balki Vedalar tomonidan ham takidlangan jarohatlashdan ham tiyilish kuch ishlatmaslikdir. Bu ta'rif Vedalarni oliy asos sifatida ko'rsatadi va shuning uchun ahimsaning Vedik tushunchasi deb atash mumkin. Bu shuni anglatadiki, ahimsa tashqi harakat sifatida jismoniy zararsizlikni mutlaqlashtiradi. Ahimsa Vedik dunyo tartibi, ya'ni adolat bilan bog'liq va unga bo'ysunadi.

Sanskrit lug'atida ham Vedik ahimsaga ham qisqacha ta'rif beriladi.

"Sastra (qoida, qo'llanma) ruxsatiga ega bo'lmagan har qanday tirik mavjudotga nisbatan barcha zo'ravonliklarni inkor etish ahimsadir"

Har qanday jarohatlanishing yo'qligi ahimsadir. Vedik Himsa - bu ahimsa. Shunga ko'ra, jinoyatchini jazolash yoki urushda dushmanni o'ldirish zo'ravonlik qilmaslik harakati bo'ladi, chunki ular shastralar (qoidalar) tomonidan ruxsat etilgan. Bu Vedik ta'rifi himsani adolatsizlik bilan, ahimsani esa adolat yoki oqillik bilan tenglashtirganga o'xshaydi. Shuning uchun ahimsa mustaqil ma'noga ega bo'lmaydi, balki sinonim yoki adolatning tarkibiy qismi sifatida qo'llaniladi. Bu tariflar hind falsfasidagi eng birinchi tariflar bo'lib, bu yerda bir qancha noaniqliklar bo'lishiga qaramay. Ahimsaning ilk manosi o'ldirmaslik sifatida qo'llanigan.

Hind axloqidagi brahmaryada o'z-o'zini nazorat qilish axloqiy tamoyiliga katta e'tibor qaratiladi. Ko'p yomonliklar uning etishmasligidan kelib chiqadi, deyiladi. Mashhur Mahabharataning bir qismi bo'lgan Santi Parva shunday deydi:

April 21-22

485

^^pecialists^n^heFieldoimeSmePmem

"Hech qachon boshqalarga yomonlik qilish haqida o'ylamaslik kerak. Inson o'z kuchiga ega bo'lmagan narsaga havas qilmasligi kerak."

O'zini tuta olmaslik tabiatan o'ziga tegishli bo'lmagan narsalarni orzu qiladi va bu zo'ravonliklarga olib keladi. O'z-o'zini boshqarishga bo'lgan shunga o'xshash ishtiyoq qadimgi ta'limot Dhammapadada ifodalangan:

Buddaviylik axloqi insonni jismoniy, og'zaki va ruhiy g'azabdan ehtiyot bo'lish, o'zini tutish va yaxshilik qilish kerakligini ta'kidlaydi.

Jain Sutrasi, Purusartha Siddhyupaya, brahmacharya va ahimsa o'rtasidagi munosabatni ko'rsatib, bu fikrni yana ko'rsatadi:

^fd чЯ^ЧШ ^Hd^d^MÎd ^fïïTT^ ЧШН I

"Kimki bir nechta cheklangan extiyoj bilan qanoatlansa, ularning ko'pchiligidan voz kechsa, sezilarli darajada o'zini tiygani uchun ahimsa mukammalligiga erishadi"

Boshqacha qilib aytganda: Ahimsa - bu ehtiroslar va beparvolik ta'siriga tushib qolmaslik uchun o'zini o'zi boshqarish va shu bilan jonzotlarni o'ldirmaslik yoki jarohatlamaslikdir.

Qadimgi hinduviylik manbasi Sandilyopanisadda ahimsa "har doim, barcha mavjudotlarda, fikr, so'z va ish orqali og'riq keltirmaslik" deb ta'riflanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, tirik mavjudotlarni o'ldirmaslik yoki hayotiga zarar yetkizmaslik ahimsaning adekvat ta'rifi bo'lishi mumkin, shuningdek, jismoniy jarohatlardan saqlanishni ham ahimasning tarifi sifatida qabul qilish mumkin. Axloqiy tamoyillarni faqat tashqi harakatga aylantirib bo'lmaydi. Manu qonunida ta'kidlaganganidek, shirin va muloyim so'z muqaddas qonunga rioya qilishni xohlaydigan o'qituvchi tomonidan qo'llanilishi kerak. Bundan tashqari, ilk buddiviylik oyatlarida biz zararsiz nutqqa o'xshash urg'uni topishimiz mumkin:

"Qo'pol so'zdan voz kechib, qo'pol so'zdan o'zini tiyadi; zararsiz, quloqqa yoqimli, mehribon, dilga yetib boruvchi, ko'pchilikka xushmuomala va jozibali gapni aytadi" Budda yana aytadiki, "suiiste'mol" so'zlovchini va boshqalarni qo'pol his qiladigan tildir va uning qattiqligining o'zi na quloqqa, na yurakka yoqimli.

Hind mutafakkirlari tomonidan ko'p ta'kidlangan yoqimli nutqning zarurligi ko'p bora takidlanadi. "Nutq" fazilatlariga alohida e'tibor hind axloqining o'ziga xos xususiyati bo'lib, barcha hind tizimlariga xosdir. Shu sababli, nutq orqali shikast etkazmaslik ahimsaning jihatlaridan biri bo'lishi tabiiydir.

Vedalarda g'azabni bostirish uchun bir necha yo'llar mavjud. G'azab va nafratdan tiyilish yoki hech bo'lmaganda

April 21-22

486

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022

Google Scholar indexed Prospects for Training International

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-162-166 Specialists in the Field of Transport

ulami ko'rsatish aqliy ahimsa yoki tafakkur tomonidan zo'ravonlik qilmaslikning tarkibiy qismlari sifatida tushunilgan bo'lishi mumkin.

Biz an'anaviy ahimsaning uchta jihati mavjud bo'lib, bular: jismoniy, nutqiy (og'zaki) va aqliy. Aslida, barcha hind tizimlaridagi barcha axloqiy tamoyillarni ushbu uch gurnhga bo'lish mumkin. Ahimsaning eng keng tarqalgan qabul qilinadigan an'anaviy ta'rifi, shuning uchun qadimgi hind manbasi Samkarada aytilganidek, tirik mavjudotlarga zarar etkazmaslik (yoki urmaslik) "ahimsa apida praninam" bo'ladi. Ahimsa tirik mavjudotlarga (jiva) fikr so'zi yoki xatti-harakati bilan zarar bermaslik (kaya, mana va vakya)bo'lsa, og'riq va azob (dubkha) esa shikastlanish belgilarini anglatadi. Shuningdek, qadimgi hind faylasuf Vyasa o'z sharhida Yogik ahimsani, bu barcha tirik mavjudotlarga nisbatan zulmning yo'qligi (sarvabhutanam anabhidrohah, (tanaga) zarar etkazish niyatida hujum qilmaslik) tariflaydi. Qadimgi manba Kuralda esa, ahimsa uchun ishlatiladigan tamilcha so'z "innaseyyamai" (inna zarar) zararsizlikdir deyiladi. Shunday qilib, ahimsa tirik mavjudotlarga zarar bermaslikning umumiy tamoyilidir deb hisoblaymiz.

Ahimsa haqidagi zamonaviy tushunchalarni ham birma-bir ko'rib chiqamiz. Ahimsaning zamonaviy kontseptsiyasi deganda, asosan Mahatma Gandí va qísman G'arbning ta'sirida bo'lgan ahimsa haqidagi zamonaviy hindlarning fikrlarini tushunamiz. U an'anaviy ahimsadan shunchalik farq qiladiki, biz uni alohida ta'riflashimiz mumkin.

Shuni ta'kidlashimiz mumkinki, Gandi ahimsa haqida quyidagi tavsifni beradi: "Ahimsa (^f^HT) shunchaki o'ldirmaslikni anglatmaydi. Himsa g'azabdan yoki xudbin maqsadda yoki unga shikast etkazish niyatida har qanday hayotga zarar keltirishni yoki o'ldirishni anglatadi. Bunday qilmaslik - ahimsadir".

Ahimsa axloqiy tamoyil sifatida ushbu bayonotga ko'ra jismoniy harakatning o'zi bilan chegaralanmaydi. Aksincha, harakatning mohiyatini ongli niyat yoki ongsiz motiv hal qiladi. Binobarin, ahimsa o'zining jismoniy qulayligiga bo'lgan xudbinlik istagidan yoki boshqalar hisobiga boshqa xudbinlik istagidan salbiy ravishda yo'q bo'lishni anglatadi.

XULOSA

Mahatma Gandining amaliy falsafasi barcha mutafakkirlar va axloqshunoslarning e'tiboriga loyiqdir. Buni Hindistondagi o'z merosi va sharoitiga qarab tushunísh kerak; lekín shunga qaramay, u har qanday jamiyatda qadrlanishi mumkin bo'lgan qadriyatlarni o'z ichiga oladi, shuningdek, mavjud sharoitlarda to'g'ri qo'llanilishi va

April 21-22

487

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022

Google Scholar indexed Prospects for Training International

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-162-166 Specialists in the Field of Transport

tushunilishini anglatadi. Mahatma Gandi ahimsasini kuch ishlatmaslik sifatida tarjima qilishimiz mumkin. Etimologik jihatdan qadimiy bo'lganligi sababli, u zamonaviy hind sharoitida va dunyo sahnaisda keng qo'llanilmoqda.

Biz ahimsani hind axloqi, xususan, qadimgi hind, jayn va buddaviylik adabiyoti ko'plab fikrlarni ko'rib o'tdik; keyin Mahatma Gandi qarashlaridagi ahamiyatini sharxlashga harakat qildik. "Gand falsafasi" ning rivojlanishi uchun uni qadimgi hind merosi nuqtai nazaridan talqin qilish va Mahatma Gandi g'oyalari o'rtasidagi o'xshashlik va farqlarni ko'rsatish maqsadga muvofiqdir deb hisobladik

REFERENCES

1. TahtinenUnto. Non-Violence as an ethical principle with a special Reference to the views of Mahatma Gandhi.(1957), PhD dissertation. Banaras, p. 14.

2. TahtinenUnto. Non-Violence as an ethical principle with a special Reference to the views of Mahatma Gandhi.(1957), PhD dissertation. Banaras, p. 15.

3. Edward J. Thomas. Early Buddhist Scriptures. Kegan Paul, French and Trubner and Co., London, 1935 . p 60

4. Teachibana, S. The Ethics of Buddhism. Oxford Universiyt Press. London, 1926, p 70.

5. Samkara : Shrimand Bhagavad Gita. Samkarabhasya Hindi-anuvad-sahita. Gita Press Gorakhpur, 1931. 16.2. p

6. TahtinenUnto. Non-Violence as an ethical principle with a special Reference to the views of Mahatma Gandhi.(1957), PhD dissertation. Banaras, p. 19 .

7. Young India, 4-11-26, p. 385.

April 21-22

488

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.