Научная статья на тему 'AFG’ONISTON VA MARKAZIY OSIYO MUNOSABATLARIDA QO’SHTEPA KANALI'

AFG’ONISTON VA MARKAZIY OSIYO MUNOSABATLARIDA QO’SHTEPA KANALI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
17
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
transchegaraviy daryolar / Qo’shtepa kanali / Amudaryo / Afg’oniston / O’zbekiston / AQSH / Tolibon / BMT / texnink gidroinshoot / Turkmaniston / Tojikiston / Qobul / ISHID-Xuroson / Eron / Hilmand daryosi / sizot suvlar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Suvonov Ozodbek

Mazkur maqolada Transchegaraviy Amudaryo suvidan foydalanishda Qo’shtepa kanalining qurilishi keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan muammolar, ushbu muammolarni keltirib chiqaradigan sabablari, Markaziy Osiyo davlatlaring bunga tutgan strategiyalari va munosabatlari, kanal qurilishidan ko’zlangan maqsad va vazifalar, shuningdek bunga bo’layotgan qarshiliklar va kiritilayotgan cheklovlar kabi bir qator masalalar haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AFG’ONISTON VA MARKAZIY OSIYO MUNOSABATLARIDA QO’SHTEPA KANALI»

AFG'ONISTON VA MARKAZIY OSIYO MUNOSABATLARIDA QO'SHTEPA

KANALI Suvonov Ozodbek

JIDU, "Xalqaro iqtisodiyot va menejment" fakulteti 1- bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.10805046

Annotatsiya. Mazkur maqolada Transchegaraviy Amudaryo suvidan foydalanishda Qo'shtepa kanalining qurilishi keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan muammolar, ushbu muammolarni keltirib chiqaradigan sabablari, Markaziy Osiyo davlatlaring bunga tutgan strategiyalari va munosabatlari, kanal qurilishidan ko'zlangan maqsad va vazifalar, shuningdek bunga bo'layotgan qarshiliklar va kiritilayotgan cheklovlar kabi bir qator masalalar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: transchegaraviy daryolar, Qo'shtepa kanali, Amudaryo, Afg'oniston, O'zbekiston, AQSH, Tolibon, BMT, texnink gidroinshoot, Turkmaniston, Tojikiston, Qobul, ISHID-Xuroson, Eron, Hilmand daryosi, sizot suvlar.

Dunyo miqyosida sodir bo'layotgan global iqlim o'zgarishi so'nggi yillarga kelib bir qancha muammolarni keltirib chiqarmoqda. Suv havzalaridagi miqdor yildan yilga kamayishini oqibatida suv miqdori so'nggi 10 yil ichida 5 foiz miqdorida kamayishi ortidan, o'rtacha 20 yillik ko'rsatkichga nisbatan suv tanqisligi 2 yillik interval bo'yicha tahlil qilganda, 22 foizdan 15 foizgacha va 2021-yilga kelib 10 foizgacha kamayganini kuzatish mumkin. Shuningdek, respublikamiz hududining sug'oriladigan maydonlarining qariyb 70 foizi eskicha usulda sug'oriladi. Bundan tashqari, kanallarning 60 foizi beton bilan qoplamagan va tuproq o'zanli hisoblanib, bu suvning yerga ortiqcha miqdorda shimib ketishiga sabab bo'ladi. Suv resurslari kelgusi yillarda mintaqamiz va mamlakatimiz uchun dolzarbligini saqlab qolishi aniq. Hozirgi kunda ushbu muammolar atroflicha o'rganib chiqilib, shaxsan prezidentning e'tibori ortidan bir qancha kuchli suv tejash bo'yicha qarorlar ishlab chiqilmoqda. Suvni tejash bo'yicha favqulodda ish tizimiga o'tishda prezident SH.M. Mirziyoyevning 2023-yil 29-noyabr kuni "Qishloq xo'jaligi tizimida suv resurslarini oqilona foydalanish va yo'qotishlarni kamaytirish chora tadbirlari" yuzasidan videoselektr yig'ilishida suvdan samarasiz foydalanish va suv resurslarini boshqarishda haligacha eskicha yondashuvlar saqanib qolayotgani hamda shu yuzasidan zudlik bilan respublikada 1 yil ichida suv tejash bo'yicha favqulodda ishlash tizimiga o'tilishi ta'kidlandi. Unga ko'ra kanallar va arilarni betonlashga bosqichma boqich o'tish, suv tejaydigan yuqori texnologiyalarni joriy qilish, suv yetkazish xarajatlarini qisqartirish va qator chora tadbirlar belgilandi. Lekin faqatgina O'zbekistonning ushbu tashabbuskorligi vaqtinchalik hisoblangan ichki hal qilinishi kerak bo'lgan muammolar sanaladi. Tashqi sabablarni o'rganadigan bo'lsak, mintaqa miqyosida dolzarb hisoblangan yana bir - Qo'shtepa kanali mummosi mavjud.

Qo'shtepa kanali aslida avvaldan ko'zlangan loyiha bo'lib, 20-30 yil muqaddam AQSH mutaxasisilari chizib bergan bo'lib, yerlarni o'zlashtirish va dehqonchilikni rivojlantirish maqsad qilib olingan. Aslini olganda, Afg'onistonda oxirgi 50 yilda bunday katta o'zgarishlar xalq urushlari, terroristik tuzum sabab yuz bermagandi. Qurilgan gidroinshootlarni ham Rossiya va AQSH tomonidan qurib berilgan. Iqtisodiy va texnik asoslarga egalik qilgan holda loyihaga "yashirin tarzda" 2018-yilda tayyorgarlik ko'rila boshlangan bo'lib, mamlakat shimolidagi eng yirik suv o'tkazish loyihasi hisoblanadi va Qo'shtepa qurilishi Tolibon hukumatining so'nggi ikki yildagi eng yirik iqtisodiy loyihasidir. Unga ko'ra kanalning umumiy uzunligi 285 km, eni 100 metr, chuqurligi 8,5 metr bo'lishi rejalashtirilgan. Qo'shtepa qurilishi 2022-yilda boshlangan va umumiy qiymati 91 million dollarga baholangan loyiha 3 bosqichda amalga oshirilishi reja

qilinmoqda. Shu yilning oktyabr oyida birinchi bosqich yakunlandi, biroq buni amalga oshirishga jiddiy yondashinilgan. Kanal Amudaryodan 10 milliard kub metrgacha suvni Afg'oniston hududiga o'tkazish imkoniyatiga ega. Loyiha besh yil ichida uch bosqichda yakunlanishi rejalashtirilgan bo'lib hozirda ikkinchi bosqich qurilishi amalga oshirilmoqda. Ushbu kanal suvi Balx viloyatining Kladar tumanidan boshlanadi va Hayraton, Davlatobod tumanlari orqali Juzjon viloyatining Oqcha tumanigacha, undan Faryob viloyatining Andxoy tumanigacha yetib boradi. Umumiy sug'oriladigan hududlar esa 700 gektarni tashkil etadi. Hozirda Amudaryoning o'rtacha suv sarfi soniyasiga 2500 metr kub suv beradi. Uning 80 foiz suvini Afg'oniston va Tojikiston hududida joylashgan Panj va Tojikistonning Vaxsh daryolariga beriladi. Agar Panj daryosi soniyasiga 1300 metr kub suv bersa, qurilayotgan Qo'shtepa bundan 3 barobar kata bo'ladi. Hozircha Qo'shtepa kanalidan 2 milliard kub metr suv olinishi Amudaryo suvining kamayishida kata miqdorda ta'siri yo'q, lekin suv sathi o'zgarishini hisobga olinsa, 15-20 milliard kub metrgacha suvning kanalga haddan ortiqcha miqdorda o'tib ketishi mumkin. Bu esa unchalik katta hajmga mo'ljallanmagan Qo'shtepaning o'zanidan chiqib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Ya'ni Amudaryo qor va muzliklar orqali to'yinishi sababli daryoga keladigan suvning ko'p miqdori meyoridan ortiqcha ko'payishi iyun-avgust oylariga to'g'ri keladi. Shuni ta'kidlash kerakki, hozirgi suv bo'yicha dolzarblik Qo'shtepa kanali ochilishi bilan "dard ustiga chipqon" bo'lib, masalani yanada murakkablashtiradi.

Masalani boshqa tomondan ko'rib chiqadigan bo'lsak, agarda Afg'oniston tomoni ushbu loyihani qurishga qanchalik haqli ekanligini ko'rib chiqadigan bo'lsak, bir qancha subyektiv yondashuvlar kelib chiqadi. Afg'onistonda 2021-yilda Tolibon hukumat tepasiga keldi va ma'lum resurslardan, masalan suvdan foydalanishda hukumat kuch ishlatadigan siyosiy tashkilotga aylanib bormoqda hamda Afg'onistonda yetarlicha to'liq infrastrukturani tashkil etishga harakat qilmoqda. Afg'oniston boshqa davlatlarga o'xshamasligi, unda davlat rahbari, parlamenti, boshqaruv tizimi haqida ma'lumot mavjud emas. Ya'ni u odatiy dunyoviy standartlarga asoslangan siyosiy boshqaruv halicha shakkllangani yo'q. Tolibon bilan o'rtada muzokaralar olishda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari birlashishi lozim. Lekin faqat O'zbekiston o'z diplomatiyasi bilan o'rtaga tushmoqda. Baholangki, statistikaga tayanadigan bo'lsak, hozirda Amudaryo suvining 5.1 milliard kub metri O'zbekistonga, 49,6 milliard kub metri Tojikistonga va 1,5 milliard kub metri Turkmanistonga oqadi. Hozirgacha O'zbekiston tomon bilan bir necha bor diplomatik uchrashuvlar o'tkazildi. Aslida Afg'onistonning suvdan foydalanishga huquqi yetarlicha. Lekin uni geosiyosiy dastak sifatida qo'llamasligi kerak. Ularning dastagi 2 ta bo'lib: birinchisi suv, ikkinchisi urush. Bundan tashqari, Toliblar 50 yil ulushini ololmaganini sabab sifatida ko'rsatib, tahlikali qadam tashlamoqda. Yana bir muammo bu Amudaryoning suv bosimi kuchliligi. Amudaryo soniyasiga 600 metr kub hajmdagi suv o'tkazadigan ulkan daryo hisoblanib, kanal juda ham katta maydonni egallashi va uning joylashuvi uchun minglab irrigatorlar injenerlar, muhandislar, oliy ma'lumotli, bilimli mutaxasislar zarur. Bundan tashqari, vaziyat yanada chigallashishi bu yetarli puxta ishlangan rejaning yo'qligi. Agarda Afg'oniston suv yo'nalishini nazorat qila olmasa, kamida 7-8million aholi yashash hududlarini suv bosishi mumkin. Tolibon boshqalarga ishonmasligi sabab kelishuvga rozi bo'lmaydi. Aynan geosiyosiy dastak deyilishi ham hozirgi kelishuvni dinamikasini muvozanatda tutib turishdir. Ya'ni asosiy elektrni O'zbekistondan import qilib olishidir. O'zbekiston tomon eksportni to'xtatsa, Tolibon ham suv masalasida tahdidli yurish qilishi mumkin. Chunki Afg'oniston hukumati jangovar tashkiloti kabi hisoblanadi. Ehtimol qurolli to'qnashuvga aylanish xavfi ham yo'q emas. Transchegaraviy daryolardan foydalanishdagi o'ziga xos kelishuvlar mintaqaning boshqa a'zolari tomonidan erishilgan. Afg'oniston ham ushbu

kelishuvlarga qo'shilishi va bahamjihatlikda foydalanishga kirishishi lozim. Bosh vazir o'rinbosari Jamshid Xo'jayev boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Qobulga tashrifi faqatgina Tovar ayirboshlash hajmini oshirishga va ba'zi shartnomalar qabul qilinishi bilan cheklandi xolos. Lekin Qo'shtepa kanali qurilishi bo'yicha muammo hal etilmadi. Hozirgacha O'zbekiston tomon Tolibon hukumatga kelgandan beri 22 marotaba diplomatik tashrif buyurishgan.

Qo'shtepa kanalining qurilishidagi salbiy oqibatlarini umumlashtirsak: birinchidan,

Afg'oniston shimolida ekin ekish uchun foydalanmoqchi bo'lgan yerlardagi tuzlar doimiy ravishda yuvilishi kerak. Sho'rlar yuvilgan drenaj suvi boradigan yagona joy - Amudaryodir. Bu esa Amudaryoning o'rta oqimida va ayniqsa, uning quyi oqimida allaqachon qiyin, ba'zi joylarda halokatli holatga kelgan ekologik vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Suv tanqisligi va tuz miqdorining ortishi kanalning quyi oqimida dehqonchilik qilishni yanada qiyinlashtiradi. Ya'ni Qo'shtepa kanali tufayli sho'rlanish darajasi ortishi mumkin. Ikkinchidan, Qo'shtepa kanali qurilayotgan Shimoliy Afg'oniston "Tolibon"ning to'liq hokimiyati o'rnatilmagan, beqaror hudud hisoblanadi. Xususan, so'nggi bir necha oy ichida ISHID-Xuroson terrorchilik tashkiloti tomonidan Balx viloyatiga bir necha hujumlar uyushtirildi va hattoki, viloyat gubernatori ham o'ldirdi. Bundan tashqari, Hilmand daryosidan foydalanish bo'yicha Eron va Tolibon hukumati o'rtasida nizoning yuzaga kelishi va qurolli to'qnashuvga aylanib ketishi Afg'onistonga qo'shni boshqa davlatlar uchun ham yomon signal bo'lishi mumkin. Uchinchidan, suv hajmi o'zgargandan keyin hududlardagi suv inshootlarini o'zgartirish yoki qayta qurishi kerak, bu esa qo'shimcha xarajatlarni talab qiladi.

Qo'shtepa qurilishi jarayoni tashqi omillarni ham hisobga olinishi kerak. Kanal suvini tejash uchun esa kanalni betonlab chiqish talab qilinadi, biroq bu qo'shimcha 100 million dollar talab qiladi. Suv sathining ko'tarilishi o'zandan toshib ketishiga olib keladi. Biroq, "O'zbekkosmos" agentligi Qo'shtepa kanali qurilishi dinamikasini kosmik monitoring kuzatishi orqali muntazam ravishda qazilayotgan hududlarda 2022-yil may oyidan boshlab yer osti sizot suv ko'tarilishini aniqlagan. Kanal qurilishi ma'sullari ta'kidlashicha, suv osti sizot suvlarini me'yoriy nazorat qilish maqsadida afg'on muhandislari kanalning 75.6- kilometrida suv maqsadli ochiq hududga yo'naltirilganini ta'kidlashdi. Lekin yuqorida ta'kidlanganidek, muammoni tahlil qilib, hal qiladigan malakali kadrlarning yetishmasligi, bundan katta muammolarga olib kelishi mumkin. Avvalroq Germaniyada istiqomat qiluvchi afg'on muhandisi Najibulloh Sadid "Tolibon"ning murakkab muhandislik ishlarini, suv o'tkazgichlar va ko'priklar qurishni boshqara olishiga Shubha bilan qaragan edi va Qo'shtepa suv o'tkazish kanalini betonlamasdan, faqatgina tuproq o'zanli ekanligidan xavotirini borligini ta'kidlagan. Kosmik stansiyalarning qilgan kosmik monitoringlari natijasida 2023-yil 4-noyabr kuni Qo'shtepa kanalining 75.6-kilometrida o'ng qirg'og'ining 30 metrga yaqin qismidan suv sizib chiqishi aniqlangan. 5-noyabr kuni hududning maydoni 19.5 km. kvadrat, 25-noyabr kuni 23.8 km. kvadrat, 13-dekabr holatida esa 30.3 km. kvadrat, ni tashkil etgan. Agarda suv ko'paysa tuproqli o'zan yordam bera olmaydi. 2023-yil 12-13- dekabr kunlari Internet tarmog'ida Qo'shtepa sug'orish kanalida birinchi jiddiy avariya yuz berganligi to'g'risida xabarlar tarqaldi. Keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, Qo'shtepa kanaliga yo'nalgan Amudaryo suvlari kanalning gidrotexnik inshootlari kanal devorlariga bosimi sababli birinchi oydayoq suv yon tomonga o'pirilishi aniqlangan. Sodir bo'lgan voqealar bo'yicha kanalning birinchi uchastka qismi shu yilning 11-oktyabr kuni yakunlandi. Aytilishicha,

kanal birinchi uchastkasining uzunligi 10S kmni tashkil etib, kirish qismi bo'lgan Amudaryodan Balx viloyatining Davlatobod tumanigacha yetib boradi.16-oktyabrda esa kanalning bitgan qismi suv bilan to'ldirildi. 5-noyabrda yoyilgan suv taxminan uzunligi 6 km, eni 2 km ga teng hududlargacha yoyilgan. Ushbu xaba internetga "Chegara bilmas daryolar" koalitsiyasi sizdirgan bo'lsa, Markaziy Osiyo bo'yicha kordinator Aleksandr Kolotov -"Kanaldan chiqib ketayotgan suvning kuchi va hajmi 9 km uzunlikdagi suv maydonini hosil qilish uchun yetarli edi. Sun'iy yo'ldoshdan olinga so'nggi suratlar suv sizib chiqayotgan hudud mutassil kengaymoqda, bu "Tolibon" ning vaziyatni to'g'rilash qobiliyatini yoki istagi yo'qligini ko'rish mumkin", deb ta'kidlaydi. Biroq ta'kidlanishicha, "O'zbekkosmos" agentligi tomonidan Qo'shtepa kanalidan suv sizib chiqishga doir xabarlarga xulosa berishicha, qurilish davomida kanalning to'rtta qiismida sun'iy to'siqlar qurilgan bo'lib, 2023-yilning 10-oktyabrda to'liq olib tashlangan va suv oqimi hosil bo'lgan. Qo'shtepa kanali qurilishi dinamikasining kosmik monitoringi inshootning Amudaryodan suv olish qismida qazish ishlari yakunlanmaganligi, daryoga ulanish joyida hozirda 20 metrga yaqin qazilmagan hududning mavjudligini ko'rsatmoqda. Shunday qilib, o'tkazilgan tahlillar Qo'shtepa kanali qirg'og'i Amudaryodan olinayotgan suv oqimi natijasida yuvib ketganligi to'g'risidagi ma'lumotlari haqiqatga mos kelmasligi, sizib chiqqan suv faqat sizot ekanligiligini tasdiqlagan. Bundan tashqari, mavjud materiallar suv sizib chiqish joyi atrofida hozirda sizot suvlari kamayib, kanal tubi asta-sekin qurib borayotganini ko'rsatmoqdi. Lekin agar sizot suv chiqqan deyilsa, nega kanalning 30 metr yon qismi o'pirilgani va kanal suvining o'pirilishdan keyin oqayotgan suv keskin kamaygani to'liqligicha ochiqlanmagan?

Xulosa qilib aytganda, Afg'oniston Amudaryo bo'yida joylashgan davlatdir. Mintaqaviy kuch siyosati hamda hamkorlikka nisbatan shaxsiy manfaatlar, Afg'onistonning mojarolardan sekin chiqib ketishi, hozirgi cheklangan suv talablari Kobulning yakkalanishini tushuntirishi kerak. Uning ushbu tuzilmalardagi ishtiroki unga hamda mintaqaning iqtisodiy va ekologik rivojlanishiga yordam berishi va hamkorlik jarayonlarini rag'batlantirishi mumkin. Kelajakda suv masalasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ehtimoliy mojarolarning oldini olish uchun Afg'oniston xalqaro shartnomalarga qo'shilishi, Amudaryo suvidan foydalanish bo'yicha ikki va ko'p tomonli bitimlarni imzolashi kerak. Bu esa mamlakatda tinchlikka erishish jarayonini tezlashtirishini taqozo qiladi.

Brain storming:

❖ Afg'oniston va Markaziy Osiyo munosabatlarida Qo' shtepa kanali;

❖ O'zbekistonning suvni tejash bo'yicha bajarayotgan ishlari;

❖ Qo'shtepa kanali qurilishi qachon boshlandi;

❖ Qo'shtepa kanali qurilushida Markaziy Osiyo mamalakatlarining tutgan strategiyalari;

❖ Qo' shtepa kanali qurilishining Markaziy Osiyo mintaqasiga salbiy ta'sirlari;

❖ Qo' shtepa kanali qurilishining Afg'oniston uchun manfaatlari va salbiy ta'sirlari;

❖ Qo'shtepa kanalining o'pirilishi bilan bog'liq mojaroli holatlar;

❖ Sizot suvlarning chiqishi;

❖ "O'zbekkosmos" agentligining ma'lumotlari;

Maqsad va vazifalar:

❖ Qo'shtepa qurilishining Markaziy Osiyoga ta'sirini tahlil qilish;

❖ O'zbekistonning suv tejash texnologiyalaridan oladigan natijalari tahlili;

❖ Qo'shtepa kanali nega qurilayotgani va undan ko'zlangan maqsadlarning tahlili;

❖ Markaziy Osiyo mamlakatlarining ushbu loyihaga bo'lgan munosabatlari va unga nisbatan ularning hozirda bajarayotgan ishlari;

❖ Kanal qurilishi ortidan Afg'onistondan tashqari mintaqaning boshqa mamlakatlariga keladigan zarar tahlili;

❖ Kanal qurilishida Tolibonga nisbatan bo'layotgan tahdidlar;

❖ Kanal o'pirilishiga sabab bo'lgan omillar yuzasidan tahlil;

❖ Sizot suvlarning ko'p miqdorda chiqishi holatlari;

❖ "O'zbekkosmos" ning vaziyat yuzasidan o'rganishlari;

Statistika:

Qo'shtepa kanalining birinchi bosqichi yakunlangach kanalga qo'yib yuborilgan Amudaryo suvlarining kanal gidrotexnik inshootlariga bergan katta bosimi sababli kanalning yon 30 metr qismida o'pirilish yuz berdi va natijasida suv yon atrofdagi hududga tarqalib ketgan. Biroq buning sizot suv ekanligi haqida ham tahminlar mavjud. Kuzatilgan statistikaga ko'ra, 5-oktyabr kuni 19,5 kmA2 , 15-noyabrda 20,6 kmA2 , 25-noyabrda 23,8 kmA2 ga va 13-dekabrda esa suv tarqalish maydoni 30,3 kmA2 hududga teng bo'ldi.

REFERENCES

1. Laruelle M. Peyrouse S. & Axyonova X. The Afghanistan-Central Asia relationship: What role for EU? Finland 2013. B-7. [Elektron resurs] Kirish tartibi: https://www.files.ethz.ch/isn/159880/EUCAM_WP 13_Afghanistan.pdf 2013. (murojaat qilingan sana: 10.12.2023)

2. Horsman S. Afghanistan and transboundary water management on the Amudarya: A political history. Kirish tartibi: http://cawaterinfo.net/afghanistan/pdf/horsman.pdf January. 2008. (murojaat qilingan sana: 10.12.2023)

3. Oliker O. David A. & Shlapak. U.S. Interests in Central Asia. Policy priorities and military roles. USA. Pittsburg. B-5. [Elektron resurs] Kirish uchun: https://www.rand.org/content/dam/rand/pubs/monographs/2005/RAND_MG338.pdf (murojaat qilingan sana: 23.12.2023)

4. Ergasheva M. Markaziy Osiyo geosiyosiyosatida suv muammolari, Kirish uchun: https://cyberleninka.ru/article/n/markaziy osiyo geosiyosatida suv muammolari 03.05.2005. (murojaat qilingan sana: 10.12.2023)

5. Vorobov M. Amudaryoda kanal qurilishi: Markaziy Osiyo uchun muammolar va xavflar. Kirish uchun: https://oz.sputniknews.uz/20231110/amudaryoda kanal qurilishi markaziy

osiyo uchun muammolar va xavflar 40908729.html 10.11.2023 (murojaat qilingan sana: 10.12.2023)

6. Abduboqiyev SH. Afg'oniston Amudaryodan qanday foydalanish huquqiga ega? Kirish uchun: http://marifat.uz/marifat/ruknlar/Xalq_bilan_muloqot/Afg oniston Amudaryodan qanday foydalanish huquqiga ega.htm 13.04.2023 (murojaat qilingan sana: 10.12.2023)

7. Ten A. Tolibon Qo'shtepa kanali qurilishini qanday ketmoqda? Kirish uchun: https://uz.kursiv.media/uz/2023-10-12/tolibon qoshtepa kanali qurilishining birinchi bosqichini yakunladi/ 12.10.2023 (murojaat qilingan sana: 10.12.2023)

8. Qo'shtepa kanalining suvi yon-atrofga oqib ketgani haqidagi xabarlardan so'ng Daryo muxbiri holatni o'rgandi. Kirish tartibi: https://daryo.uz/2023/12/14/qoshtepa-kanalining-suvi-yon-atrofga-oqib-ketgani-haqidagi-xabarlardan-song-daryo-muxbiri-holatni-organdi-foto-video (murojaat qilingan sana: 19.12.2023)

9. Qo'shtepa kanali: muammoga yechim bormi? Siyosatshunos Hamid Sodiq bilan suhbat. https://platina.uz/o'z/2023/11/1/qoshtepa-kanali-muammoga-yechim-bormi-siyosatshunos-hamid-sodiq-bilan-suhbat. (murojaat qilingan sana: 20.12.2023)

10. O'zbekiston Qo'shtepa kanali qurilishida "Tolibon"ga nega yordam bermoqchi? https://qalampir.uz/uz/news/uzbekiston-k-ushtepa-kanali-k-urilishida-tolibon-ga-nega-yerdam-bermok-chi-84785. (murojaat qilingan sana: 20.12.2023)

11. Ekologlar Qo'shtepa kanali o'pirilganini aytiishmoqda. Bu haqida nimalar ma'lum? Kirish uchun:https://kun.uz/uz/news/2023/12/13/ekologlar-qoshtepa-kanali-opirilganini-aytishmoqda-bu-haqda-nimalar-malum? (murojaat qilingan sana: 23.12.2023)

12. Qo'shtepa kanali-siyosiy loyiha. Kirish uchun: https://kun.uz/uz/news/2023/09/29/qoshtepa-kanali-bu-siyosiy-loyiha (murojaat qilingan sana: 23.12.2023)

13. Suv muammosi O'zbekistonni Afg'oniston bilan kelishmovchilikka olib kelishi mumkin. Kirish uchun: https://uz.kursiv.media/uz/2023-11-01/ng-suv-muammosi-ozbekistonni-afgoniston-bilan-kelishmovchilikka-olib-kelishi-mumkin/ (murojaat qilingan sana: 23.12.2023)

14. Qo'shtepa kanali qirg'og'ini suv yuvib ketmagan, sizib chiqqan suv-sizot suvlari-"O'zbekkosmos ". Kirish uchun: https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/kushtepa/ (murojaat qilingan sana: 23.12.2023)

15. Dard ustiga chipqon. Qo'shtepa kanalining qurilishi O'zbekiston uchun falokatmi? Kirish uchun:https://kun.uz/uz/news/2023/06/08/dard-ustiga-chipqon-qoshtepa-kanalining-qurilishi-ozbekiston-uchun-falokatmi (murojaat qilingan sana: 23.12.2023)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.