AFG'ONISTON O'ZBEKLARI FOLKLORI
Azizullah Aral
Yunis Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati istituti
Annotatsiya: Mazkur maqolada Afg'oniston o'zbeklarining boy va qadimiy og'zaki ijodi namunalari, adabiy va madaniy an'analari, shuningdek, ularning og'zaki ijodidagi xalqning dili va tili, hayot tarzi va kurashlari, dunyoqarashi va urf-odatlari, tashvish-u orzu-istaklari xususida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: Afg'oniston, o'zbek, folklor, qo'shiq, maqol, doston, ertak, og'zaki ijod, topishmoq, musiqa, madaniyat, adabiyot, qadim.
FOLKLORE OF THE UZBEKS OF AFGHANISTAN
Azizullah Aral
Uzbek National Music Art Institute named after Yunis Rajabi
Abstract: In this article, in their oral form, examples of the rich and ancient oral art, literary and cultural traditions of the Uzbeks of Afghanistan, as well as the language and language of the people, the way of life and struggle, worldview and traditions, worries and dreams are presented. creativity thoughts about their wishes.
Keywords: Afghanistan, Uzbeks, folklore, song, proverb, epic, fairy tale, oral art, riddle, music, culture, literature, antiquity.
Har bir xalqning o'z og'zaki adabiyoti bo'lganidek, Afg'oniston o'zbeklari ham mamlakatda yashovchi barcha etnik guruhlar kabi o'zlarining boy va qadim og'zaki ijodiga ega. Afg'oniston o'zbeklari tarixan o'zlarining boy adabiy va madaniy an'analarini mustahkam davom ettirib kelayotgan yerli aholi hisoblanadi. Ular qadim zamonlardan buyon asosan dehqonchilik, chorvachlik, to'qimachilik, bog'dorlik, zargarlik, kulollik, temirchilik, baqqollik, zardo'zlik, kashtado'zlik kabi ishlar bilan shug'ullanib kelganlari bois ularning og'zaki ijodlari ham ko'pincha shu sohalarga oid kuy-qo'shiq, maqol, topishmoq, ertak va dostonlardan iborat bo'lgan. Afg'oniston o'zbeklari asosan mamlakatning to'qqizta shimoliy viloyatida, shuningdek mamlakat g'arbidagi Hirot va janubdagi Hilmand hamda poytaxt Kobulda yashab kelmoqda. Kamida o'n ikkita viloyatdan o'zlariga makon tutgan o'zbeklarning og'zaki ijodi ham o'zining rangba-rangligi bilan jozibalidir.
Afg'onistonda uzoq yillar davom etgan urush va tinchsizliklar nafaqat xalq og'zaki ijodini o'rganish va tadqiqotlar o'tkazishga imkoniyat bermadi, balki og'izdan-og'izga o'tib kelayotgan xalq ijodining erkin nafas olishiga ham to'sqinlik qildi. Ushu
bitikimizda, Afg'oniston shimolidagi asosan o'zbeklar yashaydigan joylarda ularning urf-odatlari, ishonch-e'tiqodlari, taomlari, kasb-hunarlari va xalq adabiyotining unsurlari kabi folklor masalalariga qisqa nazar tashlaymiz.
O'zining juda boy, serqirra va rangba-rangligi bilan, Afg'oniston o'zbeklari og'zaki ijodi mahalliy hamda xalqaro olimlar diqqat-e'tiborini bu xalqning tarixini, adabiyoti, madaniyati, ijtimoiy ahvoli va folklorini chuqur o'rganishga jalb etib kelmoqda. Germaniyalik olioma filologiya fanlari doktori professor Ingebo'rg Baldavf doktorlik dessirtatsiyasini "Afg'oniston shimolidagi o'zbeklarning folklor qo'shiqlari" xususida yozgan. Amerikalik olima professor Eliza Sirtauts Afg'oniston o'zbeklari folkloriga oid maqolasini "O'zbeklar orasida Islomdan oldingi davrda tarqalgan urf-odatlar" deb nomladi. Shvetsiyalik olim Gunner Yarring Afg'oniston shimolidagi o'zbeklarning yashash tarzi, madaniyati, tili, urf-odatlari, folkloriga oid ma'lumotlarni qamrab olgan maqola nashr etdi. O'zbekistonlik bir qator olimlar: Anvar Ismoilov, Fattoh Abdullaev, Shah Mansurov, Orif Usmonov, Muhammadali Qo'shmoqov, To'ra Mirzaev, Shohmirzo Turdimovlar Afg'oniston o'zbeklari tili, adabiyoti, an'analari, folklori xususida ba'zi fikrlar bildirishgan va ma'lumotlar berishgan. Shunga qaramay Afg'oniston o'zbeklari xalq og'zaki ijodi ochilmagan qo'riq bo'lib kelmoqda. Hali bu sohaga chuqur va atroflicha kirishilganicha yo'q.
Afg'onistonlik olimlardan birinchi bu sohaga kirishgan Dr. Fayzulloh Aymoq o'zning daslabki kitobini "Xalq durdonalari" deb nomladi va unda Afg'oniston o'zbeklari xalq qo'shiqlari o'zining barcha ko'rinishlari bilan: mavsum-marosim qo'shiqlari, mehnat qo'shiqlari, bolalar qo'shiqlari, sevgi-muhabbat qo'shiqlari badiiy xususiyatlari bilan, band, qofiya, vazn va ifoda vositalari asosida atroflicha ko'rsatib berdi. Shuningdek Firuz Favzi hamda Karimullo O'yg'oqlar Foryob va Taxor viloyatlari o'zbek xalq og'zaki ijodi xususida o'zlarining doktorlik dessirtatsiyalarini himoya qilishdi. Afg'onistonlik boshqa bir qalamkash marhum Solih Muhammad Hassos ham o'zbek xalq og'zaki ijodi haqida o'z vaqtida qalam tebratganlardan biri.
Folklorshunoslar so'zi bilan aytganda, xalq og'zaki ijod yozma adabiyot namoyandalarini xalqning dili va tili, hayot tar3i va kurashlari, dunyoqarashi va urf-
odatlari, tashvishi va orzu-istaklari bilan yaqindan tanishtiradi, badiiy ijodkorlik ko'nikmalarini tug'diradi, g'oya va obrazlarning poyonsiz olamiga olib kiradi. Yozuvchiva shoirlar folklorning mavzu va g'oyalaridan, syujet va obrazlaridan, hayotni tasvirlash usul va uslublaridan ijodiy foydalanishadi.
Gap Afg'oniston o'zbeklari folklori haqida borarkan, so'zni ularda muqaddas deb atalmish ikki narsa, NON va BOLAdan boshlasam. Afg'oniston o'zbeklarida non muqaddas ne'mat deyiladi. Dasturxonga non, taom tortillar ekan, bu mana shu duo bilan boshlanadi:
Bismillahir rohmanir rohim! Ko'p bersin-mo'l bersin, Rizq bersin-davlat bersin. Do'stlarni bor qilsin, Dushmanlarni zor qilsin.
Afg'oniston o'zbeklari og'zaki ijodida o'g'il farzandning ustunligi har doim kuylanib kelingan. Bolalarning jinsi haqidagi quyidagi qo'shiqda o'g'il bolaning afzalligi o'z aksini topgan:
O 'gil - uyning bulbuli, Qiz uyimizning guli. O 'g'il zulmatning chirog'i, O 'g'ilxonadonning bog'i. O 'g 'il bo'lish har doim, Kam qilmasin xudoyim!
O'zbek xalq musiqasi haqida gap ketganda Afg'oniston o'zbeklari, asosan erkaklar do'mbira, ayollar esa daf (doira) bilan xalq qo'shiqlarni ijro etishadi. Qo'shiq bu o'zbek folklurshunosligida poetik janrni ifodalovchi ibora sifatida qabul qilingan va uning yor-yor, o'lan, noy-noy, ramazon, kelin salom, sumalak, lapar kabi nomlari qayd etiladi. Afg'oniston o'zbek folklorshunosligida xalq qo'shiqlarini to'plash, yozish va nashr etishga 1980-yillardan so'ng kirishildi. O'zida xalq hayotining butun manzarasi, barcha qirralari, nozik tug'u va tebranishlarini aks ettirgan mana bu xalq qo'shiqlariga e'tibor bering:
Qizil olmaning naqshi,1 Tomda o'qyidi baxshi.2 Do'sti noloyiqingdan,3 Dushmani donongyaxshi.
U boyning uch qizi bor,
1 Ko'rinish
2 Qo''shiqchi
3 Yaramas
Ajab-ajab nozi bor. Birtasini men ko'rdim, Sarig'sarandozi bor.
Osmondagi yulduzni, Otib olib bo'lmaydi. Yangi chiqqan qizlarni, Sotib olib bo'lmaydi.
Osmondagi yulduzlar, Berrog'-berrog'4 kelinglar. Men yorimni itirdim, So'rog'5ida beringlar.
Charximni qulog'idan uchdi qushim, Kalantar6 charvog'ga tushdi qushim, Kalantar chavog'idan gul keltiring, Gulni qo'yib bizga bulbul keltiring.
Tula (nay) asosan cho'ponlar tomonidan chalinadigan musiqa asbobi, cho'llarda, sahrolarda tanholik taptini pasaytish vasitasi hisoblanadi. Chang (labga qo'yib chalinadigan Harp) esa ko'pincha kampirlar tomonidan xalqni ko'nglini ko'tarish uchun ayollar bazmida ijro etiladi. Tula aksaran hazin qo'shiqlarni ko'ylasa, chang shodlikni tarannum etadi. Afg'oniston o'zbeklari tomonidan aytiladigan qo'shiqlar: g'azal, bayt, yor-yor, noy-noy, o'lan, to'ra, savzivon, ramazon kabi nomlar bilan mashhur va ma'lum.
Cho'lda ko'rdim cho'lbo'rining uyini, Sog'inibman Yozijon7ning bo'yini. Sog'insam-sog'inmasam erta kelar, Sulgun8 olib supiray oq yo'lini.
"Yozi va Zibo" dostonida yigit amakisining qiziga oshiq bo'ladi. Ular bir-birining visoliga yetisha olmmay birin-ketin ikkalasi ham o'z hayotiga nuqta qo'yadi. Ular vasiyatiga binoan yonma-yon dafn etiladi. Rivoyat etilishicha bu voqea Foryob viloyati Sayyod qishlog'ida bo'lib o'tgan. "Yozi va Zebo" dostonidan tashqari Afg'oniston xalq ijodida "Siyohmuy va Jaloliy", "Vomiq va Uzro", "Layli va Majnun", "Tohir va Zuhra" kabi sevgi-muhabbat dostonlari ham mavjud.
4 Yaqinroq
5 So'rishtishir
6 Shahar boshlig'i
7 Shaxs nomi
8 Supurgi
Ayt deganda aytib bermasmi kishi, Kishini qurboni bo'lmasmi kishi, Ayt deganda aytib bersa rozini, Yigit bo'lsang ko'tar, qizning nozini.
Asta-asta boramiz, go'r boshiga, Quloq soling Yozijon nolishiqa. Xudodan hukum bo'libyorilsago'r, Men tushsam Yo'ziningyonboshiga.
Oy yuzinga qora zulfing qo'ng'iroq, Sening darding menga ursin kel beroq. Men seni topilmagan jonim dedim, Muborak qadamlaring qo'ygin beroq.
Afg'oniston Foryob viloyatidagi "Yozi va Zibo" dostoni O'zbekistonning Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlaridagi "Yozi va Zibo" dostonlaridan bir muncha farq qilsada, Amudaryoning ikki qirg'oqida yashab kelayotgan o'zbeklaming folklor boyligidagi yaqinlik va o'xshashlar behisob. Keyingi paytlarda Xorazm vohasidagi mahalliy og'zaki qo'shiqlar ham bevosita Afg'oniston o'zbeklari joylashgan hududlarga kirib borgan. Ayniqsa to'y va bazimlarda "sozi xalfa"larning ijro etadigan qo'shiqlari, qizlar tomonidan jo'rnavozlik tarzida to'y va bazimlarda ayollar davrasida aytiladi.
Bir yonda Zuhrajon, bir yonda Mohim, Ko'zlarimning oqu qarosi qizlar. Tog'larningyondirar bu chikkan ohim, Bitmas sina9larning yarosi qizlar. Zuhra deb yuzlansam men bag'ri biryon, Mohim jonim yig'lar yuragi biryon. Ikki qizning orasinda sargardan, Yoqdi meni ishqning havosi qizlar.
Ramazon qo'shiqlari turli joylarda turli xil ko'rinish va mazmunga ega bo'lib, ayrim mintaqalarda ro'zaning boshlanishi bilan, ba'zi yerlarda esa ro'zaning yetti kuni tutilganidan so'ng iftorlikdan keyin bir guruh o'g'l bolalar ishtirokida har kimning darvozasiga borib aytiladigan qo'shiq. Qo'shiqchilarga uy egalari tomonidan pul, shirinlik, non kabi hadiyalar tartiq qilinadi. Ramazon yo-rabuno yo-ramazon, Assolm-alayk, mohi ramazon. Ramazon aytib keldik eshikingizga,
9 Ko'krak
Xudoyim o 'g'il bersin beshikingizga. Ramazon yo-rabuno yo-ramazon, Assolm-alayk mohi ramazon. Payg'ambarning bir o 'g'li Yaqub edi, O'n ikki turkiy kitob o'qib edi. Ramazon yo-rabuno yo-ramazon, Assolm-alayk mohi ramazon. O'n ikki turkiy kitob biri qani? Bultirgi10 musulmonlar bu yil qani? Ramazon yo-rabuno yo-ramazon, Assolm-alayk mohi ramazon.
Afg'oniston o'zbeklari orasidagi xalq udumlariga ko'ra, agar qora mushuk kechasi miyovlasa, bu mushuk jin ekanligini anglatadi. Agar kimdir mushuk ustiga suv sepsa uning qo'liga seval (yaraning bir turi) chiqadi. Qarg'a qag'illasa qor yog'adi. Itning ulishi falokat keltiradi. Boyqushning ko'rinishi baxtsizlik belgisi. Kechqurun xo'roz qichqirsa, bu omadsizlikdir. Sayohat paytida tulkiga duch kelish omadli, quyon bilan to'qnashish esa omadsizlik sanaladi. Kabutar boqish ba'zi oilalarga omad, boshqalarga esa omadsizlik olib keladi. Kalitni silkitish janjalga sabab bo'ladi. Oyoq kiyimlari birin-ketin qo'yilsa, egasi safarga otlanadi. Pichoqni tik qo'yish omadsizlik deb hisoblanadi. Qaychi bilan o'ynash janjalga sabab bo'ladi. Busog'ada turish iqtisodiy qiyinchiliklar olib keladi. O'zbek xalq og'zaki ijodida "alla" muhim o'rin egallaydi. Alla umuman onalar, qolaversa opa, xola, amma va momalar tomonidan maxsus ohangda bolani uxlatish uchun qo'shiq qilib aytiladi. Alla bolam baxti bor, Har narsaning vaqti bor, Jonim bolam allayo-alla. Mening ikki ko'zim san, Yurak-bag'rim o'zim san, Nuri didam allayo-alla. Mening shirin so'zim alla, Yotib qolgin qo'zim alla, Alla bolam allayo-alla.
Afg'oniston o'zbeklarida maqol keng qo'llanadigan xalq ijodi hisobladadi. Maqollar insoniyat tomonidan asrlar davomida shakllanib, kechinma, tajriba va o'y-fikrlar asosida, yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi, chuqur ma'no tashuvchi, hukm chiqaruvchi dono fikrlar ifodasidir. Maqollar umumiy madaniy borliqni belgilashda boshqa madaniy elementlarga qaraganda ancha muhim ahamiyatga ega. Shunday maqollardan namunalar keltiramiz:
10 O'tgan yilgi
Bildim dedim - qo'lga tushdim, bilmadim dedim - urushdim
Ona yurting-oltin beshiging.
Ayron osh bo'lmas, nodon bosh bo'lmas.
Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan.
Aqil yoshda emas, boshdadir.
Aytgan joyga erinma, aytmagan joyda ko'rinma.
Muhtojlarga yordam ber, ajrini Allohdan so'r.
Ona tilim nabotim, mening uchar qanotim.
Sut bilan kirgan aql, jon bilan chiqar.
Mehmonning izzatin qil, insonning hurmatin bil.
Odob bozorda sotilmaydi.
Olovga tegsang o'chadi, qo'shniga tegsang ko'chadi.
Boshga tushganni ko'z tortar.
Tinchliksog'likdemakdir, buyukboylikdemakdir.
Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qilar.
Borga bor dunyo, yoqqa -tor dunyo.
Dili rostning tili rost.
Afg'oniston o'zbeklari og'zaki ijodining qiziq turlaridan boshqa biri topishmoqlardir. O'zbeklarda topishmoq o'rnida "chiston" yoki "topdi matal" atamasi ham qo'llanadi. Masalan:
Og'zi yo'q gapiradi. (radio)
Oz ishlatsang boqadi, kop islatsang chaqadi. (tuz)
Ozgina kuldiradi, oshib ketsa o'ldiradi. (qora dori)
Boradi-u keladi, ko'raydesa ko'ziyo'q, tutay desang o'ziyo'q. (shamal)
Otdan baland, pishak11dan past. (agar)
Elt etdi, etib ketdi. (egna)
Afg'oniston o'zbeklari orasida matal nomi bilan mashhur "Ertaklar" xalq og'zaki ijodiining asosiy qismini tashkil etadi. O'zbeklarda bolalar uchun maxsus aytiladigan alohida ertaklar bor. O'zbek bolalar folklorida kattalar tomonidan bolalarga aytiladigan ertaklar muhim o'rin tutadi. Bunday ertaklar sirasiga: Qirq qaroqchi, Ayyor tulki, Qo'zichoq, Chumoli, Aldar ko'sa, Dev va pariy hamda boshqalar bor.
Xullosa qilib aytadigan bo'lsak, hurmatli o'quvchi bu qisqa bitikni Afg'oniston o'zbeklari xalq og'zaki ijodi xususida dengizdan bir tomchi sifatida qabul qilgaysiz. Bu o'lkada asrlar davomida o'ziga xos xususiyatlari bilan shakllanib, kamolga yetgan rang-barang va jo'shqin folklor boyliklari o'zbek xalqining e'tiborga molik ma'naviyat xazinasi hisoblanadi.
11 Mushuk
[W]
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hassas, Muhammed Solih. "O'zbek xalqining og'izdagi adabiyoti topti matlari" Mazor-i Sharif, 2010
2. Aymoq, Fayzulloh. "Xalq dordonalari" §ibirg'on: Javzijon nashriyoti, 2008
3. Atoiy, Muhammad Ibrohim. "Overview of Afghanistan's History". Kabul, 2005.
4. Barlas, Kiyamuddin. "Afg'on turklarining o'tmishi va buguni" Anqara 19875.
5. Solih, Muhammad. "Otalar so'zi aqnning ko'zi, O'zbek xalq adabiyoti, zarbulmasallar va maqollar". Mazor-i Sharif, 2005.