Научная статья на тему 'ADABIYOT SAN’ATI INSON YARATGAN BETAKROR MO‘JIZA'

ADABIYOT SAN’ATI INSON YARATGAN BETAKROR MO‘JIZA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1628
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shoir / san’at / mahorat / ma’naviyat / adabiyot

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rashidova Sohiba Abdulxamitovna

Maqolada san’at turlari va ularning inson hayotida tutgan o‘rni haqida tahliliy ma’lumotlar berilgan, Shuningdek, so‘z san’ati hisoblanmish adabiyotning inson ruhiy va ma’naviy hayotidagi betakror o‘rni borligi haqida ilmiy asoslanga ma’lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ADABIYOT SAN’ATI INSON YARATGAN BETAKROR MO‘JIZA»

ADABIYOT SAN'ATI INSON YARATGAN BETAKROR MO'JIZA

Rashidova Sohiba Abdulxamitovna

Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi 81-umumiy o'rta ta'lim maktabining

ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7515392

Annotatsiya: Maqolada san'at turlari va ularning inson hayotida tutgan o'rni haqida tahliliy ma'lumotlar berilgan, Shuningdek, so'z san'ati hisoblanmish adabiyotning inson ruhiy va ma'naviy hayotidagi betakror o'rni borligi haqida ilmiy asoslanga ma'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: shoir, san'at, mahorat, ma'naviyat, adabiyot.

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Ulug' shoir Abdurauf Fitrat: "San'at lug'atda hunar demakdirkim, bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir"- deb yozgan edi. Bir qarashda Fitrat "san'at" so'zining ma'nosini, san'atning mohiyatini jo'nlashtirayotgandek ko'rinishi mumkin. Biroq e'tibor qilinsa, olim "yaxshi" so'ziga ayricha urg'u berayotgani, unga juda katta ma'no yuklayotgani anglashiladi. Xo'sh, ko'chirmadagi "yaxshi" so'ziga qanday ma'nolar yuklangan? Darhaqiqat, tilimizda ishlatiluvchi "san'at" so'zining ma'no qirralari ancha keng. Masalan, "rassomlik san'ati", "kulollik san'atini egallamoq", "yuksak san'at bilan ishlangan" kabi birikmalarning har birida "san'at" so'zi turli ma'no qirralarini ifodalaydi. Shunga qaramay, ularda "san'at" so'zi ifodalayotgan ma'no qirralarini birlashtiruvchi umumiy nuqtalar mavjudki, bu mazkur so'zning har uchala holda ham "go'zallik", "mahorat", "did" tushunchalari bilan bog'liqligidir.

"San'at" so'zi jonli tilimizda nechog'li keng ma'noda qo'llanmasin, tabiiyki, bizni uning lug'aviy ma'nosi emas, istilohiy ma'nosi qiziqtiradi. Istilohiy ma'noda san'at deganda insonning go'zallik qonuniyatlari asosida borliqni badiiy o'zlashtirish (va o'zgartirish) ga qaratilgan yaratuvchilik faoliyati hamda uning natijasi o'laroq vujudga kelgan narsalar jami tushuniladi. Demak, bu ma'noda tushunilsa, go'zallik qonunlari asosida mahorat va did bilan yaratilgan narsalarning hammasi san'atga aloqadordir. Shu bois ham biz "amaliy san'at" va "badiiy san'at" turlarini ajratamiz. Amaliy san'at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, zardo'zlik, modelerlik kabi qator sohalarni kiritsak, badiiy san'atlarga rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, kino, teatr kabilarni mansub etamiz. Modomiki biz keng ma'nodagi "san'at" ichida amaliy va badiiy san'at turlarini ajratar ekanmiz, ularning umumlashtiruvchi va farqli jihatlari bo'lishi lozim. Bu o'rinda umumlashtiruvchi jihat shuki, har ikkisi ham go'zallik qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratiladi. Farqli jihatlariga kelsak, ulardan eng muhimi shuki, amaliy san'at mahsuloti insonning moddiy ehtiyojlarini

qondirishga xizmat qilsa, badiiy san'at namunalari insonning ma'naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir.

Demak, amaliy san'at mahsuloti insonning kundalik turmushda foydalanishini ko'zda tutadi, ayni paytda unga zavq beradi. Masalan, kulol ishlagan piyola qanchalik nafis va go'zal bo'lmasin, biz unda choy ichamiz. Mohiyat e'tibori bilan nafis ishlangan piyola ham, jo'n piyola ham amaliy foydaliligi jihatidan teng. Biroq nafis ishlangan piyola kishining choy ichishiga vosita bo'lishidan tashqari unga zavq ham beradi, kayfiyatini ko'taradi. Shunday bo'lsa-da, zavq bag'ishlashlik piyolaning ikkilamchi funksiyasi. Demak, amaliy san'at mahsulotining qimmati birinchi navbatda foydaliligi bilan belgilanadi. Endi qiyos uchun, masalan, qadim yunon haykaltaroshi yaratgan biror bir haykalni olaylik. Haykalni yaratar ekan yunon undan amalda foydalanishni ko'zda tutgan emas. Aytaylik, u o'zi topingan ma'budlardan birining haykalini yaratdi. Haykaltarosh o'sha ma'budni avvalo o'zining tasavvurida yaratdi, ijodiy fantaziyaquvvati bilan tasavvur qila olgani obrazda qotirib qo'yilgan lahzada ma'budining go'zalligi, qudrati, mehri-yu qahrini ko'ra oldi, undan zavqlandi, hayratlandi, unga topindi va ayni shu holatni toshda yo'nib muhrladi. Haykalni ko'rar ekan tomoshabin o'sha zavqni, hayratni o'ziga yuqtiradi, haykaldan boshqa maqsadda foydalanishni o'ylamaydi ham. Ko'ramizki, haykal boshqa bir odamning zavqi-yu hayratini boshqa odamga ko'chirdi, uning ruhiyatiga oziq berdi.

Yuqoridagidan ko'rinadiki, piyola ham, haykal ham go'zallik qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratilgan. Ya'ni, amaliy san'at ham, nafis san'at ham estetik faoliyat mahsuli. Insonning go'zallik qonunlari asosida borliqni o'zlashtirish va o'zgartirishga qaratilgan faoliyati estetik faoliyat deb yuritiladi. Estetik faoliyat inson hayotining barcha nuqtalarida o'zini namoyon qiladi. Aytaylik, hovlisiga gul-u rayxon o'tqazayotgan ayol, o'ziga oro berayotgan qiz, daraxtlarga shakl berayotgan bog'bon, tabiat manzarasidan zavqlanayotgan sayyoh, o'sha manzarani chizayotgan rassom bularning barida estetik faoliyat unsurlari u yoki bu darajada mavjud. Biroq ular bir-biridan farqlanadi. Aytaylik, agar piyola go'zallik qonunlari asosida kechgan mehnat faoliyati mahsuli bo'lsa, haykal go'zallik qonunlari asosida kechgan ijodiy-ruhiy faoliyat mahsuli. Anglashiladiki, estetik faoliyat tushunchasi badiiy ijod, badiiylik tushunchalaridan keng ekan, zero, badiiy ijod estetik faoliyatning bir ko'rinishi sifatida mavjuddir. Biz mutaxassis sifatida ko'proq tor ma'nodagi "san'at" tushunchasi bilan ish ko'ramiz. Tor ma'noda qo'llanilgan "san'at" so'zi badiiy san'atlarni ko'zda tutadi. Badiiy san'atlar deganda biz musiqa, raqs, rassomlik, haykaltaroshlik, badiiy adabiyot, teatr, kino kabi san'at turlarini tushunamiz. Modomiki san'atni turlarga ajratar ekanmiz, bu turlarni umumlashtiruvchi va farqlovchi jihatlar bo'lishi lozim. Sanalgan san'at turlarini umumlashtiruvchi jihat obrazlilik, ya'ni, ularning bari badiiy obraz vositasida fikrlaydi. Farqlovchi jihatlarga kelsak, bu narsa, birinchi navbatda, obrazni yaratish materialida ko'rinadi: musiqa

ohanglar, rassomlik ranglar, raqs plastik harakatlar, haykaltaroshlik qotgan plastika vositasida obraz yaratadi. Badiiy adabiyot esa so'z vositasida obraz yaratadi va shu bois ham so'z san'ati deb yuritiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Jumanazarov U. O'zbek xalq maqollari. T.: O'qituvchi,1991.

2.Hojiahmedov А. O'zbek aruzi lug'ati. - Toshkent: Sharq, 1998. - 224 b. 3.Sharq mumtoz poetikasi. H.Boltaboyev talqinida. - Toshkent: O'zbekiston

milliy ensiklopediyasi, 2008. - 424 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.