Научная статья на тему 'ABIOTIK OMILLAR VA ULARNING O‘SIMLIK JAMOALARIGA TA’SIRI'

ABIOTIK OMILLAR VA ULARNING O‘SIMLIK JAMOALARIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1901
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yosh mutaxassislar
Область наук
Ключевые слова
fotosintez / anatomiya / morfologiya / xlorofill / mezofill / epidermik kutikula / fotoperiodizm / atmosfera / karbonat angidrid / kislorod / inert gazlar / transpiratsiya. / photosynthesis / anatomy / morphology / chlorophyll / mesophyll / epidermal cuticle / photoperiodism / atmosphere / carbon dioxide / oxygen / inert gases / transpiration

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xomidova Gulsora G‘ulomjon Qizi, Qosimova Muslima Mansurjon Qizi

Abiotik omillar, ular ekotizmdagi hayot rivojlanadigan biotopni yoki fizik makonni tashkil etadigan, jonsiz tarkibiy qismlardir. Bu omilning o‘simliklar hayotidagi o‘rni juda katta ahamiyatga egadir. Chunki suv, issiqlik, yorug‘lik, tuproq, va shamol o‘simliklarni rivojlanishiga, o‘sishiga, urug‘ va mevalarini tarqalishiga yordam beradi. Undan tashqari o‘simliklarning hayotidagi eng muhim jarayonlar fotosintez va transpiratsiyani amalga oshishi uchun muhim sanaladi. Bizni bu maqolani yozishimizdan maqsad: tabiatning tabiiy boyliklarini asrashimiz, ulardan unumli foydalanishimiz va muhofaza qilishimiz zarur. Bularning ham oxiri bordir. Agar bu tabiiy boyliklar bo‘lmasa, o‘simliklar va jamiki barcha tirik organizmlar nobud bo‘lishi yoki yo‘qolib ketishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABIOTIC FACTORS AND THEIR IMPACT ON PLANT COMMUNITIES

Abiotic factors are the inanimate components that make up the biotope or physical space in an ecosystem where life develops. The role of this factor in the life of plants is very important. Because water, heat, light, soil, and wind help plants develop, grow, and spread their seeds and fruits. In addition, the most important processes in the life of plants are photosynthesis and transpiration. The purpose of writing this article is that we need to preserve the natural resources of nature, use them effectively and protect them. There is an end to these too. Without these natural resources, plants and all living organisms may die or disappear.

Текст научной работы на тему «ABIOTIK OMILLAR VA ULARNING O‘SIMLIK JAMOALARIGA TA’SIRI»

ABIOTIK OMILLAR VA ULARNING O�SIMLIK JAMOALARIGA TA�SIRI

Xomidova Gulsora G�ulomjon qizi

Qosimova Muslima Mansurjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti, Biologiya yo�nalishi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7963317

Qabul qilindi: 23.05.2023

Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-05-113-118

Annotatsiya: Abiotik omillar, ular ekotizmdagi hayot rivojlanadigan biotopni yoki fizik makonni tashkil etadigan, jonsiz tarkibiy qismlardir. Bu omilning o�simliklar hayotidagi o�rni juda katta ahamiyatga egadir. Chunki suv, issiqlik, yorug�lik, tuproq, va shamol o�simliklarni rivojlanishiga, o�sishiga, urug� va mevalarini tarqalishiga yordam beradi. Undan tashqari o�simliklarning hayotidagi eng muhim jarayonlar fotosintez va transpiratsiyani amalga oshishi uchun muhim sanaladi. Bizni bu maqolani yozishimizdan maqsad: tabiatning tabiiy boyliklarini asrashimiz, ulardan unumli foydalanishimiz va muhofaza qilishimiz zarur. Bularning ham oxiri bordir. Agar bu tabiiy boyliklar bo�lmasa, o�simliklar va jamiki barcha tirik organizmlar nobud bo�lishi yoki yo�qolib ketishi mumkin.

Kalit so�zlar: fotosintez, anatomiya, morfologiya, xlorofill, mezofill, epidermik kutikula, fotoperiodizm, atmosfera, karbonat angidrid, kislorod, inert gazlar, transpiratsiya.

Abstract: Abiotic factors are the inanimate components that make up the biotope or physical space in an ecosystem where life develops. The role of this factor in the life of plants is very important. Because water, heat, light, soil, and wind help plants develop, grow, and spread their seeds and fruits. In addition, the most important processes in the life of plants are photosynthesis and transpiration. The purpose of writing this article is that we need to preserve the natural resources of nature, use them effectively and protect them. There is an end to these too. Without these natural resources, plants and all living organisms may die or disappear.

Key words: photosynthesis, anatomy, morphology, chlorophyll, mesophyll, epidermal cuticle, photoperiodism, atmosphere, carbon dioxide, oxygen, inert gases, transpiration

ASOSIY QISM.

Abiotik omillar � anorganik tabiatning tirik organizmlarga bevosita yoki boshqa omillar orqali ta'sir ko�rsatadigan xususiyatlardan iborat. Harorat, namlik, yorug�lik, havo bosimi, sho�rlanish, suv oqimi, shamol, radioaktiv nurlanish, joy reylefi va boshqalar abiotik omillar hisoblanadi. Yorug�lik asosiy abiotik omillardan biri hisoblanib, o�simliklarning hayotiy faoliyatida katta ta�sir ko�rsatadi. Fotosintez faqat yorug�dagina ro�y beradi, shu boisdan fotosintezlovchi o�simliklar yorug�dagina mavjud bo�ladi. Odatda, o�simliklar bargiga tushadigan quyosh nurining faqat 1% i o�zlashtiriladi, qolgan qismi qaytariladi yoki issiqlik sifatida tarqaladi. O�simlik faqat tik tushgan yorug�likni emas, tarqoq holda tushgan yorug�likdan ham foydalanadi. Tik tushgan yorug�lik o�simlikning xlorofill donachalari va sitoplazmasini o�ldirib, o�simlikka salbiy ta�sir qiladi. Tarqoq tushgan yorug�lik foydali bo�lib, o�simlik bilan yorug�likni to�liq o�zlashtiradi, sababi tarqoq tushgan yorug�lik sariq-qizil nurlardan iborat bo�ladi. Yer sharining har bir zonasida yorug�lik sharoiti o�ziga xos bo�ladi. Cho�l, dasht, baland tog� mintaqalari yorug�lik bilan kuchli ta�minlangan bo�lsa, aksincha g�or va havzalar yorug�lik bilan kam ta�minlanadi. Shuning uchun ham har bir joyning yorug�likka nisbatan moslashgan o�simlik turlari mavjud bo�ladi. O�simliklarni yorug�lik miqdoriga bo�lgan talabiga bog�liq holda, hamda o�simlik organizmida yorug�lik ta�siridagi anatomiya � morfologiya xususiyatlariga ko�ra 4 ekologik guruhlarga bo�linadi.

Geliofitlar � yorug�sevar o�simliklar, ularda konpensatsiya nuqtasi yuqorida turadi, zero, fotosintez jarayoni nafas olish jarayonidan ustunlikga ega. Chunki yoritilish kuchli bo�lganda, ortiqcha yoritilish unga to�sqinlik qilmaydi. Geliofitlarda novdalar sekin o�sadi. O�suvchi kurtaklarning faolligi kam. Buning natijasida ular past bo�yli bo�ladi. Tog� sharoitida yostiq shakliga ega. Barglar odatda qalin, tig�iz, epidermik hujayralarda xloroplastlari bo�lmaydi. Yaproqning quyosh nuri tushib turadigan yuqori epidermisi kutikula bilan qoplangan. Novdada gorizontal joylashgan yaproqlarda mezofill ustunsimon va g�ovak parenxima yaqqol namoyon bo�ladi. Mezofildagi hujayralararo oraliq kichkina hujayralardagi xloroplastlar mayda, ancha ko�p bo�ladi.

Ssiofitlar � issiqsevar (soyasevar) o�simliklar, ularda fotosintez jarayoni nafas olishdan tezroq ro�y beradi. Bu jarayon yoritilish boshlanishi bilanoq boshlanadi. Quyosh yorug�ligi kuchli ta�sir qilib fotosintezni pasayishiga olib kelishiga qaramay bu jarayon tez amalga oshadi. Bu o�simliklar qisqa muddat yoritilganda, yorug�lik kam bo�lganda boshqa vaqtlarda ham kompensatsiya nuqtasidan past bo�ladi. Ssiofit o�simliklarda barglar yupqa, ularning epidermik hujayralarida xloroplastlar mavjud. Yaproqning yuqori tomoni epidermik kutikula bilan qoplangan. Yaproq mezofilida tabaqalashuv aniq namoyon bo�lmaydi, ustunsimon va g�ovak parenxima to�qima aniq ifodalanmagan. Mezofildagi hujayralararo oraliq katta, katta hajmli hujayralarda xloroplastlari yirik, ular ko�p emas.

Fakultetiv ssiofitlar umbropatientlar ham deyilib, ular soyasevar o�simliklar hisoblanadi. Bu guruh o�simliklar kuchli yoritilish hamda uzoq muddat davomida soyaga ham o�sa oladi. Bu guruh o�simliklarning ko�pchiligi ekologik katta plastiklikka ega. Bu guruh o�simliklar fotosintez jarayoni yoritilish kam bo�lganidan boshlaboq nafas olishdan yuqori turadi. Yoritilish jadalligi ortishi bilan ham fotosintez pasaymaydi.

Ageliofitlar � quyosh yorug�ligi bilan yoritilishiga muhtoj bo�lmagan o�simliklar. Ular tekinxo�rlar va saprotroflar.

Yer sharining har xil geografik zonalarida kunning uzunligi turlicha bo�ladi. Shimolda yorug�lik intensivligi kuchsiz bo�ladi. Yoritilish muddati uzoq bo�ladi. Janubda esa kun ancha qisqa bo�ladi. (Ekvatorda esa 12 soatga teng). Ammo yorug�lik intensivligi yuqori bo�ladi. Shimolda yorug�lik intensivligi kam bo�lib, uzoq muddat yorug�likning davom etishi u yerdagi o�simliklarning o�suv rivojlanishiga yordam beradi va bularni uzun kunli o�simliklar deb atashga mos keladi. Bug�doy (Triticum L), javdar (Secal cereale L) kabi boshoqli o�simliklar, sebarga (Trifolum pratense L), sachratqi (Cichorium intybus L), sapsargul (Iris L) kabilar misol bo�ladi. O�simliklarga uzun kun va tun almashinishi, yorug�lik va qorong�ulikning ko�rsatgan ta�sirini amerikalik olimlar Garner va Allard tajribada o�rganib buni fotoperiodizm yoki aktinoritmizm deb atagan. Ularning fikricha, kun uzunligi yoki yorug�lik 12 soatdan kam bo�lsa uzun kun o�simliklar gullamaydi, gullagan taqdirda ham ancha kech gullaydi. Qisqa kunli o�simliklarning (kun uzunligi 12 soatdan kam bo�lgan sharoitdagi o�simliklar) rivojlanishi qisqa kun uzunligida yaxshi o�tadi. Qisqa kunli o�simliklar ham uzun kunda (yorug�lik 12 soatdan ko�p bo�lganda) gullamaydi, ba�zan juda kech gullaydi. G�oza (Gossypium herbaceum L), tariq (Panicum millaceum L), bodring (Cucumis sativus L), makkajo�xori (Zea mays L), qovun (Melo orientalis (S. Kudr) Nab), kungaboqar (Heltanthus annuus L), mavrak (Salvia sclarea L yoki S. Deserta) qisqa kunli o�simliklardir. Qisqa kunli o�simliklar uzoq kunli sharoitda kuchli morfologik o�zgarishlarga uchrashi mumkin. Masalan, gigantizm � bo�yning haddan tashqari o�sib ketishi ro�y beradi. Bundan tashqari Larix decidua o�simligi uchun minimum yorug�lik kunduzi jami yoritilishdan 20% yetarli hisoblangan holda, Picea abies uchun 3% gina yetarli bo�ladi. Aynan ana shu ko�rsatkichlar katta daraxtlar bilan birgalikda o�sadigan o�simliklarning yorug�lik rejimini belgilaydi.

Harorat (issiqlik).

Issiqlik � ekologik omillarning muhimlaridan biri hisoblanib, o�simliklarning kurrai zaminimizda tarqalishini ta�minlaydi. Kurrai zaminimizdagi o�simliklar uchun faol hayotlarini ta�minlashda umumiy harorat diapozoni tor doirada- +55�C dan � 70�C gacha oralikdan iborat. Bunda issiqning umumiy miqdoridan tashqari uni kun davomida taqsimlanishi ham muhim ahamiyatga ega, uni harorat rejimi deyiladi. Ammo Antarktidada 70�C dan past haroratda ham ayrim lishayniklar, suvo�tlar yashaydi. Atrof-muhitdagi harorat-issiqqa nisbatan munosabatiga ko�ra, barcha o�simliklar 2 guruhga bo�linadi: evritermlar va stenotermlar.

Evriterm o�simliklar bu omilga ko�ra, keng ekologik amplitudaga ega va shunga ko�ra, ular atrofdagi harorat ko�rsatkichining katta o�zgarishiga moslasha oladilar. Bunga odatda, turli fiziologik moslashuv mexanizmlari imkon beradi. Bu holat, o�simlik hujayrasi protoplazmasining kimyoviy tarkibi, fermentlarining issiqqa chidamligi kabi bir qator omillar sabab bo�ladi.

Stenoterm o�simliklar tashqi muhit haroratida deyarli o�zgarishlar ro�y bermaydigan muhit sharoitlarida o�sadi. Tropiklardagi o�simliklarning ko�pchiligi stenoterm hisoblanadi. Yer sharining janubiy kengliklarida o�sadigan g�o�za (Cossypium blanco), apelsin (Citrus sinensis, Osl), limon (Citrus limon Burm) kabi o�simliklar issiqsevar o�simliklar bo�lib, yuqori darajali issiqlikda yaxshi o�sib rivojlanadi. O�zbekiston cho�llarida o�suvchi kovul (Capparis spinosa L), yantoq (Alhagi sparsifolla Shop), saksovul kabi o�simliklar ham jazirama issiqda bemalol o�sib rivojlanadi. Yuqori issiqqa ega bo�lgan sharoitda o�suvchi o�simlik turlari evolyutsiya jarayonida hujayrasi issiqlikka chidamli bo�lib borish bilan birga boshqa bir qancha moslanish xususiyatlariga ham ega bo�lib borgan. Xususan, vegetativ organlari, bargining yuzasi qisqargan, poya va barglar qalin tuklar bilan qoplangan, o�zidan efir moylari ajratib chiqaradigan bez va tuklarga ega bo�lgan, tinim davriga o�tishga moslashgandir. Shunday bo�lsada, o�ta kuchli issiqlik o�simlikning nobud bo�lishiga olib keladi. Bunday hol issiqlik haddan tashqari uzoq muddat davom etganda yoki yuqori harorat qisqa muddat bo�lib o�tganda kuzatiladi. O�simliklarning yuqori issiqlikka chidamliligi o�suvchi kurtaklarning hazon qatlami va tuproq bilan muhofaza qilinganligi katta samara beradi. O�simliklarning bunday xususiyatlaridan Raunkler hayotiy shakllarning sistemasini tuzishda foydalangan.

Sovuqsevar o�simliklar eng past haroratda o�sishga moslashgan yoki o�sish imkoniyatiga ega bo�lgan o�simliklardir. Yer sharining shimoliy kengliklarida o�suvchi qarag�ay (Pinus silvestris), tilog�och (Larix sibirica), qoraqarag�ay (Picea schrenkiana) kabi daraxtlar sovuqqa chidamli turlardir. Issiqlik minimum darajadan pastga tushganda o�simlik tinim holatiga kiradi. Harorat minimumdan pastga tushib ketganda o�simlik hujayrasining sitoplazmasida katta o�zgarishlar bo�lishi, ya'ni o�simlikni sovuq urib ketishi mumkin. O�simliklarni sovuqqa chidamli deganda uzoq muddat +1 dan +10 �S gacha bo�lgan sharoitda yashashiga, o�ta chidamli deganda minus haroratda ham yashashiga tushuniladi.

Suv.

Barcha tirik organizmlar uchun, jumladan o�simliklar uchun ham suvning ahamiyati juda katta. O�simlik tanasining 50-90% suvdan iborat bo�ladi. Sitoplazma tarkibida suv miqdori 85-90% ni tashkil etadi. O�simliklarning sersuv mevalarida, yumshoq barglarida va ildizlarida suv miqdori ko�p bo�ladi. Hatto o�simliklarning quruq holdagi spora va urug�larida ham suv bor. Ammo moyli ekinlar urug�ida suv nisbatan kam bo�ladi. Har qanday o�simliklar qoplamiga suvning yetishmasligi unda tub o�zgarishlar sodir bo�lishiga olib keladi. O�simliklar asosan suvni tuproqdan oladi. Bundan tashqari, atmosfera yog�inlari hamda yer osti sizot suvlari hisobiga ham hayot kechiradi.

XIX asrning oxirlarida A. Shimper va Ye. Verming o�simliklar suv rejmiga bo�lgan munosabatlariga qarab 3 ta ekologik gruppaga bo�lgan: gigrofitlar, mezofitlar,va kserofitlar. Ba'zi adabiyotlarda esa 5 ta ekologik gruppaga ajratib berilgan bo�lib, ularga: gidrotafitlar,, gigrofitlar, gidrofitlar, mezofitlar va kserofitlar.

Gidrotafitlar � hayoti faqat suvda o�tuvchi suv o�tlari.

Gidrofitlar � tanasining bir qismi suvning ustida o�suvchi o�simliklar (nilufar, qamish, zubturum).

Gigrofitlar � suv ortiqcha bo�lgan botqoqlarda o�suvchi o�simliklar (savag�ich, qiyoq, sholi, tropik o�simliklar).

Mezofitlar � namlik yetarli bo�lgan joylarda o�suvchi o�simliklar, o�rmon, o�tloq o�simliklari, g�o�za, beda, qovun, tarvuz, pomidor kabi o�simliklar.

Kserofitlar � hayotida suvga muhtojlikni bir marta his qiluvchi, ildizi chuqurga kirib boruvchi o�simliklar. Shuvoq, saksovul 16-18m, yantoq 18m, chalov, beda 16-18m, juzg�un, psta kabi o�simliklar.

Suvda yashovchi o�simliklarning suv ostidagi barglarida ustisalar yaxshi taraqqiy etmagan bo�lsa, suv ustidagi barglarida ularning 1mm2 dagi soni 648 tagacha yetadi. Bunday o�simliklarning tanasini 70% havo saqlovchi hujayralardan tashkil topadi. Ularda o�tkazuvchi naylar kam rivojlangan mexanik to�qimalar esa yo�q bo�ladi.

Havo.

Atmosfera havosi Yerning ma�lum qobig�i sifatida narcha tirik organizmlar uchun, jumladan o�simliklar uchun ham nihoyatda muhim ekologik faktor hisoblanadi. Atmosfera havosi o�simliklarda boradigan fotosintez jarayonini CO2 va nafas olish uchun O2 bilan ta�minlaydigan manba hisoblanadi. Atmosfera havosining tarkibi, deyarli bir xil bo�lib, o�simliklar tarqalgan barcha mintaqalarda 78,1% azot, 21% kislorod, 0.032% karbonat angidrid, 0,9% inert gazlaridan iboratdir. Olimlarning ta�kidlashicha, 2 mln. yilda yerga deyarli hamma suv (taxminan 1,5mlrd.km3) �parchalanish- qaytarilish� sklidan o�tib, �fotosintez-nafas olish� holatini bosib o�tadi. Ajralgan kislorod stmosfera kislorodini tashkil etadi. Atmosfera tarkibida doimiy bo�lmagan komponentlardan tutun va sanoat gazlari ham o�simlikning o�sishga, rivojlanishiga katta ta�sir korsatadi. Tutun va sanoat gazlariga bo�lgan sezgirlik, o�simlik turlariga qarab har xildir. Tog� terak va tilog�och buni tez sezadi va o�sishi sekinlashadi, ko�p holda nobud bo�ladi.

Shamol.

O�simliklarda shamol ta�sirida transpiratsiya kuchayadi, turli darajada mexanik ta�sirlanadi. Urug� va mevalarning tarqalishiga yordam beradi. Shamolning holati va tezligi joyning relefi, shakli, o�simliklar qoplami joylashgan o�rniga qarab o�zgarib turadi. Qalin o�simlik qoplamlarida, o�rmonlarda shamol 85% gacha sekinlashadi. O�simliklar qoplamining zichligi shamol eroziyasining oldini oladi. Sun�iy daraxtzorlar tashkil qilish shuning uchun ham katta ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Yuldashev A.S, Tojiboyev Sh. J, Imirsinova A.A, Tojiboyev M. U. Geobotanika asoslari. Toshkent 2001.

2. Zokirov Q. Z, Nabiev M.M, Pratov O�.P, Jamolxonov X.L Ruscha- o�zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug�ati, Toshkent 1963.

3. Nabiev M.M Botanika atlas � lug�at Toshkent 1963.

4. Xoliqov S, Pratov O�, O�simliklar aniqlagichi, Toshkent �O�qiuvchi� 1970.

5. Hamidov A, Nabiev M.M, Odilov T. O�zbekiston o�simliklari. Toshkent �O�qituvchi� 1987.

6. Haydarov K.H, Hajmatov Q.H. O�zbekiston o�simliklari. Toshkent �O�qituvchi� 1992.

https://arxiv.uz

https://wikipedia.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.