Научная статья на тему 'KALIYLI O‘G‘ITLAR'

KALIYLI O‘G‘ITLAR Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
193
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yosh mutaxassislar
Область наук
Ключевые слова
kaliy / o‘g‘it / kaliy sulfat / kaliy fosfat / kaliy xlorid / silvin / silvinit / natriy xlor / elektroliz / natriy gidroksid / vodorod / xlor / ammiak. / potassium / fertilizer / potassium sulfate / potassium phosphate / potassium chloride / sylvinite / sylvinite / sodium chloride / electrolysis / sodium hydroxide / hydrogen / chlorine / ammonia.

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Haydarov Bekzod Hamza O‘g‘li, Asamov Javlon Xursanovich, Egamova Munira Qarshiboevna

Ushbu maqolada o‘simlik organizmi uchun zarur bo‘lgan kaliyli birikmalar haqida to‘liq ma’lumotlar, kaliyli moddalarni ishlab chiqarish jarayonlari va bu holatda ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni oldini olish hamda ekologiyani asrab-avaylash haqida mulohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

КАЛИЙНЫЕ УДОБРЕНИЯ

This article provides detailed information about the potassium compounds necessary for the plant organism, the processes of production of potassium substances and comments on the prevention of factors that adversely affect the environment and the preservation of the environment. given

Текст научной работы на тему «KALIYLI O‘G‘ITLAR»

KALIYLI O�G�ITLAR

Haydarov Bekzod Hamza o�g�li

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Asamov Javlon Xursanovich

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Egamova Munira Qarshiboevna

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

https://doi.org/10.5281/zenodo.7749070

Annotatsiya: Ushbu maqolada o�simlik organizmi uchun zarur bo�lgan kaliyli birikmalar haqida to�liq ma�lumotlar, kaliyli moddalarni ishlab chiqarish jarayonlari va bu holatda ekologiyaga salbiy ta�sir ko�rsatadigan omillarni oldini olish hamda ekologiyani asrab-avaylash haqida mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so�zlar: kaliy, o�g�it, kaliy sulfat, kaliy fosfat, kaliy xlorid, silvin, silvinit, natriy xlor, elektroliz, natriy gidroksid, vodorod, xlor, ammiak.

Abstract: This article provides detailed information about the potassium compounds necessary for the plant organism, the processes of production of potassium substances and comments on the prevention of factors that adversely affect the environment and the preservation of the environment. given

Keywords: potassium, fertilizer, potassium sulfate, potassium phosphate, potassium chloride, sylvinite, sylvinite, sodium chloride, electrolysis, sodium hydroxide, hydrogen, chlorine, ammonia.

Kaliy o�simliklarning oziqlanishi uchun zarur element hisoblanadi. Tuproqda kaliy va uning birikmalari kam bo�lsa, hosildorlik ancha kamayib ketishi mumkin. Kaliy asosida hosil qilinadigan birikmalarning 90%ga yaqin qismi o�g�itlar hosil qilish maqsadlarida ishlatiladi. Eng muhimi, kaliyli o�g�itlar quyidagilardir:

Tozalanmagan o�g�itlar - bular kaliy va natriyning xlorli birikmalaridir. Silvinitlar (KCl*NaCl) va magniy bilan kaliy tuzlarining birikmalari (MgSO4*KCl*3H2O) kainit deyiladigan mineralardan tolqonsimon qilib tayyorlanadi;

Konsentrlangan o�g�itlar - kaliy xlorid va kaliy sulfat tuzlarini qayta ishlash natijasida hosil qilinadigan o�g�itlar bo�lib, konsentratlar deyiladi, chunki bu o�g�itlar aralash o�g�itlarni kaliy birikmalari bilan boyitish asosida hosil qilinadi;

Tarkibida potash K2CO3 bo�ladigan yog�och va torf kuli ham konsentrlangan o�g�itlarga kiradi.

Kaliy elementi tirik organizmlarda assimilyatsiya va fotosintez jarayonlarida Ca+2,Mg+2-ionlari bilan birgalikda hujayradagi protoplazma kolloid holatini boshqarib turadi. Kaliyning miqdoriga organizmdagi kraxmal, qand, yog�lar miqdori bog�liq bo�ladi. Kartoshka, lavlagi, kungaboqar, beda, kanop, tamaki ekinlari kaliy elementiga kuchli ehtiyoj sezsalar, suli, bug�doy va arpa kaliyga kamtalab ekinlardir. Yetishmayotgan kaliyning ko�p miqdori hayvonlar, qushlar chiqindilari bilan qoplansada, bu yetarli emas. Shu sababli kaliyli o�g�itlarga ehtiyoj katta.

1 ga maydondagi g?o?za har tonna hosili uchun yerdan 30�70 kg azot, 10�20 kg fosfor bilan birga 30�80 kg kaliyni o?zlashtirishi aniqlangan. Kaliyli o�g�it meva, rezavor-meva, uzum, ildizmevalilar va boshqalar tarkibidagi qand miqdorini, kartoshkada kraxmalni, tolali ekinlarda tola miqdorini oshirib, sifatini yaxshilaydi, yem-xashak ekinlari tarkibidagi proteinni ko?paytiradi, kuzgi g?alla ekinlari, dukkaklilar va daraxtlarning sovuqqa va qurg?oqchilikka chidamini oshiradi.

Kaliy saqlagan tabiiy manbalar qatoriga yog�och va ekinlarning yonishidan hosil bo�lgan �kul� va kul suvlarini kiritish mumkin. Asosiy manba-KCl saqlagan silvinit minerali bo�lib, undan galurgiya (tanlab eritish) va flotatsiya (boyitish) usuli bilan ajratib olinadi. Cl-ortiqcha bo�lgan yerlarga K2SO4, K2HPO4, KNO3 holidagi o�g�itlar ishlatiladi. Kaliyli o�g�itlar oddiy va kompleks o�g�itlarga bo�linadi.

Oddiy o�g�itlarga o�simliklar kuli, kaliy fosfat, kaliy xlorid kiradi.

Kompleks o�g�itlarga kaliyli selitra, ammofoska, kaliy fosfat kiradi.

O�g�it ishlab chiqarishda hozirgi zamon muammolari quyidagilardan iborat:

ko�p miqdordagi tonnalab o�g�itlarni tashish jarayonidaular isrof bo�ladi, shu maqsadda o�g�it tashish bilan bog�liq transportlarni, o�g�itlarni qadoqlash turlarini mukammallashtirish va suyuq o�g�itlarni quvurlar orqali yetkazish usullarini ishlab chiqish;

o�g�itlarning sifatini oshirish, ulardagi ozuqa elementlari miqdorini ko�paytirish, oddiy o�g�itlar o�rniga komplek o�g�itlardan foydalanishni kengaytirish, tarkibida mikroelementlari bilan birga biostimulyatorlarni tutgan turlarini ishlab chiqarish;

sekinlik bilan o�zlashtiriladigan va konsentrlangan suyuq fosfatli o�g�itlar ishlab chiqarish bilan ishchi kuchi va iqtisodiy tejamkorlik masalalarini hal qilish. Prolongirlangan (karbamiddiformaldegid) va sirti polimer moddalar bilan kapsulalangan o�g�itlar turini va ishlab chiqarishni ko�paytirish;

tuproq va o�g�it tarkibidagi azot elementining yo�qolishi (denitrifikatsiya) ni ingibitorlar ta�sirida kamaytiruvchi vositalar ishlab chiqarish;

polimikroelement (azot, fosfor, kaliy, magniy, bor, rux, molibden, marganes, mis)lar saqlagan kompleks o�g�itlar ishlab chiqarishni tashkil etish.

Respublikamizda o�g�itlar va ularni ishlab chiqarish muammolari bilan O�zbekiston FA Umumiy va anorganik kimyo institutida akademik M.N.Nabiyev (1915-1995) boshchiligidagi asos solingan yirik bo�lim shug�ullanadi. Bu ilm dargohida akademiklar S.A.To�xtayev, B.M.Beglov, professor Sh.S.Namozov, kimyo fanlari doktori A.Erkayev kabi taniqli olimlar va ularning shogirdlari faol izlanishlar olib borishyapti. Ularning izlanishlari samarali Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Qo�qon, Olmaliq mineral o�g�itlar zavodlarida qo�llanishi tufayli ko�p tonnali mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va respublikamiz iqtisodiga salmoqli hissa qo�shilmoqda.

Dehqonobod tumanidagi �Dehqonobod kaliy zavodi�da kaliyli o�g�it - KCl ya�ni silvin ishlab chiqariladi.

KCl bu korxonada flotatsiya usulida ishlab chiqariladi. Buning sababi shundaki, boshqa usulda ishlab chiqarishda ko�p midorda suv talab etiladi. Dehqonobod hududida suv miqdori ko�p bo�lmaganligi sababli flotatsiya usulidan keng foydalaniladi.

Galit-tosh tuzi deb ham atalib, natriy xloridning kristall shaklidagi minerallari hisoblanadi. Tabiatda natriy xloridli sho�r ko�llar yuqori harorat va shamol ta�sirida bug�lanib, cho�kindilarda to�plangan tuz hosil bo�ladi. Bu tuzlar galit minerallari deb ataladi. Tabiiy galit minerallari tarkibida 39,34% Na va 60,66% Cl bo�ladi. Galit rangsiz, sariq va qizg�ish rangli kubsimon kristall shaklida uchraydi. Galit oziq-ovqat va kimyo sanoatida (xlor, natriy gidroksidi, iste�mol sodasi va xlorid kislota ishlab chiqarish uchun xom-ashyo sifatida) shuningdek, elektrotexnikada qo�llaniladigan tuzning asosiy qismi hisoblanadi.

Silvinit ma�danlarini qayta ishlash natijasida har bir tonna kaliy xloriddan 3-4tonna galit chiqindilari olinadi. Galitli chiqindining asosiy komponenti NaCl (84-93%) hisoblanadi.

Galitda NaCldan boshqa moddalar ham bor, masalan KCl (4-7%) va shuningdek, oz miqdorda MgCl2 (0.1-0.2%) mavjud.

Chiqindi sifatida chiqayotgan moddalar atrof-muhitning ekologiyasini (atmosfera havosining buzilishi, suv tanqisligi, tabiatda o�simlik va hayvon turlarining kamayishi va boshqalar) buzilishiga olib kelmoqda. Bu holat barcha tirik organizmning yashash sharoitiga, hayotiga salbiy ta�sir ko�rsatadi. Buning oldini olish uchun chiqindilardan unumli foydalanmoqchiman. Ya�ni, chiqayotgan chiqindilardan oqilona foydalanib, turli sohalarda ishlatiladigan moddalar olishni maqsad qilib qo�yganman. Buning uchun chiqayotgan moddalarni elektroliz qilib, yangi moddalar hosil qilaman. Elektroliz jarayoni uchun elektr tokini quyosh batareyalari va shamoldan olaman. Bu usul tejamli bo�lib, davlatning iqtisodiga ham ijobiy ta�sir ko�rsatadi deb hisoblayman.

NaCl moddasining elektrolizi:

2NaCl+2H2O=H2+Cl2+2NaOH

Elektroliz jarayonida H2, Cl2, NaOH moddalari hosil bo�ladi.

Elektrolizdan chiqqan vodorod:

Elektrolizdan chiqqan xlor:

Xlor va vodorodni reaksiyasidan vodorod xlorid hosil bo�ladi:

H2+Cl2=2HCl

Ishlatilishi:

Bundan tashqari vodoroddan ammiak olishimiz ham mumkin. Havodan suyuqlantirib olingan azot bilan reaksiyasidan ammiak hosil qilamiz.

N2+3H2=2NH3 +Q

Azot bilan vodorod aralashmasi odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishmaydi. Azotning vodorod bilan o�zaro ta�sirlashuvi reaksiyasi qaytar reaksiyadir. Reaksiyani o�ng tomonga (NH3 hosil bo�lish tomonga) siljitish uchun:

bosimni orttirish zarur.

haroratni pasaytirish kerak. Ammo past haroratda ammiak hosil bo�lish reaksiyasining unumi pasayib ketadi.

katalizatorlardan foydalanish zarur. Bu reaksiya uchun katalizator- Al2O3, K2O va temir aralashmasi.

Barchamizga ma�lumki, ammiak sanoatda shu usullar orqali olinadi.

Labaratoriyada esa ammoniy tuzlariga ishqor ta�sir ettirib olinadi: NH4Cl+NaOH=NH3+NaCl+H2O

Shuningdek, ammoniy xloridga so�ndirilgan ohak ta�sir ettirib ham olish mumkin:

2NH4Cl+Ca(OH)2=2NH3+CaCl2+2H2O

Elektrolizdan hosil bo�lgan NaOH ning ishlatilish sohalari:

Granitdagi NaCl dan boshqa moddalarni ham elektroliz qilib, oz miqdorda bo�lsa ham kerakli moddalarni olishimiz mumkin.

KCl ning elektroliz tenglamasi:

2KCl+2H2O=H2+Cl2+2KOH

Bu jarayonda hosil bo�lgan vodorod va xlor yuqorida ko�rsatilib o�tilgan maqsadlarda foydalaniladi.

KOH turli kaliyli tuzlar olishda, suyuq sovun olish uchun va ishqoriy akkumulyatorlar tayyorlashda ishlatiladi.

Juda oz miqdordagi MgCl2 ni ham elektroliz qilib yangi moddalar sintez qilamiz:

MgCl2+H2O=Mg+Cl2+H2O

Bunda hosil bo�lgan magniy

Yurtimizda rivojlanayotgan korxona, zavodlar ko�paymoqda. Ularning foydasi katta, ammo shu bilan birga ziyoni ham mavjud. Bulardan eng muhimi, ekologiyaning buzilishidir. Zavod va korxonalardan chiqadigan chiqindilardan kerakli mahsulotlar olib, atrof-muhitni iflosgarchilikdan himoya qilish va hozirgi kunda kerakli bo�lgan moddalar ishlab chiqarishni yo�lga qo�ymoqchiman. Biz yosh avlodlar o�z yo�nalishlarimiz bo�yicha ilmiy ishlar qilib, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo�shamiz!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

I.A.Tashev, R.R.Ro�ziyev, I.I.Ismoilov. Anorganik kimyo-Toshkent: O�qituvchi, 2017. -296

S.Masharipov, I.Tirkashev. Umumiy kimyo-Toshkent:O�qituvchi,2012.-302b

M.M.Abdulxayeva, O�.M.Mardonov. Kimyo-Toshkent:O�zbekiston,2002.-672b

REFERENCES:

I.A.Tashev, R.R.Ro�ziyev, I.I.Ismoilov. Anorganik kimyo-Toshkent: O�qituvchi, 2017. -296b

S.Masharipov, I.Tirkashev. Umumiy kimyo-Toshkent: O�qituvchi, 2012.-302b

M.M.Abdulxayeva, O�.M.Mardonov. Kimyo-Toshkent: O�zbekiston, 2002.-672b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.