Научная статья на тему 'ABDUQAYUM YO‘LDOSHEV QISSALARIDA OBRAZLAR TALQINI'

ABDUQAYUM YO‘LDOSHEV QISSALARIDA OBRAZLAR TALQINI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Yurakdagi iz” / “Sunbulaning ilk shanbasi”“Yulduzlik”ning shafqatsiz tovoni” / obraz / xayoliy-fantastik obraz / konflikt / sentimental qissa

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Anvar Abulqosimov

Badiiy asarda obrazlar talqin va tahlil qilinar ekan, qahramon ruhiyati, ichki kechinmalari, o‘quvchining ichki olamiga ta’siri qay darajada ekanligi tadqiqotchi uchun muhimdir. Abduqayum Yo‘ldoshev qissalardagi obrazlar inson hissiyotlarni tozalaydi, bugungi qissachilikda uchraydigan va uchramaydigan xususiyatlari bilan o‘rganilshga sabab bo‘ladi. Ushbu maqolada ijodkorning turli yillarda yozilgan “Yurakdagi iz”, “ Sunbulaning ilk shanbasi” “Yulduzlik”ning shafqatsiz tovoni”, qissalaridagi obrazlar tahlil qilinishi bilan bir qatorda adabiyotshunoslikdagi obraz atamasi va o‘zbek nasri sentimentalizm yo‘nalishidagi asar va asardagi qahramonlar haqida tadqiqot olib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABDUQAYUM YO‘LDOSHEV QISSALARIDA OBRAZLAR TALQINI»

m I

i

SIANIQUKNAI.

SIAN IQUKNAI. OH CIPOÍBlHV RESEARCH AGEMENT STUDIES

ABDUQAYUM YO'LDOSHEV QISSALARIDA OBRAZLAR

TALQINI

ABULQOSIMOV ANVAR ABROR O'G'LI Guliston davlat universiteti 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14333378

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 29 th November 2024 Accepted:1st December 2024 Published:8 th December 2024 KEYWORDS "Yurakdagi iz", " Sunbulaning ilk shanbasi" "Yulduzlik"ning shafqatsiz tovoni", obraz, xayoliy-fantastik obraz, konflikt, sentimental qissa.

Badiiy asarda obrazlar talqin va tahlil qilinar ekan, qahramon ruhiyati, ichki kechinmalari, o'quvchining ichki olamiga ta'siri qay darajada ekanligi tadqiqotchi uchun muhimdir. Abduqayum Yo'ldoshev qissalardagi obrazlar inson hissiyotlarni tozalaydi, bugungi qissachilikda uchraydigan va uchramaydigan xususiyatlari bilan o'rganilshga sabab bo'ladi. Ushbu maqolada ijodkorning turli yillarda yozilgan "Yurakdagi iz", " Sunbulaning ilk shanbasi" "Yulduzlik"ning shafqatsiz tovoni", qissalaridagi obrazlar tahlil qilinishi bilan bir qatorda adabiyotshunoslikdagi obraz atamasi va o'zbek nasri sentimentalizm yo'nalishidagi asar va asardagi qahramonlar haqida tadqiqot olib borilgan.

Ijodkor bir asar yaratar ekan, asar hayotiy voqealar badiiy to'qimalar bilan boyitilishi yoki faqatgina xayol va tafakkur mahsuli bo'lishi ham mumkin. Tasavvur dunyosini ishga sologan holda obrzani zamon va makonga mos qilib o'quvchining e'tiborini tortuvchi unsurlar orqali yaratilishi asarning o'qishliligini oshiradi. Ijodkor uchun ilhom manbayi istalgan narsa , voqa-hodisa, inson, narsa, tush, hatto boshqa bir ijodkorning asari bo'lishi ham mumkin. Har ijodkor obraz yaratishda o'z individualligini ko'rsatishga tirishadi. Badiiy asarni tashkil etuvchi eng asosiy unsur obrazdir. Adabiyotshunoslikda bu atamaga "badiiy obraz" deb yuritiladi. Hotam Umarovning "Adabiyotshunoslik nazariyasi" kitobida obraz haqida quyidagi so'zlarni keltiradi: "Aslida "obraz" slavyan tillariga xos so'z bo'lib, u voqea-hodisalarning xayolda namoyon bo'ladigan manzarasini bildiradi. Slavyanlar "obraz" deganda, avvalo, odamzodni azob-uqubatlardan saqlab qolish uchun Alloh tomonidan yuborilgan Iusus Xristos (Iso payg'ambar)ning rassomlar, haykaltaroshlar tasvirlagan qiyofasini tushunishgan". Asarda obrazlarni kasb etuvchi tushuncha inson, hayvon, o'simlikyoki ma'lum bir narsa bo'la oladi. Shunday bo'lsa-da dunyo adabiyotiga, umuman badiiy asarlarga qaraydigan bo'lsak obraz tushunchasi deyilganda avvalo insonlarga nisbat beriladi.

Bugungi o'zbek nasrining katta ijodkorlaridan biri Abduqayum Yo'ldoshev asarlaridagi obrazlar takrorlanmasligi, zamon insonlari xarakterlari umumlashtirilishi bilan bir qatorda obrazlardagi alohidalik kitobxon e'tiborini tortadi. Yozuvchi yaratgan badiiy to'qimalar o'quvchini hech qanday mubolag'asiz ishontira oladi. Bunday asarlar esa adabiyot uchun juda zarurdir. Abduqayum Yo'ldoshevning asarlari faqatgina mayshiy hayot, turmush muommolari

Volume 1, Issue 17, December 2024

Page 70

(qayinona kelin mojorolari, er-xotin janjallari, boy-kambag'al munosabatlari va.h.k) kabi qalashtirib tashlangan biroz qiziqday tuyulib voqea ketma-ketligidan boshqa deyarli hech narsa ko'rsatilmagan, o'ylashga, fikr yuritishga ham undamaydigan bir martalik asarlar emas. Ijodkor asarlarida, yurakning nozik qirralari, sevgining chegarasiz sarhadlari, turmush tashvishlariga o'ralashib qolishning azoblari-yu dunyoning yaralishidan bugungacha bo'lgan oq-qora, yaxshi-yomon ichidagi hayotni jonlantirishi, kezi kelganda o'yga toldirishi, ba'zan kuldirib, yig'latishi bilan bugungi kun nasrida o'z ismini o'chmas qilib yozishga ulgurdi.

Ijodkorning "Yurakdagi iz" qissasidagi Erjigit va "Diloromning tushlari" hikoyasidagi Dilorom obrazlari xayoliy-fantastik obrazlardir. Odatda xayoliy-fantastik obrazlar, mo'jizaviy xususiyatga ega, noyob qobilyatli hisoblanadi. Ikki asarda ham shunday obrazlar qatnashgan. "Diloramning tushlari" hikoyasidagi Diloromning tushlari doim o'ngidan kelishi bilan ajralib turadi. Ijodkor obrazning bu g'ayrioddiy qobilyati orqali xiyonatning ayanchli oqibatlarini ko'rsatib bergan.

"Yurakdagi iz"! Bu nomning o'ziyoq, o'qirman e'tiborini tortib, asarni o'qishga undaydi, qolaversa "Men o'lishim kerak, boshqa yo'l qolmadi..." so'zlari bilan boshlanishi har qanday o'quvchini sergak tortishga majbur qiladi. Asardagi Erjigit obrazining insonlar dardini bir qarashdayoq bilib, unga tashxis qo'yish qobilyati bordir. U hatto insonlarning rasmiga qarab ham ularning dardini bila oladi. Erjigitga bu qobilyat Yo'ldosh bobosidan "meros" bo'lib qoladi. Aslida bu kabi xayoliy-fontastik obrazni har qanday ijodkor ham yoza oladi. Asl maqsad esa bu qahramon orqali asar voqealar rivoji nimaga olib borishidadir. Erjigit inson naqadar go'zal, takrorlanmas hilqat bo'lishiga qaramasdan ojiz ekanligi, birovning diliga ozor berish oqibatida o'zini kechira olmaslik hissini yaratgan ajoyib qahramondir. Inson odatda kechirimli, ammo kechiriladigan ham kechiradigan ham uning o'zi bo'lganda masala yana-da qiyinlashadi. Faqatgina qiyinlashib qolmay xotiralar ummoniga cho'ktiradi va nafasdan qisiladi. Bunday azob esa o'lim bilan barobardir. Asar qahramoni inson hayotidagi shunday chigal, qarama-qarshi tuyg'ularni, uni o'qiyotganlarga o'zini o'zi taftish qilish, fikrlash imkonini beradi.

Adabiyotshunoslikda kanflikt, ya'ni qarama qarshi fikr, tomonlarning to'qnashuvi 3 turga bo'lindi: 1. Psixologik konflikt. 2. Ijtimoiy konflikt. 3. Shaxsiy (intim) kanflikt. "Yurakdagi iz" da uch konfliktga ham duch kelamiz. Erjigitning asar davomida o'zi bilan o'zi kurashishi, asar so'ngidagi qilgan xatosi orqali yo'l topa olmay qolishi psixologik konfliktga o'rnak bo'la oladi. Erjigit va shu singari qobilyatli insonlar hamda jamiyatdagi o'z o'rni bor (shifokorlar) kishilar o'rtasidagi ko'zga ko'rinmas kurash ijtimoiy konfliktdir. Akbarqul bilan Tohir, Zuhra Orasidagi shaxsiy adovatlar esa shaxsiy (intim) konfliktga misol bo'la oladi. Shunday bo'lishiga qaramasdan asarda psixologik konflikt yetakchilik qiladi. Psixologik konflikt badiiy asarning sifat ko'rsatkichi sanalib, yorqin iz qoldirishi haqidagi mulohazalar Hotam Umarovning "Adabiyotshunoslik nazariyasi" kitobida ta'kidlab o'tilgan. Haqiqatan asarda Erjigitning shaxsiy kechinmalari, ba'zi savollarga javob topa olmasligi o'quvchi xotirasidan chiqmaydi.

Erkin Vohidovning "Yurak va aql" she'rida ko'proq yurakka quloq tutgani, o'zining hissiyot odamiligini aytadi. Adabiyotshunoslikda sentimentalizm atamasi mavjud. Bu atamaning tub mohiyati inson tabiatining javohiri ong emas his ekanligidir. Bu qarashlardan foydalanib yuqoridagi she'rni sentimental she'r deya olamiz. Jahon adabiyotida sentiment yo'nalishda qalam tebratgan ijodkorlar ko'plab uchraydi. Gyote, Tolstoy, Dostayevskiy kabi buyuk ijodkorlarni shular qatoriga kirgizish mumkin.

Zamonaviy o'zbek qissachiligida ham sentimental yo'nalishdagi asarlar bor. Bunday asarlarning yaxshi namunasi sifatida Abduqayum Yo'ldoshevning "Sunbulaning ilk shanbasi" qissasini keltirish mumkin. Qissada ikki sevishgan garchi birga bo'lmasa ham bir-birining

^fc. Page 71

Volume 1, Issue 17, December 2024 » 6

borligini, bu hayotda yashayotganligini bilishiyoq ular uchun yetarli sabab qilib ko'rsatilgan. Asardagi qahramonlar shu qadar hissiyot odamlariki, birga baxtli yashashni o'ylamaydi ham. Ular yilda bir bor bir-birlarini ko'rishsa, tirikligini bilishsa bir yillik umid va orzular bilan yashashadi. Qissa voqealari o'qirman xayolida sevgining kuchini naqadar qudratli ekanligini ko'rsatsa, muhabbatning ko'zga ko'rinmas sirlari, g'amgin sevgining oppoq, faqatgina oppoq bo'yoqlar bilan ishlangan go'zal tasviri qalblarda toshga do'ngan hislarni eritish xususiyatiga ega. Yuraklar qandaydir texnika mashinasi kabi hissizlashib borayotgan bugungi kunda asardagi ikki qalbning sevgi qissasi zamon insonlrida "sevgi" so'zining biz oddiy his o'laroq tushungan mayda narsa emas, aksincha, yangi tushuncha sifatida qarashga o'rgatadi.

Uch katta obraz orqali bir nafasda o'qiladigan va hissiyotning ich-ichiga qamab hayratlarga solib qo'yadigan bu asar hikoyachi qahramon - Abduqayum aka tilidan yozilgan. Abduqayum akaning ishdagi hamxonasi va Turkistonlik juvon(asarda shunday deyiladi) biz bot-bot takrorlayotgan ikki sevishgandir. Bu ikki qahramonni hech shubhasiz sentimental qahramonlar deya olamiz. Chunki bu ikki obraz qalbida yashayotgan tuyg'ular bugungi "raqamlashgan" ko'ngillar uchun noyob hodisadir. Chunki bu ikki obrazda ham hayotning har qanday to'siqlariga qaramay qalblarning amrini bajarishi kuzatiladi. Sentemintalizmni adabiyotshunoslikda yig'loqi asarlar bilan belgilaydi. "Sunbulaning ilk shanbasi" ko'zlardan ko'ra ko'proq tuyg'ularni yig'latadigan va dillarni uyg'otadigan asardir.

Butun boshli asarda ijodkor eng katta yukni haftaning bir kuniga, shanbaga yuklagan. Shanba bo'lganda ham har qaysi shanba emas, bir yilda faqatgina bir marta kelivchi sunbulaning ilk shanbasidir. Asardagi shanba obraz darajasiga ko'tarilgan tushunchadir. Ijodkorning alohoidaligi ham aslida shu: u asarlarida ma'lum tushuncha va narsalarni obraz darajasiga ko'tara oladi. Ular asarning borishini, voqealarning qay yo'sinda davom etishini belgilab bermasligi mumkin, asarning davomi tahmin orqali topilsa qizig'i ham qolmaydi. Bu tushunchalar asarning o'zini belgilaydi. Asarga ruh, jon beradi. O'quvchi ham shanbaga boshqacha mehr bilan qaraydi, intiqlik bilan kutadi. Bu sabablar ham asardagi shanbani hech ikkilanmay obraz deyishimizga imkon yaratadi. Asardan kelib chiqqan holda sentimental obraz desak ham bo'rttirmagan bo'lamiz.

Abduqayum Yo'ldoshevning ""Yulduzlik"ning shafqatsiz tovoni" (ba'zi jurnal va internet saytlarida "Yulduzning yo'li" nomi bilan bosilgan) qissasidagi obrazlar san'at sohasiga bir dunyo orzular bilan kirayotgan yoshlarni, umuman talabalar hayotni to'la-to'kis umumlashtirib ko'rsatganligi, yoshlarning hayotini mohirona tasvirlagani bilan ijodida alohida o'rin tutadi. Asardagi ikki bosh obraz Sadriddin va Nafisadir. Ikkisi ham talaba.

Qissadagi Sadriddin Mehriddinov san'atga ilk qadamini tashlayotgan, yulduz bo'lish istagi ko'ziga parda tortgan, bu yo'lda o'zini va Nafisani qurbon qilgan obrazdir. Sadriddin barcha qo'shiqchi bo'laman degan san'at sohasidagi talaba yoshlarning umumiy obrazi. Chunki har qaysi talabada Sadriddindan asar davomida o'tgan o'ylar, orzular bo'lishi tabiiy. Muallif tilidan yozilgan qissani o'qir ekanmiz, Sadriddinni ijobiy obrazmi salbiy obrazmi to'liq ajratishimiz qiyin. Uni asarda aralash obraz deb qarash mumkin. Asardagi Nafisa jamlash yo'li bilan yaratilgan qishloqdan qancha orzu-umidlar bilan poytaxtga o'qishga kelgan talaba obrazi. U asarda ko'proq ichidagini bemalol gapira olmasligi, faqatgina ergashuvchanligi-yu ishonuvchanligi bilan o'qirman e'tiborini tortadi. U bugungi zamonning qurbonlaridan, ya'ni ma'naviy qurbonlaridan biridir. Sadriddinning yulduzlik yo'lidagi o'z umrini almashgan, tovon evaziga bergan qahramondir. Asar shunday talabalar hayotida uchraydigan voqealarni o'ta ta'sirchan va nozik ta'riflagani bilan alohida ajralib turadi.

Umuman olganda o'zbek qissachiligida Abduqayum Yo'ldoshev yaratgan asarlar mavzu ko'lamdorligi va obrazlarning ichki kechinmalar hamda tashqi hayot bilan aloqadorligi go'zal chizgilar bilan yoritilgan. Qissalaridagi obrazlar o'quvchini hayajon, nafrat, achinish

Volume 1, Issue 17, December 2024

Page 72

tuyg'ularini birgalikda his qilishga undaydi. Abduqayum Yo'ldoshev asarlari o'zbek qissachiligida yashab qola oladigan asarlardir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ulug'ov A. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent. Universitet. 2000

2. Hotam Umarov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent. Abdulla qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2004. www.ziyouz.com

3. Karimov B. Ruhiyat alifbosi. Toshkent: G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2018

4. Quronov D. Adabiyotshunoslik lug'ati. Toshkent. Akademnashr. 2013

4. Hotamov. N, Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlari ruscha-o'zbekcha izohli lug'at. Toshkent. O'qituvchi. 1979. www.ziyouz.com

5. Yo'ldoshev Q. Yo'ldosheva M. Ruhiyatning betakror jilolari kh-davron.uz

6. Yo'ldoshev A. Sunbulaning ilk shanbasi. Toshkent. Yozuvchi. 1998. www.ziyouz.com

7. Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE METHODS INTRODUCING THE CLT (COMMUNICATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.

8. Musayeva, S. I., & Mengliyeva, S. S. (2022). Kursantlarning madaniyatlararo rivojlantirish.

9. Yo'ldoshev A. Alvido go'zallik. Toshkent. O'zbekiston. 2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.