Научная статья на тему 'ABDULLA QODIRIYNING BADIIY TASVIR MAHORATI'

ABDULLA QODIRIYNING BADIIY TASVIR MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1008
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mehrobdan chayon / O’tkan kunlar / Qodiriy / o’zbek adabiyoti / tasviriy mahorat

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. A. O’Roqov

Maqolada o’zbek adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri, o’zbek romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriyning asarlari, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, milliy mintalitetimizning adib asarlarida namoyon bo’lishlari aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABDULLA QODIRIYNING BADIIY TASVIR MAHORATI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH

ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ABDULLA QODIRIYNING BADIIY TASVIR MAHORATI

Sh. A. O'roqov

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada o'zbek adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri, o'zbek romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriyning asarlari, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, milliy mintalitetimizning adib asarlarida namoyon bo'lishlari aks etgan.

Kalit so'zlar: Mehrobdan chayon, O'tkan kunlar, Qodiriy, o'zbek adabiyoti, tasviriy mahorat

Kitob - oftob. Zaminni, ona tabiatni oftob isitadi odam qalbini kitob ilitadi, nafaqat ilitadi balki yoritadi, nurlantiradi.

Abdulla Qodiriyning ijod merosi ham xalqimizning ma'naviy ravnaqi uchun. Xalqimiz orasida adibning "O'tkan kunlar", "Mehrobdan chayon" kabi o'lmas asarlari kirib bormagan biror xonadon yoki biror kitobxon ko'ngli topilmasa kerak. Yoshlarning dunyo qarshini shakllantirishda, ularning ma'naviyatini yuksaltirishda bu asarlarning o'rni beqiyosdir.

Buyuk adibimiz va uning asarlari haqida nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqiyosida juda ko'p gapirilgan, fikr - mulohazalar bayon etilgan.

Abdulla Qodiriyning asarlarini o'qir ekansiz, asar qahramonlari va undagi voqealarni bayon etishdagi adibning tasviriy mahoratiga qoyil qolasiz. U asarlarida o'zining davridagi voqeliklarni shunchalik mohorat bilan aks ettirgan-ki, asarlarini o'qigan odam o'sha davrdagi vaziyat haqida tushunchaga ega bo'ladi. Adib asarlaridagi badiiy tasvirlarga ahamiyat bersangiz qahramonlar tasviri ham sizni befarq qoldirmaydi. Yozuvchi asar yozayotganda voqeliklardagi mayda detallarni ham ko'zdan qochirmagan holda,shunday yozadi: "Men bir asar yozishdan avval, shu yozmoqchi bo'lgan narsam haqidagi materiallarni puxta o'rganib chiqaman" Men o'z asarlarimda biror joy to'g'risida yozmoqchi bo'lsam, o'sha joyni avval ko'rgan bo'samda, yana borib tekshirib yaxshiroq o'rganib kelaman. Materiallarni o'rganish mahalida eng mayda narsalarga (detallarga) ham ahamiyat beraman. Umuman, mayda detallar o'quvchida yozuvchisiga ishonch uyg'otadi.

Yozuvchi bo'laman degan har bir kishi o'zida mana shunday, turmushning mayda-chuydalarigacha kuzata oladigan qobilyatni oshirish kerak. Ya'ni Abdulla Qodiriyni asarlarini sinchiklab o'rganib chiqish ham bo'lajak yozuvchini toblay oladi deyishimiz mumkin.

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH

ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Abdulla Qodiriyning bu sinchikovligiga, bu qobilyatiga har bir asar qahramoning badiiy tasviri shu qadar ustalik va mahorat bilan yozilganligiga, uni go'yo usta rassom ko'z o'ngingizda moy bo'yoqlarda ishlagan surati namoyon bo'lgandek his etganingizda yana bir bor amin bo'lasiz.

Adibning "O'tkan kunlar" asarini o'qir ekansiz asardagi har bir qahramon tasviridagi o'ziga xoslik, turfa voqealarning bir-biri bilan uyg'unligi sizni o'ziga tortadi.

Yozuvchi "O'tkan kunlar" asarida Otabekni tasvirlar ekan uning qiyofasi kitobxon ko'z o'ngida namoyon bo'ladi. Og'ir tabiatlik, ulug' gavadalik, ko'rkam va oq yuzlik, kelishkan, qora ko'zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabza urgan bir yigit. Bu tasvirning o'zidayoq kitobxon Otabekning siyrati va surati naqadar ko'rkamligiga ishonadi.

Abdulla Qodiriy tomonidan tasvirlangan bir malak Kumushbibi tasviri esa kitobxonni tamomam lol qilib , o'z ortidan ergashtiradi.

"... uyg'oq yotgan bizni ko'ramiz . Uning qora zulfi , par yostiqning turlik tomoniga tartibsiz suratda to'zg'ib , quyuq jingilla kiprik ostidagi ko'zlari bir nuqtaga tikilgan - da , nimadir bir narsani ko'rgan kabi ... qop-qora kamon , o'tib ketgan nafis, qiyiq qoshlari chimirlaganda, nimadandir bir narsadan cho'chigan kabi .... to'lgan oydek g'uborsiz oq yuzi biroz qizilligg'a aylangan-da, kimdandir uyalg'an kabi ... shu vaqt ko'rpani qayirib ushlagan oq nozik qo'llari bilan latib burnining o'ng tomonida , tabiatning nihoyatda usta qo'li bilan qo'ndirilgan qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o'lturdi ...".

Bu tasvirlarni o'qigan har bir kitobxon ko'z o'ngida Kumushbibi siymosi, uning go'zalligi oldida bir oz hayajonga tushadi va satrlar ustida qayta-qayta ko'z yugurtiradi . Kitobxon asarni o'qir ekan, yozuvchining tasvir mahoratiga tan beradi. Chunki asarda voqealar rivoji yuksak mantiqiy izchillik bilan ko'rsatilganligiga qaramay, har bir obraz o'z tabiat mantig'iga mos harakatlarnigina qiladigan obrazlarning har biri o'z darajasiga mos keladigan til bilan ta'minlanganligiga, timsollar faoliyatida sun'iylikl zo'ravonlik sezilmasligi o'quvchini befarq qoldirmaydi .

Adibning buyukligi, daho sa'natkorligi shundaki, na asar voqeasi rivojida , na obrazlar xatti harakatlari tasvirida, na muallif bayonida yasamalik , taxminga yo'l qo'ymaydi. Yozuvchining qalamidan to'kilgan tasvir hayotning o'zidagidan ham mukammalroq, tabiiyroq, asosliroqdir.

Asar shu darajada sevimli va xalq qalbidan joy olishiga sabab asarning ommabop bo'lishiga yozuvchining o'z gaplari ham misol bo'laoladi. Bu haqida Abdulla Qodiriyning o'zi shunady deydi: "O'tkan kunlarni yozar ekanmiz doimo ko'z o'ngimda o'quvchi ommamiz turar edi"

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223P

Men bu asarni qayta-qayta o'qishni butun tengdoshlarimga , yoshlarga tavsiya etaman.

"O'tkan kunlaf'- o'qishli kitob,

"O'tkan kunlaf'-ajib ehtiros, "O'tkan kunlaf'-bitmas iztirob, "O'tkan kunlaf'-nurli bir oftob.

REFERENCES 1. Abdulla Qodiriy. "O'tkan kunlar" romani

25

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.