Научная статья на тему 'ABDULLA AVLONIYNING O’ZBEK TAMADDUNIDAGI O’RNI XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR'

ABDULLA AVLONIYNING O’ZBEK TAMADDUNIDAGI O’RNI XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
806
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadidchilik / «Birinchi muallim» / «Ikkinchi muallim» / «Turkiy Guliston yoxud axloq» / «Maktab gulistoni» / «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» / aruz / barmoq. / борьба / «Первый учитель» / «Второй учитель» / «Школа Гулистан» / «Литература или народные поэмы» / аруз / палец.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Madiyeva, Oyisha Sanoyevna

Ushbu maqolada Abdulla Avloniy hayoti, jadidchilik harakatidagi samarali yutuqlari, asarlari hamda “Olam ichra ko’rmadim” she’rining qisqacha tahlili yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

НЕКОТОРЫЕ РАЗМЫШЛЕНИЯ О МЕСТО АБДУЛЛЫ АВЛОНИ В УЗБЕКСКОЙ КУЛЬТУРЕ

В данной статье освещается жизнь Абдуллы Авлони, его достижения в революционном движении, его творчество, дается краткий анализ поэмы «Олам ичра кормадим».

Текст научной работы на тему «ABDULLA AVLONIYNING O’ZBEK TAMADDUNIDAGI O’RNI XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ABDULLA AVLONIYNING O'ZBEK TAMADDUNIDAGI O'RNI XUSUSIDA

BA'ZI MULOHAZALAR

Ushbu maqolada Abdulla Avloniy hayoti, jadidchilik harakatidagi samarali yutuqlari, asarlari hamda "Olam ichra ko'rmadim" she'rining qisqacha tahlili yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: jadidchilik, «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy Guliston yoxud axloq», «Makttab gulistoni» , «Adabiyot yoxud milliy she'rlar», aruz, barmoq.

В данной статье освещается жизнь Абдуллы Авлони, его достижения в революционном движении, его творчество, дается краткий анализ поэмы «Олам ичра кормадим».

Ключевые слова: борьба, «Первый учитель», «Второй учитель», «Школа Гулистан», «Литература или народные поэмы», аруз, палец.

Ijodkorning adabiyot sohasiga kirib kelishi har xil kechadi. Lekin ayrim iste'dod sohiblariga nisbatan "kirib kelish" degan ibora unchalik to'g'ri emasday tuyuladi. Chunki ular kutilmaganda yarq etib paydo bo'ladilar-u kechagina junjikib turgan yuraklarga hamal quyoshiday yoqimli iliqlik baxsh etadilar. Inson qalbini amalga kirgan daraxtlarday uyg'otadilar, ko'ngil novdalariga ezgulik mujdalarini ila boshlaydilar. Shunday sevimli ijodkorlardan biri, mashhur o'zbek ma'rifatparvari, milliy Uyg'onish davri o'zbek adabiyotining taniqli vakili, shoir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentda Mergancha mahallasida hunarmand -to'quvchi oilasida dunyoga kelgan. Shoirning otasi —Miravlon aka , onasi — Fotima opa farzandining shunday yetuk shaxs bo'lib yetishishlariga katta hissa qo'shganlar.

Madiyeva Oyisha Sanoyevna

Buxoro viloyati Shofirkon tumani 5-maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Har g 'amningpoyoni border, har alamning oxiri, Har zmistonning bahori, har xazonning oxiri.

(Abdulla Avloniy )

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Abdulla Avloniy 7 yoshida O'qchi mahallasidagi eski maktabga borib, Akromxon domlodan savod chiqaradi, uni 90-yilda tugatgach, shu mahalladagi madrasada tahsil olgan. Ilmga bo'lgan mehri tufayli keyinchalik u Shayxontohurdagi Abdumalikboy madrasasida Mulla Umar Oxunda tahsil oladi. Ammo tirikchilikning og'irlashuvi o'qishga imkon bermaydi : "1891-yildan boshlab, faqat qish kunlarida o'qub, boshqa fasllarda mardikor ishladim"1,— deb yozadi. Ko'p o'tmay bu ham barham topadi. U butunlay ishga sho'ng'ib ketdi, g'isht quyish, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik, binokorlik kabi kasblar bilan shug'ullandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Abdulla Avloniyda she'riyatga oshuftalik bolalik chog'laridanoq shakllangan bo'lsa-da, ilk she'riy mashqlarini 15-16 yoshlarida yoza boshlaydi. Uning ilk she'ri 1894-yilda bitilgan , 1905-yildan boshlab u o'z she'rlari bilan matbuotda qatnasha boshlagan. Yosh Abdulla Navoiy she'riyatiga, Fuzuliy g'azallariga mehr qo'ygan. So'ngra zo'r ishtiyoq bilan fors tilini o'rganadi. Sa'diy va Hofizning sehrli olamidan zavq-shavq oldi. Nihoyat, bular o'z samarasini berib , shoirning o'zi kamtarona qayd qilganidek, "she'r yozishga tutindi".Afsuski, shoirning yoshlikdagi she'rlari bizgacha saqlanmagan. 1905-yildan boshlab yaratilgan asarlarigina bizga yetib kelgan.

1904-yilda Avloniy Mirobodda usuli jadid maktabini ochadi. Toshkent Davlat universitetida(hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti) uzoq yillar dars bergan taniqli pedagog , marhum Yusuf Tohiriy mazkur maktab haqidagi xotiralarida shunday yozgan edi:

" Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temiryo'l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktabning fazilatlari haqida shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug'i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida :"Miroboddagi maktab 6 oyda o'qish-yozishni o'rgatarmish, jug'rofiya, hisob, tabiatni o'rganish degan darslar o'qitilarmish",— degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko'rishga hammamiz oshiqardik. Nihoyat, bir kuni uch-to'rttamiz borishga jazm qildik.

Maktab pastakkina, nim qorong'i bo'lib, masjid yo'lagida joylashgan edi. Xonaning tepasidagi yorug'lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg'ir ham tushib turardi. Lekin xonada o'quvchilar va o'qimoq uchun kelganlar soni ko'p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan istarasi issiq, cho'qqisoqol bir kishi kutib oldi.Bu nomi tilga tushgan Avloniy edi.O'qishga qabul qilindik.Ko'p

1 A.Avloniy Toshkent tongi . T.. 1979. 373-bet

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'tmay ko'z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to'la ishonch hosil qildik. Ular o'qish -yozishda hisob masalalarini hal etishda , tabiat hodisalaridan xabardor bo'lishlari, juda ko'p she'r va hikoyalarni yod bilishlari bilan hammamizni lol qoldirdi. Ayni zamonda bizning eski maktabimiz bo'shab , Miroboddagi Abdulla Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to'ldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi"2

Shuning uchun ham adibning 1909— 1917-yilIar davomida maxsus maktab bolalari uchun yozilgan o'ndan ortiq kitobi maydonga keldi. Uning "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim", "Turkiy Guliston yoxud axloq", "Maktab gulistoni" singari darsliklari, "Adabiyot yoxud milliy she'rlar" to'plami inqilobga qadar bir necha bor qayta bosilib chiqdi va Turkistonning juda ko'p yangi usul maktablari uchun qo'llanma bo'lib xizmat qildi. "Muallim afandilar va adabiyot muhiblari banim bu asari nochiz onalarimni iltifotsiz qoldurmadilar. Turkistonning eng mashhur muallimlari dars jadvalina kiritub, maydoni ta'lima qo'ydilar33", — deb yozgan edi Avloniy mamnuniyat bilan.

She'riyat bir bahri mavj bo'lsa, Abdulla Avloniy uning mohir g'avvozidir. "1894-yildan boshlab she'r yozishga tutungan" bo'lsa-da, u she'rlar bizgacha yetib kelmagan . Uning Oktabr inqilobigacha bo'lgan poetik merosi, asosan , "Adabiyot" nomli 6 qismdan iborat she'riy to'plamlarida jamlangan.

Ma'lumki, ming yillik mumtoz she'riyatimiz barmoq va aruz vaznlarida yozilgan. Aruz vazni XX boshidagi she'riyatda asosiy vazn edi. Lekin Navoiygacha bo'lgan va undan keyin yaratilgan xalq og'zaki ijodi — barmoq vaznida. Mumtoz adabiyotimizda barmoqda yozilgan she'r deyarli uchramaydi. Lekin aruz o'sha davrning g'alvakor ovozini bor ro'y-rosti bilan olamga yoyish kuchiga yetarli emas edi. Shuning uchun ham Avloniy muhim ijtimoiy masalalardan bahs ochuvchi ko'pgina she'rlarini barmoqda yozdi. "Barmoq"ni xalq og'zaki ijodidan yozma adabiyotga olib o'tdi.

Klassik adabiyotimizda ming yillardan beri ishlanib kelgan gul, bulbul, yor,

2 Y . Tohiriy. Dono murabbiy, "Toshkent oqshomi " g . 1966 —yil 10-noyabr

3 Bir- ikki so'z, 4- juz, 1- tab', Orifjonov litogr., T.,1916, 2- bet.

Yo'lga soldi til ila yo'ldoshin, Maktabga moyil ayladi boshin. Soldi o'rtog'ining so'zina quloq, Bosdi ul ham o'quv yo'lina oyog'. Ikkisi birga bo'ldilar mullo, Chiqdi xat-u savod ham imlo.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ag'yor, may, charx (dunyo) kabi obrazlar bu davr adabiyotida, jumladan, Avloniy ijodida boshqacha ohang, boshqacha mazmun kasb etdi:

Bahor o'lsa, shabi hijron hamisha zor o'lur bulbul, Gulining ishqida faryodi xushguftor o'lur bulbul.

("Hijroni bulbul")

Bu yerdagi bulbul oshuqaning "ishqida faryod" urib, muhabbat mulkida sulton bo'lgan oshiq emas.Bu she'r "asrlarni yig'latgan sevgi4" haqida ham emas. Mustamlaka zulmining "achchiq" qamchisi "yegan", xalq dardida yashagan bulbullar-u o'sha davrda jahannam maydoni bo'lgan Turkiston haqidadir.

AbdullaAvloniyning "Olam ichra ko'rmadim..." deb nomlangan she'rida bu foniy olamning azob-uqubatlari, adolatsizliklaridan larzaga tushayotgan lirik qahramon iztiroblari ifodalanadi.

Olam ichra ko'rmadim kizb-u xiyonatdan bo 'lak, Mehr-u shafqat o'rnig'a shaxsiy adovatdan bo'lak. Hamshikamlar, hamnafaslardan farog'atko'rmadim, Oh, ko'nglum pora-pora, dil jarohatdan bo'lak. Oshino yor-u birodardan muqarrar chektim al, Hech bir shay ko'rmadimg'iybat, haqoratdan bo'lak. Demak istarman xuruji Mahdii Iso qarib, Uchramas bir shay ko'za ayshu sharoratdan bo'lak. Shayxlar sayyod o 'lub, saydi murid o'ldi, darig', Zuhd-u taqvoni na qilsunlar sayohatdan bo'lak.

Ushbu ijod namunasi g'azal janri singari qofiyalanish ko'rinishiga ega(a-a,b-a, d-a...). Dastlabki bandida tazod san'atidan mohirona foydalanilgan (mehr-u shafqat — adovat, kizb-u xiyonat). Bu olamda lirik qahramon yolg'on(kizb)-u xiyonatdan, mehr-u shafqat o'rnida shaxsiy adovatdan bo'lak hech narsa ko'rmaganligi aytilgan. Keyingi baytda tanosub (ko'ngul, dil), ta'did (hamshikamlar, hamnafaslar), tazod (farog'at, jarohat) san'atlarini ko'rishimiz mumkin. Asar tazod san'ati asosida qurilgan desak, mubolag'a bo'lmaydi. G'oyaviy davomiylik ikkinchi baytda davom etadi: hamnafaslaridan farog'at ko'rmaydi, ko'ngli pora-pora-yu, dili jarohatdan o'zgasini topmaydi. Uchinchi baytda shoir ta'did (oshino, yor, birodar) va tanosub (al,g'iybat,haqorat) san'atidan foydalangan: yor-oshinosidan doimo xavf (al) chekkani,g'iybat, haqoratdan bo'lak hech bir narsa (shay) ko'rmaganligi aytilgan.

4 Usmon Nosir.Tanlangan asarlar 1-jild "Monolog" she'ri

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

To'rtinchi bayt talmeh(Mahdii Iso) san'ati asosida qurilgan.Lirik qahramonni Alloh yo'liga boshlovchi Isoni istashi xuruj qiladi,ammo ishrat(aysh)-u yaramaslik (sharorat)dan boshqa hech narsa(shay) uchramadi.Beshinchi baytda shayxlar bamisoli ovchi(sayyod) bo'lib, ovlari o'z ergashuvchilari(muridi) ekanligi afsus(darig') bilan aytiladi.Ular toat-ibodat(zuhd)-u taqvoni qo'yib, faqat sayohat qilishlari qoralangan.

Xulosa qilib aytganda, ma'rifatparvar shoirning ijodini tahlil qilish jarayonida, dastavval, mustamlaka davr pafosi, jonkuyar millat farzandlarining ichki kechinmalari, ilm-u ma'rifat sohibqadamlarining ruhiyati juda ta'sirli ravishda ochib berilganligini ko'rishimiz mumkin. Asarlarining tili juda sodda va o'ynoqi. Bu soddalik o'qilishda yengillik yaratishi bilan bir qatorda yodda ham tez qoladi.

Abdulla Avloniy - o'zbek farzandi. Xalqi dardiga hamdard bo'libgina qolmay, xalqiga baxt va ozodlik yo'lini izlagan, muqaddas g'oyalar uchun kurashishga da'vat etgan millat o'g'loni. Chin ma'noda o'zbek tamadduniga tamal toshini qo'ygan jadid.

REFERENCES

1. Avloniy A.Toshkent tongi . T.. 1979. 373-bet

2. Tohiriy Y . Dono murabbiy, "Toshkent oqshomi " g . 1966 -yil 10-noyabr

3. Bir- iki so'z, 4- juz, 1- tab', Orifjonov litogr., T.,1916, 2- bet.

4. Usmon Nosir.Tanlangan asarlar 1-jild "Monolog" she'ri

5. https:// uz.m.wikipedia.org

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.