O'ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISHTIRISH MUAMMOLARINI YECHISHNING REAL
OMILI
Professor A. Mutalov Alfraganus University, prof. D. Mutalova
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik biznes tushunchasi, uning afzalliklari, davlat byudjetini shakilantirishdagi roli, uning yangi Soliq Konsepsiyasi joriy qilingandan keyin kichik biznes rivojlanish o'rniga orqaga ketib qoldi va byudjet daromadlaridagi ulushi 2018 yildagi 56,2 dan 2020 yilda 52,6 foizgacha pasayib ketdi. Soliqlar iqtisodiyot rivojlanishini cheklashi emas, balki rag'batlantirishi lozimligini etiborga olib, shu muammoni yechishdagi cheklashlarni olib tashlash lozimligi asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: kichik biznes, kriteriy, soliq, soliqqa tortish,to'sqinlik qilish, byudjet daromadlari, takomillashtirish
Annotation. In this article the concept of small business, its advantages, role in the formation of the state budget, after implementation of new tax concept, the small business developing went down instead of increasing and its share budjet revenues decreased from 56,2 % in 2018 till 52,6 % in 2020. It is necessary to remove restictions on the solution of this problem, taking into account the taxes should not limit the development of the economy but it should stimulate the process.
Keywords: small business, criterion, tax, taxation, to avoid, budget revenues, improvement
KIRISH.
O'zbek xalqi o'zining asriy orzusi - mustaqillikka erishgach barcha soxalarda mustaqil siyosat va shu jumladan soliq siyosatini yuritish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Sobiq SSSR tarkibida bo'lgan paytda O'zbekistonda Ittifoq soliq siyosati asosida ish yuritilar edi va shu yerda 2 hil soliq, ya'ni jismoniy shaxslar daromadiga soliq va yuridik shaxslar oborot solig'i to'lanar edi va aloxida aytilish muxim bo'lgan narsa - oborot solig'ining deyarli teng yarmi Ittifoq byudjetiga yuborilar edi, xozir esa to'laligicha O'zbekistonda qoladi.
Afsuski, oxirgi paytlarda gurkirab rivojlanayotgan O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanish sur'atlari "Fors Major" xolatlar, ya'ni "Kovid" pandemiyasining va O'zbekistonning asosiy iqtisodiy xamkori bo'lgan Rossiyaga qarsi sanktsiyalar salbiy ta'siri natijasida keskin pasayib ketdi.
Yuqoridagi sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyotini tezkor sur'atlarda tiklash hamda yanada yuksaltirish yo'llarini izlash lozimligi muammosi paydo bo'ldi va mamlkatiiz raxbariyati yagona to'g'ri yo'lni, ya'ni xo'jalik yuritishning eng samarali shakli - kichik biznesni tanlab oldi, chunki kichik biznes quyidagi afzalliklarga egadir:
- bozor talablariga tez va aniq moslasha oladi. Buning uchun ular shu paytda bozorda talab katta bo'lgan maxsulot ishlab chiqarishga tez va kam xarajatlar bilan o'taoladilar;
- bozorni katta biznes chiqarmaydigan turli - tuman "mayda-chuyda" ro'zg'or uchun zaruriy maxsulotlar bilan ta'minlaydilar;
- kichik biznes subyektlarini barcha va xattoki eng kichik axoli punktlarida ham joylashtirish mumkin, chunki u juda katta miqdorda ishchi kuchi talab qilmaydi;
- maxalliy va ikkilamchi xomashyodan maksimal darajada foydalanadi;
- ularni boshqarish oson;
- tez muddatlarda va kam xarajatlar bilan yangi ish joylari yaratadilar va shu yo'l bilan ishsizlarni ish bilan ta'minlash kabi qiyin ijtimoiy masalalarrni hal qilishga yordam beradi;
- byudjetni ishsizlikka to'lanadigan "posobiya"ni to'lashdan ozod etadlar;
- mamlakatimizda sog'lom raqobatni faollashtiridhga yordam beradi va boshqalar.
Kichik biznesning yuqori samaradorligini e'tiborga olib. mamlakatimiz raxbariyati doimiy ravishda uni rivojlantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora - tadbirlarni katta e'tibor bilan amalga oshlrib kelmoqda.
Ma'lumki, kichik biznesning rivojlanishiga ko'plab omillar ta'sir qiladi va ularning ichida yetakchi o'rinni soliqqa tortishni takomillashtirish jarayonlari ega 11 ay di, chunki O'zbekiston iqtisodiyotining
o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, davlat byudjeti daromadlarini asosan soliq tushimlari beradi (1 -jadval).
1 -jadval
O'zbekiston davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning asosiy ko'rsatkichlari, _(ja'miga nisbatan % da)1_
№ Ko'satkichlar 2018 2022
flavlatning byudjetdan tashqari jamg'armalaridan tashqari 100,0 100,0
1 To'g'ri soliqlar 25,2 28,4
2 Egri soliqlar 54,3 45,8
3 Pecypc to'lovlari va mol-mulk solig'i 13,8 16,6
4 Ustama foyda solig'i 1,5 -
5 Soliqsiz to'lovlar 5,2 9,2
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, pandemiyadan oldin byudjet daromadlarining 94,8 foizini soliq tushumlari berar edi, psndemiya sharoitida ko'p korxonalar to'xtab qoldi, natijada ijtimoiy davlat bo'lgan O'zbekiston o'z xalqini moddiy qo'llash maqsadida byudjet daromadlarini yetarli darajada ushlab turish uchun soliqsiz to'lovlar xisobiga to'ldirib turish choralarini ko'rishga majbur bo'ldi (oltin sotish, chetdan qarz olish kabilar). Pandemiyadan keyin mamlakatimiz iqtisodiyotini tez sur'atlar bilan tiklash, uning tarkibini takomillashtirish xamda yuksaltirish maqsadida ularning moddiy asosi bo'lgan byudjet daromadlarini tez sur'atlar bilan ko'paytirishning asosiy omili soliq tushumlarini ko'paytirish maqsadida davlatimiz doimiy ravishda chora tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyunda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirishning Kontseptsiyasi to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq yangi Soliq Kontseptsiyasi ishlab chiqildi va uning asosida O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining yangi taxriri ishlab chiqilldi va 2019 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiritildi.
Adabiyotlar sharxi
Soliqlarning O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda hal qiluvchi axamiyatga ega ekanligini e'tiborga olib, soliqlar va soliqqa tortish masalalariga doimiy ravishda katta axamiyat berib kelinmoqda. Masalan, professor S. Xudoyqulovning "Soliq nazariyasi"[3] va A.Vahobov xamda A. Jo'rayevlarning "Soliq va soliqqa tortish"[2] darsliklari asosan didaktik xususiyatga ega bo'lib, ularda soliqlar va soliqqa tortish va ularga tegishli nazariy va umumiy tushunchalar berilgan. B.Raxmatullayevning "Soliqqa tortish tamoyillari" [1] va I. Niyazmetovning "Soliq tizimi"[4] nomli monografiyalari tor doiradagi masalalarni, ya'ni soliqqa tortish tamoyillari va soliq tizimi masalalarini tadqiq qilishga bag'ishlangan. Faqatgina A. Mutalov va D. Myta lova laming "Kichik biznes va tadbirkorlikni soliqqa tortish"[5] kitobi maqolamiz obyekti bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlarni soliqqa tortishni takomillashtirish yo'llarini tadqiq qilishga bag'ishlangan, ammo xozirda amalda bo'lgan yangi Soliq Konsepsiyasi sharoitida emas, balki eski Konsepsiya sharoitida tadqiq qilinganligi uchun o'z dolzarbligini yo'qotgan. Shunday qilib, xozirgacha yangi Soliq Konsepsiyasi sharoitida kichik biznesni soliqqa tortishni takomillashtirishga bag'ishlangan maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan, chunki biz tadqiq qilayotgan muammoni yangi Soliq Konsepsiyasining o'zi keltirib chidargan. To'g'ri, yangi Soliq Konsepsiyasi olimlar tomonidan o'rganilib, uni asosan yutuqli taraflari, ya'ni xozirgi kunda butun dunyoda katta samara berayotgan soliq tizimini "qog'oz aylanmasi" dan to'liq ozod etish, xisobot shakllarini qisqartirish va soddalashtirish, soliq ma'murchiligi mexanizmlarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi soliq tizimini raqamlashtirishni keng joriy qilish nixoyatda katta samara berishiga bag'ishlangan tadqiqotlar o'tkazganlar.
Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasining yangi Soliq Konsepsiyasini tanqidiy o'rganib, uning ayrim jixatlarini takomillashtirishga qaratilgan qiziqarli ilmiy asoslangan kiritdilar. Jumladan, iqtisod fanlari nomzodi Farxod Qurbonboyev jismoniy shaxslarni daromad solig'iga tortishda kuchli ijtimoit siyosatga amal qiluvchi O'zbekiston Respublikasida "Jismoniy shaxslar daromad solig'i" bo'yicha
1 Ozbekiston Moliya vazirligi ma'lumotlaridan
"soliqqa tortishning odillik" tamoyili talabi xisobga olinmasdan ishlab chiqilganini tandid qilgan. Xozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida barcha uchun barobar 12 foizli stavka qilingan va bu "odillilik" xamda "kuchli ijtimoiy siyosat" tamoyillari talablariga zid ekanligini asoslab bergan.
O'z navbatida biz xam ilgari ehop etgan maqolalarimizda Kontsepsiyaning ayrim jixatlari iqtisodiyotimizning rivojlantirishni rag'batlantirishga emas, balki unga to'siq bo'layotganini ilmiy asoslab berishga xarakat qildik.
Metodologiya va qo'llanilgan tadqiqot usullari
Yangi Soliq konsepsiyasi amal qilayotgan sharoitda kichik biznesni soliqqa tortishni takomillashtirish maqsadida maqola oldiga quyidagi vazifalar qo'yilgan:
- kichik biznesning afzalliktomonlarini ochib berish;
- kichik biznesning byudjet daromadlarini to'ldirishdagi rolini ko'rsatib berish;
- kichik biznesning soliqqa tortishni takomillashtirish yo'llarini aniqlab, asoslab berish;
- kichik biznesning soliqqa tortishni takomillashtirishning iqtisodiyotning rivojlanishiga ta'sirini ko;rsatib berish.
Ushbu maqolada tadqiqot qilishning guruxlash, solishtirish va umumlashtirish statist!k usullaridan foydalanilgan
Olingan natijalar
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023 yil 22 avgustda tadbirkorlar bilan o'tkazgan uchrashuvida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:
1. Mamlakatimizda xo'jalikyurituvchi subyektlarga mikrobiznes, kichik biznes va o'rta biznes maqomini beruvchi kriteriy (ko'rsatkich) lar belgilab berildi.
2. Mamlakayda kichik va o'rta biznes subyektlai soni ko'paydi. Ammo son ko'payishi maxsulot ko'payishiga ta'sir qildimi yoki yo'qmi ko'rsatilmadi.
3. Barcha mamlakatlardagidek bizda xam kichik va o'rta biznes subyektlai sonini ko'paytirish lozimligi ko'rsatib o'tildi. Ammo bu yerda shuni ta'kidlab o'tish lozimki, maxalliy investorlarning ko'pchiligining o'rta biznts subyektlarini ochishga mablag'lari yetmaydi va ular, agar davlat kichik biznesni soliqqa tortishning xozirgi paytdagi muammolarini ijobiy xal qilib bersa, ular soni tez kopa'yadi va ishlab turganlari o'z maxsulotlarini ishlab chiqarishni keskin oshirishga erishadilar. Bu muammolarni quyida ko'rsatib o'tamiz.
Fikrimizcha, xozir amalda bo'lgan yangi Soliq Kontseptsiyasi va Soliq Kodeksi yangi matnida bir qator samarali yutuqlar bilan birga, xal qiluvchi axamiyatga ega bo'lgan, zudlik bilan tuzatish lozim bo'lgan muxim printsipial xatolar mavjud. Masalan, yuqoridagi ikkala xujjatda yirik va kichik biznes subyektlarining soliq yukining miqdorini tenglashtirish talab etiladi. Natijada, xozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida qollaniladigan soliq turi biznes yuritishning maqomiga (yirik, o'rta yoki kichik) emas, balki sotilgan maxsulotning yillik aylanmasi miqdoriga bog'liq bo'lib qolmoqda (2-jadval).
2-jadval
Xozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida yillik aylanma miqdoriga qarab qollanilaigan soliq turlari1
№ Yillik aylanma miqdori Soliq turlari
1 300 million so'mgacha Qat'iy belgilangan soliq
2 300 million so'mdan 1 milliard so'mgacha Aylanma (oborot) solig'i
3 1 milliard so'mdan ko'p Umumbelgilangan barcha soliqlar
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, yillik aylanma (oborot) miqdori o'sgan sari qo'llaniladigan soliq turlari xam o'zgarib borayotir, ya'ni qo'llaniladigan soliq turi subyekt maqomiga qarab emas, balki fikrimizcha, bu xol to'g'ri emas, chunki:
- xattoki 3-5 kishi ishlsydigan qimmatbaxo xomashyo ishlatuvchi (zebu - ziynat buyumlari ishlab chiqaruvchi) xo'jalikyurituvchi subyekt 1 milliard so'mlik maxsulotni 1 -10 kun ichida ishlab chiqarishi
1 "O'zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirishning Kontseptsiyasi to'g'risida'gi Farmoni asosida tuzilgan
mumkin;
- doimiy o'zgarib turuvchi inflyatsiya natijasida 1 milliard so'mning zalvari (qiymati) ni to'g'ri aniqlab bo'lmaydi.
Undan tashqari maxalliy" investorlarning joylarda "o'z ishlari" ni ochishga bo'lgan ishtiyoqini so'ndiradi, chunki yangi Soliq Kontseptsiyasida soliqqa tortish soxasida kichik biznesga xech qanday imtiyoz berishni ko'zda tutilmagan;
Ma'lumki, xarqanday mamlakatlar o'z iqtisodiyotini maksimal darajada rivojlantirishga xarakat qiladi, ammo O'zbekiston Respublikasida soliq turlarini qo'llashning xozirgi usuli ishlab chiqarishni tobora rivojlanib borishini rag'batlantirishga emas, balki "tormozlash" ga sabab bo'lmoqda. Natijada kichik biznes subyektlari o'z ishlab chiqarishlari xajmini ko'paytirib borishni xoxlamaydilar, chunki ishlab chiqarishning xar qanday ko'payishi soliqqa tortishning bir tizimidan soliq yuki ko'proq bo'lgan va xisob-kitob ishlari murakkabroq bo'lgan tizimiga o'tishni ko'zda tutadi (2 jadvalga qarang). Bu yerda yana shuni ta'kidlab o'tish lozimki, yuqoridagi sharoitda faoliyat yurituvchi kichik biznes subyektlari aylanma (oboroti) lari miqdori oshishi natijasida miqyosi (razmeri) va ishlovchilaru soni oshmasa ham "kichik biznss subyekti" maqomini yo'qotadi.
Soliq yukini oshirmaslik maqsadida quyidagi qonunchilikda ko'zda tutilmagan faoliyat bilan shug'ullanishga, ya'ni o'z aylanma (oborot) larining xaqiqiy miqdorini turli yo'llar bilan yashirishga majbur bo'lmoqdalar:
- aylanma (oborot) ning bir qismini keyingi xisob davriga ko'chirish;
- maxsulot sotishdan tushadigan aylanmaning kassa apparati yoki bank orqali rasmiylashtirmaslik (naqd pulga sotish);
- agar xozir qat'iy belgilangan soliq to'lab turgan kichik korxona quvvati 300 million so'mdan oshib ketsa, uni quvvati 300 million so'mdan kam bo'lgan birnecha korxonalarga parchalab tashlash yo'li bilan, yoki xozir aylanmadan soliq to'lovchi quvvati 1 milliardgacha bo'lgan korxonaning quvvati 1 milliarddan oshib ketsa, bu korxona quwatini 1 millliarddan kam bo'lgan birnecha korxonalarga parchalab tashlash yo'li bilan.
Amalda shunday usul qo'llanilganligini misol orqali isbotlab berishimiz mumkin. Statistik ma'lumotga ko'ra yangi Soliq Kontseptsiyasi kuchga kirgan 2019 yilda O'zbekiston Respublikasida 93 ming dona, ya'ni oldingi yilga nisbatan 2 baravar ko'p yangi kichik biznes subyektlari barpo etilgan. Ammo, yuqorida keltirilgan yangi korxonalarnung bir qismi yangidan qurilgan bo'lmay, balki ishlab turgan korxonalarni parchalab tashlash natijasida paydo bo'lgan. Bu fikrni isbotlash uchun quyidagi raqamlarni keltjrishimiz mumkin. Yangi Soliq Kontseptsieasi kuchga kirmagan 2018 yilda kichik tadbirkorlikning O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki maxsulotidagi ulushi 56,9 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2019 yilda esa 54,2 foizni tashkil etgan, ya'ni yangi tashkil kichik biznes subyektlari sonining deyarli 2 baravar o'sishi, ularning yalpi icki maxsulotdagi ulushini tegishli ravishda o'sishiga olib kelmadi, balki o'sish o'rniga 2,7 foizga pasayishiga olib keldi. Undan tashqari 2018 yilda kichik tadbirkorlik subyektlarida iqtisodiotda barcha ishlovchilarning 77 foizini tashkil etardi, ishlab chiqarilgan barcha sanoat maxsulotining uchdan bir qismi va qishloq xo'jalik maxsulotimimg 98 foizini ishlab chiqargan edilar. 2019 yilda soxada ishlovchilar soni 2018 yilga nisbatan deyarli o'zgarmay, ya'ni kamaymagan bo'lsa xam kichik tadbirkorlik subyektlarining yalpi ichki maxsulotidagi ulushi 2,7 foizga hasaygan. Bu ko'rsatkich yuqorida keltirilgan fikrimizningto'g'riligini isbotlab turibdi.
To'g'ri mamlakatimiz raxbariyati kichik biznes subyektlarini xar tomonlama qollash maqsadida turli imtiyozlar berish yo'li bilan katta yordam ko'rsatib kelmoqda, ammo bu choralar muammoni xal qiluvchi choralar bo'lmay, balki birinchidan vaqtinchalik bo'lib, ikkinchidan o'zi tobora taqchil bo'lib borayotgan davlat byudjeti axvolini yanada og'irlashtirib bormoqda.
Masalan, 2023 yil 22 avgustda mamlakatimiz Prezidentining tadbirkorlar bilan bo'lgan ochiq uchrashuvida quyidagi vaqtinchalik choralar xaqida e'lon qilingan edi:
- yillik aylanmasi (oboroti) miqdori 1 milliard so'mdan oshgandan so'ng soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibiga o'tkazilgan korxonalar bir yil davomida foyda solig'ini 2 baravar kam to'laydilar;
- kichik biznesdan o'rta biznesga o'tgan korxonalar 2023 yil 1 yanvardan boshlab 2 yil davomida foyda solig'iningyarmisini to'laydilar;
- 2023 yil 1 iyuldan boshlab qurilishi o'z vaqtida tugallanmagan qurilish obyektlarining mol-mulk va foydalanilmayotgan yer uchastkalaridan olinadugan yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo'llash bekorqilinadi;
- 19 ming tadbirkorlarning ilgari oshirilgan stavkalar bilan 2 trillion so'mlik ortiqcha xisoblab chiqilgan qarz to'liq kechirib yubotildi.
Bu yerda shuni aytish lozimki, yuqorida ko'rsatib o'tilgan vaqtinchalik yordam choralari xozir taqchilligi juda baland bo'lgan davlat byudjetiga og'ir qo'shimcha yuk bo'lib tushmoqda.
Shu bilan birga, soliqqa tortish muammolarini xal qilishga qaratilgan bir qator ijobiy chora-tadbirlar xam qabul qilinganini ko'rsatib o'tilish lozim. Masalan:
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab aylanma (oborot) solig'ining ilgarigi 4 dan 25 foizgacha bo'lgan stavkalar o'rniga yagona 4 foizlik stavka qo'llanishi ko'zda tutilgan;
- uzoq tumanlarda istiqomat qiluvchi va aloxida kategoriyadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizlik stavkalar saqlab qolinadi.
Fikrimizcha, iiqtisodiyotimizning yetakchi soxasi bo'lgan - kichik biznesni soliqqa tortishdagi muammolarni tubdan xal qilish uchun kichik biznesning o'ziga xos xususiyatlariga chuqur axamiyat beradigan soliqqa tortish tartibini joriy qilish lozim.
Agar, tadbirkor deb maksimal foyda olish maqsadida qonunchilik tomonidan man qilinmagan biror - bir faoliyat olib boruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs tushunilishiga e'tibor qilsak, xarbir tadbirkorlik subyekti maksimal foyda olish maqsadida doimiy ravishda o'z ishlab chiqarishini rivojlantirishga xarakat qiladi, ammo bunga xozir O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan Soliq Kodeksi tomonidan kichik biznes aylanmasi bo'yicha qo'yilgan cheklovlar yo'l qo'ymaydi.
Shuning uchun, agar kichik biznesni va shu orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishni xoxlar ekanmiz, xo'jalik yurituvchi subyektlarga "kichik biznes subyekti" maqomini beruvchi kriteriy sifatida faqat "ishlovchilar soni" ko'rsatkichining o'zini saqlab qoldirib, ikkinchi ko'rsatkichni, ya'ni ishlab chiqarilgan "aylanma miqdori" ko'rsatkichini olib tashlash lozimligini taklif etamiz. Shunda kichik biznes subyekti surunkali ravishda o'z ishlab chiqarishining miq'yosiini tobora kengaytirib borishga, ya'ni xarqanday aylanmadan cheklovlarsiz rivojlanishga intiladi. Bu esa iqtisodiyotimiz yuksalishini tezlashtirishga va axolimizfarovonligi oshirishga muxim asos bo'ladi. Bunday ishonch bilan aytishimga ishonchli asos bor. Xozir amalda bo'lgan Soliq Kontseptsiyasi qabul qilingunga qadar amalda bo'lgan Kontseptsiyada faoliyat yurituvchi subyektlar 2 xil maqomga, ya'ni "biznes" va "kichik biznes" ga bo'linar edi. O'sha paytda kichik biznes subyektlari faqat bitta "yagona soliq to'lovi"ni to'lar edilar va maxsulot miqdori xarqancha oshsa xam boshqa soliq tizimiga o'tmas edilar. Shunday qilib aytish mumkinki, yuqoridagi kichik biznes subyektining o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga oluvchi yagona soliq to'lovini qo'llash natijasida kichik biznes subyektlarining soni jadal sur'atlar bilan o'sdi va ularning byudjet daromadlaridagi ulushi nol foizdan 2018 yilda 56,2 foizgacha ko'tarildi (xozir 52,6 foiz). Xozirgi sharoitda kichik biznes subyektlari aylanma miqdori 1 milliardgacha bo'lgan xolda aylama solig'i to'laydilar. O'z navbatida aytish lozimki, yagona soliq to'lovi xam aylanma (oborot) dan soiig'i to'lar edilar.
Xulosa
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, xozirgi sharoitda kichik biznes subyektlari uchun qo'llaniladigan soliq turi ayianma miqdoriga qarab o'zgarmasligi lozim. Shunda biznes maqomlari soni 3 tadan 2 taga, ya'ni "biznes" va "kichik biznes" maqomlariga bo'linadi va "o'rta biznes" maqomiga xojat qolmaydi.
Shunday qilib, qo'llaniladigan soliq turlarini tanlash aylanma miqdoriga qarab emas, balki biznes maqomiga qarab tanlanishi lozim, ya'ni kichik biznes subyektlari uchun aylanma miqdoridan qat'iy nazar faqat aylanma solig'i to'lashlari lozim. Shunday bo'lganda qo'llanilgan soliq turi iqtisodiyotimiz rivojlanishiga to'sqinlikdan rag'batlantiruvchi omilga aylanadi va iqtisodiyotimizning yuksalishiga xamda xalqimiz farovonligining oshishiga sabab bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. B.A.Raxmatullayev. Soliqqa tortish tamoyillari. -T.: Innovatsion rivojlanish nashriyo-matbaa uyi. -228 b. 2021 y.
2. Vahobov.A.V, Jo'rayev.A.S. Soliq va soliqqa tortish. Darslik. T.: Iqtisodiyot - Moliya. 2019.
3. Xudoyqulov S. Soliq nazariyasi. Darslik. T: Iqtisodiyot. 2019.-320 b.
4. Niyazmetov I.M. Soliq tizimi. T: Akademiya. 2018.-162 b.
5. A. Mutalov, D. Mytalova. Kichik biznes va tadbirkorlikni soliqqa tortish. T.: Iqtisodiyot, 2013 Axborot manbalari
1. www.gov.uz -O'zbekiston Respublikasi hukumat portali.
2. www.mf.uz-O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti.
3. www.soliq.uz- O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo'mitasi rasmiy sayti
4. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasining rasmiy sayti.
Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik biznes tushunchasi, uning afzalliklari, davlat byudjetini shakllantirishdagi roli, uning yangi Soliq Konsepsiyasi joriy qilingandan keyin kichik biznes rivojlanish o'rniga orqaga ketib qoldi va uning byudjet daromadlaridagi ulushi 2018 yildagi 56,2 dan 2020 yilda 52,6 foizgacha pasayib ketdi. Soliqlar iqtisodiyot rivojlanishini cheklashi emas, balki rag'batlantirishi lozimligini etiborga olib, shu muammoni yechishdagi cheklashlarni olib tashlash lozimligi asoslab berilgan. Buning uchun xo'jalik yurituvchi subyektlarga kichik biznes subyekti maqomini berish uchun qollaniladigan hozir qo'llanilayotgan "ishlovchilar soni" va "yillik aylanma (оборот)" kriteriylardan faqat "ishlovchilar soni" ko'rsatkichini qoldirish lozimligi asoslab berilgan. EXTENDED ABSTRACT
In this article the concept of small business, its advantages, role in the formation of the state budget, after implementation of new tax concept, the small business developing went down instead of increasing and its share budget revenues decreased from 56,2 % in 2018 till 52,6 % in 2020. It is necessary to remove restictions on the solution of this problem, taking into account the taxes should not limit the development of the economy but it should stimulate the process. Also it is justified that the need to maintain the indicator of employees as a creation for granting the status of a small business.