Научная статья на тему 'ZOMIN MILLIY TABIAT BOG„IDA EKOLOGIK TURIZMNING AHAMIYATI'

ZOMIN MILLIY TABIAT BOG„IDA EKOLOGIK TURIZMNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZOMIN MILLIY TABIAT BOG„IDA EKOLOGIK TURIZMNING AHAMIYATI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

ZOMIN MILLIY TABIAT BOG'IDA EKOLOGIK TURIZMNING

AHAMIYATI

G. K. Saparova

TIPI "Pedagogika" fakulteti professori v.b., ped.f.n. saparova [email protected]@ gm ail.com, O'zbekiston

Ekologik turizm o'tgan asrning 80-yillari oxirida Yevropa hamda Amerika mamlakatlarida birinchi bor muhokama qilingan. Unga katta qiziqish uyg'onishining sababi atrof-muhit diqqatga sazovor joylarining barqaror ravishda yomonlashishi, shuningdek, keyingi vaqtda insonlarning ekologik ongi va madaniyatining sezilarli darajada oshganligidir. Ekoturizmning asosiy maqsadi ekotizimning yaxlitligi buzilmaydigan tabiiy sharoitlar yaratilgan, tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, mahalliy aholi uchun foydali bo'ladigan hududning tabiiy, madaniy va etnografik xususiyatlari to'g'risida tasavvurga ega bo'lishi, shuningdek, tabiatni imkon darajasida kelajak avlod uchin nes-nobud qilmasdan asrashdan iborat.

"Ekoturizm" iborasi ko'pincha tabiat bilan bog' liq bo'lgan tushuncha bo'lib, uning yordamida tabiatdagi ba'zi bir ekologik muammolarni hal etish imkoniyati mavjud bo'ladi, iqtisodiy naflilikka qaratiladi. Biz ekoturizm faoliyati rivojini barqaror ta'min etish va milliy bog' faoliyatini yuritish va mavjud tabiat ne'matlarini ko'z qorachig'iday asrashda, davlat bilan bir qatorda mahalliy aholining roli qanchalik ahamiyatli ekkanligini ularga yetkazishimiz lozim. Buning uchun joylarda maxsus targ'ibot, tashviqot ishlarini muntazam olib borishimiz lozim. Mustaqillikning o'tgan davri mobaynida O'zbekiston ekologik siyosatini belgilab beruvchi ushbu sohadagi 40 dan ortiq konvensiya va xalqaro shartnomalarga qo'shildi.

Shu bilan birga, ikki qismdan tarkib topgan hudud Zomin milliy bog' i: Turkiston tog'larining shimoliy tizmalarida joylashgan, bir-biri bilan chegaradosh Zomin Davlat qo'riqxonasi va Zomin Xalq bog' i. Zomin Davlat qo'riqxonasi Zomin va Baxmal tumanlari hududida, 26840 ga maydonga ega bo'lib, 1960-yil tashkil qilingan. Zomin Xalq bog'i 1978-yil tashkil qilingan, Jizzax viloyatining Zomin tumanida 24110 ga maydonni tashkil qiladi. Qo'riqxona o'z hududidagi barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va daxlsizligini ta'minlaydi. Xalq Bog'i noyob tog' ekotizimlarni saqlash, tiklash va rekreatsion tadqiq qilish maqsadida tashkil etilgan. Qarag'ay o'rmonlari hududdagi eng yirik o'rmonlardan hisoblanadi. O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob hayvonot turlari (14 ta) va o'simliklari (18 ta) mavjud. Hudud 1913-yildan buyon turli darajada muhofaza ostiga olingani sabab, noyob

376

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

Toshkennqisodzi^^

tabiiy resurslar saqlanib qolgan. Zomin milliy bog'i - Zomin tumani va, asosan, Turkiston tog'i, qisman Molguzar tog'ining 1000-4030 metrgacha bo'lgan balandliklarida joylashgan bo'lib respublikamizning boshqa hududlariga nisbatdan ekoturizmni tashkil etish uchin eng qulay hududlardan biri hisoblanadi.

Markaziy Osiyodagi eng yirik shaharlardan biri bo'lgan Jizzax viloyati hududida joylashganligi hamda geografik jihatdan aholi zichligi eng yuqori bo'lgan Qozog' iston bilan chegaradoshligi. Markaziy osiyodagi eng yirik aglomeratsiya aholi soni yuqori suratlarda ortib borayotganligi yaqin kelajakda urbanizatsiya va tabiiy landshaftlarning ifloslanishi sur'atlari oshib borishini hisobga olib, ekologik turizmni samarali tashkil etish, ijtimoiy infratuzilma hamda iqtisodiy rivojlantirish turizm salohiyatini oshirishga olib keladi.

Ta'kidlash joizki, Jizzax viloyati ham boy tabiiy resurslar, betakror o'simlik va hayvonot olamiga ega. Ushbu salohiyatni asrash va ko'paytirish maqsadida ko'plab milliy dastur va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Ekoturizmning rivojlanishi nafaqat tabiatni muhofaza qilish, ekoturislarni ona tabiatimizga jalb etish, balki iqtisodiy sharoitni yaxshilash, aholini ish bilan ta'minlashda muhim omil bo' lib xizmat qiladi. Ekoturizm va uning rivojlanishi nafaqat o'rganilayotgan hududning ekologik sharoitiga bog'liq bo'libgina qolmasdan balki shu hududning tabiiy sharoitiga, unda ekoturistik ob'ektlarning mavjudligiga va ularning geografik o'rniga ham bog'liqdir. Chunki tabiiy sharoit xususiyatlari hududning ekoturistik imkoniyatlarini va uning qaysi turlarini rivojlantirish mumkinligini aniqlashga imkon beradi.

Jizzax viloyati o'zining turistik resurslari bo'yicha Markaziy Osiyoda oldingi, o'rinlarni egallab turistlarni jalb qiluvchi asosiy omil bu uning maftunkor tabiati tog'li hududda joylashgan yuqorida aytib o'tigan hududlarining ob havosi yilning to'rt faslida dam olish va ekoturizmni rivojlantirish uchun ajralib turadi.

Jumladan, geografik o'rni qulay, tabiiy sharoiti va ekoturistik imkoniyatlari xilma-xil bo'lgan, sanoat rivojlangan va aholi zich yashaydigan Jizzax viloyatida ekoturlarga talab yuqori.

Jizzax viloyatida turistik resurslardan samarali foydalanish, ko'rsatilayotgan xizmat turlarini ko'paytirish va sifatini zamon talablariga moslashtirish, xizmat ko'rsatish sohalarini, xususan turizm sohasini rivojlantirish, aholiga maishiy, savdo, transport, tibbiy va boshqa turdagi zamonaviy xizmatlarni ko'rsatish, yangi ish o'rinlari yaratish, mavjud resurslardan samarali foydalanishni tashkil etish lozim. Ekoturistlar inson qadami yetib bormagan tabiatga oshiqadilar, lekin bugungi kunda bunday hududlarning deyarli qolmaganligi va kamayib borayotganligi viloyat hududi hamda respublikamizning barcha hududlarida ma'lum bo'lib qolgan.

377

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

Hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko'rinishdir uni ommalashtirish kerak. Birinchi navbatda ekoturizm nafaqat iqtisodiyotga balki mahalliy aholi uchun ham foydali ekanligini, shuningdek ekoturizm tabiatni saqlashning eng oqilona ekanligi haqida tushuntirish ishlarini olib borish va uzluksizligini ta'minlash biz ning oldimizda ustuvor vazifa bo'lib qolmoqda. O'sha hududda yashovchi aholini shu sohada ishlashga jalb qilish, ya'ni ular mutaxassis kadr sifatida ish olib borishlari lozim. Ayni paytda ekoturizm va unga tegishli tashkilotlar to'g'risida to'laqonli ma'lumot bera oladigan axborot resurslarini yaratish va takomillashtirish, shu bilan birgalikda shahar tashqarisida joylashgan kichik mehmonxonalar va guest houselarga litsenziya olish tartibini soddalashtirish kerak. Asosiysi, bu yerda turizmning rivojlanishi tabiatga zarar yetkazmasligiga, keluvchi kapital urf-odatlar va asosiy elementlarning yo'qolib ketishiga olib kelmasligini nazorat qilish talab etiladi.

Xulosa qilib aytganimizda, Jizzax viloyati o'zining turistik potentsialiga boy, ammo mavjud imkoniyatdan to'liq foydalanmaslik holatlari, xususan ekologik turizmda ko'zga tashlanmoqda. Hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko'rinishdir. Ko'pchilikni Jizzax viloyatining ekoturizm imkoniyatlari borasida to'laqonli axborotlarning yetishmasligi masalasi tashvishga soladi. Ushbu mavzuda maxsus ixtisoslashgan nashrlar va saytlar kam uchraydi. Shunday ekan, mazkur soha rivojini yanada yuksaltirish, uni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, ommalashtirish, targ'ib qilish, shubhasiz, turizmga qiziquvchi ichki va tashqi sayyohlar tashrifini bir necha barobarga oshiradi.

References / Adabiyotlar

1. Saparova G.K.,Yuldosheva S.Sh. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasidan amaliy mashg' ulotlar uchun o'quv qo'llanma. Toshkent. 2019-y.

2. Ergashev A.Y. Umumiy ekologiya. O'quv qo'llanma. - Toshkent, 2006-y.

3. Ergashev A.Y., Sheraliyev A.Sh., Suvonov X.A, Ergashev T.A. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish. O'quv qo'llanma. -T.: Fan, 2009. -B. 450.

4. Haydarova H. N., Saparova G. K. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasidan darslik. -Toshkent, 2021-y

5. O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi" 2 tomli. - Toshkent: Chinor ENK, 2019. -B. 567.

378

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.