Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TEPLOVOZLARNING TEXNIK HOLATINI DIAGNOSTIKA TIZIMIDAN FOYDALANGAN HOLDA ANIQLASH'

ZAMONAVIY TEPLOVOZLARNING TEXNIK HOLATINI DIAGNOSTIKA TIZIMIDAN FOYDALANGAN HOLDA ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
78
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mikroprotsessor / texnik xizmat ko‘rsatish / diagnostika / teplovoz / samaradorlik. / microprocessor / maintenance / diagnostics / locomotive / efficiency.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Nizomov, Bekzodjon Yaxshiboyevich, Kasimov, Omil Kamolovich

Ushbu maqolada zamonaviy teplovozlarni texnik jihatdan diagnostika qilish tartibi keltirib o‘tilgan. Zamonaviy teplovoz tuzilishi va boshqarilishi tomonidan murakkab bo‘lib, shu sababli uning muvaffaqiyatli ishlashi ekspluatatsiya jarayonidagi, ishchi holati va belgilangan resursni saqlab turish va tiklashga qaratilgan profilaktika va tiklash chora-tadbirlarining ma’lum yig‘indisini amalga oshirish bilan bog‘liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DETERMINATION OF THE TECHNICAL CONDITION OF MODERN BOILERS USING THE DIAGNOSTIC SYSTEM

This article describes the procedure for conducting technical diagnostics of modern diesel locomotives. A modern locomotive is complex in its structure and control, it is a system, therefore its successful operation is associated with the implementation of a certain set of preventive and remedial measures aimed at maintaining and restoring the working condition and a given resource.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TEPLOVOZLARNING TEXNIK HOLATINI DIAGNOSTIKA TIZIMIDAN FOYDALANGAN HOLDA ANIQLASH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ZAMONAVIY TEPLOVOZLARNING TEXNIK HOLATINI DIAGNOSTIKA TIZIMIDAN FOYDALANGAN HOLDA ANIQLASH

Nizomov Bekzodjon Yaxshiboyevich

Toshkent davlat transport universiteti MEUVI-4 guruh magistranti Ilmiy rahbar: t.f.n., dotsent Kasimov Omil Kamolovich

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada zamonaviy teplovozlarni texnik jihatdan diagnostika qilish tartibi keltirib o'tilgan. Zamonaviy teplovoz tuzilishi va boshqarilishi tomonidan murakkab bo 'lib, shu sababli uning muvaffaqiyatli ishlashi ekspluatatsiya jarayonidagi, ishchi holati va belgilangan resursni saqlab turish va tiklashga qaratilgan profilaktika va tiklash chora-tadbirlarining ma 'lum yig 'indisini amalga oshirish bilan bog 'liq.

Kalit so'zlar: mikroprotsessor, texnik xizmat ko'rsatish, diagnostika, tepl ovoz, samaradorl ik.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описан порядок проведения технической диагностики современных тепловозов. Современный локомотив сложен по своему устройству и управлению, это система, поэтому его успешная работа связана с выполнением определенного комплекса профилактических и восстановительных мероприятий, направленных на поддержание и восстановление рабочего состояния и заданного ресурса.

Ключевые слова: микропроцессор, техническое обслуживание, диагностика, локомотив, работоспособность.

ABSTRACT

This article describes the procedure for conducting technical diagnostics of modern diesel locomotives. A modern locomotive is complex in its structure and control, it is a system, therefore its successful operation is associated with the implementation of a certain set of preventive and remedial measures aimed at maintaining and restoring the working condition and a given resource.

Keywords: microprocessor, maintenance, diagnostics, locomotive, efficiency.

KIRISH

Hozirgi paytda Rossiya va MDH mamlakatlari temir yo'llarida lokomotivlarga rejali-oldini olishga qaratilgan texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash tizimi qabul qilingan (1.1-rasm). Texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bu lokomotiv sozligi va ish qobiliyatini saqlab turish va tiklash uchun bajariladigan ishlar majmui tushuniladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

1.1-rasm. Rejali-oldini olish tizimi bo'yicha texnik xizmat ko'rsatish va

ta'mirlash sxemasi

Texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash texnik turlarining asosiy vazifasi ekspluatatsiya jarayonida paydo bo'ladigan tabiiy yeyilishlarni bartaraf etish, ehtimolli bo'lgan nosozliklarning oldini olish, hamda lokomotiv uzel va agregatlarining belgilangan muddatlar davomida normal ishlashini ta'minlashdan iborat[1-6].

Rejali texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashda majburiy ishlarning hajmlari va bajarilish tartibi, yaroqsizga chiqarish alomatlari va detallar va yig'ish birliklarini tiklashning yo'l qo'yiladigan uslublari belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan amaldagi ekspluatatsiya va ta'mirlash hujjatlari orqali tartibga solinadi. «O'zbekiston temir yo'llari» AJning magistral teplovozlariga davriy texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashning o'rtacha me'yorlari O'zbekiston temir yo'llari raisining 361-N buyrug'iga asosan amalga oshiriladi. «O'zbekiston temir yo'llari» AJda foydalanilayotgan teplovozlar uchun asosiy ma'lumotlar 1.1-jadvalda keltirilgan [612].

1.1-jadval. Lokomotivlarning ta 'mirlashgacha bosib o 'tgan masofasi.

Lokomotivlarning seriyasi Ta'mirlashgacha bosib o'tilgan masofasi

TXK-2 soat TXK-3 soat Kapital ta'mir (ming.km.)

JT-1 JT-3 KT-1 KT-2

2TE10M / 2TE116 (yo'lovchi) 24 17 30 ming.km 300 ming.km 600 ming.km 1200 ming.km

UzTE16M4 (to'rt seksiyali yuk tashuvchi) 48 14kun 50 ming.km 300ming.k m 600 ming.km 1200 ming.km

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

50 800 1600

TEP70BS 96 - ming.km ming.km ming.km -

«O'zbekiston temir yo'llari» AJ buyrug'i (№361 -N 12.04.2021) ga asosan kundalik texnik qarov (TXK-1) ni o'tkazish, (lokomotivni topshirish va qabul qilish) 20-30 daqiqa davom etadi.

ILMIY-TADQIQOT METODLARI

Asosiy depoga biriktirilgan lokomotivlarning texnik qarovi (TXK-1, TXK-2, TXK-3, TXK-4 va quyidagi joriy JT-1) dasturini lokomotiv depo boshlig'ining ta'mirlash bo'yicha muovini tasdiqlaydi. Bu dasturda qilinishi kerak bo'lgan ishlarni depo o'z ishchilarining kuchi bilan bajaradi.

Joriy ta'mir (JT-1 va JT-3) ishlari maxsus ixtisoslashtirilgan «O'zbekiston temir yo'llari» AJning «O'zbekiston», Qo'qon lokomotiv depolarida bajariladi. Kapital ta'mirlash (KT-1, KT-2) esa, «O'ztemiryo'lmashta'mir» unitar korxonasida bajariladi.

Rejali-oldini olish tizimining ustuvor jihati lokomotivning turli uskunalari uchun ta'mirlash operatsiyalarini birlashtirish imkoniyati bo'lib, buning hisobiga lokomotivning berilgan ekspluatatsiya davrida ta'mirlashda umumiy turish davomliligini qisqartirishga erishiladi. Bu holda turli hajmdagi ta'mirlarni uzoq muddatli rejalashtirish va ularni bajarish uchun zarur ehtiyot qismlar va materiallarni yetkazib berish osonlik bilan amalga oshiriladi.

Mazkur tizimning kamchiligi shundan iboratki, rejali ta'mirlash yoki texnik xizmat ko'rsatish jarayonida ta'mirlanishi mo'ljallangan uskuna uning texnik holatidan qat'i nazar demontaj qilinadi. Normal ishlab turgan uskunaning ishiga aralashish esa ba'zi hollarda ta'mirlash jarayonidan so'ng hosil bo'lgan nosozliklar tufayli uning texnik holatini hatto yomonlashtirishi ham mumkin. Bularning barchasi rejadan tashqari ta'mirlashlar soni ortishi va ta'mirlashning rejali turlarida uzoq turib qolishlarga sabab bo'lib, shu tarzda ta'mirlashlarni rejalashtirishning samaradorligini keskin pasaytirib, rejali-oldini olish tizimida texnik xizmat ko'rsatishni uyushtirishning asosiy ustun jihatlaridan birini yo'qqa chiqaradi.

NATIJALAR

Ayrim lokomotiv depolari yoki lokomotiv guruhlari uchun ta'mirlash davriyligining tabaqalashtirilgan me'yorlari mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda (yo'l profili va plani, poezdlar og'iriligi va aylanish uchastkasida harakatlanish tezliklari, aylanish uchastkasi uzunligi, lokomotivlarning bir kunkadagi o'rtacha bosadigan yo'li va h.k.) «O'zbekiston temir yo'llari» AJ uchun o'rtacha me'yorlardan 20% dan katta bo'lmagan chetlashishlar belgilab qo'yiladi. Lokomotivlarning ta'mirlashda turib qolish vaqtining hisobi lokomotivlar mavjudligi,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ular holati va ulardan foydalanish bo'yicha yo'riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. «O'zbekiston temir yo'llari» AJ uchun lokomotiv depolari sharoitida TXK-3 texnik xizmat ko'rsatish va lokomotiv rejali ta'mirlanishining o'rtacha davom etish me'yorlari 1.2-jadvalda keltirilgan [1-3].

1.2 -Jadval. Lokomotivlarning ta'mirlash uchun sarflanadigan vaqt

Lokomotivlarning ta'mirlash uchun sarflanadigan vaqt

Lokomotivlar seriyasi TXK-2 TXK-3 Kapital ta'mir (ming.km)

soat soat JT-1, JT-3, KT-1, KT-2,

soat kun kun kun

2TE10M 2 14 50 8 18 20

UzTE16M4

(to'rt seksiyali yuk tashuvchi) 5 28 70 16 26 28

TEP70BS 2 - 60 15 16 18

Lokomotiv depolari uchun lokomotivlarga texnik xizmat ko'rsatish va

ta'mirlash davomliligining tabaqalashtirilgan me'yorlari Lokomotiv xo'jaligi departamenti bilan kelishgan holda «O'zbekiston temir yo'llari» AJ uchun 1.2-jadvalda keltirilgan o'rtacha me'yorlardan 30% dan ortiq chetlashmagan holda belgilanadi.

XULOSA

Zamonaviy teplovoz tuzilishi va boshqarilishi tomonidan murakkab bo'lib, uning tizimi bo'lib, shu sababli uning muvaffaqiyatli ishlashi ekspluatatsiya jarayonidagi, ishchi holati va belgilangan resursni saqlab turish va tiklashga qaratilgan profilaktika va tiklash chora-tadbirlarining ma'lum yig'indisini amalga oshirish bilan bog'liqligini aks ettiradi va ta'mirlashning rejali-oldini olish tizimidan foydalanilish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Хамидов, О. Р., Юсуфов, А. М. У., Кодиров, Н. С., Жамилов, Ш. Ф. У., Эркинов, Б. Х. У., Абдулатипов, У. И. У., & Сейдаметов, С. Р. (2022). ОЦЕНКА ТЕХНИЧЕСКОГО СОСТОЯНИЯ ДИЗЕЛЬ-ГЕНЕРАТОРНОЙ УСТАНОВКИ (ДГУ) ТЕПЛОВОЗОВ С ПОМОЩЬЮ АППАРАТНО-ПРОГРАММНОГО КОМПЛЕКСА «БОРТ». Universum: технические науки, (4-5 (97)), 41-46.

2. Абдулазиз, Ю. М. У., Жураев, А. К., Вохидов, А. П., & Рахимназаров, Р. Т. (2022). ПРОГНОЗИРОВАНИЕ ТЕХНИЧЕСКОГО СОСТОЯНИЯ ДИЗЕЛЬ-ГЕНЕРАТОРНОЙ УСТАНОВКИ (ДГУ) ТЕПЛОВОЗОВ С ПОМОШЬЮ АППАРАТНО-ПРОГРАММНОГО КОМПЛЕКСА «БОРТ». Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 573-579.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

3. Хамидов, О. Р., Юсуфов, А. М. У., Зайниддинов, Н. С. У., Жамилов, Ш. Ф. У., & Абдурасулов, Ш. Х. (2023). ОЦЕНКА ДОЛГОВЕЧНОСТИ СВАРНЫХ НЕСУЩИХ КОНСТРУКЦИЙ ЛОКОМОТИВОВ. Universum: технические науки, (2-3 (107)), 48-53.

4. Yusufov, A. (2022). O 'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO 'LLARIDAGI MANEVR LOKOMOTIVLARINI TAHLILI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. Science and innovation, 1(A8), 943-950.

5. Yusufov, A. M. O. G. L., Jo'Rayev, A. K., Vohidov, A. P., & Raximnazarov, R. T. (2022). TEMIR YO 'L TORTUV HARAKAT TARKIBI ISSIQLIK KUCH QURILMALARINI AVTOMATIK BOSHQARISH VA DIAGNOSTIKA TIZIMI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 613-618.

6. Yusufov, A. M. O. G. L. (2022). "O 'ZBEKISTON TEMIR YO 'LLARI" AJ LOKOMOTIV PARKI TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 251-258.

7. Khamidov, O., Yusufov, A., Jamilov, S., & Kudratov, S. (2023). Remaining life of main frame and extension of service life of shunting Locomotives on railways of Republic of Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 365, p. 05008). EDP

8. Khamidov, O., Yusufov, A., Kudratov, S., & Yusupov, A. (2023). Evaluation of the technical condition of locomotives using modern methods and tools. In E3S Web of Conferences (Vol. 365, p. 05004). EDP Sciences.

9. Yusufov, A. M. O. G. L., Jo'Rayev, A. K., Vohidov, A. P., & Raximnazarov, R. T. (2022). LOKOMOTIVLARNING TEXNIK HOLATINI BORT TIZIMI YORDAMIDA ANIQLASH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 600-605.

10. Zayniddinov, N., & Abdurasulov, S. (2022). DURABILITY ANALYSIS OF LOCOMOTIVE LOAD BEARING WELDED STRUCTURES. Science and innovation, 1(A8), 176-181.

11. Хамидов, О. Р., Юсуфов, А. М., Кудратов, Ш. И., Абдурасулов, А. М., & Жамилов, Ш. М. (2022). ОБСЛЕДОВАНИЕ ТЕХНИЧЕСКОГО СОСТОЯНИЯ МАНЕВРОВОГО ТЕПЛОВОЗА СЕРИИ ТЭМ2. Academic research in modern science, 1(9), 125-132.

Sciences.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.