Научная статья на тему 'LOKOMOTIVLARNING TEXNIK HOLATINI BORT TIZIMI YORDAMIDA ANIQLASH'

LOKOMOTIVLARNING TEXNIK HOLATINI BORT TIZIMI YORDAMIDA ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
321
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mikroprotsessor / texnik xizmat ko‘rsatish / diagnostika / teplovoz / samaradorlik. / микропроцессор / техническое обслуживание / диагностика / локомотив / экономичность.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yusufov, Abdulaziz Maxamadali O‘G‘Li, Jo‘Rayev, Abbos Komilovich, Vohidov, Azizbek Pirimqulovich, Raximnazarov, Rustam Tashkulovich

Ushbu maqolada zamonaviy teplovozlarni texnik jihatdan diagnostika qilish tartibi keltirib o‘tilgan. Zamonavaiy teplovoz tuzilishi va boshqarilishi tomonidan murakkab bo‘lib, uning tizimi bo‘lib, shu sababli uning muvaffaqiyatli ishlashi ekspluatatsiya jarayonidagi, ishchi holati va belgilangan resursni saqlab turish va tiklashga qaratilgan profilaktika va tiklash chora-tadbirlarining ma’lum yig‘indisini amalga oshirish bilan bog‘liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DETERMINATION OF THE TECHNICAL CONDITION OF LOCOMOTIVES USING THE ON-BOARD SYSTEM

This article describes the procedure for conducting technical diagnostics of modern diesel locomotives. A modern locomotive is complex in its structure and control, it is a system, therefore its successful operation is associated with the implementation of a certain set of preventive and remedial measures aimed at maintaining and restoring the working condition and a given resource.

Текст научной работы на тему «LOKOMOTIVLARNING TEXNIK HOLATINI BORT TIZIMI YORDAMIDA ANIQLASH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

LOKOMOTIVLARNING TEXNIK HOLATINI BORT TIZIMI YORDAMIDA

ANIQLASH

Abdulaziz Yusufov Maxamadali o'g'li

Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktoranti E-mail: abdulazizyusufovv@bk.ru https://orcid.org/ 0000-0001-8310-8225 Jo'rayev Abbos Komilovich "O'ztemiryo'lmashta'mir" UK katta ustasi Vohidov Azizbek Pirimqulovich "O'ztemiryo'lmashta'mir" UK teplovoz mashinisti Raximnazarov Rustam Tashkulovich Termiz lokomotiv deposi mashinist yordamchisi

Ushbu maqolada zamonaviy teplovozlarni texnik jihatdan diagnostika qilish tartibi keltirib o'tilgan. Zamonavaiy teplovoz tuzilishi va boshqarilishi tomonidan murakkab bo'lib, uning tizimi bo'lib, shu sababli uning muvaffaqiyatli ishlashi ekspluatatsiya jarayonidagi, ishchi holati va belgilangan resursni saqlab turish va tiklashga qaratilgan profilaktika va tiklash chora-tadbirlarining ma 'lum yig 'indisini amalga oshirish bilan bog'liq.

Kalit so'zlar: mikroprotsessor, texnik xizmat ko'rsatish, diagnostika, tepl ovoz, samaradorl ik.

ОПРЕДЕЛЕНИЕ ТЕХНИЧЕСКОГО СОСТОЯНИЯ ЛОКОМОТИВОВ С

В данной статье описан порядок проведения технической диагностики современных тепловозов. Современный локомотив сложен по своему устройству и управлению, это система, поэтому его успешная работа связана с выполнением определенного комплекса профилактических и восстановительных мероприятий, направленных на поддержание и восстановление рабочего состояния и заданного ресурса.

Ключевые слова: микропроцессор, техническое обслуживание, диагностика, локомотив, экономичность.

ANNOTATSIYA

ПОМОЩЬЮ БОРТОВОЙ СИСТЕМЫ АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

DETERMINATION OF THE TECHNICAL CONDITION OF LOCOMOTIVES USING THE ON-BOARD SYSTEM

ABSTRACT

This article describes the procedure for conducting technical diagnostics of modern diesel locomotives. A modern locomotive is complex in its structure and control, it is a system, therefore its successful operation is associated with the implementation of a certain set of preventive and remedial measures aimed at maintaining and restoring the working condition and a given resource.

Keywords: microprocessor, maintenance, diagnostics, locomotive, efficiency.

KIRISH

Hozirgi paytda Rossiya va MDH mamlakatlari temir yo'llarida lokomotivlarga rejali-oldini olishga qaratilgan texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash tizimi qabul qilingan (1.1-rasm). Texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bu lokomotiv sozligi va ish qobiliyatini saqlab turish va tiklash uchun bajariladigan ishlar majmui tushuniladi.

Hnuiap TapTHÖHra Ohhosh 6a»:apHJiajHraH ycKvuajiapHHHr TexHHK 3sOJiaTHHHHT pecacanH Ta4>THnra

KJuraMHa Hnuiap 6axapBmniH (ajiManrrapmn, pocxjiam, THKJiam)

~ x

TexHHK x,oJiaTHH cHHam sa h as op ax khjihih

1.1-rasm. Rejali-oldini olish tizimi bo 'yicha texnik xizmat ko 'rsatish va

ta 'mirlash sxemasi

Texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash texnik turlarining asosiy vazifasi ekspluatatsiya jarayonida paydo bo'ladigan tabiiy yeyilishlarni bartaraf etish, ehtimolli bo'lgan nosozliklarning oldini olish, hamda lokomotiv uzel va agregatlarining belgilangan muddatlar davomida normal ishlashini ta'minlashdan iborat[1-6].

Rejali texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashda majburiy ishlarning hajmlari va bajarilish tartibi, yaroqsizga chiqarish alomatlari va detallar va yig'ish birliklarini

JIokomothbhh chhobjah vnca3Hm

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

tiklashning yo'l qo'yiladigan uslublari belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan amaldagi ekspluatatsiya va ta'mirlash hujjatlari orqali tartibga solinadi. «O'zbekiston temir yo'llari» AJning magistral teplovozlariga davriy texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashning o'rtacha me'yorlari O'zbekiston temir yo'llari raisining 361-N buyrug'iga asosan amalga oshiriladi. «O'zbekiston temir yo'llari» AJda foydalanilayotgan teplovozlar uchun asosiy ma'lumotlar 1.1-jadvalda keltirilgan [68].

1.1-jadval. Lokomotivlarning ta'mirlashgacha bosib o'tgan masofasi.

Lokomotivlar -ning seriyasi Ta'mirlashgacha bosib o'tilgan masofasi

TXK-2 soat TXK-3 soat Kapital ta'mir (ming.km.)

JT-1 JT-3 KT-1 KT-2

2TE10M / 2TE116 (yo'lovchi) 24 17 30 ming.km 300 ming.km 600 ming.km 1200 ming.km

UzTE16M4 (to'rt seksiyali yuk tashuvchi) 48 14kun 50 ming.km 300ming. km 600 ming.km 1200 ming.km

TEP70BS 96 - 50 ming.km 800 ming.km 1600 ming.km -

«O'zbekiston temir yo'llari» AJ buyrug'i (№361 -N 12.04.2021) ga asosan kundalik texnik qarov (TXK-1) ni o'tkazish, (lokomotivni topshirish va qabul qilish) 20-30 daqiqa davom etadi.

ILMIY-TADQIQOT METODLARI

Asosiy depoga biriktirilgan lokomotivlarning texnik qarovi (TXK-1, TXK-2, TXK-3, TXK-4 va quyidagi joriy JT-1) dasturini lokomotiv depo boshlig'ining ta'mirlash bo'yicha muovini tasdiqlaydi. Bu dasturda qilinishi kerak bo'lgan ishlarni depo o'z ishchilarining kuchi bilan bajaradi.

Joriy ta'mir (JT-1 va JT-3) ishlari maxsus ixtisoslashtirilgan «O'zbekiston temir yo'llari» AJning «O'zbekiston», Qo'qon lokomotiv depolarida bajariladi. Kapital ta'mirlash (KT-1, KT-2) esa, «O'ztemiryo'lmashta'mir» unitar korxonasida bajariladi.

Rejali-oldini olish tizimining ustuvor jihati lokomotivning turli uskunalari uchun ta'mirlash operatsiyalarini birlashtirish imkoniyati bo'lib, buning hisobiga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

lokomotivning berilgan ekspluatatsiya davrida ta'mirlashda umumiy turish davomliligini qisqartirishga erishiladi. Bu holda turli hajmdagi ta'mirlarni uzoq muddatli rejalashtirish va ulami bajarish uchun zarur ehtiyot qismlar va materiallarni yetkazib berish osonlik bilan amalga oshiriladi.

Mazkur tizimning kamchiligi shundan iboratki, rejali ta'mirlash yoki texnik xizmat ko'rsatish jarayonida ta'mirlanishi mo'ljallangan uskuna uning texnik holatidan qat'i nazar demontaj qilinadi. Normal ishlab turgan uskunaning ishiga aralashish esa ba'zi hollarda ta'mirlash jarayonidan so'ng hosil bo'lgan nosozliklar tufayli uning texnik holatini hatto yomonlashtirishi ham mumkin. Bularning barchasi rejadan tashqari ta'mirlashlar soni ortishi va ta'mirlashning rejali turlarida uzoq turib qolishlarga sabab bo'lib, shu tarzda ta'mirlashlarni rejalashtirishning samaradorligini keskin pasaytirib, rejali-oldini olish tizimida texnik xizmat ko'rsatishni uyushtirishning asosiy ustun jihatlaridan birini yo'qqa chiqaradi.

NATIJALAR

Ayrim lokomotiv depolari yoki lokomotiv guruhlari uchun ta'mirlash davriyligining tabaqalashtirilgan me'yorlari mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda (yo'l profili va plani, poezdlar og'iriligi va aylanish uchastkasida harakatlanish tezliklari, aylanish uchastkasi uzunligi, lokomotivlarning bir kunkadagi o'rtacha bosadigan yo'li va h.k.) «O'zbekiston temir yo'llari» AJ uchun o'rtacha me'yorlardan 20% dan katta bo'lmagan chetlashishlar belgilab qo'yiladi. Lokomotivlarning ta'mirlashda turib qolish vaqtining hisobi lokomotivlar mavjudligi, ular holati va ulardan foydalanish bo'yicha yo'riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. «O'zbekiston temir yo'llari» AJ uchun lokomotiv depolari sharoitida TXK-3 texnik xizmat ko'rsatish va lokomotiv rejali ta'mirlanishining o'rtacha davom etish me'yorlari 1.2-jadvalda keltirilgan [1-3].

1.2 -Jadval. Lokomotivlarning ta'mirlash uchun sarflanadigan vaqt

Lokomotivlar seriyasi Lokomotivlarning ta'mirlash uchun sarflanadigan vaqt

TXK-2 soat TXK-3 soat Kapital ta'mir (ming.km)

JT-1, soat JT-3, kun KT-1, kun KT-2, kun

2TE10M 2 14 50 8 18 20

UzTE16M4 (to'rt seksiyali yuk tashuvchi) 5 28 70 16 26 28

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

TEP70BS 2 - 60 15 16 18

Lokomotiv depolari uchun lokomotivlarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash davomliligining tabaqalashtirilgan me'yorlari Lokomotiv xo'jaligi departamenti bilan kelishgan holda «O'zbekiston temir yo'llari» AJ uchun 1.2-jadvalda keltirilgan o'rtacha me'yorlardan 30% dan ortiq chetlashmagan holda belgilanadi.

XULOSA

Zamonaviy teplovoz tuzilishi va boshqarilishi tomonidan murakkab bo'lib, uning tizimi bo'lib, shu sababli uning muvaffaqiyatli ishlashi ekspluatatsiya jarayonidagi, ishchi holati va belgilangan resursni saqlab turish va tiklashga qaratilgan profilaktika va tiklash chora-tadbirlarining ma'lum yig'indisini amalga oshirish bilan bog'liqligini aks ettiradi va ta'mirlashning rejali-oldini olish tizimidan foydalanilish lozim.

REFERENCES

1. Хамидов, О. Р., Юсуфов, А. М. У., Кодиров, Н. С., Жамилов, Ш. Ф. У., Эркинов, Б. Х. У., Абдулатипов, У. И. У., & Сейдаметов, С. Р. (2022). ОЦЕНКА ТЕХНИЧЕСКОГО СОСТОЯНИЯ ДИЗЕЛЬ-ГЕНЕРАТОРНОЙ УСТАНОВКИ (ДГУ) ТЕПЛОВОЗОВ С ПОМОЩЬЮ АППАРАТНО-ПРОГРАММНОГО КОМПЛЕКСА «БОРТ». Universum: технические науки, (4-5 (97)), 41-46.

2. Хамидов, О. Р., Юсуфов, А. М. У., Кодиров, Н. С., Жамилов, Ш. Ф. У., Абдурасулов, Ш. Х., Абдулатипов, У. И. У., & Сейдаметов, С. Р. (2022). ПРОГНОЗИРОВАНИЕ ОСТАТОЧНОГО РЕСУРСА ГЛАВНОЙ РАМЫ И ПРОДЛЕНИЕ СРОКОВ СЛУЖБЫ МАНЕВРОВЫХ ЛОКОМОТИВОВ НА АО "УТЙ". Universum: технические науки, (4-5 (97)), 47-54.

3. Abdulaziz Yusufov | Sabir Azimov | Shukhrat Jamilov "Determination of Residential Service of Locomotives in the Locomotive Park of JSC "Uzbekistan Railways"" Published in International Journal of Trend in Scientific Research and Development (ijtsrd), ISSN: 2456- 6470, Volume-6 | Issue-3, April 2022, pp.413417, URL: www.iitsrd.com/papers/iitsrd49552.pdf.

4. Абдулазиз Юсуфов Махамадали угли, Кодиров Нозим Солиевич, Жамилов Шухрат Фармон угли, Келдибеков Зокир Оллабердиевич. (2022). "Узбекистан темир йуллари" акциядорлик жамияти локомотив паркини техник хрлатини та^лили. "Yosh Tadqiqotchi" Jurnali, 1(1), 198-205. doi.org/10.5281/zenodo.6298747.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. Хамидов О.Р, Юсуфов А.М, Кудратов Ш.И, Абдурасулов А.М, Азимов С.М. (2022). ОЦЕНКА СРЕДНИХ НАПРЯЖЕНИЙ ЦИКЛА В НЕСУЩИХ РАМАХ ТЕПЛОВОЗОВ НА ОСНОВЕ, КОНЕЧНО-ЭЛЕМЕНТНОГО, РАСЧЕТА ОТ СТАТИЧЕСКИХ НАГРУЗОК. https://doi.org/10.5281/zenodo.6720495

6. Хамидов О.Р, Юсуфов А.М, Кудратов Ш.И3 Абдурасулов А.М, Жамилов Ш.М. (2022). ОБСЛЕДОВАНИЕ ТЕХНИЧЕСКОГО СОСТОЯНИЯ МАНЕВРОВОГО ТЕПЛОВОЗА СЕРИИ ТЭМ2. https://doi.org/10.5281/zenodo.6720581

7. J. Mallikat. Der Eisenbahningenieur, Модернизация тепловозов в Германии. // Железные дороги мира 1996 №8 стр.6-9.

8. V. Spiryagin, Improvement of dynamic interaction between the locomotive and railwaytrack, PhD Thesis, East Ukrainian National University, Lugansk, Ukraine,

2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.