Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TA'LIMDA TEXNOLOGIYANING ROLI VA UNING AFZALLIKLARI'

ZAMONAVIY TA'LIMDA TEXNOLOGIYANING ROLI VA UNING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
27
1
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologiyalar inqilobi / yoshlarning innovatsion salohiyati / masofaviy ta’lim / zamonaviy ta’lim / axborot texnologiyalari qamrovi / raqamli infratuzilma

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Yaxshimurotova Aziza

Ushbu maqolada zamonaviy ta'limda texnologiyaning roli va uning ta'lim jarayonidagi afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) o‘quv usullarini sezilarli darajada o‘zgartirib, ularni yanada interaktiv va qulay qilmoqda. Maqolada ta'lim tizimiga texnologiyalarni joriy etishning turli jihatlari, masalan, onlayn kurslar, virtual sinflar va ta'lim platformalarining foydalari tahlil qilinadi. Shuningdek, texnologiyalar bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ta'limni individualizatsiya qilish imkoniyatlari yaratish va talabalar orasida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyati ko‘rsatilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотрDOI: 10.5281/zenodo.15130149
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TA'LIMDA TEXNOLOGIYANING ROLI VA UNING AFZALLIKLARI»

ZAMONAVIY TA'LIMDA TEXNOLOGIYANING ROLI VA UNING AFZALLIKLARI

Yaxshimurotova Aziza

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.15130149

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25- Mart 2025 yil Ma'qullandi: 28- Mart 2025 yil Nashr qilindi: 31- Mart 2025 yil

KEY WORDS

texnologiyalar inqilobi, yoshlarning innovatsion salohiyati, masofaviy ta'lim, zamonaviy ta'lim, axborot texnologiyalari qamrovi, raqamli infratuzilma.

Ushbu maqolada zamonaviy ta'limda texnologiyaning roli va uning ta'lim jarayonidagi afzalliklah ko'rib chiqiladi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) o'quv usullarini sezilarli darajada o'zgartirib, ularniyanada interaktiv va qulay qilmoqda. Maqolada ta'lim tizimiga texnologiyalarnijoriy etishning turli jihatlari, masalan, onlayn kurslar, virtual sinflar va ta'lim platformalarining foydalari tahlil qilinadi. Shuningdek, texnologiyalar bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ta'limni individualizatsiya qilish imkoniyatlari yaratish va talabalar orasida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyati ko'rsatilgan.

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatimizni dunyoning iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishdir. Bunda alohida e'tibor ilg'or axborot-kommunikasiya texnologiyalarini davlat va jamiyatning barcha sohalariga keng tatbiq etishga qaratilgan. Bunda ta'lim, tibbiyot, iqtisodiyot, ishlab chiqarish va hokazo sohalarni raqamlashtirish ko'zda tutilgan. Hozirda bu sohalardan asosan ta'limda raqamlashtirish tezroq yo'lga qo'yildi, bunga misol qilib abituriyentlarni oliy ta'lim muassalariga qabuli, hujjat topshirish jarayoni, masofaviy ta'limni yo'lga qo'yilgani, talabalarning kontrakt shartnomalarini onlayn olish imkoniyati, maktablarda elektron kundalikka o'tilgani hamda barcha darsliklar ham elektronlashtirilgani va yana bir qator shunga o'xshash ishlarni aytsak bo'ladi.

Hozirgi vaqtda ta'limda axborot va ijtimoiy texnologiyalarning roli tobora ortib bormoqda, ular talabalar va o'qituvchilarni kamida uchta asosiy vazifani hal qilishga imkon beradigan darajada universal kompyuterlashtirishni ta'minlaydi:

• ta'lim jarayonining har bir ishtirokchisi uchun istalgan vaqtda va turli joylardan ma'qulroq Internet tarmog'iga kirishni ta'minlash;

• ta'lim sohalarining yagona axborot makonini rivojlantirish va unda turli vaqtlarda o'quv va ijodiy jarayonlarda barcha ishtirokchilarining bir-biridan mustaqil ravishda mavjudligi;

• boshqariladigan axborot ta'lim resurslarini, shu jumladan foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlar bazalari va ma'lumotlar banklarini hamda ular bilan ishlash uchun universal foydalanish imkoniyati bilan talabalar va o'qituvchilarning bilimlarini yaratish, rivojlantirish va ulardan samarali foydalanish.

Ta'limda raqamli texnologiyaning eng muhim afzalliklaridan biri o'rganishni shaxsiylashtirish qobiliyatidir. Texnologiyalar yordamida o'qituvchilar har bir o'quvchining o'ziga xos ta'lim uslubi, sur'ati va qiziqishlariga mos keladigan individual dars rejalarini yaratishi mumkin. O'quvchilar, shuningdek, o'z tezligida, o'z vaqtida va o'zlari xohlagan muhitda o'rganish imkonini beruvchi ko'plab onlayn resurslar va vositalardan foydalanishlari mumkin. Hozirda hech bir sohada kuchi texnologiyadan foydalanmasdan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlab bo'lmaydi. Ta'limda texnologiyalarni tadbiq etilishi hamda texnologiyaning jadal kengayishi orqali talabalar istalgan vaqtda, istalgan joyda ma'lumot olish imkoniyatini beradi. Kompyuter texnologiyalardan foydalanish usullarini kengayishi kelajakdagi texnika va texnologiyalarning o'zgarishlariga sababchi bo'ladi. Bu o'zgarishlar ta'lim tizimining texnologiya tendentsiyalarining rivojlanishiga bog'liq bo'ladi. So'nggi o'n yil ichida texnologiyalardagi o'zgarishlar juda jadallik bilan hayotiy ehtiyojga aylanib bormoqda, ushbu ehtiyojlar tufayli, ta'lim tizimini texnologiyalar bilan integratsiyalash ta'limni texnologiya va texnika rivojlanishi bilan birga olib borilishini ta'minlashi dolzarb masaladir.

Ta'lim texnologiyalarning predmeti - ta'lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, o'quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta'lim modelini tanlashdan to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. Ta'lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya'ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma- bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo'lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta'lim jarayonini yuqori darajada boshqarish.

Ta'lim sifatini ta'minlash - bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasi bilan birga o'quv jarayonining qanday tashkil etilishi va uning belgilangan sifat mezonlariga javob berishida ko'rinadi. Ushbu vazifa bir qator qonunchilik va me'yoriy hujjatlarda, xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish misolida aniq maqsadlarga yo'naltirilgan ko'rsatma va tamoyillar ko'rinishida o'z aksini topgan.

Zamonaviy ta'lim jarayonida texnologiyalarning o'rni tobora ortib bormoqda. Texnologiyalar nafaqat ta'lim jarayonini osonlashtiradi, balki yangi imkoniyatlar yaratadi, o'quvchilarni faolroq jalb qiladi hamda turli yo'nalishlarda bilim olishga yordam beradi. Quyida zamonaviy ta'limda texnologiyalardan foydalanishning asosiy rollari va ularning afzalliklarini ko'rib chiqamiz.

1.0'qitish usullarining xilma-xilligi: Ta'lim texnologiyalari turli xil o'qitish uslublariga imkon beradi. Bu esa har bir o'quvchining individual ehtiyojlarini hisobga olish imkonini beradi. Masalan:

- Multimedia resurslari: Video darsliklar, animatsiyalar, interaktiv testlar kabi vositalar materialni yanada tushunarliroq qilib yetkazishga xizmat qiladi.

- Interfaol o'yinlar: O'yin orqali o'rganish (gamification) o'quvchilarda qiziqish uyg'otadi va mavzuni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi.

- Virtual laboratoriyalar: Tabiiy fanlar bo'yicha tajribalarni amalga oshirish uchun virtual muhitlarni yaratish mumkin. Bunday laboratoriyalar xavfli yoki qimmatbaho tajribalar uchun qulay alternativ hisoblanadi.

2.Individual yondashuv: Texnologiya yordamida har bir o'quvchi uchun moslashtirilgan dasturlarni ishlab chiqish mumkin. Bunga misol sifatida adaptiv platformalar bo'lib, ular o'quvchilarning yutuqlari asosida keyingi materiallarni taklif etadi. Bunday tizimlar zaif tomonlarni mustahkamlashga yordam beradi va kuchli tomonlarni rivojlantirishga turtki beradi.

3.Masofaviy ta'lim: Internet texnologiyasi tufayli masofadan turib ta'lim olish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu o'z navbatida o'qituvchilar va talabalarning geografik joylashuvidan qat'iy nazar bilim almashishni osonlashtirdi. Onlayn kurslar, vebinarlar va MOOC (Massive Open Online Courses) kabi formatlar dunyoning istalgan nuqtasidan ta'lim olishni ta'minlaydi.

4.Hamkorlik va muloqot: Zamonaviy texnologiyalar guruhli loyihalarda hamkorlik qilish imkoniyatini kengaytiradi. Masalan, onlayn platformalardagi forumlar, chat xonalari va videokonferensiya tizimlari talabalar va o'qituvchilarning bevosita muloqot qilishiga yordam beradi. Shuningdek, bulutli saqlash vositalari (Google Drive, Dropbox) guruh a'zolari orasida hujjatlarni almashishda juda qo'l keladi.

5.Aniq baholash tizimi: Texnologik yechimlar bilan o'quvchilar faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish va baholash mumkin. E-testlar, avtomatlashtirilgan tekshirish tizimlari va anallik asboblari orqali o'qituvchilar o'quvchilarning muvaffaqiyati darajasini tez va aniq baholay oladi. Bundan tashqari, bu jarayonda inson omili ishtirokining qisqarishi xatolik ehtimolini kamaytiradi.

6.Axborot manbalarining ko'pligi : Internet barcha turdagi axborotlarga kirish eshiklarini ochib berdi. Talabalar endi kutubxonalarga borish shart emas — ular xohlagan kitob, maqola yoki tadqiqot natijalarini Internet orqali topish mumkin. Bu esa bilim egallash jarayonini ancha osonlashtiradi va samaraliroq qiladi.

7.Mobillik va qulaylik: Smartfonlar va planshetlarning ommaviy tarqalishi ta'limni har qanday joyda va vaqtda olish imkonini yaratdi. Mobil ilovalar yordamida o'quvchilar sayohat paytida ham yoki uyda bo'lganlarida mustaqil ravishda o'qishlari mumkin. Shuningdek, bunday qurilmalar turli xil media-fayl (audio, video, e-kitob) formatlarini qo'llab-quvvatlaydi.

8.Ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish: Texnologiyalar ta'lim olish imkoniyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy holatdan qat'iy nazar kengaytirishga yordam beradi. Masalan, qishloq joylardagi maktablar uchun onlayn darslar shahar markazlaridagi ta'lim muassasalarida mavjud bo'lgan ta'lim standartlaridan foydalana olish imkonini beradi. Bundan tashqari, nogironligi bor shaxslar uchun maxsus dasturlashtirilgan texnologiyalar ta'lim olishda to'siqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

So'nggi yillar davlatimizda ta'lim tizimi sohasidagi islohotlarning huquqiy asoslariga nazar tashlaydigan bo'lsak, ta'lim tizimining mukammallik sari dadil qadam tashlayotganligining guvohi bo'lamiz. Bular «Ta'lim to'g'risida»gi, «Davlat oliy ta'lim muassasalarining akademik va tashkiliy boshqaruv mustaqilligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi, «Davlat oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlari, «O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, «Pedagogning maqomi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni kabi hujjatlarda o'z aksini topib bormoqda.

O'zbekistonda zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega, ilg'or fan-texnika yutuqlarini egallagan intellektual kadrlarni tayyorlashda O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi oliy Ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi asosida tashkil etilgan uzluksiz ta'lim tizimi yaratilgan. Mamlakatni barqaror rivojlantirishda «kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablariga moslashtirish, oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish, sohada sog„lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta"minlash» oliy ta'limni rivojlantirishning strategik vazifalari hisoblanadi.

Zamonaviy ta'limning rivojlanishida texnologiyalar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ularning joriy etilishi ta'lim jarayonini yanada interaktiv, samarali va individual yondashuvlarga boy qiladi. Texnologiyalar o'quvchilarga real vaqt rejimida axborot olish, turli xil manbalardan foydalanish hamda mustaqil ravishda bilimlarni chuqurlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, ular masofaviy ta'limni rivojlantirish orqali cheklovlarni bartaraf etish va har bir talabaning ehtiyojlariga moslashtirilgan dasturlar yaratish imkoniyatini taqdim etadi. Ta'lim jarayonida texnologiyalardan foydalanishning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, u o'qitish uslublarini diversifikatsiya qilishga yordam beradi. Bu esa, o'z navbatida, turli tipdagi o'quvchilarni jalb qilish va ularning bilimlarini mustahkamlash imkonini yaratadi. Virtual laboratoriyalar, simulyatorlar va onlayn platformalar yordamida talabalar amaliy ko'nikmalarni egallashlari mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, texnologiya ta'lim muassasalarida ma'lumotlarni saqlash va boshqarish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladi, bu esa o'qituvchilar va ma'muriyat xodimlarining ish yukini sezilarli darajada kamaytiradi.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy texnologiyalar ta'lim tizimiga yangi nafas olib kirdi va uni sifat jihatidan tubdan o'zgartirdi. Ular o'quvchilarning bilim olishga bo'lgan motivatsiyasini oshiradi, ta'lim jarayonining samaradorligini yaxshilaydi va kelajak avlod uchun yanada keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu sababli, texnologiyalarni ta'limga integratsiyalashishda davom etish va ularni amaliyotda qo'llashni takomillashtirish juda muhimdir

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abduraxmanov A.A., Innovative Academy jurnal., "Ta'limda axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari, vazifalari va o'ziga xos xususiyatlari.". 3(14), 64-68, 2024.

2. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrda "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son Qonuni.

3. Qurbonov Sh., Общество и инновации., "Ta'lim tizimini texnologiyalar bilan integratsiyalash orqali mustaqil ta'limini tashkil qilish". 4(4/S):116-121.

4. Z.F.Sharopova, «Ta'lim texnologiyalari» darslik.- T.: «Navro'z» nashiryoti, 2019.

5. V.Zayniddinova., O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari., "Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi-sog'lom raqobat muhitini yaratish mezonidir. 17-aprel, 2024 Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

6. https://uza.uz/oz/posts/zamonaviy-talimning-zamonaviy-talablari_583222

7. https://nammohm.uz/2023/06/13/zamonaviy-talimda-raqamli-texnologiyaning-orni/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.