Научная статья на тему 'ZAMONAVIY O‘QITVCHI-KELAJAK YARATUVCHISI'

ZAMONAVIY O‘QITVCHI-KELAJAK YARATUVCHISI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

533
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim / tarbiya / kelajak o„qituvchisi / talaba / pedagog / pedagogik mahorat / hayotiy vaziyatlar. / образование / воспитание / будущий учитель / ученик / учитель / педагогическое мастерство / жизненные ситуации.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — B. A. Ergashev

Ta‟lim samaradorligi eng avvalo o„qituvchi, uning bilimi, mahorati, iqtidori hamda ma‟suliyatiga bog„liq. Ushbu maqolada bugungi o„qituvchiga qo‟yilayotgan zamonaviy talablar haqida mushohada qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОВРЕМЕННЫЙ УЧИТЕЛЬ СОЗДАТЕЛЬ БУДУЩЕГО

Эффективность обучения зависит в первую очередь от учителя, его знаний, навыков, способностей и ответственности. Эта статья дает вам краткий обзор современных требований к сегодняшнему учителю.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY O‘QITVCHI-KELAJAK YARATUVCHISI»

ZAMONAVIY O'QITVCHI-KELAJAK YARATUVCHISI

B. A. Ergashev

Jizzax politexnika instituti o'qituvchisi

Annotatsiya: Ta'lim samaradorligi eng avvalo o'qituvchi, uning bilimi, mahorati, iqtidori hamda ma'suliyatiga bog'liq. Ushbu maqolada bugungi o'qituvchiga qo'yilayotgan zamonaviy talablar haqida mushohada qilinadi.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, kelajak o'qituvchisi, talaba, pedagog, pedagogik mahorat, hayotiy vaziyatlar.

СОВРЕМЕННЫЙ УЧИТЕЛЬ - СОЗДАТЕЛЬ БУДУЩЕГО

Аннотация: Эффективность обучения зависит в первую очередь от учителя, его знаний, навыков, способностей и ответственности. Эта статья дает вам краткий обзор современных требований к сегодняшнему учителю.

Ключевые слова: образование, воспитание, будущий учитель, ученик, учитель, педагогическое мастерство, жизненные ситуации.

MODERN TEACHER - CREATOR OF THE FUTURE

Abstract: The effectiveness of education depends primarily on the teacher, his knowledge, skills, abilities and responsibilities. This article gives you a brief overview on the modern requirements for today's teacher.

Keywords: education, upbringing, future teacher, student, teacher, pedagogical skills, life situations.

Odamlar ustozlarga hamisha juda yuqori talablarni qo'yib kelishgan. Avvalo, o'qituvchi chuqur va ko'p qirrali bilimga, fani doirasida tushunchalarni samarali yetkazish usullari haqida tasavvurga ega bo'lishi, inson tarbiyasining asosiy negizi -bola ishonchini qozonishi, o'z talabalarining ishonchli do'stiga aylanib, ularga to'g'ri maslahat bera olishi kabi jihatlar pedagogning naqadar muhim kasb egasi bo'lishidan dalolat.

Inson paydo bo'libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo'lgan vaqtdan beri pedagogik faoliyat uzluksiz davom etib kelmoqda. O'qituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o'ta m as'uliyatli, qiyin va murakkab kasb hisoblangan. Mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimining isloh qilinishi, ta'lim -

tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o'qituvchi faoliyatiga, uning pedagogik mahoratiga alohida e'tibor berilmoqda.

Amaliyotda eng obro'li, bilimdon pedagoglar birinchi navbatda insoniy bilimdonlik sohiblari bo'lishadi va shundaylarni o'quvchilar yaxshi qabul qilishadi. Chunki zamonaviy o'qituvchi ko'plab ma'lumotlarga ega, uning psixologiyasi, talab-takliflarini aniq bilib, til topisha olgan shaxsgina pedagogik jarayonda katta yutuqlarga erishadi. Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy aytganidek, «Muallimning maqsadi mansab uchun kurash bo'lmasligi, bilmagan ilmlarini aytmasligi, o'zini ko'rsatish uchun dars bermasligi, ochko'zlik va johillik qilib, quruq gap sotmasligi, g'avg'o ko'tarmasliklari lozim». U muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb hisoblaydi. Shu sababdan bo'lsa kerak:

Haq yo 'lida kim senga bir harf o 'qitmish ranj ila, Aylamak bo 'lmas oning haqqin ado ming ganj ila.

Hayotimizning barcha sohalari kabi ta'lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. Innovatsion ta'lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to'liq mosligini ta'minlash yoshlarimizni bugungi tez o'zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. Ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil qilish uzluksiz ta'lim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko'zda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha ta'lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg'or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan ta'minlash lozim. Yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik-faqatgina zamonaviy asosda ta'lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlkatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko'tarishga qodir bo'ladi. Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o'z mutaxassisligini chuqur egallagan o'qituvchilar zarur. Shuning uchun hozirgi kunda o'qituvchilar oldiga juda ko'p vazifalar qo'yilmoqda. Shu bilan birga talabalarga ham. [1]

Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o'z ishining natijasi bilan mo'jizalar yaratadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori bo'lladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli kishidagina pedagogik mahorat bo'lishi mumkin.

Sog'lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'llgan munosabatiga bog'liqdir. O'qituvchi

jamiyatning ijtimoiy topshirig'ini bajaradi. Shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o'qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik talablarga javob berishi lozim. O'qituvchi mustaqillik g'oyasiga e'tiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma'lumoti bor ya'ni o'z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik, uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo'llishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda aniqlay bilishi, o'rganishi va baholay olishi zarur. Bugun pedagogning ma'naviyati, mafkuraviy e'tiqodi va o'quv jarayonini yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega. Birinchidan, pedagog jamiyatning fuqarosi sifatida o'z mavqeyi va faol o'rnini o'quvchilarga namoyish eta olishi lozim. Xususan, uning jamiyat va o'z jamoasidagi o'rni, tanlagan kasbi, o'qitayotgan predmeti bo'yicha chuqur bilimga ega bo'llishi, talab va qoidalarga amal qilishi, me'yor hamda qonunlarni hurmat qilishi lozim. Ikkinchidan, pedagogning e'tiqodi va bilimdonligi uning yangi bilimlar, o'zi tanlagan sohasidagi yangiliklarga nisbatan qiziqishida namoyon bo'lladi. Uchinchidan, e'tiqodli va bilimdon pedagog o'ziga xos fikrlash tarzi bilan ajralib tura olishi shart. Chunki, yoshlar shunday noyob, qaytarilmas, andozasiz fikrlash sharoitidagina mustaqil fikrlashga o'rganadilar va fanni boshqa fanlardan ajrata oladilar. Kelajak o'qituvchsidan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan, uning bilimdonligi darajasi masalasi ham o'ta muhim hisoblanadi. [2]

Zamonaviy o'qituvchiga qo'yiladigan bir qator talablar haqida gapiradigan bo'lsak, avvalo, Ustoz o'zining shaxsiy xulq-atvori, hayotga munosabati bilan ma'naviy hayotning namunasini ko'rsatishi, talabalarni insoniy fazilatlar, haqiqat va ezgulikning yuksak ideallari asosida tarbiyalashga majburdir. Bugungi kun o'qituvchisiga muhim talablar qo'lyiladi - bu talabalar bilan ishlash, bolalarga bo'lgan muhabbat va ular bilan muloqot qilishdan zavqlanishni namoyon qila oladigan shaxs sifatidagi pedagogik qobiliyatlarning mavjudligi. Ko'plab so'rovnomalar natijalariga ko'ra, yetakchi o'qituvchilar sirasiga hamisha o'z qobiliyatlarini namoyish qila oladiganlari va pedagogik kompetensiyaga ega bo'lgan mutaxassislar kiritilgan.

Kelajak o'qituvchisi, avvalo, har doim ijodkor insondir. U o'z talab alarining kundalik hayoti tashkilotchisi. Shaxsiy faoliyati ko'lami orqali o'qituvchi irodasini namoyish qilib, talabalarni faniga qiziqtirishga harakat qiladi. Auditoriyada o'qituvchi - pedagog, rahbar, tarbiyachi, ixtirochi, tezkor, qat'iyatli, har doim har qanday vaziyatni mustaqil hal qilishga tayyor bo'lgan professional insondir. Kelajak o'qituvchisining kasbiy zaruriy fazilatlari - bilimdonlik, kreativlik, yangilikka chanqoqlik, chidamlilik va o'zini tuta bilishi, boshqaruvchiligi, talabaga nisbatan mehrga moyil bo'lishi, mayda-chuyda narsalardan asabiylashmasligi hisoblanadi. O'qituvchining o'ziga xos kasbiy sifati - bu adolatdir. U o'z faoliyatining mohiyatiga ko'ra talabalarning bilimlari, ko'nikmalari va harakatlarini tizimli

ravishda baholashga majbur. Shuning uchun, uning baholari talabalarning rivojlanish darajasiga mos kelishi muhimdir. Ular tomonidan obyektivlik ya'ni hayotiy vaziyatlarga moslashish baholanadi. O'qituvchining tabiiy holati - bu talabaning buguni va kelajagi uchun qayg'urib, kasbiy g'amxo'rlik va shaxsiy javobgarlik hissiga ega bo'lishi muhimligida.

O'qituvchi talabchan bo'lishi kerak. Bu uning muvaffaqiyatli ishlashi uchun eng muhim shart. O'qituvchi o'ziga yuqori talablarni qo'yadi, chunki boshqalar o'zlarida yo'q narsani talab qila olmaydi. Rivojlanayotgan shaxsning imkoniyatlarini hisobga olgan holda pedagogik talabchanlik oqilona bo'lishi kerak. O'qituvchining kasbiy taktikasi - talaba bilan muloqotda mutanosiblik tuyg'usiga ega bo'lishi lozim.

Pedagogik texnikaning ajralmas elementi o'qituvchining o'z e'tiborini va talaba e'tiborini boshqarish qobiliyatidir. Ko'p sonli jarayonlarni bajaradigan talabalar katta guruhlarida hech narsa nazoratdan chetda qolmasligi kerak. O'qituvchi uchun talabaning xatti-harakatlarining tashqi belgilariga qarab o'z ruhiy holatini aniqlay bilish muhimdir. Pedagogik harakatlarni tanlashda buni e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi.

Bugungi kunda jahon pedagogikasida pedagogik muloqot muammolari faol o'rganilmoqda. Zamonaviy talaba uchun kelajak o'qituvchisining ideal qiyofasi bugun shakllanmoqda.

Zamonaviy o'lqituvchi ijodkorlik qoidalarini namoyish qila oladigan shaxsni shakllantirishi kerak. Ushbu yondashuv ilmiy qarashlarning rivojlanish ko'lamini kengaytirib, balki ularning yaxlitlik tomon izchil harakatlanishiga olib keladi. Faqat inson o'zining tabiiy tuzilishi me'yorlari va qoidalarini anglash orqali chinakam kasb egasiga aylanishi mumkin. Va bu yangi yaxlitlik kelajak o'qituvchisini shakllantirishga yo'l ochadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, o'qituvchi idrokining tashqi, estetik tomoni talabalar uchun ham muhimdir. Shu sababli, o'qituvchi bilan muloqot qilish jarayonida o'qitish va uqish jarayoni sodir bo'ladi, degan xulosaga kelish mumkin va bu talabalarni o'zlarining afzalliklari va kamchiliklari bilan shaxs sifatida qabul qilishdan kam emas, chunki uning rivojlanishida uning atrofidagilar alohida ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" T.: O'zbekiston-2016.

2. Xodjaboyev A. Xusanov L. Kasbiy ta'lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.