Научная статья на тему 'ZAMONAVIY GAT DASTURLARI ORQALI QISHLOQ XOJALIGI YERLARIDAN FOYDALANISH KARTALARINI TUZISH'

ZAMONAVIY GAT DASTURLARI ORQALI QISHLOQ XOJALIGI YERLARIDAN FOYDALANISH KARTALARINI TUZISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
540
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
GAT / ELEKTRON XARITALAR / MATEMATIK ASOS / YER RESURSLARI / MASSIVLAR / MODERNIZATSIYA / OBYEKTLARINI / AVTOMATLASHGAN

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Allanazarov D.Ya., Sadiqov S.Q.

Hozirgi kunda respublikamiz xalq xo’jaligining turli sohalarida, ayniqsa qishloq xo’jalik xaritalardan foydalanishda zamonaviy GAT dasturlaridan keng foydalangan holda aniqlik darajasi yuqori boTgan elektron raqamli kartalarni yaratish texnologiyasi yoTga qo’yilib, mavjud 1:10000 va 1:25000 miqyosidagi elektron raqamli kartalar yangilanmoqda. Shu bilan bir qatorda turli formatlarda yaratilgan raqamli kartalar ArcGIS dasturi formatlarida bajarilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AGRICULTURAL LAND USE MAPPING THROUGH MODERN GAT PROGRAMS

At present, the technology of creating high-precision digital maps with the use of modern GAT programs in various sectors of the economy, especially in the use of agricultural maps, has been introduced, and the existing 1: 10000 and 1: 25000 electronic digital maps are being updated. In addition, digital cards created in various formats are implemented in ArcGIS software formats.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY GAT DASTURLARI ORQALI QISHLOQ XOJALIGI YERLARIDAN FOYDALANISH KARTALARINI TUZISH»

Allanazarov D. Ya.

Sadiqov S. Q.

Urganch Davlat Universiteti

ZAMONAVIY GAT DASTURLARI ORQALI QISHLOQ XOJALIGI YERLARIDAN FOYDALANISH KARTALARINI TUZISH

Annotatsiya. Hozirgi kunda respublikamiz xalq xo'jaligining turli sohalarida, ayniqsa qishloq xo'jalik xaritalardan foydalanishda zamonaviy GAT dasturlaridan keng foydalangan holda aniqlik darajasi yuqori boTgan elektron raqamli kartalarni yaratish texnologiyasi yoTga qo'yilib, mavjud 1:10000 va 1:25000 miqyosidagi elektron raqamli kartalar yangilanmoqda. Shu bilan bir qatorda turli formatlarda yaratilgan raqamli kartalar ArcGIS dasturi formatlarida bajarilmoqda.

Kalit so'zlar: GAT, elektron xaritalar, matematik asos, yer resurslari, massivlar, modernizatsiya, obyektlarini, avtomatlashgan.

Allanazarov D. Ya.

Sadikov S. Q.

Urganch State University

AGRICULTURAL LAND USE MAPPING THROUGH MODERN GAT

PROGRAMS

Abstract. At present, the technology of creating high-precision digital maps with the use of modern GAT programs in various sectors of the economy, especially in the use of agricultural maps, has been introduced, and the existing 1: 10000 and 1: 25000 electronic digital maps are being updated. In addition, digital cards created in various formats are implemented in ArcGIS software formats.

Key words: GAT, electronic cards, mathematical basis, land resources, arrays, modernization, facilities, automation.

Kirish. Dunyoda uning turli mintaqalarida kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni zamonaviy GAT asosida elektron xaritalarni yaratishga muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, qishloq xo'jahgi sohasini o'rganish, tahlil qilishda kartografik ta'minlash uslublaridan keng foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada jahonning rivojlangan davlatlarida iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bogTiq qishloq xo'jahgi, tabiiy va ijtimoiy - iqtisodiy muammolarni o'rganishda ham qishloq xo'jahgi elektron xaritalari yordamida hudud to'g'risida ishonchli maTumotlar olishni ta'minlash hozirgi zamon kartografiyasining dolzarb vazifalari sifatida alohida eTibor qaratilgan.

Tadqiqot ishining maqsadi: Zamonaviy GAT dasturlari orqali qishloq xojaligi

yerlaridan foydalanish kartalarini tuzish va GIS texnologiyalarida kartografik metodlar asosida tadqiq qilish.

Metod va metodologiya: Tadqiqot ishida tizimli tahlil,, kartografik, GIS tahlil metodlaridan foydalanildi.

Asosiy qism: Hozirgi kunda respublikamizda iqtisodiyotni va xususan, qishloq xo'jaligini rivojlantirish, mamlakatimizning tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini inobatga olgan holda, qishloq xo'jahgi tarmoqlarining hududiy tarkibini takomillashtirishga doir keng qamrovli chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamizda GAT iqtisodiyot tarmoqlarining barcha sohalarida keng qo'llanilmoqda. GATdan foydalanish uchun katta hajmdagi yozma va grafikaviy, hudud bilan bogTangan maTumotlami to'plash va ulardan samarali foydalanishda, zamonaviy GAT dasturida qishloq xo'jaligi yerlaridan foydalanish xaritalarini tuzish shu kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Kartografik va geodezik ishlar O'zbekiston Respublikasining "Yer kodeksi" asosida olib boriladi. Elektron xaritalarni yaratish va ularni zamon talab darajasida takomillashtirib borish yerdan foydalanish to'g'risidagi qonunlar va hukumatimiz qarorlarining amalga oshirilishini ta'mmlovchi davlat tadbirlari tizimi hisoblanib, xalq xo'jaligi tarmoqlari orasida va tarmoqlar ichida olib boriladi. Shu sababli elektron xaritalash ishlari xalq xo'jaligi tarmoqlarida va qishloq xo'jalik korxonalarida oTkazilib, ularni faoliyatini yaxshilash, takomillashtirish, uning ilmiy asosini ishlab chiqish eng muhim vazifalardan biri sanaladi va qo'yilgan maqsad, vazifalar nazariy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi.

1-rasm Qishloq xo'jaligi kartalarini yaratishning dasturi.

Ushbu sxemada qishloq xo'jaligi kartasining dasturini ishlab chiqish tartibi ketma-ketlikda ko'rsatilgan. Kartalarni tuzish uchun bajariladigan vazifalar, manbalarni yig'ish, kartalashtirilayotgan hududning regional ahamiyatini o'rganish, qishloq xo'jaligi kartasining matematik asosini va mazmunini ishlab chiqish, kartani umumiy jihozlash va dizayn elementlarini ishlab chiqish, kartalarni tuzish uchun manbalarni tayyorlash va kartalarni nashr qilish kabi bosqichlarni rejlashtirish tartibi ko'rsatilgan.

Yer resurslaridan qishloq xo'jaligida nooqilona foydalanish, qurg'oqchilik, tuproq erroziyasi va umuman tuproqning buzilishiga olib keladi. 0'rmonlar me'yoridan ortiq kesilib ketayotganligidan zahmat chekmoqda. Qishloq xo'jalik ekinlari maydonlari qisqargani holda aholi yashash punktlari kengaymoqda. Shu tarzda yer resurslaridan foydalanishni oqilona boshqarish uchun ob'ektiv omillar soni ortib bormoqda. Bu esa o'z navbatida bevosita yer maydonlari qismlari haqida xilma xil va batafsil axborotni keng ko'lamda katta maydonlar uchun tayyorlashni talab qiladi. Bu ma'lumotlarni tayyorlashda tuman yer resurslari va davlat kadastri bo'limlari quyi bo'ginida bo'lib, yer axborotni tayyorlashda asosiy pog'ona hisoblanadi. Tuman yerlaridan foydalanish haqidagi umumiy ma'lumotlar yetarli bo'lmay, batafsil axborotlar zarur. Bu esa tumanda yer axborot tizimini yaratishga va takomillashtirishga yaqqol sabab bo'ladi.

Qishloq xo'jaligining elektron xaritalar tizimini yaratish quyidagi muhim xalq xo'jaligi ahamiyatiga ega bo'lgan masalalarni hal etishga qaratilgan:

- yerdan foydalanish axborotlari bilan ta'minlash;

- yer resurslarining holati va ulardan foydalanish bo'yicha tuman statistika hisobotini shakllantirish;

- yer maydonlariga bo'lgan huquqni yalpi ro'yhatga olish bo'yicha ishlarni bajarish;

- yerdan foydalanish huquqi, yerdan umrbod foydalanish huquqi, yer maydoniga xususiy egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish;

- xalq xo'jaligi ob'ektlarini joylashtirishni dastlabki kelishish, yer maydonlarini olib qo'yish va berish, yer maydonlarini shahar hududiga kiritish hamda ma'muriy-hududiy o'zgartirish uchun materiallarni tayyorlash;

- shahar va qishloq hududlarini rivojlantirish maqsadlari uchun; - qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun;

- yer-suv munosabatlarini oydinlashtirish;

- yerni narx bo'yicha baholash uchun;

- yer maydonlarini olib qo'yishdagi zarar va yo'qotishlarni qoplash maqsadlari uchun;

- yer rusurslaridan oqilona foydalanishni qodlab quvvatlash uchun;

- yerdan foydalanish uchun todovlarni amalga oshirish uchun;

- ko'chmas mulk bozorini faoliyati uchun;

- ipotekani rivojlantirish va boshqalar uchun.

Tuman yer axborot tizimida tuman yerlarining har bir uchastkasi bo'yicha mukammal ma'lumotlar bazasi yig'iladi, saqlanadi, qayta ishlanadi hamda davlat va hususiy talabgorlarga yetkaziladi. Avtomatlashgan yer axborot tizimini quyidagicha ta'riflash mumkin — yer-kadastr axborotini kiritish, unga ishlov berish, saqlash va olishni ta'mmlaydigan dasturiy texnik vositalar, kodamli-atribut madumotlar bazalari majmuidir. Asosiy avtomatlashgan yer axborot tizimi (AAYAT) bu ma'lumotlarni tizim doirasida boshqa, yer bilan umumlashtirilgan ma'lumotlar bilan uyg'unlashtirish imkonini beruvchi unifikatsiya qilingan koordinatalar tizimidir.

2- rasm. ArcGIS dasturida qishloq xo'jalik karta sxemasi

Tumanda elektron xarita har bir massivlar bo'yicha, massivlardagi qishloq fuqorolari yig'ini bo'yicha, fermer xo'jaliklari bo'yicha va har bir yer uchastkalari bo'yicha ishlab chiqiladi. Unda har bir massiv yer tuzuvchilari o'ziga biriktirilgan hudud haqidagi ma'lumotlarni to'playdilar va tumanga taqdim qiladi. Tuman yer resurslari va davlat kadastri bo'limida bir yoki ikkita mutaxasis u ma'lumotlarni kompyuterga kiritadilar va to'liq axborot ishlab chiqarish jarayonlarning bajarilishini ta'minlaydi.

Xulosa Muhim ahamiyatga ega bo'lgan qishloq xo'jaligi sohasida, xususan yer resurslaridan foydalanishda iqtisodiy-huquqiy islohotlarni amalga oshirish agrar sohaning respublikamiz iqtisodiyotida xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida islohotlarni amalga oshirishda asosiy ahamiyatga ega ekanligi belgilangan.

Qishloq xo'jaligi xaritalarini tuzishda GAT dasturlaridan foydlanib, hududlarning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidan kelib chiqqan holda mutanosib ravishda hududini tashkil qilish, mavjud sugtoriladigan yerlar mahsuldorligini oshirishga mintaqa tuproqlarining meliorativ holatini yaxshilash, yerlarni hisobga

olish, plan va xaritalarim tuzish natijasida hamda ilg'or fan yutuqlarini qo'llash asosida erishish mumkin. Ushbu tarmoqda yerlami hisobga olish vazifasini bajarishda mavzuli va qishloq xo'jahk xaritalarini tuzish muhim o'rin tutadi. Ular yordamida voqea va hodisalarning makon va zamonda tarqalishi ko'rgazmah tarzda ifodalanadi, massiv yerlarini hisobga olinishi va o'ziga xos xususiyatlari taqqoslanadi, ilmiy tahlil qilish imkoni yaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi "Qishloq

xo'jahgida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5742-sonli farmoni.

2. Berlyant A.M. Kartografiya. - M.: Aspekt Press 2002

3. Mirzaliev T., Safarov E.Yu., Egamberdiev A., Qorabaev J.S. Atlas kartografiyasi. O'quv qodlanma. -Toshkent.: «Universitet», 2015

4. O'.Muxtorov, A.Inamov. "Geoaxborot tizim va texnologiyalar" fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish bo'yicha o'quv qo'llanma. T.TIMI.2017

5. Safarov E., Musayev I. Geoaxborot tizimi va texnologiyalar. T.,TIMI, 2008 -160 b

6. Saidova M. EDUCATE STUDENTS BY SOLVING TEXTUAL PROBLEMS //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. -2019. - T. 7. - N°. 12.

7. Saidova M. J. Methods and Importance of Using Innovative Technologies in Learning Concenter "Decimal" at Teaching Process of Math in Primary Schools //www. auris-verlag. de. -

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.