Научная статья на тему 'ZAMONAVIY AXBOROT JAMIYATIDA O‘QUVCHILARNI SPORTGA OID TA’LIM-TARBIYA MADANIYATINI (INTEGRAL) TAKOMILLASHTIRISH (STOL TENNISI MISOLIDA)”'

ZAMONAVIY AXBOROT JAMIYATIDA O‘QUVCHILARNI SPORTGA OID TA’LIM-TARBIYA MADANIYATINI (INTEGRAL) TAKOMILLASHTIRISH (STOL TENNISI MISOLIDA)” Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

36
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mashg`ulot / stol tennis / sport harakatlari / sport / shug`ullanuvchilar vazifalari / sog„lom turmush tarzi

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Jonibek Abdo‘Xomid Ochilov

Ushbu maqolada stol tennis sport turining rivojlanishi va mashg`ulot o`tkazish, stol tennis bilan shug„ullanuvchilarning harakat uslublarini shakllantirish masalalari yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY AXBOROT JAMIYATIDA O‘QUVCHILARNI SPORTGA OID TA’LIM-TARBIYA MADANIYATINI (INTEGRAL) TAKOMILLASHTIRISH (STOL TENNISI MISOLIDA)”»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ZAMONAVIY AXBOROT JAMIYATIDA O'QUVCHILARNI SPORTGA OID TA'LIM-TARBIYA MADANIYATINI (INTEGRAL) TAKOMILLASHTIRISH (STOL TENNISI MISOLIDA)"

Ushbu maqolada stol tennis sport turining rivojlanishi va mashg'ulot o'tkazish, stol tennis bilan shug'ullanuvchilarning harakat uslublarini shakllantirish masalalari yoritiladi.

Kalit so'zlar: mashg'ulot, stol tennis, sport harakatlari, sport, shug'ullanuvchilar vazifalari, sog'lom turmush tarzi,

Kirish. So'ngi yillarda jismoniy tarbiya va sportga e'tibor yanada ortdi. Yurtimiz sportchilari jahon arenalarida O'zbekiston bayrog'ini yuqori ko'tarib, yurtimiz sha'nini himoya qilib kelmoqdalar. Nafaqat shahar, xattoki qishloq yoshlari o'rtasida ham jismoniy tarbiya va sportga e'tibor qaratilgan. Jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish kishini sog'lom bo'lishga olib kelsa, sport bilan shug'ullanish kishini jismoniy sifatlarini oshiradi va yuqori natijalar ko'rsatishga olib keladi hamda bo's h vaqtini foydali mashg'ulotlarga sarf qiladi. Ana shunday sport turlaridan biri stol tennisidir. Stol tennisi sport turi sifatida O'zbekistonga XX-asrning boshlarida kirib keldi. Stol tennisining hozirgi kundagi rivojlanishi nafaqat mamlakatimizda, chet mamlakatlarda ham ancha yuqoridir. Respublikamizda, chet mamlakatlarda stol tennisi bo'yicha yirik musobaqalar o'tkazilmoqda. Ana shunday musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish, texnik va taktik jihatlarni malakali murabbiylar yordamida o'zlashtirishi sportchining yuqori natijalar ko'rsatishiga olib keladi. Ammo tennischilar uchun texnik va taktik holatlarini o'zi kamlik qilmasmikan? Tennischi uchun psihologik tayyorgarlik albatta muhimdir. Musobaqalashuv jarayonida sportchilarni ruhiy tayyorgarlik darajasi pand berganligi sababli, imkoniyatlari chegaralanib qoladi va natijada mag'lubiyat alamidan tatib ko'rishga majbur bo'ladi.

Srol tennischilarda jismoniy tayyorgarlik bilan birga kuch, chaqqonlik,

Jonibek Abdo'xomid Ochilov

Samarqand agrar univarsiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

tezkorlik, egiluvchanlik va chidamlilik kabi jismoniy sifatlarini oshirib borib, ularning ma'naviy va irodaviy sifatlari hamda maxsus ruhiy imkoniyatlarini takomillashtirish lozim [1,2,3,4].

Harakat sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayoni deb qaraladi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda; Masalan tennischi mashqlarni kup marotaba texnik uzlashtirish maqsadida takrorlayversa, shu vaqtning o'zida ham kuch, ham chidamlilik va tezkorlik kabi jismoniy sifatlari tarbiyalanadi. Usulni bajarish jarayonida o'ta tez harakat yaxshi natija beradi. Usul o'rganish jarayonida oladigan charchoqlariga qaramasdan ma'lum bir me'yorda shug'ullanishni davom yettirish natijasida chidamlilik sifati oshadi. Shunindek usul bajarishi jarayonida egilib bajariladigan usullar va maxsus egilib bajariladigan mashqlar egiluvchanlikni oshiradi. Bu tennischi uchun muhim jarayondir. Psihologik tayyorgarlik. Sport turlarining o'ziga xosligi yoki sport turining alohida bo'limlari, sportchilar psixikasiga qo'yiladigan talablarga o'z izlarini qoldiradi. Stol tennisi bilan shug'ullanadigan kishilarda g'alaba uchun kerakli paytda bor kuchini berish va bor kuchini to'play bilish kabi sifatlar harakterlidir. Agar tennischilarda ishonchsizlik mavjud bular ekan, demak tavakkal qilishga majbur bo'ladi. Buning natijasi hamma vaqt ham samara bera olmaydi. Sportchilarni psihologik tayyorlash ularning ruhiy holatini, o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi. Masalan: sportchiga raqibi haqida, uning usullari, kuchi, harakteri to'g'risida ma'lumotlar berish [5,6,7].

1. Mashg'ulotda raqibiga nisbatan sportchini g'alaba qilishga ishonchini his qilishi; bunda sportchi o'rgangan usullarni samara berishi va ular ustida tinimsiz mashg'ulot olib borganligini xis qilishi, buning natijasida qulay vaziyatda bajaradigan usuli natija berishiga ishonch hosil qilish kerak bo'ladi.

2. Raqibini bajarishi mumkin bo'lgan usullarini oldindan o'rganib, o'sha usullarga qarshi usul bajarish reaktsiyasini oshirish (bu taktikaga ham kiradi).

3. Sportchini mashg'ulotlaridagi aktiv harakatlari, mashg'ulotlaridagi natijalari va musobaqalarda erishib qolgan yutuqlarini eslatib ruhan tetiklashtirish.

4. Sportchilarni ruhiy tayyorgarliklaridan yana bir refleksiya, ya'ni bellashuv davomida o'yinning qanday borishini bilish qobiliyati hisoblanadi. Tennischi uchun raqibini fikrini, bajaradigan harakatlarini, uyin usullarini, uning chap va o'ng tomondan bajaradiganusullarini aktivligini tezlik bilan analiz qilish va tezlik bilan qarshi javobga tayyor bo'lishni uyg'otish lozim. 5. Raqibining emotsiyasi yuz

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

harakatlaridan qaysi harakatlari xaqiqiy va qaysi harakatlari qalbaki ekanligini bilib turish sportchiga o'z vaqtida himoyada bo'lishi va qarshi hujumga o'tishga imkon beradi.

6. Ruhiy tayyorgarlik jarayonida sportchilarni o'z holatlarini, sezgilarni to'g'ri baholashga va ularni harakatining funtsional imkoniyatlari bilan bog'lashga o'rgatish zarur.

7. Mushaklarni to'la va tez bo'shashtira olish sportchiga musobaqa jarayonida o'z imkoniyatlaridan to'la foydalana olishiga yordam beradi. Mushaklarni samarador bo'shashtirish, sportchi o'z diqqatini bir zumda to'play olishi uchun va juda qiyin sharoitlarda yuqori samarali harakatlarni bajarish uchun sharoit tug'diradi.

8. Sportchini butun fikrini musobaqa jarayoniga qarata bilish, fikrini bir joyga to'plash. Ko'pgina sportchilarning musobaqalardagi sustkashligi yoki muvaffaqiyatsizligi ularni haddan tashqari hayajonlanganligidan kelib chiqadi. Musobaqadagi ishonchsizligi usullarni oxirigacha bajarmaslikka olib keladi. Buning natijasida bajarilgan usul uchun qo'llanilgan qarshi usulga duch keladi va mag'lubiyatga uchrashi mumkin [3,4].

Sportchilarning ruhiy tayyorgarligini oshirish ularning harakteriga ham bog'liq. Bu jarayonlarni amalga oshirish malakali va tajribali ustoz murabbiylarning ish uslublariga ham bog'liqdir. Ba'zi holatlarda murabbiylarning shogirdlariga nisbatan ruhiyatini ko'tarish uchun qo'llaydigan bir necha usullarni kuzatishimiz mumkin: -Ma'naviy va irodaviy tayyorgarligini oshirish. -Diqqatini bir joyga to'plash. -Maqsadga intilish.

-G'alabaga ishonchini uyg'otish -Raqibiga imkoniyat qoldirmasdan harakat qilishga undash.

-Charchaganda ham ildamlik bilan musobaqani davom ettirishga undash. -O'z-o'zini nazorat qilishga o'rgatish.

-Raqibiga befarq bo'lmasligini eslatish. Sportchining uslublarini natija berishiga ishontirish, tushuntirish va raqibi uslublarini bilgan hollarda esa unga qarshi usullarni ishlatish tavsiyalarini berish, natijasi yaxshi bo'lishini bildirish bilan ruhiyatini ko'tarish. Bularning barchasi g'alabaga olib keladigan omillardir.

Xulosa. Yuqoridagi ilmiy tadqiqotlar natijalariga asoslanib quyidagicha xulosalar qilish mumkin: - "Stol tennis" tushunchasi, atamalari har bir millatning tili tarkibida tarixan shakllanib, rivojlanib kelmoqda; - "Jismoniy madaniyat" sohasidagi tushuncha va atamalarini o'zbek tilshunosligining muhim ilmiy tadqiqot yo'nalishi deb belgilash; - "Jismoniy

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

madaniyat" sohasining tushuncha va atamalarini, aholining kundalik hayotiga chuqur singdirishda, ularning bilimlarini chuqurlashtirish orqali jismoniy harakat amallari bilan astoydil mashg'ul bo'lishlarida asosiy omillardan biridir. Bu borada ta'lim muassasalaridagi jismoniy madaniyat fanini o'qitishdagi ta'lim jarayonlari yetakchi omillardan biridir. Shuning uchun soha bo'yicha turli xil lug'atlar, izohli lug'atlarni ishlab chiqish zarur.

REFERENCES

1. B.Yadgarov. D.Yadgarov "Stol tennis sport turini O'rgatish nazariyasi va uslubiyati" Urganch-2018 y 36-bet.

2. Барчукова Г.В. Учись играть в настольный теннис. / Г.В. Барчукова. - М. Советский спорт, 1989. - 48 бет

3. Salamov R.S. «Sport mashg'ulotlarining nazariy asoslari» O'zDJTI. Nashriyot matbaa.T-2005.

4. Salamov R.S; Yunusova Yu.M. «Jismoniy tarbiya nazariya va usuliyati» O'quv qo'llanmasi. O'zDJTI. Tip.T-1997.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.