Научная статья на тему 'YURAK QON-TOMIR KASALLIKLARI REABILITATSIYASI. MIOKARD INFARKTI'

YURAK QON-TOMIR KASALLIKLARI REABILITATSIYASI. MIOKARD INFARKTI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
1377
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Q-TISHCHALI MIOKARD INFARKTI (MI) BO'LGAN BEMORLARDA O'TKIR YURAKYETISHMOVCHILIGI (O'YUE) RIVOJLANISHINING MUMKIN BO'LGAN PREDIKTORLARINI BAHOLASH / TROMBOLITIK TERAPIYA / O'TKIR YURAK YETISHMOVCHILIGI / MIOKARD INFARKTI

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Soliyev I.M.

Tadqiqotda Q-tishchali MI bo‘lgan 112 nafar erkak bemor ishtirok etdi.Trombolizis amalga oshirilishiga qarab bemorlar 2 guruhga bo‘lindi: 1-guruh (n=48) trombolizis o‘tkazilmagan bemorlar, 2-guruh (n=64) trombolizis o‘tkazilgan bemorlar. Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatdiki, trombolizis o‘tkazilmagan bemorlar guruhida O‘YuE 2-guruhga qaraganda (87,5% va 42,6%, r<0,05) sezilarli darajada ko‘proq uchragan. Undan so‘ng korrelyatsion tahlil yordamida trombolizis o‘tkazilgan bemorlar guruhida klinik-anatomik ko‘rsatkichlarni O‘YuE og‘irlik darajasi bilan o‘zaro bog‘liqligini tahlil qildik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CARDIOVASCULAR DISEASES REHABILITATION. MYOCARDIAL INFARCTION

112 male patients with Q-wave MI participated in the study. Depending on the implementation of thrombolysis, patients were divided into 2 groups: Group 1 (n=48) patients without thrombolysis, Group 2 (n=64) patients undergoing thrombolysis. Comparative analysis showed that in the group of patients who did not undergo thrombolysis, O'Ue was significantly more frequent than in group 2 (87.5% and 42.6%, r<0.05). After that, we analyzed the correlation of clinical and anatomical indicators with the severity of O'YuE in the group of patients who underwent thrombolysis using correlation analysis.

Текст научной работы на тему «YURAK QON-TOMIR KASALLIKLARI REABILITATSIYASI. MIOKARD INFARKTI»

Soliyev I.M. katta o^qituvchisi

Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi

ADTI

YURAK QON-TOMIR KASALLIKLARI REABILITATSIYASI.

MIOKARD INFARKTI

Annotatsiya: Tadqiqotda Q-tishchali MI bo'lgan 112 nafar erkak bemor ishtirok etdi.Trombolizis amalga oshirilishiga qarab bemorlar 2 guruhga bo'lindi: 1-guruh (n=48) trombolizis o'tkazilmagan bemorlar, 2-guruh (n=64) trombolizis o'tkazilgan bemorlar. Qiyosiy tahlil shuni ko'rsatdiki, trombolizis o'tkazilmagan bemorlar guruhida O'YuE 2-guruhga qaraganda (87,5% va 42,6%, r<0,05) sezilarli darajada ko'proq uchragan. Undan so'ng korrelyatsion tahlil yordamida trombolizis o'tkazilgan bemorlar guruhida klinik-anatomik ko'rsatkichlarni O'YuE og'irlik darajasi bilan o'zaro bog'liqligini tahlil qildik.

Kalit so'zlar: Q-tishchali miokard infarkti (MI) bo'lgan bemorlarda o'tkir yurakyetishmovchiligi (O'YuE) rivojlanishining mumkin bo'lgan prediktorlarini baholash, trombolitik terapiya, o'tkir yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti.

Soliyev I.M. senior teacher

department of rehabilitation, sports medicine and physical education

ADTI

CARDIOVASCULAR DISEASES REHABILITATION. MYOCARDIAL

INFARCTION

Abstract: 112 male patients with Q-wave MI participated in the study. Depending on the implementation of thrombolysis, patients were divided into 2 groups: Group 1 (n=48) patients without thrombolysis, Group 2 (n=64) patients undergoing thrombolysis. Comparative analysis showed that in the group of patients who did not undergo thrombolysis, O'Ue was significantly more frequent than in group 2 (87.5% and 42.6%, r<0.05). After that, we analyzed the correlation of clinical and anatomical indicators with the severity of O'YuE in the group of patients who underwent thrombolysis using correlation analysis.

Keywords: assessment of possible predictors of the development of acute heart failure (AHF) in patients with Q-wave myocardial infarction (MI), thrombolytic therapy, acute heart failure, myocardial infarction.

Kirish. Hozirgi vaqtda miokard infarkti (MI)ning erta davrlarida klinik amaliyotga trombolitik terapiya (TLT)ni tatbiq etish tufayli, o'tkir yurak

yetishmovchiligi (O'YuE) uchrashining sezilarli darajada kamayishi kuzatiladi [1,2].Shunga qaramasdan, O'YuE MIning eng qo'rqinchli asorati bo'lib, kardiologiyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi, chunki boshqa sabablardan ko'ra ko'proq o'lim bilan yakunlanadi [3,4]. Ko'plab tadqiqotlarda ko'rsatilganidek, O'YuE og'irligi nekroz hajmiga bog'liq, shu- ning uchun MI bilan og'rigan bemorlarda ushbu asoratning rivojlanishini prog- noz qilish faolroq davolashga muhtoj bo'lgan yurak mushaklari keng shikastlangan bemorlar guruhini aniqlashda va miokard nekrozi kam bo'lgan bemorlarning statsionar davolash vaqtiniqisqartirishga imkon beradi [3,5].

O'YuE rivojlanishini prognoz qilish sohasidagi tadqiqotlar uzoq vaqtdan beri olib borilayotgan bo'lsada, O'YuE uchrashi va undan o'lim holatlarining saqlanib qolishi, ushbu muammoni dolzarbligicha qoldirmoqda [5,6,8]. Bu kasallik ko'plab simptomlarining polimorfizmi, MIning birinchi kunida aniqlanadigan belgilarning kam ma' lumot berishi, MI kechishida turli xil davo usullarining (trombolizis, ka- sallikning erta davrida jarrohlik korreksiya) sezilarli darajada ta'sir ko'rsatishi bilan bog'liq bo'lib asoratni erta prognoz qilishda va davolash-tashxislash amaliyotlarida tegishli korreksiya qilishga imkon bermaydi [6,7,9].

Tadqiqot metodologiyasi va empirik tahlil. Biz katta o'choqli miokard infarkti bo'lgan 112 nafar (erkak) bemorni ko'rikdan o'tkazdik. 64 nafar bemorda qabul qilinganidan keyin TLT o'tkazildi. Taqqoslash guruhi sifatida (TLT olmagan katta o'choqli miokard infarkti bo'lgan bemorlarda O'YuE uchrashini aniqlash maqsadida) kasallikning dastlabki 12 soatida qabul qilingan, ammo turli sabablarga ko'ra trombolizis o'tkazilmagan (qarshi ko'rsatma, davodan bosh tortish) o'xshash klinik shakl va holatlarga ega MI bilan og'rigan 48 nafar bemorni tanladik.

MI tashxisi klinik ko'rinishi (anginoz hujum 30 daqiqadan ko'proq), EKG ko'rsatkichlari (ST segmentining standart tarmoqlarda 1 mm va undan yuqori, ko'krak tarmoqlarining kamida ikkita tarmog'ida 2 mm va undan yuqori elevatsiyasi), qon zardobidagi kardiospesifik fermentlari faolligining oshishi kabi umumiy qabul qilingan me-zonlar asosida tasdiqlandi.

40 yoshdan 79 yoshgacha (o'rtacha yoshi 62,5±2,6 yil) bo'lgan bemorlar kasallik boshlanishida dastlabki 6 soatida reanimatsiya va intensiv terapiya bo'limiga qabul qilindi. TLT qo'llanilganidan keyin miokardning reperfuziya belgila- ri 64 nafar bemordan 40 tasida (62,5%) qayd etildi. Bizning ishimizda Killip tomonidan tavsiya etilgan O'YuE tasnifidan foydalanildi. TLT olgan bemorlardan O'YuEning rivojlanishi ko'rikdan o'tgan 64 nafar bemordan 27 (42,2%) na- far bemorda qayd etilgan bo'lib, ulardan 24 (37,5%) nafarida Killip bo'yicha2-sinf O'YuE, 3 (4,7%) kishida esa 3-sinfO'YuE aniqlangan.

Katta o'choqli MI bo'lgan va turli sabablarga ko'ra TLT o'tkazilmagan 48 nafar bemordan 42 (87,5%) nafarida (r<0,05) O'YuE rivojlangan. Qo'yilgan vazifalarni hal qilish uchun TLT olgan 64 nafar bemorni ikki guruhga ajratdik: asosiy guruh -27 (42,2%) kishi (Killip bo'yicha 2-chi va 3-sinfdagi bemorlar) va

nazorat guruhi - 37 (57,8%) kishi (O'YuE klinik belgilari bo'lmagan bemorlar yoki Killip bo'yicha 1-sinf).

Natijalar. MI bilan og'rigan va TLT olgan bemorlarda kasallikning dastlabki soatlaridan kasallikning boshlanishidan bir necha kungacha O'YuE bo'lishi kuzatilgan. Olingan ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, O'YuE bilan og'rigan bemorlarda yurak yetishmovchiligi klinik belgilari Mining 1-kunida 14 (51,9%) nafar bemorda, 2-kunida - 8 (29,6%) nafar bemorda, 3-5-kunida — 5 (18,5%) nafar bemorda qayd etilgan. TLT o'tkazgandan keyin miokard reperfuziya belgilari statistik jihatdan O'YuE bo'lmagan bemorlar guruhida sezilarli darajada ko'proq kuzatildi - 37 kishidan 34 (91,9%) kishida, asosiy guruhda esa 27 kishidan 6 (22,2%) kishida (r<0,05). Klinik sim- ptomlarning O'YuE rivojlanishi bilan bog'liqligini tahlil qilganda sinusli taxikardiya va 65 yoshdan oshgan kishilar- da sezilarli darajada musbat korrelya- sion bog'liqlik aniqlandi (1-jadval).

1-jadval. Miokard infarkti bo'lgan bemorlarda klinik belgilar bilan o'tkir yurak yetishmovchiligi rivojla-nishining o'zaro bog'liqligi

Belgilar r p<

Hansirash 0,85 0,001

Sianoz 0,81 0,001

Sinusli taxikardiya 0,48 0,05

65 yoshdan yuqori 0,48 0,05

Reperfuziya mavjudligi 0,39 0,05

Qandli diabet 0,35 0,05

Postinfarkt kardioskleroz 0,37 0,05

Klinik belgilarni o'rganish O'YuE bilan og'rigan bemorlarda bir qator xususiyatlarni aniqladi: asosiy guruhdagi bemorlarda o'rtacha yoshi 68,6±0,9 yilni tashkil etgan bo'lsa, nazorat guruhidagi bemorlarda 57,5±0,9 yil (r<0,05), ilga- ri kuzatilgan MI yurak ishemik kasalligi davomiyligi asosiy guruhda 5,9±0,3 yil va nazorat guruhida 2,9±0,4 yil (r<0,05), O'YuE bilan og'rigan bemorlarda sezilarli darajada ko'proq postinfarkt kardiosklerozi kuzatilgan -10 (39,1%) kishida, nazorat guruhida esa9 (25,8%) kishida (r<0,05).

KAG ko'rsatkichlarining tahlili shu- ni ko'rsatdiki, O'YuE bo'lgan bemorlar- da koronar arteriyaning infarktga bog'liq okklyuziyasi statistik jihatdan sezilarli darajada ko'proq uchragan - 15 kishidan 11(81,6%) kishida, O'YuE bo'lmaganda esa - 15 kishidan 6 (41,2%) kishida (r<0,05). Shunday qilib, stenoz jarayoni tufayli o'zgargan yurak arteriyalari soni O'YuE bo'lgan bemorlarda O'YuE bo'lmagan bemorlarga nisbatan sezilarli darajada ko'p bo'lgan - 2,8±0,6 bilan 1,9±0,8 nisbatda (r<0,05). Chap koronar arteriya tanasining stenozi nazorat guruhida 5,9% kishida va asosiy guruhdagi 18,4% bemorda ko'proq aniqlashga tendensiyasini qayd etganimizga qaramay, O'YuE

rivojlanishi va infarktga bog'liq koronar arteriya lokalizatsiya orasida statistik jihatdan sezilarli darajadagi bog'liqlikni aniqlamadik.

Xulosa. Katta o'choqli MI bo'lgan bemorlarda klinik ko'rsatkichlarning tahlili shuni aniqladiki, O'YuEning asosiy prediktorlari postinfarkt kardiosklerozi, surunkali yurak anevrizmi, qandli diabet, 65 yoshdan yuqori, trombolitik terapiya o'tkazgandan keyingi miokard reperfuziyasi belgilarining yo'qligidir. Miokard infarktining dastlabki kunlarida o'tkir yurak yetishmovchiligining instrumental-laborator prediktorlari ST segmenti elevasiyasining pasayishi (50% dan kamroq), QOBF ning 50% dan pastligi va infarktga bog'liq koronar arteriyaningokklyuziyasi hisoblanadi.

Adabiyotlar ro'yhat:

1. Беленков Ю.Н., Мареев В.Ю., Агеев Ф.Т. Ингибиторы ангиотензинпревращающего фермента в лечении сердечно- сосудистых заболеваний. М Инсайт 2013;105.

2. Булычев А.Б. Выживаемост и качество жизни у болных, перенесших инфаркт миокарда: Дисс. д-ра мед. наук. СПб 2010;279.

3. Крыжановский В.А. Медикаментозная (без тромболитических препаратов) терапия инфаркта миокарда: подходы, основанные на доказателствах. Кардиол 2011;8:75-86

4. ACC/AHA Guidelines for the Evalution and Management of Heart Failure in the Adult. Circulation 2011;86:2996-3007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.